СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Kuz keldi kuz fasli

Нажмите, чтобы узнать подробности

Kuz keldi. Kuzgi ob havo haqida

Просмотр содержимого документа
«Kuz keldi kuz fasli»

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi Vazirligi

Samarqand viloyati xalq ta`limi bo`limiga qarashli

18-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi Yo`ldasheva Dilafro`zning

TAYYORLAGAN BIR SOATLIK

DARS ISHLANMASI











DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

MAVZU: KUZ KELDI.

MAVZUGA DOIR TAYANCH TUSHUNCHALAR:

Kuz oylari, bog`, paxta, poliz ekinlari, sabzovotlar, shudgor.

SOATLAR SONI: 1 soat (45 daqiqa)

MAVZUNING QISQACHA TA`RIFI:

Saxiy kuz o`zining saxovati, qut – barakasi ila quyoshli yurtimizga kirib kelishi, yurtdoshlarimiz yil davomida qilgan mehnatlari mahsuli hosilni yig`ib – terib olishga kirishishganligi, xirmonlar paxtaga, omborlar don – dunga, kuz ne`matlari va poliz ekinlarini nobud qilmasdan yig`ib qishga asrab qo`yish tushuntiriladi.

O`QUV JARAYONINING AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI:

METOD: suhbat, tushuntirish, didaktik o`yin, ifodali o`qish.

SHAKL: jamoa, guruh bilan ishlash.

JIHOZ: mevalar, poliz ekinlari, sabzovotlar rasmi, test savollar, kartochkalar, paxta, bug`doy, bog` tasviri, darslik.

NAZORAT: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib hisobga olib boriladi.

BAHOLASH: o`quvchilar reytingi dars oxirida e`lon qilinadi.

DARSNING MAQSAD VA VAZIFALARI:

MAQSADLAR:

TA`LIMIY: O`quvchilarga “Kuz keldi” she’rini o`qitish, kuz ne`matlari ularning foydasi haqida, mevalar, sabzovotlarni va poliz ekinlarini qishga asrash haqida ma`lumot berish. To`g`ri o`qishga, to`g`ri talaffus qilishga o`rgatish.

TARBIYAVIY: o`quvchilarning Ona zaminda bo`lgan mehr – muhabbatlarini o`stirish, ularda ekologiktarbiya va madaniyatni shakllantirish, tabiat in`omlarini ko`z qorachiqdek avaylab asrashga o`rgatish.

RIVOJLANTIRUVCHI: O`quvchilarni mehnatsevarlikka, mehnatga bo`lgan qiziqishlarini, ekologik dunyoqarashlarini rivojlantirgan holda ekologik savodxonlikka erishish, mustaqil va tez fikrlashga o`rgatish.

KUTILAYOTGAN NATIJA:

Dars yakunida o`quvchilarning to`g`ri, ifodali o`qish, mavzu mazmunini so`zlab berish malakalari takomillashadi. Tabiatdagi o`zgarishlar va tabiat ne`matlarini qadrlashga o`rganadilar. Xalq og`zaki ijodi bilan tanishib uni bilishga intiladilar.

DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI

ISHNING NOMI

BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI

METOD

VAQT

1 – bosqich

Tashkiliy qism

O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Suhbat

2 daqiqa

2 – bosqich

O`tilgan darsni mustah-kamlash

Dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan qoida belgilanadi.

Dars shiori ishlab chiqiladi.

Munozara


O`tilgan mavzuni so`rash, o`quvchilar bilimini aniqlash va o`quvchilarning o`qish malakalari tekshiriladi.

ifodali o`qish

8 daqiqa

3 – bosqich. Darsning borishi

  1. Yangi mavzuni o`tishga tayyorgarlik.

“Kuz keldi” she’ri

  1. Matnni o`qish, o`quvchilar bilan savol – javob o`tkazish.

  2. Rasmlar asosida hikoya tuzish.

  3. O`quvchilar bilimlarini test asosida mustahkamlash.

  4. “Kim chaqqon” o`yinini o`tkazish

Tushuntirish

Ifodali o`qish

Ifodali o`qish

Musobaqa

Didaktik o`yin

20 daqiqa

4 – bosqich

Mustah--kamlash

  1. Mavzuga doir boshqotirma yechish.

Oyla, izla, top

10 daqiqa

5 – bosqich

Baholash.

