СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Лабораторная работа по изучению движения тела против горизонта

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Лабораторная работа по изучению движения тела против горизонта

Просмотр содержимого документа
«Лабораторная работа по изучению движения тела против горизонта»

MAVZU: 1-Laboratoriya ishi. Gorizontga qiya otilgan jism harakatini o‘rganish.

Laboratoriya mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti-2 soat

O’quvchilar soni-30 nafar.

Mashg’ulot shakli

Аmaliy-Laboratoriya mashg’uloti.

Mashg’ulot tuzilishi

  1. Mavzuga kirish.

  2. Mexanika asoslari bo’yicha tayanch bilimlarni faollashtirish.

  3. Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli jihozlarni nazoratdan o’tkazish va tayyorlash.

  4. Guruhlarda laboratoriya ishini bajarishni

tashkillashtirish.

5. Guruhlarda ish faoliyatini boshqarish.

6. Hulosa va hisobot tayyorlash

Oquv mashgulotining maqsadi: Gorizontga qiya otilgan jism harakatini o’rganish bo’yicha amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish, izlanuvchanlik ko’nikmalarini rivojlantirish.

Pedagogik vazifalar:

  • Gorizontga qiya otilgan jism

harakatini o’rganish bo’yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkillashtirish;

  • Jism harakati turlari bo’yicha

nazariy egallagan bilimlarini chuqurlashtirish;

  • Gorizontga qiya otilgan jism

harakatini o’rganish uchun zarur bo’lgan jihozlar bilan ishlashni tushuntirish;

  • Jism harakati bo’yicha nazariy

bilimlarini amaliyotda qo’llay olish qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • Gorizontga qiya otilgan jism

harakati burchakka bog’liq ekanligini ko’rsatish;

O’quv faoliyatini natijalari:

  • Gorizontga qiya otilgan jism

harakatini o’rganish bo’yicha bajariladigan ishlar bilan tanishadilar;

  • Jism harakati turlari bo’yicha

bilimlarini mustahkamlaydilar;

  • Gorizontga qiya otilgan jism

harakatini o’rganish uchun kerakli jihozlarni ishlatish bo’yicha tushuncjhaga ega bo’ladilar;

  • Kerakli jihozlar yordamida

laboratoriya ishini bajaradlar;

  • Gorizontga qiya otilgan jism

harakati burchakka bog’liq ekanligini isbotlaydilar;

O’qitish metodlari

Laboratoriya metodi, yo’riqnoma, tushuntirish, namoyish, ko’rsatish.

O’qitish vositalari

Laboratoriya jihozlari: Nov, ballistik to’pponcha, o’lchov lentasi, kapirovka qog’oz; doska, slaydlar, ish varaqasi, yo’riqnoma varag’i.

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

Ommaviy, guruhli.

O’qitish shart-sharoitlari

Fizika fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga moslashgan o’quv xonasi.

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki nazorat: Savol-javob

Yozma nazorat: Hisobot.

Gorizontga qiya otilgan jism harakatini o‘rganish.” mavzusudagi laboratoriya mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish

(10 daqiqa)

1.1 Mashg’uotning mavzusi va maqsadi bilan tanishtiradi. (1-Ilova)

1.2. Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi. (2-Ilova)

1.3. Guruh o’quvchilarini 4 ta kichik guruhga bo’lib joylashtiradi.

1.4 Kichik guruhlarda ishlash qoidasini eslatadi. (3-Ilova) Mashg’ulot shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi;

Tinglaydilar;


Aniqlashtiradilar

Savollar beradilar;

Joylarini egallaydilar;

Diqqat qiladilar;

2-bosqich

Asosiy

(60 daqiqa)

2.1 O’quvchilrning mashg’ulotga tayyorgarligini va tayanch bilimlarini nazorat savollari orqali tekshiradi; (4-Ilova) Savollarni guruhlar ketma-ketligi bo’yicha o’qiydi, o’quvchilar javoblarini qabul qiladi, sharxlaydi, hulosa qiladi.

