СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Mavzu: Interaktiv web-sahifalar

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Statik web-sahifalar – bu HTML tilida yozilgan .html yoki .htm kengaytmali matn, jadval, rasm kabi elementlarni o’z ichiga olgan tayyor holda serverda saqlanayotgan o’zgarmas fayllardir.

Dinamik web-sahifalar – bu foydalanuvchi so’rovini bajarish jarayonida hosil qilingan o’zgaruvchan web-sahifalardir. Bu web-sahifalar PHP, ASP, DHTML va shu kabi dasturlar yordamida hosil qilinib, kengaytmasi, mos ravishda, .php, .aspx bo’ladi. Dinamik web-sahifalar foydalanuvchi so’roviga binoan serverda saqlanayotgan ma’lumotlar omboridagi ma’lumotlar asosida tashkil etiladi.

Просмотр содержимого документа
«Mavzu: Interaktiv web-sahifalar»

Informatika-9-A,B. 64 – dars.

Mavzu: Interaktiv web-sahifalar

Maqsad:

1) ta’limiy: o`quvchilarga interaktiv web-sahifalar haqida tushuncha berish120

2) tarbiyaviy: O`quvchilarga axloqiy tarbiya berish;

3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning AKT dan foydalanish ko`nikmalarini rivojlantirish.

DTS: nteraktiv web-sahifalar haqida yushunchaga ega bo`lish.

I. Tashkiliy davr

II. Takrorlash

  1. Hayotingizda uchratgan formalar haqida so’zlab bering.

  2. Formalar nima uchun ishlatiladi?

  3. Web-sahifada forma qanday tashkil etiladi?

  4. Formani jo’natish haqida so’zlab bering.

  5. Formada matn maydoni qanday belgilanadi?

  6. Formada bir nechta satrli matn maydoni qanday tashkil etiladi?

  7. Formada oldindan berilgan javoblarni belgilashni tashkil etish usullarini izohlang.

III. Yangi mavzuni o`ranish

Web-sahifalar tashkil etish texnologiyasiga bog’liq holda, asosan, 3 turga bo’linadi:

statik

dinamik

interaktiv

Statik web-sahifalar – bu HTML tilida yozilgan .html yoki .htm kengaytmali matn, jadval, rasm kabi elementlarni o’z ichiga olgan tayyor holda serverda saqlanayotgan o’zgarmas fayllardir.

Dinamik web-sahifalar – bu foydalanuvchi so’rovini bajarish jarayonida hosil qilingan o’zgaruvchan web-sahifalardir. Bu web-sahifalar PHP, ASP, DHTML va shu kabi dasturlar yordamida hosil qilinib, kengaytmasi, mos ravishda, .php, .aspx bo’ladi. Dinamik web-sahifalar foydalanuvchi so’roviga binoan serverda saqlanayotgan ma’lumotlar omboridagi ma’lumotlar asosida tashkil etiladi.

Avvalgi darslarda web-sahifadagi formadan so’rovlar o’tkazish, web-server va mijoz o’rtasida muloqot o’tkazish yoki berilgan ro’yxatdan kerakli hujjatni tanlash maqsadida qo’llanilishi haqida ma’lumot bergan edik, masalan, web-sahifaning reytingini aniqlash, biror korxona maxsulotlari haqidagi fikrlarni jamlash, Internet orqali tanishish. Hozirgi kunda chat deb ataluvchi mijozlar orasida muloqot qilishni ta’minlovchi web-sahifalar ham bor. Muloqot qilish imkonini beruvchi barcha web-sahifalar interaktiv web-sahifalar deb ataladi.

Interaktiv web-sahifalarni ishlab chiqishning tartib-qoidalari mavjud bo’lib, ulardan asosiylarini sanab o’tamiz:

1. Web-sahifaning deyarli barcha qismi server dasturlari yordamida generatsiya (hosil) qilinadi va qayta ishlanadi. Misol sifatida biror web-sayt ichida (mail.ru yoki inbox.uz saytlarida) bepul elektron pochta ochishni ko’rsatish mumkin. Bu sahifalarda barcha ma’lumotlar server dasturlari tomonidan qayta ishlanadi: ma’lumotlar kiritish va ularni to’liqligini tekshirish; nom kiritish va uni “bo’sh” ekanligini tekshirish, tanlash uchun nomlar tavsiya etish; parol (mahfiy so’z) tanlash u bilan bog’liq amallar bajarish; birinchi marta ochilganda va tug’ilgan kunlarda tabriknomalar yuborish; va hokazo.

