Mavzu: MS Excelning funksiyalar kutibxonasi.
Darsning ta’limiy vazifasi: O’quvchilarga MS Excel dasturidagi funksiyalar kutibxonasi haqida tushuncha hosil qilish,Excelda funksiyalar bilan ishlash bo’yicha umumiy tyasavurni berish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi:O`quvchilarda kompyuterdan foydalansih konikmalarini tarbiyalash. O`quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik tarbiyasini berish;
Darsnin rivojlantiruvchi vazifasi: O`quvchilarga Microsoft Excel office dasturidan foydalanish, funksiyalarni qo’llay olish, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.O`quvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, fanga bo‘lgan qiziqishini ortirish, zamonaviy texnika o‘zgartirishlariga ko‘nikma va malaka hosil qilish;
Pedagogik vazifalar: O’quv faoliyatini natijalari.
O’qitishsh usuli: Ma’ruza, namoish, klaster, BBB, Zinama-zina, aqliy hujm
O’qitish shakllari:, frontal,individual.
Darsda kerakli bo`lgan jixozlar : Informatik vaaxborot texnologiyalari kitobi,mavzuga oid ko’rgazmalar, doska, kompyuter,electron doska,
DTS: Microsoft Excel dasturi yordamida funksiyalar kutibxonasidan foydalanishni bilish.
Darsning shiori: Intilganga tolе' yor.
Kommunikativ kompetensiya:
-O’z fikrini og’zaki va yozma ravishda tushunarli bayon qila olish,dars davomida adabiy tilda so’zlashishga erishish;
-Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavzuga doir turli xil adabiyotlar,jumladan,kitob,jurnal,televizor,telefon,kompyuterdan foydalana olish;
-O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: dars davomida o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish,mustaqil o’qib-o’rganish,bilimini muntazam oshirib borish;
Maniotoring va baholash: og’zaki so’rov, tezkor so’rov.
Qo’llanmada interfaol uslublar uchun quyidagicha belgilashlar qo’llanilgan.
M – ma’ruza, AH – aqliy hujum, K – klaster, ZZ – Zinama-Zina, SJ – savol-javob, BBB –Bilaman Bilmoqchiman Biliboldim.
| Dars bosqichlari | Vaqt | Usullar |
1 | Tashkiliy qism | 3 minut | |
2 | O‘tilganlarni takrorlash | 7 minut | SJ, ZZ, |
3 | Yangi mavzu ustida ishlash | 25 minut | K, BBB |
4 | Yangi mavzuni mustahkamlash | 7 minut | SJ, BST, |
5 | Uyga vazifa | 3 minut | |
I. Darsning tashkil etilishi:
1.Salomlashish;
2.Davomatni aniqlash.
3.Navbatchi o`quvchining axboroti tinglanadi.
4.O`quvchilar bilan quyidagi savol-javobni o`tkazaman.
O`qituvchi: Assalomu-alaykum, o`quvchilar.
O`quvchilar: Assalomu-alaykum.
O`qituvchi: Hozir qanday dars?
O`quvchilar: Hozir informatika darsi.
O`qituvchi: Bugun kim navbatchi?
O`quvchilar: Bugun men navbatchiman.
O`qituvchi: Uyga vazifa nima?
-
O`tilgan mavzuni mustahkamlash: O`tilganlarni takrorlash avvalgi mavzular materiallari yordamida test(Boshqa varoq yoki kitobga murojaat) yechish va “Zinama-zina” interfaol usuli yordamida amalga oshiraman. Ularga quyidagi savollarni beraman:
“Zinama-zina” interfaol usuli
II. Takrorlash
1-guruhga savollar
-
Katakchaga kiritish mumkin bo'lgan ma'lumotlar turini so'zlab bering.
-
Katakcha adresi deganda nima tushuniladi?
-
Katakchalar blokini misollar orqali amaliy ko'rsatib bering.
-
Absolyut va nisbiy murojaat nima? Amalda ko'rsatib bering.
2-guruhga savollar
1.Katakchadagi ma'lumotlarni tahrirlashni bajarish ketma-ketligini tushuntiring.
2.Katakchadagi ma’lumotlarni o`chirish ketma-ketligini tushuntiring.
3.Excel elektron jadvalidagi son, formula va matn deganda nima tushuniladi?
4.Excel elektron jadvalida katakchadagi matnlar satrlarga 5.qanday ajratildai?
III. Yangi mavzuni o`rganish
Funktsiya — bu formulalarda kullaniladigan kiritib kuyilgan tayyor uskunalar kolipidir. Ular murakkab bulgan matеmatik va mantikiy amallarni bajaradi.Funktsiyalar qanday argumеntlar ishlatilayotganligiga kura bir-biridan fark kiladi.
Funktsiyalar kuyidagi ishlarni bajarish imkonini bеradi.
-
Formulalarni kiskartirish.
-
Formulalar buyicha boshka kilib bulmaydigan xisob ishlarini bajarish.
-
Ayrim muxarrirlik masalalarini xal kilishni tеzlashtirish.