Darsni yakunlash

O`quvchilarning darsdagi faolligi ballanadi va rag`batlantiriladi. Dars yakunlanadi.


3 daqiqa

6 – bosqich.

Uyga vazifa

Mavzuni o`qib, mazmunini so`zlab berish, mevalar, sabzovotlar rasmini chizib kelish.

Suhbat

2 daqiqa

DARSNING BORISHI:

  1. Tashkiliy qism:

O`qituvchi: Assalomu alaykum bolajonlar!

O`quvchilar: Assalomu alaykum ustoz.

O`qituvchi: Hamma darsga tayyormi?

O`quvchi: Ha, tayyormiz.

O`qituvchi: Bugun kim navbatchi?

O`quvchi Bugun men navbatchiman,

Ustozga yordamchiman.

Tozalikni saqlayman,

O`z burchimni oqlayman.

Bugun darsga barcha o`quvchilar qatnashiyapti. Sinfimiz toza, gullarni parvarishladim. Bugungi sana, hafta, yil aytiladi.

O`qituvchi: Darsimiz “Atrofimizdagi olam” fani. Hammalaringiz darslik kitoblaringizni olib darsga tayyorlaningizlar.

O`qituvchi: Bolalar, dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan qoidalar bilan tanishtiraman.

- intizomli bo`lish, bir – birimizni hurmat qilish, faollik ko`rsatish, hamkorlikda ishlash, do`stining fikrlarini qadrlash, vaqtdan unumli foydalanish.

O`qituvchi: Darsning shiori?

O`quvchilar: Tabiatni sevish va asrash.

  1. O`tilgan darsni mustahkamlash.

O`qituvchi: O`tgan darsimizda qaysi mavzuni o`tgandik?

O`quvchi: Biz o`tgan darsimizda “Yil fasllari” mavzusini o`tgan edik.

O`qituvchi: Qani bolalar kim aytad, bir yilda nechta fasl bor?

O`quvchi: Bir yilda 4 ta fasl bor. Qish, bahor, yoz, kuz fasllari.

O`qituvchi: Har faslimiz necha oydan iborat?

O`quvchi: Har faslimiz 3 oydan iborat.

Bahor fasliga mart, aprel, may.

Yoz faslifa iyun iyul, avgust.

Kuz fasliga sentabr, oktabr, noyabr.

Qish fasliga dekabr, yanvar, fevral kiradi.

O`qituvchi: O`lkamizda har yili qaysi fasllar almashinib keladi?

O`quvchi: Bizning yurtimizda har yili 4 fasl navbat bilan almashib keladi.

O`qituvchi: Barakalla bolajonlar!

Endi o`tgan mavzuni 3 ta qatordan 3 o`quvci chiqib ifodali qilib o`qib bering. 1 – qatordan Shohjahon, 2 – qatordan Xonzoda, 3 – qatordan Gulzoda.

  1. Yangi mavzu bayoni.

O`qituvchi: Aziz o`quvchilar! Bugun biz siz bilan oltin kuz fasli haqida, bobodehqonlarimiz, mirishkor bog`bonlarimiz yetishtirgan meva va sabzovotlarni, tabiat in`om etgan foydali o`simliklarni nest – nobud qilmasdan yig`ishtirib olisha doir yangi mavzu “Kuz keldi”she’rini o`qiymiz.

O`qituvchi she’rni ifodali o`qib beradi.

  1. Mavzu yuzasidan o`quvchilar bilan savol – javob o`tkazish.

O`qituvchi: Kuzda Respublikamizda poliz ekinlari, shirin- shakar mevalar, qovun-tarvuzlar pishadi. Paxta ochiladi.

Dehqonlar, bog‘bonlar yetishtirgan hosillarini yig‘ib-terib oladilar.

Kuz fasli sentabr, oktabr va noyabr oylaridan iborat.

Paxta o‘zbek xalqining asosiy boyliklaridan biri.

U juda ko‘p mehnat talab qiladigan ekin.

Paxtani uvol qilmay yig‘ib-terib olish zarur.

Hosil yomg‘ir va qorda qolsa paxtaning sifati pasayadi.

