Informatika-9-A,B. 53 – dars.
Mavzu: Shrift o‘lchami, rangi va web-sahifa foni
Maqsad:
1) ta’limiy: Web-sahifada srift o`lchami, rangi va web-sahifa foniga ta’sir etuvchi teglar haqida tushuncha berish;
2) tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;
3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda srift o`lchami, rangi va web-sahifa foni bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: srift o`lchami, rangi va web-sahifa foniga ta’sir etuvchi teglarni bilish va amalda qo`llay olish.
Darsni borishi:
I. Tashkiliy davr
1) salomlashish;
2) davomatni aniqlash.
II. Takrorlash
HTML-4 da nechta pog’ona sarlavhalarini ishlatish mumkin?
Sarlavha pog’onalari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
HTMLda abzas qaysi teg yordamida belgilanadi?
HTMLda qaysi teg matnni yangi satrga o’tkazadi?
Matn qalin, og’ma, tagchiziqli shriftda yozilishiga misollar yozing.
Web-sahifada matnni tekishlash usullariga misollar yozing.
Web-brauzer matnni formatlamasligi uchun qanday teg ishlatiladi?
III. Yangi mavzuni o`rganish
Avvalgi mavzularda hosil qilgan web-sahifalarimizda bir xil shriftdan foydalandik. Shrift o‘lchami ham faqat sarlavha teglari yordamida o‘zgartirildi. Internetdagi web-sahifalarda turli shrift va o‘lchamda, har xil ranglar bilan yozilgan matnlarni uchratish mumkin.
Shrift o‘lchamini belgilash uchun HTML tilida juft tegi SIZE (o’lcham) parametri bilan birga ishlatiladi. Bu teg ishlatilganda kiritilayotgan matnning shrift o’lchami o‘zgarmaydi. Shrift o‘lchami o‘zgarganini faqat web-brauzerda ko‘rish mumkin.
Web-sahifada 7 xil o‘lchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin. Ular 1 gan 7 gacha parametr qiymati bilan belgilanib, 1 eng kichik, 7 esa eng katta shrift o‘lchamini bildiradi. Masalan, shrift o‘chamini 5 ga teng qilib olish uchun ko‘rinishdagi juft teg yoziladi. Asosiy shrift o‘lchamiga qaytish uchun tegi qo‘llaniladi.
HTML-kod va web-sahifaga e’tibor qilgan bo’lsangiz, shrift o’lchami necha marta tanlangan bo’lsa, shuncha marta yakunlangan.
Web-sahifada turli ranglarni ishlatish uni yanada go’zal va jozibali ko’rsatadi. Web-sahifada shrift va matn rangi bilan birga fon rangini ham o’zgartirish mumkin. Shrift rangini tanlash uchun juft tegi COLOR parametri bilan birga qo’llanadi. Bu ko’rsatmadan keyin “=” belgisi va qo’shtirnoq ichida rang kodi yoziladi. Rang kodi “#” belgisi bilan boshlanadi. Matnda uning umumiy ko’rinishi kabidir.
Rang kodi RGB (Red-qizil, Green-yashil, Blue-ko’k) ranglar tizimiga asoslangan. Bu tizimda kerakli rang uchta asosiy ranglarning turli miqdordagi aralashmasidan hosil qilinadi. Uchta asosiy rangning har biri 16 asosli sanoq sistemasidagi 00 dan FF gacha (256 ta) sonlar bilan belgilanadi. Asosiy ranglarni qo‘llashda ularning ingliz tilidagi ifodasidan ham foydalanish mumkin. Ba’zi ranglarning kodlari va ingliz tilidagi ifodasi jadvalda keltirilgan.
| Oq | #FFFFFF | White | Ko‘k | #0000FF | Blue |
| Qora | #000000 | Black | Sariq | #FFFF00 | Yellow |
| Qizil | #FF0000 | Red | Qirmizi | #FF00FF | Magenta |
| Yashil | #00FF00 | Green | |
Shrift rangini tanlashni quyidagi misolda ko’rish mumkin:
Web-sahifadagi matn yoki fon rangini o’zgartirish uchun BODY juft tegi mos ravishda Text (matn) yoki Bgcolor (background color, ya’ni fon rangi) parametrlari bilan birga qo’llaniladi. Bu parametrlardan keyin “=” belgisi va qo’shtirnoq ichida rang kodi yoki rangning ingliz tilidagi nomi yoziladi. Rang kodi “#” belgisi bilan boshlanadi. Shuni ta’kidlash joizki, matn rangini o’zgartirish tegi shrift rangi boshqacha tanlangan qismga ta’sir etmaydi. Quyidagi misolda web-sahifada matnga va fonga rang berish ko’rsatilgan:
MS Word dasturida fonga rang berish yoki fonga rasm joylashtirish mumkin edi. HTML tilida fonga rasm joylashtirish uchun juft tegi Background parametri bilan qo’llanadi. Bu holda tenglik belgisidan keyin rasmning to’liq manzili qo’shtirnoqsiz yoziladi. Agar rasm web-hujjat joylashgan katalogda bo’lsa, shu rasmning nomi (masalan, Gul.jpg) yoziladi.
Rasmning kengaytmasi, odatda, web-sahifaga yuklanishi tez bo’lishi uchun JPEG yoki GIF formatiga mos bo’lishi kerak, ammo BMP formatli rasm ham ishlatilishi mumkin. Bu haqida keyingi darslarda ma’lumot beriladi.
IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
HTML da nechta rangdan foydalanish mumkin?
Web-sahifadagi shrift o’lchami qaysi teg yordamida belgilanadi?
Web-sahifadagi shrift rangi qaysi teg yordamida belgilanadi?
Web-sahifadagi matn rangi qaysi teg yordamida belgilanadi?
tegi parametrlarining ishi haqida misollar keltiring.
Web-sahifa fonini turli rangda belgilashni misollar yordamida ko’rsating.
Web-sahifa foniga rasm joylashtirish haqida so’zlab bering.
Mashqlar
1. “Buyuk ajdodlarimiz” nomli web-sahifada har bir so’z boshqasidan rangi bilan farqlansin.
2. “Mening oilam” nomli web-sahifada so’zlar, matn va fon rangini o’zgartiring.
3. “Bizning sinf” nomli web-sahifa foniga rasm joylashtiring.
V. Uyga vazifa
1-7-savollar