СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Linux operatsion tizimiga bo`lgan ehtiyoj

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Birinchi bo`limning asosiy masalasi  - Linux va Windows o`trasida hech qanday jarlik yo`qligini

ko`rsatish.

Просмотр содержимого документа
«Linux operatsion tizimiga bo`lgan ehtiyoj»


Linux operatsion tizimiga bo`lgan ehtiyoj

Birinchi bo`limning asosiy masalasi - Linux va Windows o`trasida xech qanday jarlik yo`qligini

ko`rsatish. Operatsion tizim xaqida tushuncha.Kompyuterlarni shartli ravishda ikki kategoriyaga bo`lish mumkin.Birinchi kategoriyaga signalizatsiyalashgan agregatlar: uyali aloqa telefonlari, elektron soatlar, masofadan boshqaruv pultlar, kalkulyatorlar va shu kabilar kiradi. Xa, bularni xam kompyuter dab atash mumkin, negaki ular xam tashqaridan ma`lumotlari olib, qayta ishlab, ekrangda aks ettirish kabi vazifalarini bajaradilar. Faqatgina yuqorida sanab o`tilgan qurilmalarni shaxsiy kompyuterdan farqi shundaki, ularni bajaradigan ishini umuman o`zgartirish oddiy foydalanuvchi uchun mumkin bo`lmagan vazifadir.Ikkinchi kategoriyaga – o`yinlar oynash, musiqa tinglash, video filmlar ko`rish, xujjatlarni taxrirlash, foto, rasmlar ustida ishlash uchun moljallangan shaxsiy kompyuterlardir. Bu kompyuterlarni birinchi kategoriya kompyuterlaridan farqi shundaki, foydalanuvchi o`zi xoxlagan OT va o`ziga kerak bo`ladigan amaliy dasturiy ta`minotni o`rnatishini imkoniyatini mavjudligidir. Demak, OT siz shaxsiy kompyuter – bu shunchaki stolda joy olib turgan qurilmalar yig`ilmasi. OT siz kompyutni manbaaga ulaganizda avval BIOS3 yuklanib “Operatsion tizim topilmadi” ma`nosiga yaqin bolgan yozuvni ekranda ko`rasiz.Endi esa kompyuter tizimlarini ishlashi bilan to`liqroq tanishib chiqamiz.Axborotlarni kiritish va chiqarishda analog va raqamli portlar ishlatiladi. Odatda interfeysli mikrosxemalar ishlatiladi. Xar qanday axborot raqamli ko`rinishga keltirilib mikroprotsessor yordamida qayta ishlanadi. Lekin bu mikroprotsessor o`z vazifasini bajarishi uchun maxsus bir dastur bo`lishi kerak. Ya`ni bu dastur mikroprocessor uchun kommandalar ketmaketligi bo`lib qaysi axborotni qanday qayta ishlashi kerakligi xaqida ma`lumot beradi.3 BIOS – Boshlang`ich kiritishҒchiqarish tizimi, maxsus bir mikrosxemaga yozilgan kichik dastur bo`lib, kompyuter manbaaga ylanganida ishga tushadi va OT ni ishga tushiradi. 4Odatda kompyuterni boshlang`ich yuklanishi bajaruvchi dastur BIOS deb nomlanadi. BIOS kompyuterdagi qurilmalarni xolatini tekshirganidan keyingina, vinchesterda, kompakt diskda, flesh diskda yozilgan OT ni yuklovchi dasturini ishga tushiradi. OT mi yuklanib bo`lgandagina foydalanuvchi kerakli bo`lga ishni bajarishi mumkin.

OT mi bu kompyuter qurilmalari va odam o`rtasidagi bog`lovchidir. Keng tarqalgan OT laridan biri bu Windows dir. Ko`pchilik kompyuter, yoki OT deganda aynan Windows oynalarini ko`z oldiga keltiradi, lekin aslida Windows bu faqatgina OT larnin birgina turidir. Windows OT dan tashqari Solaris, OSҒ2, MacOS, Linux. FreeBSD, BeOS kabi OT mavjud.WindowsMicrosoft korporatsiyasi tomonidan ishlangan Windows OT ni turli versiyalari mavjud. Microsoft korporatsiyasini operatsion tizimlar bozorini egallash eng sodda MS DOS OT ni yaratilishidan

boshlandi. MS DOS ni grafik interfeysi 4 mavjud bo`lmagan, lekin ishlatilishi oson va qulay edi.

Grafik interfeyslar Windows OT larida paydo bo`ldi ( Windows 3.1, Windows 3.11 ). Lekin bu o`sha paytlarda MS DOS raqobatbardosh emas edi. 1995 yilda Windows 95 OT ishlab chiqarildi, bu tizim MS DOS asosida, grafik interfeys uning ajralmas qismiga aylangan. Ko`pgina kamchiliklariga qaramay Windows 95 foydalanuvchilar orasida keng tarqalib ketdi va Microsoft, Windows 95 ni yanada rivojlantirishga o`z kuchini sarflab qisqa vaqt ichida Windows 95 OSR1 va Windows 95 OSR2 versiyalarini ishlab chiqdi. 486DX4 va Pentium protsessorlarini yaratilishi Windows OT murakkablashtirilishiga olib keldi. Windows 98 versiyasi muvafaqiyatli bo`lganligi sababli xozirgi kunlarda xam uni uchratishimiz mumkin. Keyinchalik Windows 98SE va Windows Me versiyalari ishlab chiqarildi.Windows 95Ғ98Ғ98SEҒMe OT ni afzalliklari shundan iboratki, uning interfeysi sodda va tushunarli bo`lib maxsus bilimlarni talab etmaydi. O`rnatilishi jarayonida xam foydalanuvchi xech qanday sozlash, tanlashlarni amalga oshirmaydi, OT ning o`zi optimal sozlanib o`rnatiladi. Windows 95Ғ98Ғ98SEҒMe OT larida bir vaqtning o`zida bir foydalanuvchi ishlay oladi. Tarmoqlarda ishlaydigan OT larga Windows NTҒ2000ҒXP versiyalari kiradi. Bu OT larda bir vaqtning o`zida bir nechta foydalanuvchi ishlashi mumkin. Ko`p foydalanuvchili tizimlarni albatta bosh foydalanuvchi, ya`ni administrator nazorat qilishi zarur. Administrator kompyuter texnikasi va dasturlash asoslarini yaxshi bilishi juda muhim axamiyatga ega.4 Interfeys – keng qamrovli tushuncha bo`lib bir ma`noni anglatadi, ya`ni biz tizimni boshqa tizim bilan aloqasi uchun zarur va etarli bo`lgan elementlar majmuasi. Masalan avtomashina va xaydovchi o`rtasidagi interfeys – bular rul (mashinani chapga, o`ngga burish), pedallar (mashinani yurgizish, to`xtatish), turli ko`rsatgichlar (tezlik, yo`qilg`i, masofa) va xokazolar. Kompyuter va odam o`rtasidagi interfeys – klaviatura, sichqoncha, monitor va xokazo. OT va odam o`rtasidagi interfeys – oynalar, tugmachalar, meyular va boshqa interfeys elementlari.5GNU loyxasiLinux OT lar oilasi Windows dan farqli, ko`pgina tijorat firmalari xamda ochiq kod (Open Source5) fikrini qo`llab quvatlovchi dasturchilar uyushmasi tomonidan rivojlantirilmoqda. Xar qanday dasturiy ta`minot nafaqat bajariluvchi modullar, balki kodi ochiq tekst (masalan CҒCҚҚ tilida yozilgan) fayllar ko`rinishida bo`lishi kerak. 10 yil oldin Open Source xarakati vujudga kelganida, unda faqat xususiy shaxslar – dasturchilar qatnashishgan. Xozirgi kunda Open Source fikri ko`pgina transmilliy korporatsiyalar tomonidan qo`llab quvatlanmoqda, masalan IBM, Sun, Oracle, HP.Open Source xarakatini 1984 yili Richard Stallman tomonidan “GNU Manifesti” yozilishidan boshlangan deb xisoblanadi. GNU – GNU`s Not UNIX, ya`ni GNU bu UNIX (va unga tegishli) Emas. Shu paytlari UNIX so`zi tovar belgisi bo`lib yuridik tomondan dasturiy ta`minotni rivojlanishiga to`sqinlik qilar edi. Manifest Free Software Foundation (FSF) – Erkin Dasturiy Tam`minot Jamg`armasini rivojlanishiga bosh turtki bo`ldi. FSF ning maqsadi dasturiy ta`minotni tarqatish, nusxalash, o`zgartirish va o`rganishda cheklovlarni olib tashlash edi.Dasturchilarni avtorlik xuquqlarini ximoya qilish maqsadida General Pulic License (GPL) litsenziyasi yozildi. Bu litsenziyasining qisqacha mazmuni quyidagicha: siz bu litsenziya ostida tarqatiluvchi dasturiy ta`minotni uning avtori xaqidagi ma`lumotlari saqlab qolish sharti bilan, xoxlagancha nusxalash, xoxlagan maqsadda foydalanish, o`zgartirish, tarqatish va sotish xuquqiga egasiz.LinuxLinux nomi esa 1991 yilda Linus Tovalds tomonidan o`z operatsion tizimini birinchi relizini dasturchilar uyushmasiga taklif etishdan kelib chiqgan. FSF xarakati xech kimning yuridik qiziqishlariga xalaqit qilmaydigan o`ziga tegishli bo`lgan operatsion tizimiga ega bo`ldi.GNUҒLinux OT ni rasmiy relizi (operatsion tizimining yadrosi) 1994 yil yaratildi. Keyinchalik bu OT uchun dasturlatning ko`payishi Linux distributivlarni keltirilib chiqardi.“Rasmiy” Linux distributivlarining soni yuztaga yaqin. Ba`zi bir distributivlar 1-3 ta Floppy disklarda bo`lsa, boshqalari 7 ta kompakt disklarda bo`lishi mumkin.Linux OT ustida butun jaxon dasturchilari ish olib borganligi sababli, Linux ko`p tilni o`z ichiga olgan. Linux OT UNIX oilasiga tegishli bo`lgani sababli unda Windows yoki MacOS dasturlari ishlamaydi, 5 Open Source – (to`g`ri tarjimasi) dasturiy kodlarning ochiq ko`rinishi yoki “Kodni Och”6va aksincha Windows da Linux dasturlari. Lekin bu muammolarni echimi bor albatta. Maxsus Windows OT imitatsiyalovchi dasturlar (Wine) yoki virtual kompyuterlar (VirtualBox, VMWare) yordamida boshqa OT dasturlarini ishga tushirish mumkin.Linux va Windows ni birlashgan distributivi Lindows xam mavjud. Faqat bu OT yuqori narxli tijorat

