Informatika-9. 7 – dars.
Mavzu: Algoritmni tasvirlash usullari
Maqsad:
1) ta’limiy: o`quvchilarga algoritmni tasvirlash usullari haqida tushuncha berish;
2) tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;
3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning algoritmlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: algoritmni so`zlar yordamida, formula bilan, jadval ko`rinishida, grafik holatda va dastur ko`rinishida tasvirlanishi haqida tasavvurga ega bo`lish.
I. Tashkiliy davr
II. Takrorlash
Algoritmning qanday asosiy xossalari bor?
Tushunarlilik xossasi bajariladigan va bajarilmaydigan ko‘rsatmaga misol keltiring.
Ko‘rsatmalar ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun qanday sistemadan olinishi kerak?
Ijrochi algoritmni mexanik ravishda bajarishi uchun qanday xossa ahamiyatli?
Algoritmning diskretlilik xossasini misollar asosida tushuntiring.
Algoritmning natijaviylik xossasini misollar asosida tushuntiring.
Natijaviylik xossasi bajarilmaydigan ko‘rsatmalar ketma-ketligiga misol keltiring.
Algoritmning ommaviylik xossasini misollar asosida tushuntiring.
III. Yangi mavzuni o`rganish
Avvalgi darslarda algoritmlarni so’z orqali ifodaladik. Shuni aytish lozimki, algoritmlarni tasvirlashning ham turli usullaru mavjud. Quyida algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullarini ko‘rib chiqamiz:
1. Algoritmni so‘zlar yordamida ifodalanishi.
Avvalgi darslarda keltirilgan bir qator misollar inson og‘zaki nutqida ishlatiladigan so‘zlar orqali ifodalangan edi (masalan, choy damlash yoki yig’indi hisoblash algoritmi). Algoritmning bunday tasvirlash usulida ijrochi uchun ko‘rsatma jumlalar orqali buyruq shaklida beriladi.
Misol tariqasida suv havzasi oldida turgan A litrli va B litrli suv idishi bor ijrochi uchun {A ni to’ldir; B ni to’ldir; A dan B ga quy; B dan A ga quy; A ni bo’shat; B ni bo’shat} ko’rsatmalar sistemasini olish mumkin. Bu ijrochiga xos masalaning maqsadi o’lchab olinishi kerak bo’lgan suv miqdorining A yoki B idishlardan birortasida hosil bo’lishidir.
1-masala. A=3 va B=5 bo’lganda Suvchi 1 litr suv o’lchab olishi uchun algoritm tuzing.
Bu masalaning maqsadga yetkazuvhci algoritmini so’zlar yordamida tuzish qulay:
Qadamlar | Algoritmdagi ko’rsatmalar | A idishda | B idishda |
1 | A ni to’ldir; | 3 litr | 0 litr |
2 | A dan B ga quy; | 0 litr | 3 litr |
3 | A ni to’ldir; | 3 litr | 3 litr |
4 | A dan B ga quy. | 1 litr | 5 litr |
2. Algoritmni formulalar yordamida ifodalanishi.
Bu usul matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi fanlarda ko‘plab foydalaniladi. Yodingizda bo‘lsa so‘zlar yordamida ifodalangan 4-darsdagi 2-misolda algoritmni formula orqali ifodalagan edik. Formuladagi “+”, “”, “·”, “” kabi arifmetik amallarning hisoblash qoidalariga rioya qilgan holda bajarilishi ham algoritmga misol bo‘ladi. 5-darsda berilgan “
ko‘rinishidagi kvadrat tenglamani yechish” algoritmining quyida keltirilgan formula orqali ifodasi bilan tanishsiz:
.
3. Algoritmni jadval yordamida ifodalanishi.
Algoritmning bu ko‘rinishda berilishi ham sizga tanish. Masalan, maktabdagi dars jadvali, Pifagorning ko’paytirish jadvali, lotareya yutuqlar jadvali, Mendeleyev kimyoviy elementlar jadvali. Bunday jadvallardan foydalanish ma’lum bir algoritm qo‘llashni talab etadi.
