СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до 28.05.2025

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Mavzu: Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Kundalik hayotimizda ko‘p turdagi jadvallardan foydalanamiz: dars jadvali,  shaxmat yoki futbol o‘yinlari bo‘yicha musobaqa jadvali, Pifagor (karra) jadvali, kelishiklar jadvali va boshqalar. Jadvalni tashkil etuvchilar uning elementlari deyiladi.

Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar bir o‘lchovli (chiziqli), ikki o‘lchovli (to‘g‘ri to‘rtburchakli), uch o‘lchovli (parallelopipedli) va hokazo bo‘ladi. Biz bu darslik chegarasida chiziqli va to‘g‘ri to‘rtburchakli jadvallarni ko’rib chiqamiz.

Chiziqli jadvallar satr yoki ustun shaklida ifodalanadi. Masalan, sinfingizdagi o‘quvchilar ro‘yxati sinf jurnalida ustun shaklidagi jadval ko‘rinishida yozilgan. O‘quvchilarning familiyalari bu jadvalning elementlarini tashkil etadi. Ularning har biri o‘z tartib raqamiga ega va har bir tartib raqamga faqat bitta o‘quvchining familiyasi mos keladi. 

Показать полностью

Просмотр содержимого документа
«Mavzu: Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar»

Informatika-9. 17 – dars

Mavzu: Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar

Maqsad:

1) ta’limiy: O`quvchilarga Paskal tilida jadval ko`rinishidagi miqdorlarning nomlanishi va tavsiflaninishi haqida ma’lumot berish

2) tarbiyaviy: o`quvchilrga iqtisodiy tejamkorlik tarbiyasi berish;

3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda Paskal dasturlash tilida miqdorlardan foydalanish ko`nikmalarni rivojlantirish.

DTS: Paskal tilida jadval ko`rinishidagi miqdorlarning nomlanishi va tavsiflaninishi haqida ma’lumotga ega bo`lish.

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

II. Takrorlash

  1. Belgili o‘zgarmas deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring.

  2. Satrli o‘zgarmaslarning belgili o‘zgarmaslardan farqi nimada?

  3. Sonli o‘zgarmaslarning qanday turlarini bilasiz?

  4. Mantiqiy o‘zgarmaslar qanday qiymatlarni qabul qilishi mumkin?

  5. O‘zgaruvchilarning o‘zgarmaslardan farqi nimada?

III. Yangi mavzuni o`rganish

Kundalik hayotimizda ko‘p turdagi jadvallardan foydalanamiz: dars jadvali, shaxmat yoki futbol o‘yinlari bo‘yicha musobaqa jadvali, Pifagor (karra) jadvali, kelishiklar jadvali va boshqalar. Jadvalni tashkil etuvchilar uning elementlari deyiladi.

Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar bir o‘lchovli (chiziqli), ikki o‘lchovli (to‘g‘ri to‘rtburchakli), uch o‘lchovli (parallelopipedli) va hokazo bo‘ladi. Biz bu darslik chegarasida chiziqli va to‘g‘ri to‘rtburchakli jadvallarni ko’rib chiqamiz.

Chiziqli jadvallar satr yoki ustun shaklida ifodalanadi. Masalan, sinfingizdagi o‘quvchilar ro‘yxati sinf jurnalida ustun shaklidagi jadval ko‘rinishida yozilgan. O‘quvchilarning familiyalari bu jadvalning elementlarini tashkil etadi. Ularning har biri o‘z tartib raqamiga ega va har bir tartib raqamga faqat bitta o‘quvchining familiyasi mos keladi.

Ikki o‘lchovli jadvallar ustunlar va satrlardan tashkil topadi (matn protsessori va elektron jadvallarga oid mavzu­larni eslang). Ularning elementlari ustun va satrlar kesishgan kataklarda joylashadi. Bunday jadvallarda biror elementni ko‘rsatish uchun uning nechanchi satr va nechanchi ustunda joylashganligini, ya’ni satr va ustun bo‘yicha tartib raqamlarini bilish kerak bo‘ladi. Demak, ikki o‘lchovli jadvalning har bir elementiga ikkita (satr va ustun bo‘yicha) tartib raqami mos keladi.

Paskal dasturlash tilida jadvallar bilan ishlash uchun massiv tushunchasi kiritilgan. Massiv – jadval ko‘rinishidagi miqdor bo‘lib, u aniq sondagi bir turli va tartiblangan (ya’ni, tartib raqamiga ega) elementlar majmuidan iborat. Massiv elementlarining tartib raqami butun sonlarda ifodalanadi, ya’ni ular manfiy son bo‘lishi ham mumkin.