tizimi sifatida tarqatilmoqda.Linuxning afzalliklari va kamchiliklariOxirgi vaqtlarda Linuxni Windows OT ga jiddiy raqobatchiligi xaqida ko`p gaplar tarqatilmoqda. Window OT ni qo`llab quvatlovchilar tomonidan esa aksincha, Linuxning foydalanuvchi kompyuteriga ommabop o`rnatilishiga tayyormasligi xaqidagi e`tirozlar bildirilmoqda.Bir yil oldin, Linuxning server OT lari orasida birinchi o`rinni egallab kelib, oddiy foydalanuvchilar uchun murakkab bo`lib ko`rinardi. Linux ishonchliligi darajasi bo`yicha yuqori va viruslardan ximoyalangan OT bo`lib foydalanuvchilardan ko`proq professional bilimni talab etadi.Linuxning afzalliklari, uning ishonchliligi va turg`unligi va viruslardan ximoyalanganligidir. Linuxda Windows OT da ko`p uchraydigan “teshik”6 lar umuman mavjud emasdir, mavjud bo`lsa xam xatoliklar tezgina va xech qanday xarajatlarsiz to`g`irlanadi, buning uchun foydalanuvchi (administrator)ni o`z vaqtida dasturiy ta`minotni yangi versiyalarini internetdan olish talab etiladi. Xatolikni foydalanuvchining o`zi xam to`g`irlashi mumkin, albatta buning uchun Linux kodlarini o`qiy olish va tushuna olish tajribasiga ega bo`lish zarur.Linuxning kamchiliklariga, Windows OT ga o`rganib qolganlar uchun distributivni o`rnatilishi qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Oldingi distributivlar o`rnatilishi jarayonida juda ko`p tushunarsiz (odatda Windowsni o`rnatilishi jarayonida umuman uchramaydigan) savollarni berishi foydalanuvchilarni qiyin vaziyatga tushirib qo`yadi. Umuman olganda, Linux server kompyuterlarida va dasturchilar, xamda dasturchi yoki administrator bo`lish niyatida yurganlar kompyuterlarida yashab kelgan. Tijorat firmalarida asosan Windows OT litsenziyasiz ishlatish natijasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklardan xoli bo`lish maqsadida Linux OT ni ishlatilishi yolga qo`yilgan. Bu kelishmovchiliklarni kuchayish davri aynan Windows XP ning yaratilishi davrida avj olgan.

2003 yildan boshlab shunday Linux distributivlari ishlab chiqildiki, ularning o`rnatilish jarayoni

xattoki Windowsning ornatilish jarayonidan xam osonlashdi. Bu vaqtga kelib esa Linux uchun

amaliy dasturiy ta`minotning ko`payganligi, Linuxda xar qanday ishni, matn terish va rasm

6 “Teshik” - maxsus atama bo`lib OT ning ishini buzilishiga yoki uning ishini tashqaridan boshqarish, ta`sir o`tkazish imkonini yaratib beradigan xatolikdir. Bu xatoliklar OT ni yaratuvchi dasturchilar tomonigan OT ni dasturini yaratish jarayoniga e`tiborsizlik natijasida yoki atayin qoldirilgan bo`lishi mumkin.7chizishdan boshlab, raqamli fotoapparat va uyali aloqa telefonlari bilan ishlarni bajarish imkonini yaratdi. Bugungi kunda kompyuterda bittagina Linuxni o`rnatib Windowsda bajarish mumkin bo`lgan ishlarni bemalol bajarish mumkin. OT larni xilmaxilligi Windows monopoliyasini chetga surib xaqiqiy raqobatli muxitni yaratmoqda.Bill Geyts xaqiqati