2.2 Gorizontga qiya otilgan jism harakatini o’rganish uchun yo’riqnoma beradi, laboratoriya ishi qurilmasi bilan tanishtiradi, laboratoriya ishi bo’yicha natija olish va hisobot tayyorlashni tushuntiradi.

2.3 Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha guruhli faoliyatni tashkillashtiradi, “Ishni bajarish tartibi” yo’riqnomasi (5-Ilova) bo’yicha laboratoriya ishini bajarishini aytadi. O’quv topshirig’ini tarqatadi. (6-Ilova) Guruhlarda laboratoriya ishini bajarilish jarayonini nazorat qiladi.

2.4. Laboratoriya ishi natijalarini rasmiylashtirish bo’yicha o’quvchilar faoliyatini tashkillashtiradi;

2.5. Assesment usulida o’quv topshirig’ini slayd orqali namoyish qiladi va topshiriqni bajarishlarini ta’kidlaydi, o’quvchilar faoliyatini nazorat qiladi. (7-Ilova)

2.6 Guruhli ish natijalarining tanlangan taqdimotini tashkillashtiradi.

Savollarga javob beradilar;

Tinglaydilar;



Diqqat qiladilar, savollar beradilar;


Laboaratoriya ishini bajaradilar;

Hisoblaydilar, yozadilar;



Natijalarni solishtiradilar, yozadilar;


Topshiriqni bajaradilar;


Taqdimot qiladilar;

3-Bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

3.1 Olingan natijalarni umumlashtiradi, laboratoriya mashg’ulotining natijalarini izohlab beradi, maqsadga erishganlik darajasini aniqlaydi, yakun yasaydi

3.2 Baholash mezonlari asosida o’quvchilarni baholaydi

3.3 Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi.

Vazifa: Bajarilgan laboratoriya ishi bo’yicha hisobot yozish; Bajariladigan 2-laboratoriya ishining yo’riqnomasini daftarga qayd etish.

Tinglaydilar, yozadilar;


Savollar beradilar;

Tinglaydilar,

Vazifani yozadilar;

1-Ilova

Mavzu: Gorizontga qiya otilgan jism harakatini o’rganish






Ishning maqsadi: Jismning uchish uzoqligini otish burchagiga bog‘liqligini tekshirish.

Mashg’ulot shiori: Eng donishmand kishi deb, vaqtini yo’qotganda iztirobga tushadigan kishiga aytiladi.

(Dante (1265-1321))












2-Ilova

Sinov turlari

Baholash mezoni

1

Laboratoriya va ishchi daftarining tayyorligi. (Oldingi mashg’ulotda bajarilgan laboratoriya ishining hisoboti mavjudligi, bajariladigan laboratoriya ishining yo’riqnomasi yozilganligi)


2 ball


2

Bajariladigan laboratoriya ishining nazariy asosiga tayyorgarligi.

3 ball

3

Tajriba va o’lchash ishlarini tegishli ketma-ketlikda texnika xavfsizligiga rioya qilib bajara olsa, natijani to’g’ri hisoblasa.

4 ball

4

Bajargan laboratoriya ishi bo’yicha hisobot topshirsa, taqdimotda ishtirok etsa.

3 ball

5

Assesment

8 ball


Jami

20 ball


















3-Ilova

Guruhlarda ishlash qoidasi

  • Sherigingizni diqqat bilan tinglang.

  • Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondoshing.

  • Agar sisga yordam kerak bo’sa, albatta guruh a’zolariga murojaat qiling

  • Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.

  • Guruhlar faoliyati natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart!

  • Shuni tushunmog’ingiz lozim:

  • Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz;

  • Biz bir kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz;











4-Ilova

Gorizontga qiya otilgan jism harakatini o’rganish bo’yicha tayanch bilimlarini tekshirish uchun nazorat savollari:

1-Guruh uchun savol:

Bajariladigan laboratoriya ishining mavzusi, maqsadi va kerakli jihozlarning nomlarini ayting. Mavzu bo’yicha texnika xavfsizligi qoidalarini ketma-ketlikda tushuntiring.