Paskalda har bir massiv o‘z nomiga ega bo‘lib, ularni nomlash o‘zgaruvchilarni nomlash kabidir. Masalan: a5, dars_jadvali, tub_sonlar.

Massiv elementlarining tartib raqami indeks deb ataladi va indeks kvadrat qavs ichida yoziladi. Masalan, a[5] yozuvi – a nomli massivning beshinchi elementini bildiradi, ya’ni, massiv nomi – a, indeks – 5.

1–misol. A nomli 7 ta elementdan iborat chiziqli jadvalni hosil qiling.


Tartib raqami

1

2

3

4

5

6

7

Qiymati

x

A

a

t

r

z

m


Demak, jadval elementlari va ularga mos qiymatlar quyidagicha moslikda ekan:


Jadval elementi

A[1]

A[2]

A[3]

A[4]

A[5]

A[6]

A[7]

Qiymati

x

A

a

t

r

z

m


Ikki o‘lchovli massiv elementlari ikkita indeks orqali aniqlanib, ular o‘zaro vergul bilan ajratib yoziladi va birinchi indeks satr tartib raqamini, ikkinchi indeks ustun tartib raqamini bildiradi. Masalan, S[4,3] yozuvi – S nomli massivning 4-satri va 3-ustuni kesishgan katakda joylashgan elementini bildiradi.

2–misol. S nomli 4´5 (4 ga 5, ya’ni 4 ta satrli va 5 ta ustunli) to‘g‘ri to‘rtburchakli jadvalni tasvirlang (katakchad ko’k rangda jadval elementlari yozilgan).



Ustun bo‘yicha tartib raqami

Satr bo‘yicha tartib raqami


2

3

4

5

6

1

3.2

S[1,2]

1.37

S[1,3]

-1.25

S[1,4]

7.12

S[1,5]

-11.4

S[1,6]

2

0.5

S[2,2]

1.1

S[2,3]

1.2

S[2,4]

-1,1

S[2,5]

4.22

S[2,6]

3

-0.1

S[3,2]

1.01

S[3,3]

71.2

S[3,4]

4.1

S[3,5]

-4.11

S[3,6]

4

6.3

S[4,2]

-7.01

S[4,3]

1.5

S[4,4]

7.5

S[4,5]

-1.09

S[4,6]


Jadvaldan ko’rinadiki, masalan, S[1,3]=1.37, S[2,2]=0.5, S[4,6]= –1.09.

Dasturda massivlar o‘zgaruvchilar kabi albatta tavsiflanishi zarur. Buning uchun Paskal dasturlash tilining Array xizmatchi so‘zi ishlatiladi. Bu so‘zdan keyin kvadrat qavs ichida massivning birinchi va oxirgi elementlarining tartib raqamlari o‘zaro ikkita nuqta (..) bilan ajratib yoziladi. Davomida Paskalning of xizmatchi so‘zi va undan keyin massiv elementlarining turi yoziladi. Masalan:

var

A: array[1..7] of char; {1-misoldagi elementlari 1 dan 7 gacha tartiblangan char (belgili miqdorli) turdagi A nomli chiziqli massiv}

S: array[1..4,2..6] of real; {2-misoldagi satrlari 1 dan 4 gacha va ustunlari 2 dan 6 gacha tartiblangan real (haqiqiy miqdorli) S nomli ikki o’lchovli massiv}

bma: array[-2..100] of integer; {-2 dan 100 gacha tartiblangan butun turdagi bma nomli chiziqli massiv}

Demak, massiv (jadval ko‘rinishidagi miqdor) deganda, yagona nom bilan belgilangan, bir turdagi, tartiblangan miqdorlarning majmui tushuniladi.

3–misol. Bir o‘lchovli A jadval beshta elementga ega bo‘lsin:


Tartib raqami

–1

0

1

2

3

Qiymati

3

2

12

10

-8


Paskalda bu jadval elementlari quyidagicha ifodalanadi:

A[–1] := 3; A[0] := 2; A[1] := 12; A[2] := 10; A[3] := –8;

Massiv elementlari indeksini biror butun qiymatli o‘zgaruvchi (masalan, i) orqali ifodalash mumkin, masalan, agar i = 1 bo‘lsa, A[i] = 12, agar i = 3 bo‘lsa, A[i] = –8 bo‘ladi.