Biror funksiyaning grafigini chizish uchun ham funksiyaning argument qiymatlariga mos qiymatlar jadvalini hosil qilamiz. Bu ham algoritmning jadval ko‘rinishiga misol bo‘ladi. Masalan, y=x2 algoritm asosida harakat qilayotgan ijrochi o’tadigan nuqtalarni ba’zilari ko’rsatilgan quyidagi jadval bilan matematikadan tanishsiz:
x | -3 | -2 | -1 | 0 | 1 | 2 | 3 |
y | 9 | 4 | 1 | 0 | 1 | 4 | 9 |
4. Algoritmni grafik shaklda ifodalanishi.
Algoritmning bu ko‘rinishdagi ifodasi bilan matematikadagi funksiyaning grafigi, kerakli uyni oson topish uchun dahalarda o‘rnatilgan uylarning joylashish sxemasi, avtobuslarning yo‘nalish sxemasi orqali sizga tanish.
Algoritmlash asoslarini o‘rganishning yana bir qulay grafik shakli blok-sxema usulidir. Blok-sxemalar yo‘nalish chiziqlari orqali tutashtirilgan ma’lum buyruq yoki ko‘rsatmani aks ettiruvchi maxsus geometrik shakllar – bloklardan tashkil topadi:
| algoritmning boshlanishini va tugallanganligini bildiradi |
| ma’lumotlarni kiritishni bildiradi |
| ma’lumotlarni chiqarishni bildiradi |
| oddiy harakatni, ya’ni qiymat berish yoki tegishli ko‘rsatmalar berishni bildiradi |
| shart tekshirilishini bildiradi |
| takrorlanish boshlanishini bildiradi |
| yordamchi algoritmga murojaatni bildiradi |
| sxemadagi harakat yo‘nalishini bildiradi |
:= | qiymat berish ko‘rsatmasi |
2-masala. Radiusi R ga teng doiraning yuzasini hisoblash algoritmi tuzilsin.
Bu masala algoritmini ikki xil usulda so‘zlar yordamida va grafik shaklda tuzamiz:
5
. Algoritmni dastur shaklida ifodalanishi.
Ma’lumki, kompyuter dasturlar asosida ishlaydi va boshqariladi. Siz hozirgacha MS Word, Paint va MS Excel kabi amaliy dasturlar bilan ishladingiz. Shuni ta’kidlash joizki, har bir amaliy dastur ham juda katta va murakkab algoritmning bir ko‘rinishidir. Demak, bu kabi algoritmlar bajarilishi uchun algoritm ijrochisiga, ya’ni kompyuterga tushunarli bo‘lishi lozim.
Odatda, algoritmning kompyuter tushunadigan tilda yozilishi dastur deb ataladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi. Jahonda minglab dasturlash tillari mavjud va yana rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda BASIC, Pascal, VBA, Delphi, C, C++ dasturlash tillari keng tarqalgan va o‘rganish uchun qulay.
IV. Mustahkamlash
Savollar:
Algoritmni tasvirlash usullari haqida ma’lumot bering.
Algoritmni so‘zlar orqali ifoda etilishiga hayotiy misollar keltiring.
Qaysi fanlarda algoritmni formulalar yordamida berish qulay?
Algoritmni formulalar orqali ifoda etilishiga fizika fanidan misollar keltiring.
Algoritmni jadval ko‘rinishida berilishiga misollar keltiring.
Algoritmni grafik shaklda berilishiga misollar keltiring.
Blok-sxema nima?
Masqlar:
1. Paint grafik muharririda “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat!” matnidagi so’zlarni tagma-tag yozdirish uchun so’zlar yordamida algoritm tuzing.
2. MS Word dasturining WordArt obyekti yordamida “O’zbekiston vatanim manim!” iborasini yozish algoritmini qulay usulda tasvirlang.
3. Berilgan ikki natural sonning eng kichik umumiy karralisini topish algoritmini tuzing.
V. Uyga vazifa.
3-mashq.