СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до 23.06.2025

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Microsoft Excel dasturida formulalar bilan ishlash

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Formula — bu   mavjud qiymatlar asosida yangi qiymatlarni hisoblovchi tеnglamadir. Formulalar yordamida elеktron jadvalda  ko’pgina foydali ishlarni amalga oshirish mumkin. Elеktron jadvallar formulalarsiz oddiy matn muharririga aylanib qoladi. Formulalarsiz elеktron jadvallarni tasavvur qilish  qiyin.

Просмотр содержимого документа
«Microsoft Excel dasturida formulalar bilan ishlash»


Kattaqo’rg’on Iqtisodiyot Kolleji “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi

o’qituvchisi

Rustamov Sanjar Dilmurodovichning

1-V “Buxgalteriya hisobi” guruh talabalari ishtirokidagi

olib borgan







Fan: Informatika


Mavzu: Kasbiy faoliyatda grafik muharrirlaridan foydalanish asoslari.






Kattaqo’rg’on - 2016


Sana: 3.03.2016 yil


Dars davomida talaba faolligini oshirishning og’zaki, didaktik ishlanmalar, kompyuter dasturi, krossvord, yangi pedagogik texnologiyalari asosidagi metodik ishlanmalar usullaridan samarali foydalanish nazarda tutilgan.


Dars shiori: «Kompyuter bilimlarini amaliyotsiz, amaliyotni esa nazariyasiz egallab bo`lmaydi»


I. DARS MAQSADI:


a) ta’limiy: talabalarga grafik muharrirlarida ishlash qoidalari haqida ma’lumot berish.

b) tarbiyaviy: Talabalarda grafik muharrirlar xizmatidan to’liq foydalanish, brauzer dasturlar bilan ishlashda malaka va ko’nikma hosil qilish.

d) rivojlantiruvchi: talabalarni kompyuter savodxonligini oshirish.


Dars jihozlari: kompyuterlar, videoproyektor, slaydlar, plakat, tarqatma materiallar, doska.


Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism (salomlashish, davomatni aniqlash)

  • Mavzuni doskaga yozish

  • Davomat

  • Jurnalga yozish

  1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash, uyga vazifani so’rash

  • Uyga vazifalarni, mustaqil ishlarni so`rash

  • Iborani top

  • Har bir o`quvchini ballarini yozib borish

  1. Fikrlashni jamlash (aqliy hujum o’tilgan mavzular bo’yicha)

  • O`tgan mavzular yuzasidan berilgan javoblarni umumlashtirish

  • Yangi mavzu tayanch iborasi haqida gapirish

  1. Yangi mavzu (‘kalster’ metodi: tushuntirish, nima qilish kerakligini kor’satib berish, ko’rsatilgan tarzda takrorlash va mashq qilish)

  2. Mustaqil ishlash (yangi mavzuga oid topshiriqlar beriladi)

Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar: (ilova 2)

1. Krosvord yechish

IV. UYGA VAZIFA.

1. Ven diagrammasini tuzib kelish.


Dars rejasi: (Slaydlar yordamida ekranda tavsiflash)


  1. HTML (Hupertext Markup Language) tili.

  2. HTML tilining buyruqlari.

  3. HTML hujjat yaratish qoidalari.


I POG’ONA .

TUSUNTIRISH


Internetning WWW hizmati asosan web-sahifalarga bog‘liq ekan, ular qanday yaratiladi? – degan savol tug’ulishi tabiiy. Web-sahifalar HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tilida yoziladi. HTML – dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari “” belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg deb ataladi. Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi.

Demak, HTML – oddiy matn muharririda deskriptorlardan foydalanib yoziladigan til.

HTML-hujjat – deskriptorlar qo‘llanilgan HTML matnli fayl bo‘lib, u web-sahifani tashkil etadi. HTML-hujjat fayli nomining kengaytmasi “html” bo‘ladi. HTML-hujjatni web-brouzerlar yordamida hotiraga yuklansa, u ekranga web-sahifa ko‘rinishida chiqadi.

