4.2-mavzu: Fizika fanidan 7-sinf darsliklaridagi laboratoriya ishlarini o‘tkazish metodikasi.
Reja:
Laboratoriya ishi: Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlash.
Laboratoriya ishi: Prujina bikrligini aniqlash.
Laboratoriya ishi: Sirpanish ishqalanish koeffitsientini aniqlash.
Laboratoriya ishi: Jismni ko‘tarishda va shu masofaga gorizontal ko‘chirishda bajarilgan ishni hisoblash.
Laboratoriya ishi: Jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga bog‘liqligini aniqlash.
Tayanch soʻzlar: Tekis tezlanuvchan harakat, jism, tezlanish tezlik, bikrlik, koeffitsiyenti, energiya, massa, vaqt, oʻlchov tasmasi.
Annotatsiya
Ushbu mavzuda fizika darsligidagi 7-sinf laboratoriya ishlarining bajarish tartiblari keltirilgan.
Laboratoriya ishi: Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlash.
Ishning maqsadi: qiya novdan dumalab tushayotgan sharchaning bosib o`tgan yo`li va harakat vaqtini o`lchash orqali tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlashni o`rganish.
Kerakli jihozlar: metall nov, po`lat sharcha, shtativ, metall silindr, o`lchov tasmasi, sekundomer.
Ishni bajarish tartibi.
Rasmda ko`rsatilganidek, metall novni shtativga o`rnating, metall silindrni novning quyi uchiga joylashtiring.
Novning yuqori uchidan qo`yib yuborilgan sharcha novning quyi uchidagi silindrga borib urilgunga qadar o`tgan vaqtni sekundomer yordamida o`lchang.
Tajribani 3 marta takrorlang. Har gal sharchaning harakat vaqti t1, t2 , t3 ni o`lchang. Natijalarni jadvalga yozib boring.
O`lchov tasmasi yordamida sharchaning bosib o`tgan s yo`lni o`lchang.
Tekis tezlanuvchan harakatda jism bosib o`tgan yo`l
formulasidan tezlanishni topamiz
. Tajribada o`lchangan s yo`lni va har bir t1, t2, t3 vaqtni birma-bir tezlanish formulasiga qo`yib, a1, a2, a3 tezlanishlarni hisoblang.
ao`rt=( a1+a2+a3)/3 formula yordamida o`rtacha tezlanishni hisoblang. Olingan bu qiymat qiya novdan dumalab tushayotgan sharchaning tezlanishini ifodalaydi.
Ushbu tajribani novning qiyaligi uch xil bo`lgan holat uchun bajaring.
formuladan absolyut xatolikni toping.
formuladan o`rtacha absolyut xatolikni xisoblang.
formuladan nisbiy xatolikni toping.
Natijalarni tahlil qiling va xulosa chiqaring.
| T/r | s,m | t1,s | t2 ,s | t3,s | a1, m/s2 | a2, m/s2 | a3, m/s2 | a, m/s2 | ao`rt, m/s2 | ε, % |
| | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | |
Laboratoriya ishi: Prujina bikrligini aniqlash.
Ishning maqsadi: eng oddiy dinamometr prujinasining bikirligini aniqlash orqali jismlarning deformatsiyasi va bikirligi haqida tasavvurlarni kengaytirish, elastiklik kuchi haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: shtativ, eng oddiy dinamometr, yuklar to`plami, millimetrli qog`oz.
Ishni bajarish tartibi.
1.Prujinadan dinamometr yasash uchun shkalasiga millimetrli qog`oz yopishtiring.
2.Dinamometr shtativga rasmda ko`rsatilganidek mahkamlang.
3. Dinamometr ko`rsatkichining boshlang`ich vaziyatini shkaladagi millimetrli qog`ozga belgilang.
4. Dinamometr ilgagiga m1 massali yukni iling, uning ta`sirida prujinaning ∆l1 uzayishini
o`lchang va natijani jadvalga yozing.
