СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Кульминация светотени и высота кульминации. Измерение времени.

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Звездное и солнечное время. Календари. Движение и фазы Луны. Солнечные и лунные затмения

Просмотр содержимого документа
«Кульминация светотени и высота кульминации. Измерение времени.»

MAVZU: Yoritkichlarning kul’minatsiyasi va kul’minatsiya balandliklari. Vaqtni o’lchash. Yulduz va Quyosh vaqtlari. Kalendarlar. Oyning harakati va fazalari. Quyosh va Oy tutilishlari

Nazariy mashg’ulotiningo’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti-2 soat

O’quvchilar soni-30-32 nafar

Mashg’ulot shakli

Nazariy, to’liq o’quv mashg’uloti;

Mashg’ulot rejasi

1.Yoritkivhlarning kul’minatsiyasi va kul’minatsiya balandliklari.

2. Vaqtni o’lchash. Yulduz va Quyosh vaqtlari

3. Kalendarlar

4. Oyning harakati va fazalari

  1. Quyosh va Oy tutilishlari

Oquv mashgulotining maqsadi: Yoritkichlarning kul’minatsiyasi va kul’minatsiya balandliklari. Vaqtni o’lchash. Yulduz va Quyosh vaqtlari. Kalendarlar. Oyning harakati va fazalari haqida bilimlarni shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:

  • Yoritkivhlarning kul’minatsiyasi va kul’minatsiya balandliklari haqida tushuncha berish;

  • Vaqtni o’lchash. Yulduz va Quyosh vaqtlarini ochib berish ;

  • Kalendarlarni tushuntirish;

  • Oyning harakati va fazalarini yoritish;

  • Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish.

O’quv faoliyatini natijalari:

  • Mavzuni maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rnini yoritib beradi;

  • Vaqtni o’lchash. Yulduz va Quyosh vaqtlarini ochib bera oladilar;

  • Kalendarlar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar;

  • Oyning harakati va fazalarini yorita oladilar;

  • Mavzu asosida hulosalar chiqaradilar;

O’qitish metodlari

“Tushunchalar taxlili” va ”Toifalash jadvali”-grafikli organayzerlari; Tushuntirish, yo’riqnoma berish, ko’rsatish, namoyish usullari;

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, doska, slaydlar, tarqatma materiallar, o’quv topshiriqlari.

O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari

Kichik guruhlarda ishlash.

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya;

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot;

Yozma so’rov: o’quv topshiriqlari asosida

Yoritkichlarning kul’minatsiyasi va kul’minatsiya balandliklari. Vaqtni o’lchash. Yulduz va Quyosh vaqtlari. Kalendarlar. Oyning harakati va fazalari. Quyosh va Oy tutilishlari” mavzusi bo’yicha nazariy o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish

(10 minut)

    1. Mavzuning nomi, maqsadi va

kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.(1-Ilova)

    1. Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan

tanishtiradi.

    1. Guruhlarda ishlash qoidasini eslatadi.

(2-mavzu, 2-Ilovada mavjud)

Tinglaydilar;

Yozib oladilar;

Aniqlashtiradilar;

Savollar beradilar;

Tinglaydilar

2-bosqich

Asosiy

(60 minut)

2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Tushunchalar taxlili” usuli yordamida tekshiradi. Xar bir guruh uchun (4 ta kichik guruh) “Tushunchalar taxlili” usuli bo’yicha tayyorlangan ekspert varag’ini tarqatadi (2-Ilova) Nazorat qiladi, taqdimotni tashkillashtiradi;

2.2 O’quvchilarga: Nega hafta kunlari aynan 7 kun? Nima uchun 1 yil 365 kundan iborat, boshqa sayyoralarda hamshunday bo’lishi mumkinmi?-degan savolni beradi va bahs-munozarani tashkillashtiradi.

2.3 Mavzu bo’yicha mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq bilimlarni beradi. Slaydlarni Power point tartibida (3-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.

