1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish. (10 daqiqa) | 1.O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatni tekshiradi; 2. O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorgarligini nazorat qiladi. Maqsad va vazifani belgilanishi; 3. Amaliy mashg’ulot nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi 4. Amaliy mashg’ulotning baholash mezonlari bilan tanishtiradi. 5. Havfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishni eslatadi. | 1.O’quv mashg’ulotiga tayyorgarlik ko’radilar Amaliyotga havfsizlik texnikasi, sanitariya va gigiena talablariga rioya qilgan holda maxsus kiyimda keladi. Havfsizlik texnikasi jurnaliga imzo qo’yadilar. Tinglaydilar |
2-bosqich. Asosiy bosqich (210 daqiqa) | Kirish yo’riqnomasi (60daq) O’quvchilar bilimini faollashtirish: 1. Tezkor-so’rov, savol - javob, aqliy hujum orqali bilimlarni faollashtiradi. Yangi o’quv material bayoni: 2 O’quv amalieti mavzusi bo’yicha umumiy ma’lumot beradi, ish jarayonini tushuntiradi; Joriy yo’riqnoma (135 daq.). Yangi o’quv material bo’yicha amaliy mashq bajarish: 3. O’quvchilarni ish joylariga taqsimlab amaliy ish yuzasidan yo’riqnomali texnologik xarita (-ilova) hamda mustaqil ish bajarish uchun xom-ashyo tarqatadi va ko’rsatmalar beradi. 4. Mustaqil ishlarni bajarilishini maqsadli aylanish vaqtida nazorat qiladi va ish jarayonida o’quvchilar tomonidan qo’ygan xatolarni ko’rsatadi. Yakuniy yo’riqnoma (15 daq.): 5. Mashg’ulot. tugaganidan so’ng ish joylarini talab darajasiga keltiradi. Tayyorlangan mahsulotni qabul qiladi, | Savollarga javob beradi. Tinglaydilar, chizadilar, yozib oladilar. O’quvchilar o’z ish joylariga turadilar, mashgulot rahbari ko’rsatmalari va yo’riqli texnologik xaritaga rioya qilgan holda bajaradilar. Xatolarni to’g’rilaydilar.Foydalanilgan jihozlarni mashgulot rahbariga topshiradilar. Ish joyini tozalaydilar. |
3-bosqich Yakuniy (20 daq.) | Yakunlash: 1. O’quvchilarni amaliy mashg’ulot bo’yicha baholarini e’lon qiladi (-ilova); 2. Kelgusi kasbiy faoliyatlarida amaliyotda bajargan ishlarining ahamiyati va muhimligiga o’quvchilar e’tiborini qaratadi; 3. Kelgusi mashg’ulot mavzusi bilan tanishtirib uyga vazifa beradi (-Ilova). | Tinglaydilar. Topshiriqni yozib oladilar. |