4
–misol. Ikki o‘lchovli butun qiymatli B massiv berilgan bo‘lsin:

M
assiv elementlariga o’zimiz tartib raqamlari berib B[0,0], B[0,1], B[0,2], B[1,0], ... kabi yozib olamiz:

bu yerda i = 0, 1 va j = 0, 1, 2 (i – satr tartib raqami, j – ustun tartib raqami) qiymatlarni qabul qiladi. Bu jadval Paskalda quyidagicha tavsiflanadi:

var b: array[0..1, 0..2] of Integer;

Eslatib o’tamiz, identifikator nomining qaysi registrda yozilishining ahamiyati yo’q!

Umumiy holda indeks sifatida o‘zgaruvchi yoki ifoda qo‘llaniladi. Masalan, i=0, j=2 bo‘lsa, 4-misolda B[I, J] = 5 va (I+1=0+1=1 va J–2=2–2=0 bo’lgani uchun) B[I+1, J–2] = 2 bo‘ladi.

Biz jadvallarning faqat chiziqli va to‘g‘ri to‘rtburchakli shakllari bilan tanishdik. Aslida Paskal tilida ko‘p o‘lchovli (255 tagacha) jadval ko‘rinishidagi miqdorlardan ham foydalanish mumkin. Bunday jadvallarni tavsiflashga bir necha misol keltiramiz.

1) var s: array[1..4, 1..7, 0..10] of Byte; {s – Byte turli 3 o‘lchovli jadval}

2) var t, k: array [1..100, 1..80, 1..50] of string; {t va k – 3 o‘lchovli satrli jadvallar}

3) var f: array [-5..10, 0..10, 2..10] of char; { f – 3 o‘lchovli belgili jadval}

Paskal dasturlash tilida tavsiflangan massivlar uchun xotiradan joy zahiralab qo’yiladi. Shu sababli xotiraning keragidan ortiq qismini band qilmaslik uchun massiv turidan tashqari nechta elementdan iborat ekanligini bilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Umuman, chiziqli K dan S gacha tartiblangan massiv elementlari soni S–K+1 ta, ikki o’lchovli satrlari B dan M gacha va ustunlari A dan G gacha tartiblangan massiv elementlari soni (M–B+1) · (G–A+1) ta bo’ladi. Masalan, 3-misoldagi –1 dan 3 gacha tartiblangan A massivda (3 – (–1)+1=3+1+1=) 5 ta butun qiymatli element, 4-misoldagi satrlari 0 dan 1 gacha va ustunlari 0 dan 2 gacha tartiblangan B massivda ((1–0+1)·(2–0+1)=2·3=) 6 ta butun qiymatli element bor.

IV. Mustahkamlash

  1. Hayotda uchraydigan jadval ko‘rinishidagi miqdorlarga misol keltiring.

  2. Chiziqli massiv qanday o‘lchovlarda bo‘ladi?

  3. Massivda indeks nima uchun zarur?

  4. Massiv elementlarining indekslari qanday qiymatlar qabul qilishi mumkin?

  5. Jadval ko‘rinishidagi miqdorlarning turlarini qanday ajratish mumkin?

Mashqlar

1. Quyida keltirilgan ketma-ketliklar qanday o’lchovli massivlarni ifodalashini va nechta elementdan iboratligini aniqlang.

a) A[0], A[1], A[2], A[3], ... , A[99]; 99-0+1=100 ta

b) B[0,0], B[0,1], B[0,2], ... , B[3,5]; (3-0+1)(5-0+1)=24 ta

d) M[0,0,0], M[0,0,1], ... , M[1,1,1]. e) G[-22,3], G[-22,4], G[-22,5],…, G[-20,5].

2. Butun turdagi, chiziqli 100 ta elementli jadval qaysi javobda to‘g‘ri tavsiflangan?

a) var B: array [1..100] of real; b) var M: array [1..100] of char;

d) var A: array [0..99] of string; e) var G: array [5..104] of integer;

f) var M: array [1..10,1..10] of integer; g) var A: array [5..104] of string;

3. 2-mashqdagi massivlarni turini, o’lchovini va elementlari sonini aniqlang.

4. Bittadan bir o‘lchovli butun va belgili jadvallarni hamda ikki o‘lchovli haqiqiy turdagi jadvalni tavsiflang.

5. Xato yozilgan tavsiflarni aniqlang va kamchiliklarni bartaraf eting.

a) var A array [0..6] of char; b) var B: array [1..100]; d) var D: [-5..5] of Byte;

e) var array E: [1..3,2..3] of string; f) var F[-10..20] of LongInt; g) var F: array [10] of real;

javoblar:

a) var A: array [0..6] of char; b) var B: array [1..100] of integer; g) var F: array [1..10] of real;

V. Uyga vazifa

4-mashq



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!

Закрыть через 4 секунд
Комплекты для работы учителя