СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Mavzu: Paskalda shakllar chizish imkoniyatlari

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

SetBkColor(rang) operatorlaridan foydalaniladi. Bu yerda rang – butun sonli o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas bo‘lib, u tanlangan rang kodini yoki unga mos konstanta nomini ifodalaydi. Tanlangan rang joriy rang deyiladi. Agar avvaldan biror rang tanlanmagan bo‘lsa, u holda oq rang joriy hisoblanadi.

Line(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranning (X1,Y1) koordinatali nuqtasi bilan (X2,Y2) koordinatali nuqtasini birlashtiruvchi joriy rangli kesma chizadi.

Circle(X,Y,R) operatori markazi (X,Y) nuqtada va radiusi R ga teng aylana chizadi. Endi aylanalar bilan bog’liq masalalarni osongina hal etish mumkin.

Просмотр содержимого документа
«Mavzu: Paskalda shakllar chizish imkoniyatlari»

Informatika-9-A,B. 42 – dars.

Mavzu: Paskalda shakllar chizish imkoniyatlari

Maqsad:

1) ta’limiy: O`quvchilarga Paskalning shakllar chizish operatorlari haqida ma’lumot berish.

2) tarbiyaviy: O`quvchilarga estetik tarbiya berish;

3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda Paskalning shakllar chizish operatorlarini qo`llash ko`nikmalarini rivojlantirish.

DTS: Paskalning shakllar chizish operatorlarini bilish.

Darsni borishi:

I. Tashkiliy davr

1) salomlashish;

2) davomatni aniqlash.

II. Takrorlash

1. Paskalning Graph moduli qanday maqsadda ishlatiladi?

2. Ekran grafik holatga о'tkazilganda yurgichning ко 'rinishi qanday bo'ladi?

3. Grafik holatda ekranning qaysi nuqtasi joriy nuqta bo'ladi?

4. Grafik holatda ekrandagi nuqtaning о 'rni nimasi bilan aniqlanadi?

5. Grafik drayver nima va и qanday vazifani bajaradi?

6. Ekranni grafik holatga о'tkaz'ish uchun Paskalda qanday ко'rsatma beriladi?

7. Grafik holatdan «chiqish» uchun qaysi operator qo'llaniladi?

8. PutPixel operatori haqida gapirib bering.

9. GetPixel, GetMaxX va GetMaxY funksiyalarining vazifasini aytib bering.

III. Yangi mavzuni o`rgansih.

Avval ko’rdikki, nuqtalar yordamida ham, oson bo’lmasada, turli shakllar hosil qilish mumkin. Ammo Paskalning tayyor shakllar hosil qiluvchi operatorlari ham bor. Mazkur operatorlar yordamida oldindan tanlangan biror rang bilan turli shakllar chizish mumkin.

Paskalda chiziq rangini tanlash uchun SetColor(rang), fon rangini tanlash uchun esa SetBkColor(rang) operatorlaridan foydalaniladi. Bu yerda rang – butun sonli o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas bo‘lib, u tanlangan rang kodini yoki unga mos konstanta nomini ifodalaydi. Tanlangan rang joriy rang deyiladi. Agar avvaldan biror rang tanlanmagan bo‘lsa, u holda oq rang joriy hisoblanadi.

Line(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranning (X1,Y1) koordinatali nuqtasi bilan (X2,Y2) koordinatali nuqtasini birlashtiruvchi joriy rangli kesma chizadi.

Circle(X,Y,R) operatori markazi (X,Y) nuqtada va radiusi R ga teng aylana chizadi. Endi aylanalar bilan bog’liq masalalarni osongina hal etish mumkin.

1–misol. Uchlarining koordinatalari (10,200) va (630,200) bo‘lgan ko‘k rangli kesma va markazi (300,200) koordinatali nuqtada va radiusi 100 bo‘lgan yashil rangli chizing. Fon sariq rangda bo‘lsin.

Uses Graph;

V ar gd, gm : Integer;

Begin Gd:=Detect; InitGraph(gd, gm,‘‘);

SetBkColor(Yellow);

Setcolor(Blue); Line(10,10,630,200);

Setcolor(Green); Circle(300,200,100);

Readln; CloseGraph;

End.