Windows OT xozirgi kunda IBM PC kompyuteri uchun universal tizim xisoblanadi. Lekin Microsoft korporatsiyasining monopoliyasi miliard foydalanuvchilarni kompyuterini faqatgina o`ziga to`be qilib qo`ganidek tuyuladi. Microsoft raxbariyati Windowsning yoki MS Office ning eski versiyasiga xizmat qilishni to`xtatishi bilanoq foydalanuvchilar yangi versiyasiga o`tishga majbur bo`lib qolishadi.Xar ikki yilda Windowsning yangi versiyalari ishlab chiqiladi, eski versiyalaridan unchalik farq qilmaydi. Oddiy foydalanuvchilar uchun xech qanday farq sezilmaydixam. Foydalanuvchilarni yangi dasturiy tizimga o`tishlari uchun Microsoft shunday bir ayyor yo`l tutadiki, bunda yangi versiyalda fayllarning yangi “standartlari” yoki eski versiyalda ishlamaydigan texnologiyalar kiritiladi. Xoxlaysizmi – yo`qmi, yangi versiyaga o`tish zarurati tug`iladi.Windowsning yangi versiyasiga o`tish, bu faqatgina uni o`rnatish emas, balki unga mos keladigan qurilmalarni xarid qilishdir. Masalan, ko`pgina firmalar xaliyam Windows 95 OT ni ishlatishmoqda, sababi, eskirib qolgan printerlar yangi Windows OT lari bilan ishlamaydi yoki yangi Windows OT litsenziyasini xarid qilish firmani kasotga uchratati.Oddiy foydalanuvchilar uchun yangi versiyaga o`tish xam ancha muammolarni yaratadi. Misol uchun Windowsning oldingi versiyasida ishlaydigan skaner yoki TV-tyuner7 Windowsning yangi versiyasida ishlamaydi, negaki bu qurilmalar uchun xali aynan shu yangi Windowsda ishlaydigan drayverlar mavjud emas. 7 TV-tyuner – kompyuterga ulanadigan maxsus qurilma bo`lib, televizion kanallarni bevosita kompyuter monitorida ko`rish imkoniniyatini yaratib beradi.8Internet – taraqqiyotni olg`a yurgizuvchisi

Oxirgi yillarda kompyuter foydalanuvchilari oldingi vaqtlar yuzaga kelgan muammolarini umuman eslashmaydi. Windows OT ni turli xil dasturlar bilan boyitilganligi, oddiy foydalanuvchidan faqatgina sichqoncha bilan kerakli tugmachalarni bosish va yordamchi maslaxatlarni o`qishni o`zi yetarli. Bir necha yillar davomida umumjaxon tarmog`i milion kompyuterlarni butun bir yagona superkompyuterga birlashtirdi. Biz xali buning imkoniniyatlaridan foydalana olishimizga tayyor emasmiz. Albatta shunday tajribali foydalanuvchilar borki, bir qancha kompyuterlarni yaxlit bir tarmoqqa birlashtirib turli xim murakkab masalalarni echish, masalan shifrlash algoritmlarini ishonchliligini tekshirish yoki o`zga sayoralardan keladigan sigmallarni taxlil qilish kabi ishlar uchun ishlatadilar. Xayot shuni ko`rsatdiki, yarim o`tkazgichli texnologiyalar taraqqiyoti aloxida tashkilotlarni “yagona boshqaruv markaziga” ega bo`lish imkoniyatini yo`qqa chiqardi, negaki, xozirgi kunda sodda va murakkab kompyuterlarni yaratish oddiy bir talabaning qo`lidan keladi. Windowsning zaif tomonlari aniqlana boshlandi. Elektron pochta rqali ommaviy virus xujumlari,serverlarning ximoyasini buzish, maxfiy ma`lumotlarni o`g`irlanishi odatiy xolga aylana boshladi.Shundagina kompyuter dunyosi ko`pgina yillar davomida Windows va UNIX tizimlari soyasida turgan Linux tizimini esga oldi. Linux UNIX ning avlodi bo`lib 10 yil davomiga ochiq va bepul tizim sifatida rivojlana boshladi. Linuxning rivojlanishiga minglab dasturchilar o`z xissasini qo`shdilar.Natijada ko`plab serverlarning OT sifatida Windows emas, balki Linuxning u yoki bu versiyasi yoki UNIX ning FreeBSD versiyasi ishlayotganligi odatiy xolga aylandi. Linuxning rivojlanishi Linux server OT lar va professional kompyuterlarning asosiy tizimi sifatida yuqori o`rinni egallab turishi, turli xil transmilliy korporatsiyalarning erkin dasturiy ta`minot loyxasini rivojlanishida mablag` bilan ta`minlashi Linuxni yanada rivojlanishiga katta xissa qo`shilmoqda. Ammo shaxsiy kompyuterlarda Linuxni kamdan-kam uchratish mumkin. Linuxni dasturchilar o`zlari uchun qulay qilib rivojlantirishgan.Oxirgi yillarda katta korporatsiyalar yuz million dollorlarlik mablag`larini Linuxni yangi versiyalarini yaratilishi uchun sarmoya qilishgan. Xattoki shu vaqtlari mashxur bo`lgan dastur yaratuvchilar o`z dasturlarini Windows versiyalarini bilan birga Linux versiyalarini xam ishlab chiqa boshlashdi. Qilingan sarmoyalar o`zini oqlay boshladi. 2003 yili Linux tizimiga o`tish nafaqat tijorat tashkilotlar 9balki davlat tashkilotlar orasida avj oldi.Albatta bu kutilgan xolat edi. Linux shaxsiy kompyuterda ishlatilishi osonlashdi, o`rnatilishi esa Winsows tizimiga nisbatan ancha osonlashdi.Bir necha katta firmalarning Liunx distributivlarini yaratish bilan shug`ullanishi dasturchilar orasida kuchli raqobatli muhitni yaratadi. Linux distributivlari va ularni tanlash Ikki yil oldin foydalanuvchiga qaysi bir distributivni tanlash xaqidagi maslaxatni berish qiyin edi. Xozirgi kunda Linux distributivlari yagona bir standartga intilishi, dasturchilarning saloxiyatini asosiy bo`lgan muammolarni xal qilinishiga olib keldi.Linuxning boshlang`ich foydalanuvchisi nuqtai nazaridan, quyidagi maslaxatlarni berish mumkin: avval ASPLinux ( www.asplinux.ru ) yoki AltLinux Junior ( www.altlinux.ru ) distributivini ishlatish tavsiya etiladi. Bu distributivlat Rossiya dasturchilar tomonidan rivojlantirilib kelinmoqda. Deyarli to`liq rus tiliga tarjima qilingan. O`zbek tiliga tarjima qilingan distributivlardan biri esa Doppix ( www.doppix.uz ). Avtorning o`zi bu distributivni xali o`rnatib ko`rgani yo`q,shuning uchun bir nima deyish qiyin.Agarda siz distributivni kompyuteringizga o`rnatishni xoxlamasangiz yoki noto`g`ri amal bajarib qo`yishingizdan qo`rqsangiz, bu xam muammo emas. Distributivlarning shunday bir turi mavjudki uni Live CD deb atashadi. Ya`ni bu distributiv CD yoki DVD diskda bo`lib, uni kompyuter CDҒDVD-ROM idan yuklanib tayyor Linux OT xosil qilish mumkin. Bunda diskingizdagi ma`lumotlaringiza xech qanday zarar tegmaydi. Xatoki Live CD ni flesh diskli versiyasi xam mavjud. Masalan SLAX www.slax.org , xozirgi kunda reytingi baland bo`lgan va rivojlanayotgan Live distributiv xisoblanadi. Boshqa bir Live CD distributivlarni www.livecdlist.comҒ saytdan topishingiz mumkin.Kompyuteringiz eskirib qolganmi ? Buni xam xech qanday muammoli joyi yo`q. Kompyuter resurlariga judayam kam talab qo`yadigan distributiv DeliLinux dir ( www.delilinux.org ). Uning ishlashi uchun 486, Pentium I, 16-32 Mb operativ hotira va vinchesterda 600 Mb joyning o`zi yetarli. Distributiv tarkibiga Icewm oynali menejer, matn taxrirlovchi va internet brauzeri dasturi mavjud.Bu kitobda asosan openSUSE ( www.opensuse.org ) distributivi imkoniyatlari yoritilib beriladi. Bu distributiv DVD diskda bo`lib o`z ichiga dasturchilar uchun kerakli bo`lgan dasturiy ta`minotga boy distributivdir.

