Просмотр содержимого документа
«Fizika 6- sinf Arximed qonuni. Jismlarning suzish sharti taqdimot (slayd)»
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI
QO’SHRABOT TUMANI XTBGA QARSHLI
2-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
Fizika fanidan VI-sinflar uchun
DARS ISHLANMASI
Mavzu: „Arximed qonuni va uning qo’llanilishi”
Tuzuvchi: Fizika fani o’qituvchisi
Duvlayev K. A.
Boqichog’atoy 2019.
Fizika 6-sinf Sana:
Mavzu: Arximed qonuni va uning qo’llanilishi
Darsning maqsadi | O`quvchilarga Arximed kuci to‘g’risida ma’lumot berish; jismlarning suzish sharti bilan o‘quvchilarni tanishtirish va undan amaliyotda foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish hamda fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish, tajribalar o‘tkazish va xulosalar chiqarish, fizik bilimlardan amaliyotda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi. |
Vazifalari | O‘quvchilarga mavzu asosida Arximed kuciga doir bilimlarni berish bilan birga qiziquvchanlik, topqirlik, hozirjavoblik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish, hamda o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish.Suvdan foydalanish madaniyatini shakllantirish. |
O‘quv jarayonining mazmuni | O‘quvchilar mavzuning mazmun mohiyatini tushunib yetishlari unda molekulalarning nomlari , ularning tuzilishi, ishlatilishi bo`yicha bilim, ko`nikma va amaliyotda qo`llash malakalarga ega bo`lish |
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi. | Metod: “Aqliy hujum”, Savol-javob, taqdimot Vosita: Taqdimot slaydlari. Doska, bo‘r. Nazorat: og`zaki Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash. |
Kutilayotgan natijalar | O‘qituvchi: O‘quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishi ortadi. O‘quvchilar o‘rtasida do`stona muhitni yaratadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilarni mustaqillikka va ijodkorlikka o`rgatadi. | O‘quvchi: O‘quvchilar mustaqil o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi. Mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga va kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalari shakllantiriladi. |
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar). | O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologilarni darsda qo‘llashni, ularni takomillashtirishga erishadi. | O‘quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruhda ishlashda jipslikka e’tibor qaratadi. |
Мashg‘ulotning borishi
Asosiy tushuncha va atamalar:
- Suyuqlikka botirilgan jismga suyuqlik tomonidan ta’sir etuvchi kuch.
-Yuqoriga ko’taruvchi kuch.
-Arximed kuchi.
-Jismlarning suzish sharti
-Vater chiziq
I. Darsning tashkil etilishi (2 minut):
a) salomlashish, davomatni aniqlash;
b) o‘quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;
Darsning blok-chizmasi
| Dars bosqichlari | Vaqti |
1. | Tashkiliy qism | 2 minut. |
2. | O‘tilganlarni takrorlash. Savol-javob. | 5 minut |
3. | Taqdimot asosida yangim mavzuni o’rganish. | 20 minut |
4. | Darsni mustahkamlash va rag‘batlantirish Savol-javob. | 15 minut |
5. | Uyga topshiriqlar | 3 minut |
II. O`tilgan mavzu bo‘yicha kompetentlikni tekshirish uchun savol-javob(5 minut)
O‘tilganlarni takrorlash uchun savollar:
Bu nima?
Ikki metr chuqurlikka avval quduq keyin daryo suviga tushdingiz deb faraz qilaylik. Qaysi holda suv sizni kuchliroq bosadi?
Chang’i nima uchun kerak?
Pichoqni nima uchun charxlaymiz?
Rasmdagi xatolikni toping.
III. Yangi mavzu bayoni (20 minut).
Yangi mavzuni o’qituvchining slaydlar asosida taqdimot orqali tushuntiriladi.
IV.Darsni mustahkamlash (12 minut).
O’quvchilarga quyidagi savollar beriladi va javoblar olinadi.
Qanday suvda odam cho’kmaydi?
Qadimgi greklarning hikoya qilishlaricha Arximed haddan ziyod kuchli bo’lgan. U beligacha suvda turib chap qo’li bilan 1000 kg yukni ko’tara olgan. Ha, aytganday u yukni faqat beligacha ko’targan, undan yuqoriga ko’tarishga rozi bo’lmagan. Qadimgi greklarning hikoyasiga ishonsa bo’ladimi?
Nima uchun tuzsiz suvda tovuq tuxum cho’kadi, haddan tashqari sho’r sho’rvada suv betiga chiqadi?
Sazan balig’i qayerda og’irroq bo’ladi o’zi yashaydigan ko’ldami, yoki baliqchi
V.O`quvchilarni baholash (3 minut).
Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo`yiladi. Faol o‘quvchilar alohida rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa (3 minut).
Darslikdan 27-mavzuni o’qish.
Mavzu oxiridagi savollarga javob toping
O’qituvchi: Duvlayev K.
O’TIBDO’: Ro’ziyev U.