Ellipse(X,Y,BB,OB,XR,YR) operatori markazi (X,Y) nuqtada, x va y o‘qlari bo‘yicha radiuslari mos ravishda XR va YR ga teng ellipsning BB burchagidan OB burchagigacha bo’lgan yoyini chizadi. Burchak gradus o‘lchov birligida beriladi. XR=YR bo‘lsa, aylananing yoyi chizi

Rectangle(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) koordinatali va quyi o‘ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtada bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizadi.

2–misol. Markazi (300,200) koordinatali nuqtada, x o‘qi bo‘yicha radiusi 100, y o‘qi bo‘yicha radiusi 50, boshlang‘ich burchagi 0o, oxirgi burchagi 135o bo‘lgan qizil rangli yoy va chap yuqori va o‘ng pastki uchlari mos ravishda (10,220) va (300,400) koordinatali nuqtalarda bo‘lgan ko‘k rangli to‘g‘ri to‘rtburchak chizing.

Uses Graph;

Var gd, gm : Integer;

B egin

Gd:=Detect; InitGraph(gd,gm, ‘‘); Setcolor(4);

Ellipse(300,200,0,135,100,50);

Setcolor(1); Rectangle(10,220,300,400);

Readln; CloseGraph;

End.

DrawPoly(BS,KM) operatori siniq chiziq chizadi. BS – siniq chiziqning sinish nuqtalari soni, KM – siniq chiziq sinish nuqtalarining koordinatalari berilgan massiv nomi. Agar siniq chiziq boshlang‘ich nuqtasining koordinatasi bilan oxirgi nuqtasining koordinatasi ustma-ust tushsa, yopiq soha – ko‘pburchak hosil bo‘ladi.

Paskalning turli rang va usulda bo‘yalgan shakllarni chizish operatorlari ham bor. Mazkur shakllarning chegara chiziqlari rangi biz yuqorida ko‘rgan SetColor operatori bilan tanlanadi. Ularning ichini bo‘yash uchun rang va usul Paskalning SetFillStyle(usul,rang); operatori yordamida belgilanadi, bu yerda rang – tanlanayotgan rang kodi, usul – bo‘yash usuli.

Paskalda shakllarning ichini tanlangan rang bilan bir necha xil usulda bo‘yash mumkin. Bo‘yash usullari xuddi ranglar kabi butun sonlar bilan kodlangan. Graph modulida har bir bo‘yash usuliga alohida konstantalar ham ajratilgan. Quyidagi jadvalda bo‘yash usullari, ular­ning kodlari va mos konstantalarning nomlari keltirilgan:


Bo‘yash usuli

Kodi

Konstanta nomi

Fon rangi bilan bo‘yash

0

EmptyFill

Berilgan rang bilan bo‘yash

1

SolidFill

Qalin gorizontal chiziqlar bilan to‘ldirish

2

LineFill

Ingichka o‘ngga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish

3

LtSlashFill

Qalin o‘ngga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish

4

SlashFill

Qalin chapga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish

5

BkSlashFill

Ingichka Chapga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish

6

LtBkSlashFill

Katak chiziq bilan to‘ldirish

7

HatchFill

Og‘ma katak chiziq bilan to‘ldirish

8

XHatchFill

Quyuq og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish

9

InterLeaveFill

Siyrak nuqtalar bilan to‘ldirish

10

WideDotFill

Quyuq nuqtalar bilan to‘ldirish

11

CloseDotFill

Foydalanuvchi belgilagan usulda bo‘yash

12

UserFill


Bar(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) va quyi o‘ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtalarda bo‘lgan, ichi joriy rang va usulda bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizadi.

Bar3D(X1,Y1,X2,Y2,a,b) operatori joriy rang va usulda bo‘yalgan parallelepiped chizadi. Bu yerda a – parallelepiped yon tomonining uzunligi, b esa mantiqiy ifoda bo‘lib, uning qiymati “rost” bo‘lsa parallelepipedning yuqori qirrasi chiziladi, “yolg‘on” bo‘lsa chizilmaydi.

3–misol. Ichi qizil rangli qalin gorizontal chiziqlar bilin to‘ldirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak va havorang paralelopiped chizing.