10Linux va Windows: kim xaq ?Eng achinarli xolat, bu Windows va Linuxni qo`llab quvatlovchilarning bir-biriga qarama-qarshiligidir. Bu qarama-qarshilik xattoki bir-birovini kodlarini o`g`irlash kabi ayblovlari bilan sudlashgacha olib kelmoqda.Umuman olganda, xar qanday dasturni yoki OT ni ishlatish joyini to`g`ri tanlansagina yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Windowsning oldingi versiyalari oldingi, resurs talab qilmaydigan kompyuterlarda ishlatish o`rinlidir, osha davrlarda UNIX tizimi judayam og`ir ishlovchi tizim edi. Protsessorlarning tezligi oshishi bilan, vinchesterlarni xajmini kattalashishi bilan, Windowsning

kam resurs talab qilishi noo`rinli bo`lib qoldi. Birinchi o`rinda OT tashqi ta`sirlarga, ya`ni xakerlar xujumiga bardosh berishi, ishonchli va turg`un ishlashi kabi sifatlari turadi.Internetga talab unchalik katta bo`lmagan vaqtlarda Windowsning imkoniyatlari foydalanuvchilarga

ma`qul kelardi. Texnologiyalarni rivojlanishi, internet tezligini kattalashishi, superkompyuterlarni oddiy kompyuterda darajasida bo`lib qolishi, Windows OT ni xatoliklarini mavjudligini ko`rsata boshladi.Ochiq kodli dasturiy ta`minotli Linux OT esa xalqaro standartlashtirish tashkilotlar tavsiyalari asosida yaratiladi. Kodi ochiq bo`lganligi tufayli, xar qanday dasturchi buni ko`zdan kechirib, tekshirishi mumkin. Bu esa Linux OT ni xatolarda xoli qiladi. Natijada ochiq kodli dasturlarga ishonch yanada ortadi.


































Windows OT va LINUX Ot ning farqi


WINDSOWS

Windows operatsion tizimi quydagilarni o’z ichiga oladi.

Windows ot lari Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Uning asosida MS-DOS yotadi.

Windowsning qulay tomonlari:

  1. Dasturlar va zaruriy drayverlarni qidirish muammosi deyarli yo’q.

  2. Windowsda dasturlar bilan ishlash oson.

  3. Windowsni o’rnatish deyarli avtomatik tarzda bajariladi.

  4. Windows ot versiyalari yurtimiz ichida keng tarqalgan ularni topish muammosi mutloqo yo’q.

Windowsning noqulay tomonlari:

  1. Windows operatsion tizimi Microsoft korporatsiasi tomonidan pulga litsenziyasi bilan sotiladi bu esa uning katta noqulay tarafi xisoblanadi. Bizgacha yetib kelayotgan Windows versiyalari Internet tarmog’i yoki boshqa yo’llar bilan litsenziyasiz qo’lga kiritlgan. Windowsning minimal narxi: 200$ dan boshlanib 5000$ gacha boradi.

  2. Windows bir oynali ( LINUX operatsion tizimi ko’p oynali. Unda ish stoli juda ko’p.). Windowsda esa ish stoli faqat bittagina. Ammo bu juda katta muammo emas chunki uni dasturlar orqali ko’p oynali qilish mumkin. M: 360 Destkop dasturi.

  3. Windowsning yangi versiyalari misol uchun: Windows XP- DDR 128, Processor 0.7 GHz 3.Gb HDD talab qiladi. Bu degani Windows versiyasilariga qarab talab borligini bildiradi bu ham uning noqulay tarafidir.

  4. Windows vaqt o’tib eskirishi mumkin uni vaqti vaqti bilan yangilab turish lozim. Agar u yangilanmasa qurilmalarni ishdan chiqrish extimolidan holi emas.

  5. Windowsda “OPEN SOURCE”-“OCHIQ KOD” mavjud emas. Linuxda esa “OPEN SOURCE” mavjud. Bu degani istalgan vaqtda C/C++ orqali Linuxdagi dasturlarni hattoki Linuxni o’zini ham o’zgartrish mukin degani. Agar Windows ma’muriyatida (administrator) ham ushbu narsa mavjud bo’lganda Windowsda yana bir qulaylik mavjud bo’lardi.

  6. Windowsning yana bir noqulayligi uning himoyaga muxtojligidir. Windows dasturida “OPEN SOURCE” mavjud bo’lganida uni quliflash turli xil xakkerlardan viruslardan ximoya qilish imkoniyatini berardi. Windowsda xech qanday to’siqsiz kompyuterni boshqarish imkoniyati bor.

  7. Windowsga Anti-SPAM, Anti-XACCER, Anti-SHPION, Anti-VIRUS o’rnatilgandagina u ximoyalangan xisoblanadi.

LINUX.


Linux operatsion tizimi Linus Tovalds tomonidan dasturchilarga 1991-yilda taqim etilgan. Avval GNU/Linux OC 1994-yilda tuzulib o’z ish faoliyatini yurita boshladi keyinchalik u Linux deb o’zgartirildi.

Linuxning qulay tomonlari:

  1. Linux litsenziyaga ega ammo bepul.

  2. Linux operatsion tizimini Internet orqali bepul yuklash mumkin.

  3. Linux yuqorida ko’rsatilgan ko’p oynali ya’ni ko’p ish stoliga ega.

  4. Linux dasturlarini drayverlarini Internet orqali yangilash yuklab olish bepul.

  5. Linux qancha vaqt ishlashidan qat’iy nazar u eskirmaydi. Bu degani Linuxni qayta qayta o’rnatish majburiyati yo’q.

  6. Linux yuqorida ko’rsatilgan “OPEN SOURCE” tizimiga kiradi u chiqish ko’diga ega. Bu degani istalgan vaqtda C/C++ orqali Linuxdagi dasturlarni hattoki Linuxni o’zini ham o’zgartrish mukin degani. Linuxga o’zgartrish kiritish uchun uning chiqish kodi ochiladi va kerakli o’zgartrishlar kiritiladi.

  7. Linux ximoyaga ega. Unga yuqorida ko’rsatilgan Anti-SPAM, Anti-XACCER, Anti-SHPION, Anti-VIRUS dasturlari kerak emas. Chqish kodi orqali bularni bartaraf etish mimkin.

  8. Linuxda esa talab ya’ni Windows versiyalariga o’xshab yangi versiyalarga yangi qurilmalar talab etmasligi katta qulayligidir.

  9. Linux tizimdagi xatoliklarni o’zi tuzatadi buning uchun uni qaytadan yozish shart emasligini bildiradi.

Endi Linuxdagi noqulayliklarga to’xtalamiz:

  1. Linux qo’lda o’rnatiladi. Bu uni o’rnatish ancha vaqtga cho’zilishini bildiradi. Linuxning xar bir fayli qo’lda bittama bitta o’rnatiladi. Bu esa foydalanuvchi uchun noqulaylik tu’gdiradi.

  2. Linuxda ishlash ozgina noqulay nimaga deganda unda Windwosga o’xshab dasturlar ko’p emas. Har bir dastur qanchadir muddatdan so’ng ishdan chiqadi uni Internet orqali olish mumkin.

  3. Linuxda dasturlar qatorida drayverlar ham eskiradi. U ham dasturlarga o’xshab bartaraf etiladi.

  4. Yana bir noqulaylik dasturlarning juda kamligi.

  5. Windwosdagi dasturlar Linuxga , Linuxdagi dasturlar Windowsga tushmaydi. Buni Windowsda bartaraf etish mumkin. Buning uchun Windowsga Virtual BOX dasturi o’rnatiladi va u orqali yana boshqa operatsion tizimlar o’rnatish mumkin.