Kuz mamlakatimizda ayni pishiqchilik fasli. Bog‘larda uzum, olma, nok, behi, anor va boshqa mevalar g‘arq pishadi.

Dalalarda esa poliz ekinlaridan qovun, tarvuz, qovoq; sabzavot ekinlaridan kartoshka, sabzi, piyoz, sholg‘om, karam yetilib pishadi.

Bularning hammasi kuzning noz-ne’matlaridir. Ular qish kelguncha yig‘ib olinmasa, sovuq urib nobud bo‘ladi.

Mevalar qishga saqlab qo‘yilishi uchun avval daraxtlardan bittalab terib olinadi.

So‘ngra saralanib, yashiklarga ehtiyotkorlik bilan joylanadi va salqin omborxonalarda taxlab qo‘yiladi.

Ko‘pgina sabzavot ekinlari yerdan kovlab olinib, tozalanadi.

Ular maxsus omborxonalarda saqlanadi. Kartoshka, sabzi, turp, sholg‘omni o‘ralarda ham saqlash mumkin.

Ekinlar yig‘ib olingach, yer shudgorlanadi.

O`qituvchi: Qani bolalar, mavzu yuzasidan savollarimga javob beringlar – chi.

Kuz fasli qaysi fasllardan iborat ekan?

O`quvchi: Kuz fasli sentabr, oktabr, noyabr oylaridan iborat.

O`qituvchi: Kuzda qaysi mevalar pishadi?

O`quvchi: Kuzda bog`larimizda uzum, olma, anor, behi, xurmo, yong`oq, jiyda, do`lanalar pishadi.

O`qituvchi: Nima uchun mevalarni saqlab qo`yamiz?

O`quvchi: Mevalarni lat yedirmay terib, salqin joylarda saqlaymiz. Qish faslida iste`mol qilish uchun.

O`qituvchi: Qaysi sabzovotl ekinlari yerga ko`miladi?

O`quvchi: Sabzovotlardan sabzi, kartoshka, turp, shalg`omni yerga ko`mib, qishda muzlab qolishdan saqlaymiz.


O`qituvchi: Nima uchun paxtani yog`in –sochinga qoldirmasdan tez terib olish kerak deymiz?

O`quvchi: Chunki paxta bizning milliy boyligimiz. Uning bir misqoli ham nobud bo`lmasligi kerak. Hosil yomg`ir va qorda qolsa paxtaning sifati pasayadi.

Rasmlar asosida hikoya tuzish.

O`qituvchi: Bolalar guruhlarga bo`inasizlar va mavzudan kelib chiqib guruhlaringizni nomlaysizlar.

O`quvchilar: 1 – guruh. “Mevalar”.

2 – guruh. “Sabzovotlar”.

3 – guruh. “Poliz ekinlari”, deb nomlaydilar.

O`qituvchi: Guruh sardorlari doskaga chiqib teskari turgan rasmlardan tanlab oling va guruhingiz bilan birgalikda hikoya tuzing. Tuzgan hikoyangizni guruhingizdan bir o`quvchi ifodali qilib o`qib beradi. Chiroyi, ma`noli tuzilgan hikoya egalari rag`batlantiriladi.

1 – guruh. “MEVALAR”.

BOG`”

Maktabimiz bog`i katta va chiroyli. Bog`da turli xil mevalidaraxtlar bor. Kuz faslida bog`dagi olma, anor, yong`oq, xurmolar g`arq pishadi. Mevalarni terib olishda biz bog`bon boboga yordamlashamiz.

3 – guruh. “POLIZ EKINLARI”

QOVUN SAYLI”

Mening tog`am dalaga qovun va tarvuz ekkan. Dam olish kuni o`rtoqlarim bilan dalaga bordik. Polizda dumalab yotgan qovun – tarvuzlarni ko`rib quvonib ketdik. Tog`am bizlarga shirin – shakar qovunlardan so`yib berdi.

2 – guruh. “Sabzovotlar”

PAXTA - BOYLIGIMIZ”.

Kuz keldi. Dalalarda paxtalar qiyg`os bo`lib ochilgan. Oppoq paxtalarni moshinlar termoqda. Paxtalar xirmon – xirmon bo`lib uyildi.