U ses Graph;

Var gd, gm : Integer;

Begin

Gd:=Detect; InitGraph(gd,gm, ‘‘);

SetFillStyle(2, 4); Bar(10,10,400,200);

SetFillStyle(1,9); Bar3D(100,200,350,400,50,True);

Readln; CloseGraph;

End.

FillEllipse(X,Y,XR,YR) operatori markazi (X,Y) koordinatali nuqtada, X va Y o‘qlari bo‘yicha radiuslari (eni va bo‘yi) mos ravishda XR va YR ga teng, joriy rang va usulda bo‘yalgan ellips chizadi.

4–misol. Ichi ko‘k rangli og‘ma katak chiziqlar bilan to‘ldirilgan ellips chizing.

Uses Graph;

Var gd, gm : Integer;

Begin

Gd:=Detect;InitGraph(gd,gm, ‘‘); SetColor(Red);

SetFillStyle(8,1); FillEllips(320,240,200,100);

Readln; CloseGraph;

End.

FillPoly(BS,KM) operatori joriy rang va usulda bo‘yalgan ko‘pburchak chizadi. BS – ko‘pburchakning burchaklari soni, KM – ko‘pburchak uchlarining koordinatalari berilgan massiv. Bu operator DrawPoly operatoridan farqli o‘laroq, ko‘pburchakning birinchi uchi bilan oxirgi uchini o‘zi birlashtirib oladi.

5–misol. Uchlarining koordinatalari berilgan KM massivda berilgan va ichi qizil rangli katak chiziqlar bilan to‘ldirilgan oltiburchak chizing.

Yechish. Uchlarining soni 7 ta bo‘lgan siniq chiziq chizish operatoridan foydalanib, 7-uchi koordinatasini 1-uchi koordinatasi bilan bir xil bersak, oltiburchak hosil bo‘ladi.

Uses Graph;

Const bs=6;

Var gd, gm : Integer;

km : Array[1..bs,1..2] of Integer;

Begin gd:=0; InitGraph(gd,gm, ‘‘); Setcolor(4);

SetFillStyle(7,4); {usul va rang tanlandi}

km[1,1]:=300; km[1,2]:=10;

km[4,1]:=400; km[4,2]:=190;

km[2,1]:=200; km[2,2]:=80; km[5,1]:=300; km[5,2]:=80;

km[3,1]:=200; km[3,2]:=200; km[6,1]:=400; km[6,2]:=40;

FillPoly(bs,km); {agar DrawPoly(bs,km); yozilsa ichi bo’sh oltiburchak chiziladi}

End.

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Ekranda biror shakl chizish uchun uning rangi qaysi operator yordamida tanlanadi?

  2. Paskalda kesma chizish imkoniyatini amalda ko’rsatib bering.

  3. Aylana qaysi operator yordamida chiziladi?

  4. Ellipse operatori yordamida qanday shakllar chizish mumkin?

  5. To‘g‘ri to‘rtburchak chizish operatorida x1, y1, x2 va y2 lar nimani anglatadi?

  6. DrawPoly operatori yordamida qanday shakllar chizish mumkin?

  7. Fon rangini o’zgartirishni amalda ko’rsating.

  8. SetFillStyle yordamida qanday shakllar chizish mumkin?

  9. Ichi bo’yalmagan va bo’yalgan ko’pburchak chizish usullarini izohlang.

Mashqlar

5. Qizil rangli muntazam beshburchak chizuvchi dastur tuzing.

Uses Graph;

Const bs=6;

Var gd, gm : Integer;

km : Array[1..bs,1..2] of Integer;

Begin gd:=0; InitGraph(gd,gm,''); Setcolor(4);

SetFillStyle(7,4); {usul va rang tanlandi}

km[1,1]:=300; km[1,2]:=10;

km[2,1]:=200; km[2,2]:=80;

km[3,1]:=250; km[3,2]:=180;

km[4,1]:=350; km[4,2]:=180;

km[5,1]:=400; km[5,2]:=80;

km[6,1]:=300; km[6,2]:=10;

DrawPoly(bs,km);

readln;

closegraph;

End.

V. Uyga vazifa

4. Svetofor rasmini chizuvchi dastur tuzing.