  6. Linuxni CD-DVD disklarda topish ham bir kichik muammo.

Ushbu amaliy ish Karimov Umar ibn Odil tomonidan yozildi. Informatika fa’ni uchun.















Kompyuter konfiguratsiyasi va linux


Kompyuterda qanday OT o`rnatilishidan qat`iy nazar, birinchi qilinadigan ish – kompyuterni o`rnatish jarayoniga tayyorlash. Qurilmalarni to`g`ri tanlash va disklarni to`g`ri bo`limlarga ajratish drayver muammolarisiz kompyuterni uzoq muddat ishlashi ta`minlaydi, ma`limut yo`qolishni bartaraf qiladi. Kompyuter konfiguratsiyasiIBM PC shaxsiy kompyuterlar davri 1978 yildan boshlangan. Aynan shu paytlarda i8086 protsessori vujudga keldi va x86 protsessorlar oilasini boshlab berdi. Bizlarning uyimizdagi kompyuterlarning protsessori aynan x86 protsessori avlodi xisoblanib Pentium, Celeron, Athlon yoki Duron nomlariga ega. Bu protsessorlar i8086 protsessorni emulyatsiyalash rejimiga ega.Uch o`n yillik rivojlanish davr davomida x86 protsessorlari tuzilishiga revolyutsion o`zgarishlari kiritildi. Ilk bor protsessorlar 8-16-razryadli arifmetika va ma`lumotlar shinasi bilan ishlagan bo`lsa, zamonaviy protsessorlar 64-razryadli arxitekturaga ega, masalan, Itanium va Athlon 64. Eng keng tarqalganlari 32-razryadli protsessorlar: 386 dan Pentium 4 va ularga o`xshash AMD korporatsiyasi chiqargan protsessorlari.Protsessorning quvvatiga qarab, foydalanuvchi kompyuterga u yoki bu OT ni o`rnatadi. Eski protsessorlar bilan zamonaviy OT lar ishlay olmaydi, Yangi protsessorni ikoniyatlaridan eski OT to`liq foydalana olmaydi.Eng kam resurs talab qiladigan OT bu Windows 95, i386, i486DX protsessorlarida da optimalroq ishlay oladi. Bundan tashqari operativ hotira va diskdagi xajmga alohida talablar mavjud.Linux OT uchun xam shaxsiy kompyuterlarning apparat qismlariga ma`lum bir chegaralar mavjud. Linuxning universal distributivlarini i386 dan Pentium 4 protsessorlarida va uning AMD analoglarida ishlatish mumkin. Demak protsessor 32-razryadli amallarni bajara olishi zarur. Ichki arxitekturasi IBM PC dan farqli bo`lgan, masalan uyali aloqa telefonlarida shu qurilmalar uchun alohida Linux versiyalari ishlatiladi.12Operatsion tizim yadrosi va qobiqlar Oxirgi o`n yillik ichida zamonaviy OT ga qo`yiladigan talablar xaqida tasavvurlar shakillanib bo`ldi. Bunda standart sifatida Windows tizimi olindi. Windows foydalanuvchiga sichqoncha bilan qulay ishlashi uchun grafikli interfeysni taqdim etadi. Oldingi versiyalardagi tekst interfeysli MS DOS zamonaviy Windows tizimlarida deyarli ishlatilmaydi. Bundan tashqari Windows 9x ning grafikli interfeys qobig`i OT ning yadrosi bilan bevosita bog`liqdir. Undan oldingi Windows 3.11 tizimida avval MS DOS yuklanar edi va win commandasi bilan grafikli interfeys ishga tushirilar edi.Linux OT da Windowsdan farqli ikki qism mavjud, bular:Birinchi qismi – OT ning yadrosi. Uning tarkibidagi dasturlar turli xil qurilmalarni ishini mohiyatini yagona standartga keltiradi, bu esa amaliy dasturlarni kompyuterning ixtiyoriy qurilmasiga yagona standart bo`yicha murojaat etishni imkonini beradi. Shuni inobatga olish kerakki, Linux OT ning yadrosi barcha distributivlari uchun bir xildir. Faqatgina yadro vaqt o`tishi bilan dasturchilar tomonidan yangilanib boriladi, uning tarkibiga yangi qurilmalar bilan ishlash imkoniyatlari qo`shiladi, ammo ishlash jarayoni bir xil.Ikkinchi qismi – foydalanuvchi bilan interfeysni yaratuvchi dasturlar. Odam yadro bilman

bevosita emas, balki bilvosita, maxsus qulay interfeysni ta`minlovchi qobiq-dasturlar bilan muloqotda bo`ladi. Xattoki qobiq-dastur MS DOS ga o`xshash interfeys xamda Windowsga o`xshash interfeysga ega bo`lishi mumkin. Linux uchin qobiq-dasturlar judayam xilma-xil, qaysi birini tanlash foydalanuvchining ixtiyoriga xavola.Noodatiy tuyulmasin, lekin xar qanday OT ining bosh vazifasi – bu fayllar bilan ishlashi, negaki aynan fayllar axborotning bo`limas birligi xisoblanadi. Rasm chizamizmi, matn teramizmi, musiqa yaratamizmi, barchasi – fayllar bilan ishlashdir. Amaliy dasturlar esa fayllar bilan ishlash uchun sodda va qulay interfeysni ta`minlaydilar. Windowsda buning uchun Проводник dasturi mavjud, boshqa dastur yaratuvchilar Total Commander ni tavsiya qilishadi.Linuxda xam fayllar bilan ishlashni osonlashtiradigan fayl menejerlari mavjud. Albatta bu dasturlarning interfeyslari Windowsnikiga o`xshab ketadi, negaki xar qanday OT da fayllar ustida bir xil yaratish, nusxalash, tartiblash, o`chirish amallari bajariladi. Linuxdagi Midnight Commander Norton Commander ni deyarli to`liq nusxasi.OT ni modullarga bo`lish yadroni faqatgina kerak bo`ladigan qurilmalar bilan ishlash imkonini yaratadi. Eski kompyuterda modullarni shunday tanlash mumkinki, xattoki tezkor kompyuterda bajariladigan vazifalarni bajarish mumkin.13Linux dasturlarini raqamlashWindows foydalanuvchilari unda ishlatiladigan tushunchalarga shunchalik ko`nikib qolishganki, xar qandany noodatiy qoida-qonuniyatlar tushunmovchiliklarga olib keladi. Lekin o`zga mamlakatlarga kelib qolib albatta bu mamlakat qonun-qoidalari, urf-odatlari, madaniyatini o`rgana boshlaysiz. Shuning uchun boshqa bir OT ni o`rganishni boshlaganda, shu OT da ishlatiladigan tushunchalarga ko`nikishingiz kerak bo`ladi.Linuxni Windowsda sezilaril farqi – bu fayllar, ichki va tashqi qurilmalarni nomlanishlari.Linuxda fayllarning nomlanishi Fayl nomlai 255 ta belgidan iborat bo`lib o`z ichiga faqatdina / belgisini va 0 kodli belgini olmagan

bo`lishi shart.Windows tizimidagi kabi fayl kengaytmalarini nuqta bilan ajratish shart emas. Kengaytmalarni umuman ishlatmasa xam bo`ladi.Fayllar bilan OT ni qobiqlar ishlagani sababli, fayl nomida quyidagi belgilarning qatnashishi tavsiya etilmaydi:! @ # $ & ~ % * ( ) [ ] { } ' “ \ : ;  

