Просмотр содержимого документа
«Yo’nalish tarmog`i va avtobus yo’nalishlari.»
Mavzu: 2. Avtomobil transporti harakatlanuvchi tarkibi. Avtomobil transporti tizimining tarkibi.
Reja:
1. Transport tizimi. Avtomobil transporti tizimining tarkibi.
2.Avtomobil transporti harakatlanuvchi tarkibi tasnifi.
3. Harakatlanuvchi tarkiblarning asosiy gabarit o’lchami va asosiy ekspluatatsiya sifat ko’rsatkichlari.
4.Tirkama va yarim tirkama.
Tayanch iboralar: Transport tizimi, avtomobil, transport, harakatlanuvchi tarkib, gabarit o’lchami, asosiy ekspluatatsiya sifat ko’rsatkichlari.
AVTOMOBIL TRANSPORTI TARKIBI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
Avtomobil transporti umumfoydalaniladigan va tarmoq avtomobil transportiga ajratiladi.
Umumfoydalaniladigan avtomobil transportiga yuk tashishlarni markazlashgan tarzda amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. Umumfoydalaniladigan avtomobil transporti tashkilot va korxonalarning qaysi tarmoqqa qarashliligidan qat'iy nazar yuklarni tashib beradi.
Tarmoq avtomobil transporti ma'lum bir tarmoqqa — shirkat va uyushmalarga qarashli bo'lib, shu tarmoqning korxona va tashkilot qurilishlariga xizmat qiladi. U bu tarmoqqa qarashli korxona, tashkilot va qurilishlarning barcha turdagi texnologik hamda xo’jalikdagi yuk tashish ishlarini bajaradi. Tashishlarni bajarish uchun avtotransport korxonalari tashkil qilinadi. Umumfoydalaniladigan avtomobil transportini boshqarishda hududiy ishlab chiqarish tizimidan foydalaniladi.
AVTOMOBIL TRANSPORTI TARKIBI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
Avtotransport korxonalarini boshqarishda quyidagilar bajarilishi lozim:
- tashish jarayonining bajarilishi;
- texnik iqtisodiy ko'rsatkichlarni rejalashtirish;
- mehnat va ish haqini tashkil qilish;
- buxgalter hisobi va moliyaviy faoliyat;
- material texnika ta'minoti;
- mutaxassislarni jamlash va tayyorlash;
- umumiy ish yuritish va xo'jalik ishlari.
AVTOMOBIL TRANSPORTI HARAKATLANUVCHI TARKIBI
YUK AVTOMOBILLARINING ASOSIY EKSPLUATATSION SIFAT KO'RSATKICHLARI
- yuk ko'taruvchanligi;
- masofadan foydalanish mumkinligi;
- tezligi;
- xavfsiz harakatlanishi;
- yoqilg'i tejamkorligi;
- uzoq vaqt foydalanilish mumkinligi;
- mustahkamligi va qulayligi;
- o'tuvchanligi;
- ta'mirlashga yaroqliligi.
Izoh: Bu ekspluatatsion sifat ko'rsatkichlariga transport, yo'l va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib baho beriladi
AVTOPOYEZD TURLARI:
- a — bortli avtomobil, bitta o'qli tirkama bilan;
- b — egarli tyagach, yarim
- tirkama bilan;
- d — bortli avtomobil, ikkita o'qli tirkama bilan;
- e — tyagach, og'ir yuk tashuvchi yarim tirkama bilan.
- a — bir o'qli tirkama; b — ikki o'qli tirkama;
- d — uchta oqli yuk ko'taruvchi tirkama;
- e — bitta o'qli yarim tirkama;
- f — ikki o'qli yarim tirkama;
- g — bitta o'qli uzayadigan tirkama;
- i —ikki o'qli uzayadigan tirkama asida aks ettiriladi.
Avtobuslar turi
Juda kichik
Uzunligi, m
5 m gacha
Kichik
Foydalanish sohasi
7,0—7,5
O‘rta
Umumiy
8,0—8,5
Shahar sayyohlik yo‘nalishlarida
Katta
Shahar va sha- harlararo yo‘na- lishlarda
9,—9,5; 10—11; 11,5—12
Juda katta
16,5—18; 22—24
Shahar yo‘nalishlarida
Shahar yo‘nalishlarida
Sig‘imiga qarab shahar ichida foydalaniladigan avtobuslar 5 turga:
- juda kichik (umumiy sig‘imi — 10 yo‘lovchi),
- kichik (umumiy sig‘imi — 35—40 yo‘lovchi),
- o‘rta (umumiy sig‘imi — 45—75 yo‘lovchi),
- katta (umumiy sig‘imi — 85—90 yo‘lovchi)
- birlashtirilgan (umumiy sig‘imi — 135—140 yo‘lovchi),
shahardan tashqarida foydalaniladigan avtobuslar esa 4 turga:
kichik (umumiy sig‘imi — 30—35 yo‘lovchi),
o‘rta (umumiy sig‘imi — 45—65 yo‘lovchi),
katta (umumiy sig‘imi — 80—85 yo‘lovchi) turga ajratiladi.
- kuzovning shakliga qarab vagon va kapot tipli ;
- qavatliligiga qarab: bir, bir yarim va ikki qavatli.
Dvigatelning turiga qarab avtobuslar quyidagi turlarga bo‘linadi:
- karbyuratorli (benzinda va gazda ishlovchi);
- dizelli (hozirda gazda ishlovchi turlari ham mavjud);
- elektrik (elektrobuslar).