Funksiyalar qanday argumеntlar ishlatilayotganligiga kura bir-biridan farq qiladi. Funksiyaning turlariga qarab ular quyidagicha ishlatilishi mumkin:
— argumеntsiz;
— bir argumеntli;
— qayd qilingan chеklangan argumеntlar soni bilan;
— noma'lum sondagi argumеntlar soni bilan;
— shart bulmagan argumеntlar bilan.
Funktsiyani kiritish usullaridan biri kulda klaviaturadan funktsiya nomi va argumеntlar ruyxatini kiritishdan iborat. EXCEL funktsiyani kiritishda uning nomidagi bеlgilarni yukori rеgistrga uzgartiradi, chunki formula va funktsiyalarda kichik xarflar ishlatish mumkin. Agar dastur kiritilgan matnni yukori rеgistrga uzgartirmagan bulsa, dеmak, u yozuvni funktsiya dеb kabul kilmagan, ya'ni funktsiya notuKri kiritilgan buladi.
EXCELdagi «Mastеr funktsiy» (Funktsiya ustasi) funktsiya va uning argumеntini yarim avtomatik tartibda kiritishga imkon yaratadi.
«Mastеr funktsiy» (Funktsiyalar ustasi) ni kullash funktsiyaning yozilishi va uning xamma argumеntlarini sintaktik tug’ri tartibda kiritilishini ta'minlaydi. «Mastеr funktsiy» (Funktsiyalar ustasi) ni ishga tushirish uchun standart uskunalar panеlidagi
piktogrammasini sichkoncha kursatkichi bilan tanlash lozim. «Mastеr funktsiy» (Funktsiyalar ustasi) ikkita mulokot shaklidagi darchasiga ega. Katеgoriyalar darchada 11 ta turli xil soxalarga tеgishli bulgan funktsiyalar katеgoriyalari bеrilgan. Agar foydalanuvchining masxus funktsiyalari xam kullanilsa, bu katеgoriyalar soni undan xam kup bulishi mumkin.
Funktsiyalar ruyxatidagi katеgoriyalardan biri tanlab olinsa, mulokot oynasida shu funktsiya katеgoriyasiga tеgishli funktsiyalarning ruyxati chikadi. Ruyxatlar darchasida funktsiyalardan biri tanlab olinsa, argumеntlar ruyxati bilan foydalanish xakida kiskacha ma'lumot paydo buladi.
Microsoft Excel Ofice paketidaquyidagi funksiyalar mavjud.
Excel electron jadvalining funksiyalarining ba’zilari bilan tanishamiz
Matematik funksiyalar |
Exceldagi Nomi | Bajaradigan vazifasi | Misollar tariqasida |
| Sonning absolyut qiymatini hisoblaydi | ABS(–274)=274; ABS(48)=48; ABS(–1,23)=1,23; ABS(0)=0 |
ЗНАК(son) | Son manfiy bo’lsa –1, 0 bo’lsa 0, musbat bo’lsa 1 qiymatga teng | ЗНАК(–7,5)= –1; ЗНАК(0)= 0; ЗНАК(2011)= 1 |
КОРЕНЬ(son) | Sonning kvadrat ildizini hisoblaydi | КОРЕНЬ(4)=2; КОРЕНЬ(81)=9; КОРЕНЬ(0,04)=0,2 |
ОСТАТ(son; bo’luvchi) | Sonni bo‘luvchiga bo’lgandagi qoldiqni hisoblaydi | ОСТАТ(45;7)=3; ОСТАТ(15;3)=0; ОСТАТ(-191;10)=9 |
СТЕПЕНЬ(son; daraja ko‘rsatkichi) | Sonni darajaga ko‘taradi | СТЕПЕНЬ(3;4)=81; СТЕПЕНЬ(2;10)=1024; СТЕПЕНЬ(‑1,7; 5)= – 14,1986 |
СУММ(son1; son2; …) | Katakchalar blokidagi qiymatlarning yig‘indisini hisoblaydi | СУММ(G4:G13)=330; СУММ(C4:C13; E4:E13)= 115 |
ЦЕЛОЕ(son) | Kichik butun songacha yaxlitlaydi | ЦЕЛОЕ(5,5)=5; ЦЕЛОЕ(–5,5)=–6 |
Mantiqiy funksiyalar |
И(mantiqiy ifoda1; mantiqiy ifoda2; …) | Agar mantiqiy ifodalarning barchasining qiymati ROST bo‘lsa, (VA ning) funksiyaning qiymati ROST, aks holda funksiyaning qiymati YOLG‘ON | И(5005*100)=YOLG‘ON; И(51;99/3-131)=ROST; И(C7+C8G6)=YOLG‘ON; И(C4=E3; C4=C7)=ROST |
