Mavzu: 33-DARS. TAKRORLASHGA DOIR TOPSHIRIQLAR
O’tkazish sanasi: ___________________
O’tkazish joyi: ___-maktab. Inforatika xonasi № ___
| Darsning maqsadi: | Ta’limiy: O’quvchilarga MS Access 2010 dasturida ma’lumotlar omborini hosil qilish va tahrirlashda formalardan foydalanishni o’rgatish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish. Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish |
| Kompetensiya | TK: doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, va intellektual rivojlantirish; kreativ rivojlantirish kamolotga intilish; hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish; FOK: maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori va so‘rovlar hosil qila oladi va hisobotlar tayyorlay oladi; |
| Dars usuli | suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari. |
| Dars turi | Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi. |
| O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi | O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob. O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy. O’qitish vositalari:10-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, “Jajji bilimdon” jurnali. Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar. |
| Ishlash bosqichlari vaqti | Faoliyat mazmuni |
| O’qituvchi | O’quvchilar |
| 1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa) | Darsni tashkillashtish. Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa) O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi: | Darsga tayyorlanadi. Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi. Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi. |
| 2-bosqich. Asosiy. (33 daqiqa) | hujjatlarda rasmlar bilan ishlashni o’rgatish, mavzuni mustahkamlash. (33 daqiqa) | Vazifalarni bajaradi, tushunmagan joylarida savol beradi. |
| 3-bosqich. Yakuniy. (4 daqiqa) | O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi. Uyga topshiriq va savollar beriladi. | Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi. Vazifalarni yozib oladi. |
Asosiy tushunchalar:
Mavzuni yoritish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
1. Sinf o‘quvchilari haqida jadval yarating (Familiyasi, ismi, telefoni).
2. Yaratilgan jadvalda quyidagi ishlarni amalga oshiring: familiyasi
bo‘yicha saralang; ismi bo‘yicha saralang; telefon raqami bo‘yicha saralang.
3. Yuqorida yaratilgan jadvaldagi o‘quvchilarning familiyasi bo‘yicha
tartiblang.
4. 29-30-darslarda keltirilgan mashqni quyidagi bo‘limlar bo‘yicha
qidiruvchi so‘rovlar yarating: familiyasi; manzili; tug‘ilgan sanasi; telefon
raqami; sinfi bo‘yicha.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
Mashq. Uchta ustunda berilgan sonlarning yig‘indisini to‘rtinchi
ustunga hosil qiling.
Bajarish:
jadval quyidagicha hosil qilinadi:
hosil qilingan jadvalni “Qo‘shish” nomi bilan saqlaymiz;
saqlangan jadvalni yuklanadi va quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
to‘ldirilgan jadvalni yopib, menyular satridan Создания-Конструкор запросов ketma-ketligi tanlanadi;
“Qo‘shish” nomli jadval belgilanadi va Добавить tugmasi bosiladi.
ishchi oynani quyidagicha to‘ldiramiz:
jadvalning navbatdagi ustunga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib
kontekst menyudan построить bandi tanlanadi:
hosil bo‘lgan oyna ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi oynada matematik hisob ishlarining formulalari kiritiladi.
Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. MS Access 2010 da ma’lumotlar ombori haqida gapirib bering.
2. MOBT haqida ma’lumot bering.
3. MS Access 2010 da sinf o‘quvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
saqlovchi MOning faylini tuzing.
4. MS Access 2010 da sinf o‘quvchilari to‘g‘risidagi jadvaldan to‘rtta
o‘quvchining familiyasi bo‘yicha qidiring.
5. MS Access 2010 da sinf o‘quvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan
tug‘ilgan yili bo‘yicha tartiblang.
6. Kitoblar haqidagi ma’lumotni uchta jadvalda hosil qiling va ularni
so‘rov yordamida bitta jadvalga birlashtiring.
7. O‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni beshta jadvalda hosil qiling va
ularni so‘rov yordamida bitta jadvalga birlashtiring.
8. O‘zingiz haqidagi ma’lumotlarni uchta jadvalda hosil qiling va ularni
birlashtiring.
9. MS Access 2010 da sinf o‘quvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
qidiruvchi MO yarating.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish:
10. MS Access 2010 da ko‘p dars qoldirgan o‘quvchilarni aniqlab
beruvchi dastur yarating.
11. Berilgan ikki sonning ayirmasini ustun bo‘yicha hisoblovchi jadval
hosil qiling.
12. Ustundagi sonlarning kvadratini hisoblovchi jadval hosil qiling.
13. Ustundagi sonlarning sinusini hisoblovchi jadval hosil qiling.
14. Quyidagi amallarni hisoblang:
a) 3*(5-7+8*6+9). b) 4*(7-5+12*3-4).
O’IBDO’: _________________________