O`qituvchi: Barakalla bolajonlar! Bu musobaqamiz g`olibi “Poliz ekinlari” guruhi bo`ldi. Guruhga rag`bat kartochkasini beraman. “Mevalar” gurihiga va “Sabzovotlar” guruhi o`quvchisi hikoyani ifodali o`qib berolmagani uchun rag`bat kartochkasiniberaman.

O`quvchilar endi mavzuga doir test savollarini yechamiz. Har bir partaga test savollarini berib chiqaman.

  1. Qaysi biri faqat kuz faslida pishadi?

    1. Tut

    2. Gilos

    3. Yong`oq

  2. Sabzovotlar yozilgan qatorni toping?

    1. Sabzi, karam, turp.

    2. Olma, shalg`om, xurmo.

    3. Shalg`om, sabzi, anor.

  3. Poliz ekinlari yozilgan qatorni toping?

    1. Qovun, tarvuz, turp.

    2. Qovun, tarvuz, qavoq.

    3. Qavoq, shalg`om, handalak.

  4. Topishmoq javobini topoing.

O`zi shirin tukligina, mazasi ham totligina.

    1. Anor.

    2. Behi.

    3. Shaftoli.

  1. Maqolni davom ettiring:

Erta qilingan harakat …

  1. Xirmonga berar barakat.

  2. Hosilga berar barakat.

  3. Yerga berar barakat.

  1. Bir yilda nechta fasl bor?

  1. 2 ta.

  2. 3 ta.

  3. 4 ta.

  1. Qish fasliga qaysi oylar kiradi?

  1. Dekabr, yanvar, fevral.

  2. Dekabr, aprel, noyabr.

  3. Yanvar, mart, fevral.

  1. O`raga qanday sabzovotlar ko`miladi?

  1. Piyoz, kartoshka, turp.

  2. Sabzi, shalg`om, kartoshka.

  3. Pomidor, bodiring, turp.

  1. Pak – pakana bo`yi bor … (davom ettiring).

  1. To`qqiz qavat po`stini bor.

  2. Yetti qavat to`ni bor.

  3. Sakkiz qavat to`ni bor.

  1. Kuz faslida nimani hashar yo`li bilan teradi?

  1. Yong`oqni.

  2. Bug`doyni.

  3. Paxtani.

S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

J

C

A

B

C

B

C

A

B

B

C


O`qituvchi: Bolalar, endi “Kim chaqon” o`yinini o`ynaymiz. Bu o`yin sizni chaqqon va epchil, bo`lishga, tez fikrlashga chorlaydi.

O`yin sharti shunday:

Guruh sardorlari savatchadan o`zlari yoqtirgan mevalarni tanladi.

Mevalarda “she`r”, “topishmoq”, “maqol” deb yozilgan. Men 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 … ketdi deb sanayman qaysi guruh 7 soniga to`g`ri kelsa shartni boshlaydi. Keyingi guruh maqol, topishmoq aytadi.

1 – guruh. Olma.

Olmadir mening ismim,

Biram yoqimli hidim.

Ne`mat ichida a`loman

Yetmish dardga shifoman.

2 - guruh:

Yer taqida oltin qoziq

U hammaga bo`lar oziq. (sabzi)

3 – guruh:

Yer haydasang kuz hayda,

Kuz haydamasang yuz hayda.

1 – guruh:

Meni Anor deydilar.

Maza qilib yeydilar.

Yoqut misol har donam

Xurmo mening dugonam.

2 – guruh:

Qizil qiz, yer ostida,

Sochlari yer ustida (lavlagi)

3 – guruh

Kuzgi – harakat,

Yozgi barakat.

O`yin shu zaylda davom etadi. She`r, maqol, topishmoq ayta olmagan guruh o`yindan chiqariladi. Qolgan guruh g`olib bo`ladi.

  1. Bosqich.

Mavzuga doir boshqotirma.

O`qituvchi: Aziz bolajonlar, zehnimizni, aqlingizni charxlab boshqotirmalarni yeching – chi.

1 – guruh o`quvchilari yashirgan mevalar nomini toping.

Javoblar:

1) behi;

2) o`rik; olcha;

4) xurmo;

5) apelsin;

6) kivi; 7) olma

2 – guruhga yashiringan sabzovotlar nomini toping.

Javoblar:

1) Turp; 2) qovoq;

3) karam; 4) piyoz;

5) rediska;

6) kartoshka;

7) bodiring.