5. Massalari m2 va m3 bo`lgan yuk uchun ham prujinaning ∆l2 , ∆l2 cho`zilishlarini o`lchang
va natijalarini jadvalga yozing.
6. Dinamometrga osilgan har bir yuk uchun prujinaga ta`sir etgan tashqi kuchlarni F1=mg
formula bo`yicha hisoblang va natijalarni jadvalga yozing ( g=10 m/s2 deb oling )
7. Har bir o`lchangan ∆l1 , ∆l2 , ∆l3 va hisoblangan Ft1 , Ft2 , Ft3 natijalarni k= Ft / ∆l
formulaga qo`yib , k1 , k2 , k3 prujinalar bikirligini hisoblang va natijalarni jadvalga yozing.
8. ko`rt = ( k1 + k2 +k3 ) /3 formula bo`yicha prujina bikrligini o`rtacha qiymatini hisoblang va
natijani jadvalga yozing.
9. ∆kn=
formuladan absolyut xatolikni toping.
10. ∆ko`rt =(∆k1+∆k2+∆k3) / 3 formuladan absolyut xatolikni o`rtacha qiymatini toping.
11.
formuladan nisbiy xatolikni toping.
12. Natijalarni tahlil qiling va xulosa chiqaring.
Tajriba o`tkazish davomida quyidagi savollarga javob topishga harakat qiling.
Dinamometr shkalasi bo`limining qiymati nimaga teng?
Dinamometr shkalasining yuqori chegarasi nimaga teng ?
Yuk osilgan dinamometrning prujina ko`rsatkichi qayerda turishi kerak ?
Kuchni o`lchashda dinamometrni qanday o`rnatish kerak ?
Kuchni o`lchash vaqtida dinamometrning shkalasiga qanday qarash kerak?
Laboratoriya ishi: Sirpanish ishqalanish koeffitsientini aniqlash.
Ishning maqsadi: yog`och chizg`ish ustida sirpanayotgan taxtachaning ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash yordamida sirpanish ishqalanishga oid bilimlarni mustahkamlash.
Kerakli jihozlar : uzun yog`och chizg`ich , ilgakli taxtacha , dinamometr, tarozi , tarozi toshlari
Ishni bajarish tartibi.
Tarozida taxtachaning massasini o`lchang va jadvalga yozing.
P= mg formuladan foydalanib , taxtachaning og`irligini toping.
Taxtachaga dinamometrni ilib , uni chizg`ich bo`ylab tekis sirpantiring va dinamometrning ko`rsatishini Fi(s) sirpanish ishqalanish kuchiga teng qilib olib , uni jadvalga yozing.
yoki
formuladan foydalanib, sirpanish ishqalanish koeffitsiyentini hisoblang.
Taxtacha ustiga avval 100 g li , so`ngra 200 g li tarozi toshlarini qo`yib , tajribani takrorlang. Ukar uchun ham sirpanish ishqalanish kuchini toping. Natijalarni jadvalga yozing.
formuladan foydalanib, sirpanish ishqalanish koeffitsiyentining o`rtacha qiymatini hisoblang va natijani jadvalga yozing.
| № | m , kg | P, N | Fi(s) , N | Μ | μ o`rt |
| 1 | | | | | |
| 2 | | | | |
| 3 | | | | |
Absolyut va nisbiy xatoliklarni toping.
Laboratoriya ishi natijasini tahlil qiling va xulosa chiqaring.
Laboratoriya ishi: Jismni ko‘tarishda va shu masofaga gorizontal ko‘chirishda bajarilgan ishni hisoblash.
Ishning maqsadi: Jism vertkal va gorizontal yo`l bo`ylab ko`chirilganda bajarilgan ishni mustaqil ravishda hisoblang.
Kerakli jihozlar : Laboratoriya tribometri, o`quv dinamometri , santimetrli bo`limlarga ega bo`lgan o`lchov tasmasi, 2 dona ikkita ilmoqli 100 g massali yuk , brusok , chizg`ich.