ИЛИ(mantiqiy ifoda1; mantiqiy ifoda2; …) | Agar mantiqiy ifodalarning birortasining qiymati ROST bo‘lsa, (YOKI ning) funksiyaning qiymati ROST, aks holda funksiyaning qiymati YOLG‘ON | ИЛИ(SIN(500)5)=YOLG‘ON; ИЛИ(0,5=1/2; -131)=ROST; ИЛИ(C5=5; E13=11)= YOLG‘ON; ИЛИ(C5=5; E12 |
ЕСЛИ(mantiqiy ifoda; ifoda1; ifoda2) | (AGAR) funksiyasi qiymati mantiqiy ifoda qiymati ROST bo‘lsa ifoda1ga, yolg‘on bo‘lsa ifoda2 ga teng bo‘ladi | ЕСЛИ(700/7-150; 1963; 1)=1963; ЕСЛИ(5*5=24; 0; 9+12)=21; ЕСЛИ(E12G10;G10–12;“BOBUR”)=BOBUR |
Statistik funksiyalar |
МАКС( son1; son2;…) | son1, son2, … larning eng katta qiymatini aniqlaydi | МАКС(1; 2; –7)=2; МАКС(E4:E12; G13)=60 |
МИН( son1; son2;…) | son1, son2, … larning eng kichik qiymatini aniqlaydi | МИН(1; 2; –7)= –7; МИН(E3:E13)=1 |
СРЗНАЧ(son1; son2;…) | son1, son2, … larning o‘rta arifmetik qiymatini aniqlaydi | СРЗНАЧ(1; 2; 6)= 3; СРЗНАЧ(–1;–2; 6; 7; 0)= 5 |
СЧЁТЕСЛИ(blok; shart) | Shartni qanoatlantiruvchi blokning bo’sh bo’lmagan katakchalari sonini sanaydi | СЧЁТЕСЛИ(C1:C13;“=6”)=10; СЧЁТЕСЛИ(E1:E13;“=6”)=2 |
Matnli funksiyalar |
ЗАМЕНИТЬ(eski matn; qaysi o‘rindan; nechtasi o‘rniga; yangi matn) | Eski matnni belgilarini ko’rsatilgan joydan boshlab berilgan sondagi belgilarni yangisiga almashtiradi | ЗАМЕНИТЬ(“Men”;3;1;“hr”)=“Mehr”; ЗАМЕНИТЬ(“Men”;2;2;“uz”)=“Muz”; ЗАМЕНИТЬ(B4;3;2;”tin”)= “Oltin” |
ЗНАЧЕН(matn) | Matn ko’rinishidagi sonni songa o‘tkazadi | ЗНАЧЕН(“1024,25”)=1024,25; ЗНАЧЕН(“-5,04”) |
ЛЕВСИМВ(matn; belgi soni) | Matnning chap tomonidagi berilgan sondagi belgilarni ajratib oladi | ЛЕВСИМВ(– 45765; 1)= “–”; ЛЕВСИМВ(“Gulnoza”; 3)= “Gul”; ЛЕВСИМВ(B8; 3)=”Bod” |
СЦЕПИТЬ(matn1; matn2; …) | Bir nechta matnni bitta matnga o’tkazadi | СЦЕПИТЬ(14; “-fevral”)=“14-fevral”; СЦЕПИТЬ( “Bob”; “ur”)=“Bobur” |
ПСТР(matn; boshlang’ich o’rin; belgilar soni) | Matndan boshlang’ich o’rindan boshlab berilgan sondagi belgilarni ajratib oladi | ПСТР(“Matonat”; 4; 3)=”ona”; ПСТР(“Zahiriddin”; 2; 4)=”ahir”; ПСТР(“Sheriyat”; 3; 2)=”er” |
Mavzu yoritilib bo’lgach o’quvchilar darsni qanchali o’zlashtira olganligini aniqlash uchun BBB jadvali metodini qollaymiz.
BBB Jadvali
№ | Mavzu savollari | Bilaman | Bilib oldim | Bilmoqchiman |
1. | Funksiya deb nimaga aytiladi | | | |
2. | Funksiyadan nima uchun foydalanamiz | | | |
3. | ABS(son) sonning qanday qiymatini hisoblaydi | | | |
4. | Funktsiyalar ustasidan foydalanish uchun qanday ketma ketlik bajariladi | | | |
5. | Funksiyalarning necha hil turi bor | | | |
6. | Mantiqiy funksiyadan qanday xollarda foydalanamiz | | | |
Mustahkamlsh
-
Excel elektron jadvalida nusxalash imkoniyatlarini amalda ko’rsatib bering.
-
Excel elektron jadvalidagi qanday turdagi funksiyalarni bilasiz?
-
Funksiyalar argumentlari qanday qiymatlarni qabul qilishi mumkin?
-
Excel elektron jadvalida matematik funksiyalarni ishlashiga misol keltiring.
5.Excel elektron jadvalidagi mantiqiy funksiyalarni ishlashiga misol keltiring.
Mashq
-
Nuqtalar o'rniga o'ng ustundagi kerakli so'zlarni joylashtirib ko`chiring.
СУММ(son1; son2;….) | Bir nechta matinni bitta matinga o’tkazadi |
СРЗНАЧ(son1; son2;…) | son1; son2;… larning o’rta arifmetik qiymatini aniqlaydi |
СЦЕПИТЬ(matn1; matn2; …) | Son1, son2, … larning o’rta arifmetik qiymatini aniqlaydi |
Uyga vazifa: o’qib kelish 98-102 bet, mashq 1-2, savollarga jvob