3 – guruhga yashiringan poliz ekinlari va mevalarni nomini toping.

Javoblar:

1) olxo`ri; 2) tarvuz;

3) qovoq; 4) uzum;

5) limon;

6) anor;

7) qovun

  1. Baholash. Darsni yakunlash.

Guruhlarga berilgan kartochkalar hisoblanib, g`olib aniqlanadi. Faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa.

“Kuz keldi” she’rini yod olish. Meva va sabzavotlar rasmini chizib, ular haqida topishmoqlar topib kelish.

1. Qaysi biri faqat kuz faslida pishadi?

    1. Tut

    2. Gilos

    3. Yong`oq

6. Bir yilda nechta fasl bor?

  1. 2 ta.

  2. 3 ta.

  3. 4 ta.

2. Sabzovotlar yozilgan qatorni toping?

  1. Sabzi, karam, turp.

  2. Olma, shalg`om, xurmo.

  3. Shalg`om, sabzi, anor.

  1. Qish fasliga qaysi oylar kiradi?

  1. Dekabr, yanvar, fevral.

  2. Dekabr, aprel, noyabr.

  3. Yanvar, mart, fevral.

3. Poliz ekinlari yozilgan qatorni toping?

  1. Qovun, tarvuz, turp.

  2. Qovun, tarvuz, qavoq.

  3. Qavoq, shalg`om, handalak.

  1. O`raga qanday sabzovotlar ko`miladi?

  1. Piyoz, kartoshka, turp.

  2. Sabzi, shalg`om, kartoshka.

  3. Pomidor, bodiring, turp.


4. Topishmoq javobini topoing.

O`zi shirin tukligina, mazasi ham totligina.

    1. Anor.

    2. Behi.

    3. Shaftoli.

  1. Pak – pakana bo`yi bor … (davom ettiring).

  1. To`qqiz qavat po`stini bor.

  2. Yetti qavat to`ni bor.

  3. Sakkiz qavat to`ni bor.

5. Maqolni davom ettiring:

Erta qilingan harakat …

  1. Xirmonga biror barakat.

  2. Hosilga biror barakat.

  3. Yerga biror barakat.

  1. Kuz faslida nimani hashar yo`li bilan teradi?

  1. Yong`oqni.

  2. Bug`doyni.

  3. Paxtani.

XULOSA

Bu bo`limdagi materiallarda o`quvchilarning atrof – muhit, yer, suv, tabiat haqidagi bilm va tushunchalarini kengaytirib, ularda kuz faslining go`zal manzarasini to`laligicha yetkazib, kuz faslidagi o`zgarishlar, yig`im - terim bilan bog`liq bo`lgan manzaralar, kattalar mehnati va u yerda bolalarning ishtiroki haqidagi taassurotlari yanada boyib boradi.

Kuz faslida yig`ib olinadigan, paxta, sholi va poliz ekinlari – yu, bog` - rog`lardagi mevalarning barchasi dehqonlarning peshona teri bilan yetishtirilgan hosil ekanligini o`quvchilarga tushuntirib o`taman.

Mavzuni tushuntirishda o`quvchilarni nutq boyligini oshirishda rasmlardan hikoyalar tuzdirdim. Epchil, chaqqon, tez fikrlashlari uchun “Kim chaqqon” o`yinidan va topqir, ziyrak bo`lishi uchun boshqotirmalardan foydalandim.

Bu mavzu orqali o`quvchilarni jonojon vatanimizning ona tabiatga, bobodehqon mehnatini qadrlashga bo`lgan muhabbatini o`stiraman.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

  1. 4 – sinf o`qish darslari. O`qituvchi kitobi. 2007 yil. S. Matchonov Toshkent. “Yangi yo`l poligraf service”.

  2. 2 – sinf o`qish kitobi. O`qituvchi qo`llanmasi. 2012 yil. Toshkent.

  3. 1 – sinf. Atrofimizdagi olam.

  4. 1 – sinf. Alifbe kitobi.

  5. Boshlang`ich ta`lim. Toshkent. 2012 – yil. 8 – soni. 16 – 22 bet.

  6. Botanika. 5 – sinf.

  7. Bilimdon jurnali. 2012 yil. Iyun. 173 – soni.


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!