2.4 O’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Toifalash jadvali” usuli yordamida tekshiradi va mustahkamlaydi. (4-Ilova) Ekspert varag’ini guruhlarga tarqatadi, yo’riqnoma beradi, taqdimotni tashkillashtiradi

Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar;




Baxs-munozara olib borishadi;



Eshitadilar, yozadilar, savollar beradilar;





Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar

3-Bosqich

Yakuniy


(10 minut)

3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi.

3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi.

3.3 Uyga vazifa beradi. Toрshiriq bo’yicha hulosa yozib kelish (5-Ilova).

Tinglaydilar




Yozib oladilar,


1-Ilova


Taяnch tushunchalar:

Kul’minatsiya, yuqori kul’minatsiya, quyi kul’minatsiya, yulduz sutkasi, mahalliy vaqt, dunyo vaqti, poyas vaqti, kalendarlar, oy kalendarlari, Quyosh kalendarlari, yulian kalendari, grigorian kalendari, sinodik davr, siderik davr, fazalar, Quyosh tutilishi, Oy tutilishi;

Mashg’ulot shiori:

O’qishga imkon borligi-bu buyuk BAXT!

(S.A.Chapligin)




2-Ilova

Tushunchalar taxlili” usuli uchun o’quv topshirig’i:


1-Kichik guruh uchun topshiriq

TUSHUNCHA

MAZMUNI

Osmon sferasining sutkalik ko'rinma aylanishi


Quyoshning sutkalik yo'li










2-Kichik guruh uchun topshiriq

TUSHUNCHA

MAZMUNI



Turli kengliklarda, yil davomida Quyoshning sutkalik aylanishi













3-Kichik guruh uchun topshiriq

TUSHUNCHA

MAZMUNI

Kuzatuvchi Yer qutblaridan (φ=±90°) birida bo’lganda yulduzlar osmonining aylanishi
















4-Kichik guruh uchun topshiriq

TUSHUNCHA

MAZMUNI

Kuzatuvchi Yer ekvatorida bo’lganda, (φ=o0) yulduzlar gorizontga nisbatan sutkalik aylanishini
















3-Ilova

1-Slayd

Yoritgichlaming, sutkalik ko'rinma harakati paytida, osmon meridianini kesib o'tish hodisasi ularning kulminatsiyalari deyiladi,- Ixtiyoriy yoritgich bunday harakat tufayli har sutkada osmon meridianini ikki marta kesib o'tadi, binobarin ikki marta kulminatsiyada bo'ladi. Bu ikki kulminatsiyadan zenitga yaqini (K) - yuqori kulminatsiya deb, ikkinchisi esa (K'} — quyi kulminatsiya deb ataladi|(1- rasm).





2-Slayt










2-Slayd

1-Rasm. Yoritkichlarning kul’minatsiyasi hodisasi.






















3-Slayd

Vaqt asosan insonlarning amaliy ehtiyojlari asosida insonlar tomonidan quyosh va yulduzlarni kuzatish natijasida aniqlanadigan astronomik tushunchadir.Vaqt bilan insonlar juda qadimdan shug’ullanishgan. Hozirgi paytda vaqtni soat, minut, sekund va sekundni mingdan bir ulishida o’lchash insonlar hayotida katta ahamiyat kasb etadi.










4-Slayd

Yer o’z o’qi atrofida g’arbdan sharqqa tomon bir sutkada bir martadan aylanganligi uchun, bizga quyosh har soatda 150 dan sharqdan g’arbga tomon aylangandik tuyuladi. Demak yer sirtidagi davlatlarga birin-ketin nur socha boshlaydi. Kuzatuvchi meridianiga quyosh kelgan paytda o’sha joy uchun quyosh vaqti tush vaqtini bildirib, soat 12 bo’lganligini bildiradi. Angliya davlatidagi Grinvich rasadxonasining mahalliy vaqti dunyo vaqti deyiladi.


