14Albatta bu nomlanishi majburiy emas, lekin bu qoidaga amal qilish fayllarni oqishni soddalashtiradi.Dasturlarning Beta-versiyalari xam mavjud. Bu versiyalar yaratilgan va xali ma`lum bir foydalanuvchilar guruxi tomonidan sinalmagan xisoblanadi.Versiyaning birinchi raqamida 0 soni – dasturning norasmiy versiyligini bildiradi. Ikkinchi raqamida toq son bo`lsa – bu dastur versiyasi xali to`liq tugallanmagan xisoblanadi.Yadro va murakkab yoki tijorat dasturlari uchun versiya raqamlaridan tashqari fayl nomida beta, p, pre indekslarini uchratish mumkin.Linux OT protsessori x86 oyilasiga tegishli va i386 avlodidan boshlab xar qanday kompyuterga o`rnatilishi mumkin. i386 uchun mo`ljallangan dasturlar i586 da xam bemalol ishlaydi, lekin bu dasturni shu i586 uchun optimallashtirish tavsiya etiladi. Shundagin i586 ning to`liq imkoniyatlarini ishlatish mumkin bo`ladi.i386 da ishlaydigan dastur i586 dan eski degan gap not`g`ri albatta. Shunchaki dastur aynan shu protsessor turida optimal ishlashi ta`minlanadi. Ko`pchilik xolladra dastur yaratuvchilar o`zining dasturlarini oxirgi versiyalarini protsessorning barcha turlari uchun aloxida fayllarbilan ajratadi, masalan:openssl­0.9.7a­23.i386.rpmopenssl­0.9.7a­23.i586.rpmopenssl­0.9.7a­23.i686.rpmLinux distributivini zamonaviy kompyuterga o`rnatishda xech qanday muammo chiqmaydi. Lekin

eski i386, i486 protsessorli noutbukga Linuxni ornatish uchun aloxida aynan shu protsessor turiga mos distributivni tanlash zarur.Linuxda fayllarni arxivlashArxivlashdan maqsad bir necha fayllarni, ma`lumotlarga zarar etkazmaydigan qilib, xajmi va son jixatidan kamaytirish. Unix tizimlarida arxivlashdan oldin fayllar butun bir paketga yig`iladi, keyinchalik bu paket xajmni

kamaytirish maqsadida arxivlanadi. Paket fayllar nomida odatda tar, va arxivlangan fayllar nomida gz, bz, gzip, bzip indekslarini uchratish mumkin. Paketga jamlangan va arxivlangan fayllar nomida esa tar.gz, tar.bz, tar.gzip, tar.bzip indekslar mavjudligidir.Linuxda dasturlarni o`rnatilishini osonlashtirish maqsadida turli xil paket o`rnatish tizimlari ishlatiladi. Paketga dasturning barcha modullari, kerakli fayllari jamlanib arxivlanadi. Masalan, Red 15Hat asosida yaratilgan distributivlarda RPM tizimi ishlatiladi. Debian asosida yaratilgan distributivlarda DEB.Qurilmalarni nomlash qonun-qoidalariWindowsda xar qanday tashqi qurilma, aloxida mohiyatga ega bo`lgan tizimdir. Yangi qurilmalarning paydo bo`lishi, ularga yangi interfeyslarni yaratishga majbur etadi. Misol uchun USB interfeysi sodda universal tizim bo`lishiga qaramay, Windows tizimiga o`rnatilishi va sozlanishi ko`p yillar davomida qiyinchiliklar keltirdi. CD-ROM qurilmalarini esa bir-biriga to`g`ri kelmaydigan fayllarni saqlash standartlari mavjud. Bundan tashqari qurilmatar ishlab chiqaruvchi firmalarnin ko`pgina drayverlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan tan olinmagan.Linuxda esa xar qanday qurilmalar fayllar ko`rinishida aks ettirilgan. Diskga, printerga yoki skanerga oddiy fayllar bilan ishlagandek murojaat qilinadi. Bu esa yangi qurilmalarni OT ga integratsiyalash jarayonini osonlashtiradi. Yangi ishlab chiqilgan protsessorlarda avval Linux tizimi ishlaydi, keyinchalik esa Windows.Bosh katalog

Linuxda qurilmalar fayllar ko`rinishida bo`lganligi sababli, kompyuterning arxitekturasi foydalanuvchi uchun fayl tizimi ko`rinishida taqdim etiladi. Ma`lum bir kataloglarda kiritish-

chiqarish qurilmalari fayllari joy olgan bo`lsa, boshqa kataloglarda foydalanuvchi fayllari va dastur fayllari joy olgan.Linuxda fayylar bilan ishlash qulay bo`lishini ta`minlash maqsadida, bosh katalog tushunchasi kiritilgan va u quyidagi belgi bilan ifodalanadi:Kompyuterga o`rnatilgan vinchesterlar sonidan qat`iy nazar, bosh katalog xar doim bitta bo`ladi. Bu esa Linux va Windows orasigagi katta farqdir. Windows tizimida xar bir disk uchun alohida bosh katalog mavjuddir.Qolgan fayllar tuzilishi odatiy ko`rinishga ega. Masalan, foydalanuvchilarning shaxsiy fayllari /home katalogida joylashgan: /home/lobar/document.docyoki/home/nodira/rasm.jpg 16OT uchun muhim bo`lgan sistema fayllari /bin, /sbin, konfiguratsiya fayllari /etc, qurilmalar fayllari /dev katalogida joylashgan.Tashqi qurilmalarning nomlanishiTashqi qurilmalar: modem, diskovod va boshqalarga odam uchun tushunarli bo`lgan nomlar beriladi.Egiluvchan disklar diskovodi Linux OT da/dev/fd0/dev/fd1nomlariga ega, ya`ni birinchi diskovod /dev katalogida fd0 fayli (Windows OT da bu A: disk), ikkinchi diskovod /dev katalogidagi fd1 fayli (Windows OT da bu B: disk). Windows OT da A: diskni nomini faqat B: diskga o`zgartirish mumkin va aksincha, Linuxda bu fayllarni nomini xoxlagancha o`zdartirish mumkin.Odatda bu turdagi diskovod kompyuterda bitta bo`lganligi sababli u/dev/floppylink9 fayli ko`rinishida bo`lib /dev/fd0 fayl tarkibini ifodalaydi.COM10-portlar nomlanishiXisoblash texnikasida ishlatiladigan ketma-ket interfeysli COM-portlar shaxsiy kompyuterlardan avval xam mavjud bo`lgan. Ilk bor ularni terminallarga (klaviatura va monitor) ulanishda ishlatilgan. Asosan tashqi modemlarni yoki PS/2 interfeysli sichqonchani ulashda ishlatiladi. Ba`zi bir uyali aloqa telefonlari xam kompyuterga shu port orqali ulanadi. Windows tizimida COM-portlar COM1, COM2, COM3 kabi nomlanishiga ega.Linux tizimida COM-portlar/dev/ttyS0/dev/ttyS1/dev/ttyS29 Link fayl – bu shunday bir faylki, boshqa bir faylning tarkibini ifodalaydi. Link faylni o`zgarishi, o`zi ifodalagan faylni o`zgarishiga olib keladi. Link faylni o`chirilishi, o`zi ifodalagan faylni ochirilishiga olib kelmaydi.10 COM – (o`qilishi “KOM”) bir EXM dan boshqa EXM yoki qurilma bilan axborot almashini ta`minlovchi maxsus qurilma.17nomlanishga ega.COM-portga modem qurilmasi ulangan bo`lsa, uning uchun maxsus/dev/modemlink fayli xosil qilinadi. Bu faylni maxsus modem bilan ishlaydigan dastur orqali yoki o`zimiz maxsus kommanda bilan xosil qilishimiz mumkin.Hard disk (vinchester) larning nomlanishiWindowsda fdisk dasturi yordamida yaratilgan diskning asosiy bo`limi C: deb nomlanadi. Diskni qaysi bir IDE shinasiga ulashingizdan qat`iy nazar. Bu albatta Windows tizimining afzalligi.Zamonaviy BIOS tizimi yordamida biz qaysi bir diskdan yuklanishi kerak bo`lganligini tanlash imkoniniyati mavjud.