HTML tili (muntazam) muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida web-brouzerlar ham yangilanib turibdi. Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML.4 tilidan foydalaniladi. Uning ba’zi buyruqlarini “eski” web-brouzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi. Bundan tashqari turli web-brouzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan bir oz farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli web-brouzerlarda bir oz farq bilan aks etishi mumkin.

Quyida HTML-hujjat va unga mos web-sahifa namunasi keltirilgan.




Eng sodda web-sahifa odatda faqat matndan iborat bo‘ladi. Biz ham web-sahifa tayyorlashni unga matn joylashtirishdan boshlaymiz. Buning uchun Windowsning Bloknot matn muharririni ishga tushiramiz (boshqa matn muharriridan foydalansa ham bo‘ladi). Bloknot matn muharririni ishga tushirish uchun Windowsning “Пуск” menyusiga kirib, “Программы” bo‘limiga o‘tamiz. Ochilgan “Программы” oynasidan “Стандартные” bo‘limiga kiramiz va “Блокнот” dasturini tanlaymiz. Bloknot matn muharriri juda sodda bo‘lib, sarlavha satri, menyular satri va ishchi maydonidan tashkil topgan.

Ishchi maydoni matn kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Word matn protsessori kabi shrift tanlash, uning rangi, o‘lchami va boshqa parametrlarini o‘zgartirish, jadval yoki rasm joylalashtirish imkoniyati yo‘q. Bloknot matn muharririda asosan matn kiritish, uni tahrirlash, saqlash (magnit diskida), avval saqlangan matnni ochish kabi ishlar bajariladi. Bu ishlar Word matn protsessoridagi kabi amalga oshirilishi tufayli, ularni takrorlashni lozim topmadik.


II POG’ONA.

NIMA QILISH KERAKLIGINI KO’RSATIB BERISH


B loknot matn muharririni ishga tushirgach, web-sahifa yaratishni boshlasak ham bo‘ladi. Web-sahifa odatda sarlavhadan boshlanadi. Bu bizning birinchi web-sahifamiz bo‘lgani uchun, unga “Bu mening birinchi web-sahifam” – deb, sarlavha qo‘yamiz. Buning uchun Bloknot ishchi maydonida quyidagi matn kiritiladi:

Bu mening birinchi web-sahifam



Bu yerda , , va HTML tilining deskriptorlari.

- web-sahifa boshlanishini, esa, web sahifa yakunlanganini anglatadi. Umuman ko‘rinishdagi deskriptor uchun deskriptori mavjud bo‘lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi.

- sarlavha boshlanishini, - sarlavha tugaganini bildiradi. Bu deskriptorda “H” belgisi “Heading” (sarlavha), 1- yuqori (birinchi) pog‘ona ma’nosini bildiradi. HTML da bir necha pog‘ona sarlavhalar tashkil qilish mumkin. Ular haqida keyingi mavzularda so‘z yuritiladi.

Yuqorida kiritilgan matnni “mypage1.html” nomi bilan saqlab qo‘yamiz. Endi uni biror web-brouzer yordamida ko‘rish mumkin. Hosil qilgan web-sahifamizni Internet Explorer brouzerida ko‘rish uchun, Internet Explorer dasturini ishga tushirib, “mypage1.html” faylini ochamiz. (Bu vazifa Word, Excel, Paint kabi dasturlarga bag‘ishlangan mavzularda batafsil ko‘rib chiqilgan). “maypage1.html” fayli Internet Explorerda ochilganda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:


III POG’ONA

KO’RSATILGAN TARZDA TAKRORLASH

Mening web-sahifam

Alisherning shaxsiy web-sahifasi



Mening ismim Alisher


Men 1989 yil Toshkent shahrida tug'ildim


1996 yildan 1998 yilgacha Yunusobod tumanidagi 150-maktabda,


1998 yildan 2003 yilgacha esa 9-maktabda o'qidim.


Hozir Toshkent menejment va axborot texnologiyalari kollejida o’qiyapman







(ilova 2)








IV POG’ONA

MASHQ QILISH


birinchi

Bu menim birinchi

web-saxifam.


Men 1-kurs talabasiman Meni

yoshim 16da.


Hozir informatika darsi.


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!