5-Slayd

Yulduz vaqti.Bahorgi teng kunlik nuqtasining ketma-ket kuzatuvchi meridianidan ikki marta o’tishi uchun ketgan vaqt yulduz sutkasi deyiladi. Bahorgi teng kunlik nuqtasining soat burchagiga yulduz vaqti diyiladi. Bahorgi teng kunlik nuqtasini kuzatuv natijasida ko’rish mumkin emas. Uni yulduzlarning meridiandan o’tishi orqali aniqlanadi.Yulduz vaqti S=a+t formulasi yordamida topiladi. Bunda S-yulduz vaqti; a-yulduzning to’g’ri chiqishi; t-yulduzning soat burchagi. Yulduz kuzatuvchining meridianida bo’lsa, t=0 bo’lib S=a bo’ladi.















6-Slayd

Haqiqiy va o’rtacha quyosh vaqti. Quyosh o’zining ko’rinma harakatida ekliptika aylanasi bo’ylab harakatlanadi. Bu Quyoshni biz haqiqiy Quyosh deymiz. Haqiqiy Quyoshni ketma-ket kuzatuvchi meridianidan ikki marta o’tishi uchun ketgan vaqt haqiqiy Quyosh sutkasi deyiladi. Haqiqiy Quyoshning soat burchagi haqiqiy Quyosh vaqti deyiladi.










Uzoq muddatlarni hisoblash sistemasiga kalendar deyiladi. Eng qadim zamonlardayoq uzoq muddatlarni hisoblashda yil fasllarining almashish davri – tropik yil asos qilib olingan. Hozirgi paytga kelib, bir tropik yilning 365,2422 o’rtacha Quyosh sutkasi ekanligini bilamiz. Ammo qadimgi insonlar bir tropik yilni hozirgi aniqlikda bilishmagan. Miloddan oldingi uchinchi asrlarda Misr va Xitoyliklar bir tropik yilni 365,2500 o’rtacha Quyosh sutkasiga teng deb o’ylashgan. Miloddan oldingi 46 yilda Rim imperatori Yuliy Sezarning misrlik astronom Sozigen ishtirokida o’tkazgan reformasida ham bir tropik yil 365,2500 o’rtacha quyosh sutkasi deb qabul qilingan.


7-Slayd















Oy - Yerning tabiiy yo'ldoshi bo'lib, uning atrofida 27,32 sutkalik davr bilan aylanadi. Bu davr Oyning siderik davri yoki yulduz davri deb yuritiladi. Oyning Yer atrofida aylanish yo'na-lishi, yulduzlarning Yer atrofidagi ko'rinma aylanishiga qarama-qarshi bo'lib, u g'arbdan sharqqa (ya'ni Yerning o'z o'qi atrofida aylanish yo'nalishi bilan bir xil yo'nalishda) harakat qiladi.


8-Slayd









Quyosh tutilishi. Oy Yerning atrofida aylanayotib, ba'zan Quyoshni bizdan to'sib o'tadi (2- rasm). Bunday hoi Quyosh tutilishi deyiladi. Bu hodisa har doim Oyning yangioy holatida ro'y beradi.

2- rasm. Quyosh tutilishi hodisasi (ostki rasmlarda Yer

sirtining A, O, B nuqtalarida Quyosh tutilishining

ko'rinishlari).


9-Slayd





















5-Ilova

Toifalash sharxini tuzish qoidasi:

  1. Toifalash bo’yicha ma’lumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud emas.

  2. Bitta mini-guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin.

  3. Ta’lim oluvchilarga oldindan tayyorlab qo’yilgan toifalarni berish mumkin emas, bu ularning mustaqil tanlovi bo’la qolsin.

O’quvchilar uchun yo’riqnoma:

Toifalashda kul’minatsiyalarga asoslaning!













Toifalash jadvali (Eekspert varag’i)

TOIFALAR

















6-Ilova

Uyga vazifa uchun toрshiriq

1-Toрshiriq:

Oyning harakatini va fazalari ro'y berishining sabablarini yoriting.

2- Toрshiriq:

Quyosh tutilishi hodisasini tushuntiring.

Quyosh nega har yangi oyda tutilmasligini


ochib bering.