IDE interfeysi.Odatda IDE interfeysiga ega bo`lgan sistema platalarida ikkita IDE razyom mavjud. Xar bir IDE interfeysi ikkita kanalga ega. Bu esa bitta shleyf orqali xam vinchester, xam CD-ROM ni ulash imkonini beradi. Bunda albbata ularni ajratish maqsadida, ularning biri Master, ikkinchisi Slave bo`lishi shart. Linuxda vinchesterlarni nomlanishi aynan ulanish joyiga bog`liqdir.Birinchi (Master) vinchester IDE ning birinchi kanalida /dev/hda deb nomlanadi.Ikkinchi (Slave) vinchester IDE ning birinchi kanalida /dev/hdb deb nomlanadi.Birinchi (Master) vinchester IDE ning ikkinchi kanalida /dev/hdc deb nomlanadi.

Ikkinchi (Slave) vinchester IDE ning ikkinchi kanalida /dev/hdd deb nomlanadi.Vinchesterning ulanish joyi yoki Master/Slave turi o`zgartirilganida Linuxni yuklaydigan konfiguratsiya fayllarga xam o`zgarishi kiritish zarur. Negaki Linux tizimi yuklanmay qoladi. Konfiguratsiya fayllarni o`zgartirish maxsus egiluvchan disk yoki maxsus CD disk yordamida amalga oshiriladi.

SCSI interfeysi.Oxirgi paytlari SATA turidagi vinchesterlar keng tarqalmoqda. Bu vinchesterlarni nomlanishi quyidagicha:18Birinchi SCSI-disk /dev/sda deb nomlanadi.Ikkinchi SCSI-disk /dev/sdb deb nomlanadi.Uchinchi SCSI-disk /dev/sdc deb nomlanadi.Disklar bo`limlarining nomlanishi.Windows foydalanuvchilari fdisk orqali yaratilgan disk va ularning bo`limlarining turi xaqida o`ylab xam o`tirmaydilar.Linuxda bo`lim nomlari vinchester nomi va bo`lim tartib raqamidan tashkil topadi. Masalan, agar vinchester birinchi IDE kanalga Master bo`lib ulansa, Windowsdaga C: va D: lar misolida:C: disk - /dev/hda1 deb nomlanadi.D: disk - /dev/hda5 deb nomlanadi./dev/hda1 nomidan shu ma`lumki, bo`lim asosiy xisoblanadi. Asosiy bo`limlar faqat 4 ta bo`lishi mumkin: /dev/hda1, /dev/hda2, /dev/hda3 va /dev/hda4.Mantiqiy D: disk esa kengaytirilgan bo`limda /dev/hda5 nomiga ega. Shu bilan birga E: disk - /dev/hda6, F: disk - /dev/hda7 nomlarga ega bo`ladi. Nazariy jixatdan kengaytirilgan bo`limda 60 ta mantiqiy disklarni xosil qilish mumkin.Agar vinchester IDE ning ikkinchi kanaliga Master bo`lib ulangan bo`lsa, unda:C: disk - /dev/hdc1 deb nomlanadi.D: disk - /dev/hdc5 deb nomlanadi.Agar vinchester IDE ning birinchi kanaliga Slave bo`lib ulangan bo`lsa, unda:C: disk - /dev/hdb1 deb nomlanadi.D: disk - /dev/hdb5 deb nomlanadi.Fayl tizimlariVinchesterni xarid qilib kompyuterga o`rnatganimizdan keyin, bu diskka birdaniga ma`lumot yozish va xatto o`qish imkoniga ega bo`lmaymiz. Xattoki Windows va Linuxda bu diskni ko`ra olmaymiz. Diskni ko`rish uchun, uni avvalo bo`limlarga bo`lib formatlash. Windowsda xali xam MS DOS da ishlatilgan format dasturi (kommandasi) ishlatiladi. 11 Diskni formatlash – bu jarayonda diskga oldindan tanlangan fayl tizimi joriy qilinadi. Bunda oldingi ma`lumotlar ochib ketadi.19Avval fdisk dasturi yordamida disk bo`limlarga bo`linadi. Bo`lingan bo`limlar format dasturi yordamida formatlanadi. Natijada fayllarni saqlash uchun fayl tizimi shakillanadi. Windows OT lari uchun FAT fayl tizimi odatiydir. FAT ning FAT16, FAT32 turlari mavjud. Ko`p foydalanuvchilik Windows 2000/XP OT larida NTFS fayl tizimi ishlatiladi.FAT va NTFS ning bir biridan farqi shundaki, FAT tiziminda fayllar ustida bajariladigan ammallar qayd qilinmaydi. Masalan, katta bir faylni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirilgan vaqtda, elektr manbai uzilib, kompyuter ochib qolsa, bu fayl chala yozilib qoladi. NTFS fayl tizimida fayl ustida bajarilayotgan amallar diskning maxsus joyida qayd qilib turiladi. Odatda bu joyning xajmi 4 Mb

bo`lib jurnal deb ataladi. Fayl ustida amal to`liq bajarib bo`lingandan keyingina, uni diskda ko`rishimiz mumkin. Bunga o`xshash fayl tizimlari jurnalli fayl tizimlari deb ataladi.Linuxda xam o`ziga tegishli fdisk dasturi yordamida bo`limlar xosil qilinadi va fayl tizimi shakillantiriladi.Windows tizimi faqatgina FAT va NTFS fayl tizimlari bilan ishlaydi, Linux esa bulardan tashqari turli xil fayl tizimlari bilan ishlay oladi. Odatda Linux diskda ext2 va fayl tizimini shakillantiradi. Linux uchun bular asosiy xisoblanib ularning farqi: ext3 fayl tizimi jurnalga ega, ext2 esa yo`q.Swap12 bo`limi.Kompyuterning operativ hotirasining chegarasi mavjud bo`lganligi sababli, shunday xolatlar vujudga keladiki, dasturni yuklash uchun operativ xotiradan joy etmay qoladi. Bunday xollarda operativ hotirada kam ishlatiladigan ma`lumotlarni diskga yozib joy bo`shatish amali bajariladi. Bu ma`lumotlarga ehtiyoj bo`lib qolsa, ular operativ hotiraga qaytariladi. Aynan shu jarayon swaping deb ataladi. Windows tizimida swap uchun vinchesterda fayl yaratiladi. Masalan: win386.swp yoki pagefile.sys. Bu fayl xajmi operativ xotira xajmiga, diskning bo`sh joy xajmiga va OT versiyasiga bog`liq bo`ladi.Linux tizimida Windows kabi swap mexanizmini ishlatish mumkin, lekin bu usul ko`pgina dasturlarning ishlash tezligini kamaytirib qo`yadi. Buni bartaraf qilish maqsadida UNIX tizimlarida, jumladan Linuxda diskda maxsus swap bo`limi ajratiladi. Bu bo`limning xajmi odatda operativ xotira xajmidan ikki barobar katta qilib tanlanadi.Ulanish nuqtasi.Windows tizimida kataloglar tuzilishi lotincha xarfli bo`lim nomidan boshlanadi. Linuxda esa ulanish nuqtasi bitta. Bunda, savol paydo bo`ladi, qolgan vinchesterlar, bo`limlar, fayl 12 Swap – (to`g`ri tarjimasi – almashtirish) Operativ hotiradagi ma`lumotlarni vaqtincha diskga saqlash va kerak bo`lgan paytda operativ xotiraga qaytarish.20tizimlari qayerda ? Undan tashqari qurilmalar fayl ko`rinishida aks etgan.