2-Guruh uchun savol:

Gorizontga qiya otilgan jism harakatini aniqlash bo’yicha muhim bo’lgan nazariy asoslari nimalardan iborat?


3-Guruh uchun savol:

Ishni bajarish tartibi qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?



4-Guruh uchun savol:

Gorizontga qiya otilgan jism harakatini o’rganishda natijaga erishish uchun qaysi hisoblash formulalaridan foydalaniladi?


5-Ilova

Ishni bajarish bo’yicha yo’riqnoma

1. Ballistik to‘pponcha laboratoriya stoli chetiga o‘rnatiladi.

2. Ballistik to‘pponchaning qiyalik burchagini 300 qilib tutqichga mahkamlanadi (Qiyalik burchagi to‘pponchaga mahkamlangan transportir yordamida aniqlanadi).

3. Tutqich orqaga tortiladi va uni stvol ilgagiga kiritiladi.

4. Metall sharcha stvol ichiga joylashtiriladi.

5. Tutqichni ilgakdan chiqarib yuboriladi va sharchaning tushish joyi aniqlanadi.

6. . Tutqich orqaga tortiladi va uni stvol ilgagiga kiritiladi.

7. Metall sharcha stvol ichiga joylashtiriladi.

8. Tutqichni ilgakdan chiqarib yuboriladi va sharchaning tushish joyi kuzatiladi.

9. Tajriba yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek kamida 3 marta takrorlanadi.

10. Qiyalik burchagini o‘zgartirib (450, 600...) tajribani yuqorida ko‘rsatilgan tartibda takrorlang.

11. Olingan natijalar asosida o‘lchash xatoligini hisoblang.

12. O‘rtacha uchish uzoqligiga ko‘ra sharchaning otilish tezligi ifoda yuordamida hisoblanadi.

13. Hisoblash natijasidan foydalanib sharchaning uchish vaqti ifodaga ko‘ra hisoblanadi.


6-Ilova

Guruhlar uchun o’quv topshirig’i


O’quv topshirig’i

1-Topshiriq mazmuni: Qurilmaning tuzilishini o’rganing.

2-Topshiriq mazmuni: Qurilmani ish holatiga tayyorlang.

3-Topshiriq mazmuni: Yo’riqnoma asosida ishni bajaring. Olingan natijalarni

“Ishchi daftarga” yozing.

4-Topshiriq mazmuni: Olingan natijalar asosida ma’lumotlarni 1-jadvalga

kiriting.

Eslatma: Qurilmaning tuzilishini laboratoriya ishlari qo’llanmasidan foydalanib

2-chizma bilan solishtiring. 6-betga qarang.



6.1-Ilova

1-jadval

Otilish

burchagi

l, uchish uzoqligi, (m)

(m)

l

(m)

(m)

υ0

m/s

tu

s

300

1-otilish








2-otilish



3-otilish



450

1-otilish








2-otilish



3-otilish



600

1-otilish








2-otilish



3-otilish







7-Ilova

ASSESMENT usulida mustahkamlash va baholash uchun topshiriq:

Тest: Gorizontga qiyalatib otilgan jism qanday harakat qiladi?

A)to’g’ri chiziqli tekis

B)tekis sekinlanuvchan

C) gorizontal va vertikal

D) notekis

2-ball

Muammoli topshiriq:

Gorizontga qiyalatib otilgan jism harakat trayektoriyasi chizmasi :





2-ball

Simptom(belgilari):

Tekis tezlanuvchan harakat bu-


. . . . . . . . .. . . .. . . . . .. ..


2-ball

Amaliy ko’nikma:

Qurilmaning asosiy qismlari:

-

-

-

-

-



2-ball






















Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!