Ishni bajarish tartibi.
Jihozlangan rasmda ko`rsatilgan qurilmani yig`ing.
Dinamometr yordamida brusok og`irligini o`lchang. So`ngra brusokni yuqoriga tekis harakatlantirib , oldindan tasma yordamida o`lchangan tribometr chizg`ichi balandligiga ko`taring. Bajarilgan ishning kattaligini quyidagi formula bilan hisoblang: A= Fog` * h
Tajribani uch marta takrorlang. Har tajribada brusokka 0,81 N , 1,81 N , 2,81 N yuklar osing
Topilgan natijani jadvalga yozing.
Chizg`ichni stolga qo`yib , dinamometr yordamida brusokni chizg`ich bo`ylab birinchi holdagi masofaga bir tekis ko`chiring. Bunda hosil bo`lgan tortishish kuchini dinamometr ko`rsatishi Ft dan aniqlang.
Ishni yana tortishish kuchi va yo`lga ko`ra hisoblang: A=Ft*s . Diqqatingizni bu ish og`irlik kuchini emas , balki ishqalanish kuchini yengishda bajarilganligiga qarating. So`ngra brusokka 0,81 N ; 1,81 N; 2,81 N yuklarni osib , tajribani uch marta takrorlang va har safar tortish kuchi bajargan ishni hisoblang. Topilgan natijalarni jadvalga yozing
| № | m,kg | h,m | Fog`, N | s,m | Fish, N | Ah, j | Atek, j |
| 1 | | | | | | | |
| 2 | | | | | | | |
| 3 | | | | | | | |
So`ngra brusokka 1 N , 2 N , 3 N yuklarni ortib, tajribani yana 2-3 marta takrorlang va har safar totrish kuchining bajargan ishini hisoblang.
Olingan natijalarni taqqoslab hamma vaqt yukni yuqoriga ko`tarishda bajarilgan ish uni shunday masofaga gorizontal yo`l bo`ylab ko`chirishda bajarilgan ishdan kattaligini yoki kichiklagini aniqlang.
Laboratoriya ishi: Jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga bog‘liqligini aniqlash.
Ishning maqsadi : turli massali sharlar tezligini o`zgartirib , kinetic energiya ishqalanish kuchini yengishini kuzatish yordamida energiyaga oid bilimlarni mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: turli massali 2 ta po`lat sharcha, metal nov, brusok , o`lchov tasmasi, sekundomer, shtativ
Ishni bajarish tartibi
Rasmda ko`rsatilganidek shtativ yordamida novni qiya holatda o`rnating. Novning pastki uchiga brusokni tirab qo`ying.
Novning o`rta qismida kichik massali sharchani qo`ying va uni qo`yib yuborib , nov bo`ylab qanday dumalashi , yog`och brusokka kelib urilishi , ishqalanish kuchini yengishi va brusokni ma`lum masofaga siljirishini kuzatib boring.
Brusok siljib qolgan masofa ∆l ni o`lchang.
Sharchani novning yuqori uchidan qo`yib yuborib , tajribani takrorlang.
Katta massali sharchani novning o`rta qismidan qo`yib yuboring va brusokni sikjishini yana qayta o`lchang.
1-laboratoriya ishidagi kabi masofa va vaqtni o`lchab , sharcha olgan tezlanishni toping. Tezlanish va vaqt ko`rsatkichlaridan foydalanib , sharchaning brusokka urilish vaqtidagi tezligini aniqlang va formuladan kinetic energiyani toping.
Brusokning surilishida bajarilgan ish va kinetic energiya orasidagi bog`lanish natijalarini tahlil qiling va xulosa chiqaring.
Nazorat savollari
Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlang.
Prujina bikrligini qanday aniqlanadi?
Sirpanish ishqalanish koeffitsienti qanday aniqlanadi?
Jismni ko‘tarishda va shu masofaga gorizontal ko‘chirishda bajarilgan ishni hisoblang.
Jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga bog‘liqligini aniqlang.