Linuxda “fayl tizimini ulash” tushunchasi mavjud. Xar qanday qurilma, diskga murojaat qilishdan oldin u fayl tizimning ma`lum dir nuqtasiga (katalogiga) ulab qo`yilishi zarur. Bunda ulanish nuqtasi ixtiyoriy bo`lishi mumkin. Odatda Linuxda /mnt katalogi aynan ulash nuqtalarini o`z ichida saqlash uchun mo`ljallangan. Bu katalogda odatda barcha tashqi qurilmalar alohida katalog sifatida ulanadilar.Egiluvchan diskli diskovod - /mnt/floppyKompakt diskli diskovod - /mnt/cdromBu katalogda Windows yoki MS DOS bo`limlarini ulash mumkin, Masalan:C: disk - /mnt/windows/CD: disk - /mnt/windows/DVinchesterda bo`limlarning tuzilishiBu mavzuda ko`rilayotgan masalalar barcha OT lari uchun muhim xisoblanadi. Diskni bo`limlarini xajmlarini o`zgartirish o`zimizning ixtiyorimizdadir. Shaxsiy kompyuterlarda MS DOS tizimi uchun diskini 4 ta asosiy bo`limlarga bo`lish odatiy bo`lib qoldi.Bunda vinchesterning 0-yo`li bosh yuklovchi yozuv uchun ajratiladigan bo`ldi. Bu yozuv o`z ichida OT ni yuklovchi dastur va diskdagi bo`limlar xaqidagi ma`lumotlarni saqlaydi. Bunda 0-yo`lning faqat 1-sektori band bo`ladi. Unung xajmi esa atigi 512 baytni tashkil etadi. Qolgan sektorlar ishlatilmaydi. Foydalanuvchi ma`lumotlari vinchesterning 1-yo`ldan yozila boshlanadi.Asosiy bo`limlar o`z ichida mantiqiy disklarga bo`linishi mumkin. Windows tizimida ko`pincha ikki asosiy bo`limli tizilma qo`llaniladi. (rasm 2.1) C: D:Rasm 2.1.C:D: E: F:Rasm 2.2.MS DOS texnologiyasi qo`llanila boshlaganidan bo`shlab Microsoft korporatsiyasi dasturchilari oldida diskni ko`p bo`limlarga bo`lish muammolari paydo bo`la boshladi. Oldingi versiyalar bilan 21ishlashini ta`minlash maqsadida rasm 2.2. da ko`rsatilganidek tuzilma taklif etilgan. Bunda diskning ikkinchi kengaytirilgan bo`limida bir qancha bir biri bilan ketma-ket bog`liq mantiqiy disklar yaratilishi mumkin. Bunda oradagi xar qanday bo`limni buzilishi, qolgan bo`limlarni xam buzilishiga olib keladi.Rasm 2.1. va 2.2. da ko`rsatilganidek MS DOS va Windowsda faqat ikkita asosiy bo`lim ishlatiladi. Qolgan ikkita asosiy bo`limlar ishlatilmaydi, yoki boshqa OT lar tomonidan ishlatiladi. Kompyuterga ikkinchi vinchester o`rnatilganda, uning xajmi yuqorida keltirilganidek ikki bo`limga bo`linadi.Asosiy bo`limlar jadvali.Asosiy 4 ta bo`limlar xaqidagi ma`lumotlar asosiy bo`limlar jadvalida saqlanadi. Bu jadval vinchesterning yuklanish sektorining 1beH (16 lik son) adresidan boshlanadi. Xar bir bo`lim ma`lumoti uchun 16 bayt ajratilgan. Bunda 1beH – birinchi bo`lim, 1ceH – ikkinchi bo`lim, 1deH – uchinchi bo`lim va 1eeH – to`rtinchi bo`lim xaqidagi ma`lumotni saqlaydi. Bo`lim elementining tuzilishi rasm 2.3. da keltirilgan. Birinchi 1 baytlik yuklanish belgisi bo`lib, bu bo`limda qaysi bir Windows 95/98/Me yoki MS DOS tizimini yuklanishini ko`rsatuvchi ma`lumot saqlanadi. Odatda birinchi asosiy bo`limda 80H qiymati, qolganlarda eso 00H qiymati bo`ladi.1beH boot Yuklanish belgisi+1 Hd Bo`linni boshlanishi: disk raqami+2 Sec/Cyl Bo`linni boshlanishi: sektor-silindr+4 Sys OT kodi

+5 Hd Bo`limni tugashi: disk raqami+6 Sec/Cyl Bo`limni tugashi: sektor-silindr+8 Boshlang`ich sektor+0cH Sektorlar soniRasm 2.3.Keyingi 3 baytlar bo`limni boshlanishni fizik koordinatlarini ifodalaydi, ulardan: birinchishi – vinchesterning ichki diskning tartib raqami, keyingi ikkitasi – sektor va silindr raqami.Keyingi 1 bayt o`rnatilgan OT ni belgilaydi. Masalan, MS DOS da asosiy bo`lim uchun 06H, kengaytirilgan bo`lim uchun 05H, Windows uchun 0bH.Keyingi 4 baytlar bo`limni tugashi xaqida ma`lumotni ifodalaydi.Oxirida esa, bo`limning eng birinchi sektori raqami va bo`lim egallab turgan sektorlar soni keltiriladi.Bo`limlar jadvaliga faqat MS DOS dan murojaat qilish mumkin, negaki Windows bu ma`lumotlarga 22to`g`ridan to`g`ri murojaatni ma`n qiladi.Diskni bo`limlarga bo`lish qonun-qoidalari.MS DOS OT ning paydo bo`lishi bilanoq, foydalanuvchilar doimo diskni 4 ta asosiy bo`limlarga bo`lishni afzal ko`rishadi. Rasm 2.4. Bu bilan 4 ta mustaqil bo`limar xosil qilinib, ma`lumotlarni saqlash ishonchliligini oshiradi.Shu bilan birga ushbu bo`limlarning xajmini osonlikcha o`zgartirish imkoniyati mavjud. C: D: E: F:Rasm 2.4.Microsoft o`rnatgan ushbu tartibni fdisk dasturi yordamida o`zgartirish muvafaqiyatsiz oqibatlarga olib keladi. Buning uchun maxsus PowerQuest ( www.powerquest.com ) korporatsiyasining PartitionMagic dasturidan foydalanish afzalroq.23Boshqa operatsion tizimlar va WindowsDiskda Windows OT bilan birga unga raqobatdosh bo`lgan boshqa OT o`rnatilgan bo`lsa va Windows tizimida ishlaganda ehtiyotkor bo`lish zarur.Agar kompyuterda Linux tizimi alohida bo`limda o`rnatilgan bo`lsa, Проводник bu bo`limni alohida disk qilib ko`rsatadi. Bu disk FAT yoki NTFS tizimidan farqli bo`lisa va siz uni ochishga urinsangiz, Windows: “Диск не отформатирован”, (disk formatlanmagan) degan ogoxlantirish oynasi chiqadi Albatta “Нет” tugmasini bosish zarur, bo`lmasa o`rnatilgan Linux OT o`chib ketadi.Ikki vinchesterli Windows tizimida birinchi vinchesterni Master ulanishida birinchi asosiy bo`limiga C: nomi beriladi, Slave ulangan birinchi vinchesterni birinchi asosiy bo`limiga D: nomi beriladi. E: nomi birinchi vinchesterni ikkinchi asosiy bo`limiga beriladi. Bunda Linix OT ni barcha asosiy bo`limlardan keyingi bo`limlarga o`rnatish tavsiya etiladi.