Просмотр содержимого документа
«Matematika o'qitish metodikasi»
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo’lib shveysariyalik pedagog - matematigi Gieestalotsining 1803 yilda yozgan «Sonni ko’rgazmalio’rganlsh asarida bayon qilingan. XVII asrning birinchi yarmidan boshlab matematika o’qitish metodikasiga doir masalalar bilart fus olimlaridan akademik S.E.Gurev (I760-I8I3), XVIII asrning birinchi va ikkinchi yarmidan esa N.I.Lobachevskiy (1792-1856), I.N.Ulyanov (I83I-I886). L.N.Tolstoy (I828-I9IO) va atoqli metodist-matematik SXShoxor-Trotskiy {I853-I923),"A.N;Ostrogradskiy va boshqalar shug’ulandilar va ular matenlatika faniga ilmiy nuqtai-nazardan qarab, uning progressiv asoslarini ishlab chiqdilar. Masalan, A.N.Ostrogradskiy «Ong kuzatishdan keyin paydo bo’ladi, ong real, mavjud olamga asoslangan» deb yozgan edi. Geometriya metodikasidan materiallar (Materiali po metodike geometrii, 1884yil, 84bet.).
Keyinchalik matematika o’qitish metodikasining turli yo’nalishlari bilan N.A.Izvolskiy, V.M.Bradis, S.E.Lyapin, I.K.Andronov, N.A.Glagoleva, I.Ya.Dempman, A.N.Barsukov, S.X Novoselov, A.Ya.Xinchin, N.F.Chetveruxin, A.N.Kolmogorov, A.I.Markushevich, A.I.Fetisov va boshqalar shug’ullandilar.
1970 yildan boshlab maktab matematika kursinijtig mazmuni yangi dastur asosida o’zgartirildi, natijada uni o’qitlsh metodikasi ham ishlab chiqildi. Hozirgi dastur asosida o’qitilayotgan maktab matematika fanining metodikasi bilan professorlardan V.M.Kolyagin, J.Ikromov, R.S Cherkasov, P.M.Erdniev, N.G'aybullaev, T.To’laganov, A.Abduqodirov va boshqa metodist olimlar shug’ullanmoqdalar. Matematika o’qitish metodikasi pedagogika institutlarining III-IV kursiarida o’tiladi. U o’zining tuzilishi xususiyatiga ko’ra shartli ravishda uchga bo’linadi:
1. Matematika o’qitishning umumiy metodikasi. Bu bo’limda matematika fanining maqsadi, mazmuni, formasi, metodlari va uning vositalarining metodik sistemasi, pedagogika, psixologiya qonunlari hamda didaktik prinsiplar asosida ochlb beriladi.
2. Matematika o’qitishning maxsus metodikasi. Bu bo’limda matematika o’qitish umumiy metodikasimng qonun va qoidalarining aniq mavzu materiailariga tadbiq qiiish yo’iiari ko’rsatiladi.
3. Matematika o’qitishning aniq metodikasi.
Bu bo’lim ikki qismdan iborat:
1. Umumiy metodikaning xtisusiy masalalari;
2. Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
Masalan, VI sinfda matematika darslarini rejalasihtirMi va uni o’tkazish metodikasi deyilsa, bu umumiy metodikanuig xususiy masalasi bo’lib hisoblanadi.
O`rta umumta'lim maktablarida matematika o’qitishning
maqsadi
O’rta maktablarda matematika o’qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1. Matematika o’qitishning umunita`limiy maqsadi.
2. Matematika o’qitishning tarbiyaviy maqsaidi.
3. Matematika o’qitishning amaliy maqsadi.
- Matematika o’qitishning umumta'limiy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:
a) o’quvchilarga ma'lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar tizimi matematika fani to’g’risida yetarli darajada ma’lumot berish, ulami matematika faninng yuqori bo’limlarini o’rganishga tayyorlashi kerak. Bundan, tashqari dastur asosida1 o’quvchilar o’qish jarayonida olgan bilimlarining ish ishonchli ekanligini tekshira bilidiga o’rganishlari, ya'ni isbotlash va nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak.
b) o’quvchilarning og’zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish.
Matematikani o’rganish o’quvchilarning o’z ona tillarida xatosiz sd'zlash, o’z fikrini aniq, ravshan va lo’nda qilib bayon eta bilish malakalarini o’zlashtirishlariga yordam berishi kerak. Bu degan so’z o’quvchilarning har bir matematik qoidani o’z ona tillarida to’g’ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning matematik ifodasini formulalar yordamida to’g’ri yoza olish qobiliyatlarini atroflicha shakllantirish demakdir;
v) o’quvchilami matematik qonmiiyatlar asosida real haqiqat-lami bilishga o’rgatish. Bu yerda o’quvchilarga real olamda yuz
beradigan eng sodda hodisalardan tortib to murakkab hodisalargacha hammasining fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosa-batlami tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko’zda tutiladi.