2. Web-sahifalar generatsiyasi uchun barcha ma’lumotlar tayyor ma’lumotlar omboridan olinadi. Ma’lumotlar omborlari maxsus kompyuterlarda turli ko’rinishlarda saqlanadi. Misol qilib, maktabingiz server kompyuterida o’rnatilgan elektron darslikni olish mumkin. Bu kabi darsliklarda web-sahifa ko’rinishida tashkil etilgan test ilovalari mavjud bo’lib, undagi test savollari avvaldan test omboriga joylashtirilgan bo’ladi.

3. Ko’pincha web-sahifaga ruxsatni cheklashlardan foydalaniladi. Bu cheklashlar turli mijozlar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Oddiy mijozlar web-sahifani faqat ko’rib chiqish, boshqalari esa o’zgartirishlar kiritish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Masalan, elektron darsliklar misolida administrator, o’qituvchi va o’quvchi turli imkoniyatli web-sahifaga tashrif buyuruvchi hisoblanadi.

4. Web-sahifaga ruxsatni cheklashlardan foydalanilsa, u holda web-sahifa kirish imkoniyatini (inglizcha – logon) ko’zda tutgan bo’ladi. Albatta, har bir logon parol bilan birga ishlatiladi. Agar web-sahifaga tashrif buyurayotgan mijozda kirish logini va paroli bo’lmasa, web-sahifa registratsiyadan (ro’yxatdan) o’tishni tavsiya etadi.



5. Web-sahifaga ruxsatni cheklashlardan foydalanilsa, u holda web-sahifa registratsiyadan (ro’yxatdan) o’tish imkoniyatini ko’zda tutgan bo’lishi shart. Agar web-sahifa ommabop bo’lsa (internet-magazin yoki elektron pochta xizmati kabi), barcha tashrifchilar alohida web-sahifa ko’rinishida tashkil etilgan ro’yxatdan o’tkazish sahifasida ro’yxatdan o’tadilar. Agar yopiq web-sahifa bo’lsa, u holda registratsiya uchun administratorga murojaat qilinadi.

6. Web-sahifaga ruxsatni cheklashlardan foydalanilsa, u holda web-sahifa chiqish imkoniyatini ko’zda tutgan bo’ladi. Bu holda server dastur tashrifchisini “esdan” chiqaradi, ya’ni tashrifchini saytga kirganidagi foydalanilgan ma’lumotlar ro’yxatini, bog’lanishlarni, login va parolini o’chiradi.

7. Ommabop qidiruv tizimlari ruxsatni cheklashni ko’zda tutmaydi.

Quyida interaktiv web-sahifa ko’rinishida tashkil etilgan himoyalanmagan test o’tkazish sahifasining HTML-hujjati aks ettirilgan:

HTML haqida

function ball(testga)

{ var hisob=0;

if (testga.a1[3].checked) {hisob++;}

if (testga.a2[0].checked) {hisob++;}

if (testga.a2[2].checked) {hisob++;}

if (testga.a2[1].checked) {hisob--;}

if (testga.a2[3].checked) {hisob--;}

if (testga.a3[0].checked) {hisob++;}

if (testga.a3[1].checked) {hisob++;}

if (testga.a3[2].checked) {hisob--;}

if (testga.a3[3].checked) {hisob++;}

if (hisob=6 ) {alert(" Balingiz 6");} else

if (hisob=5 && hisob

if (hisob=4 && hisob

if (hisob=3 && hisob

if (hisob=2 && hisob

if (hisob=1) {alert(" Balingiz 1");} else

if (hisob

}

1. HTML - bu

dasturlash tili

so'zlashuv tili

chet tili

markerlash tili

2. HTML buyruqlari ... deb ataladi.

deskriptorlar

operatorlar

teglar

funksiyalar

1. Web-sahifa tayyorlash uchun ... foydalanish mumkin.

HTML tilidan

MS FrontPage dasturidan

MS Paint dasturidan

MS Word dasturidan