СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Mijozlar bilan ishlash, buyurtmalar qabul qilish.

Категория: Прочее

Нажмите, чтобы узнать подробности

Mijozlar bilan ishlash, buyurtmalar qabul qilish.

Просмотр содержимого документа
«Mijozlar bilan ishlash, buyurtmalar qabul qilish.»

Mavzu: 5 . Mijozlar bilan ishlash, buyurtmalar qabul qilish.

REJA:

1. Asosiy mijozlar. Korxona va tashkilotlarning shakllanishi, inson omili, “korxona va tashkilot” tushunchasi.

2.Avtotransport tashkilotlarini boshqarishning zamonaviy tarkiblari. Amaldagi yuk tashishga tavsif.

3. Mijozlar bilan ishlash, buyurtmalar qabul qilish. Shartnomalar tuzishni o’rganish. Yuk tashish shartnomasi.

Namunaviy yuk va yo’lovchi tashish shartnomasini tuzish va unga bo’lgan talablar bilan tanishish.

4.Tomonlarning javobgarligi.Nizolarni ko’rib chiqish tartibi. Alohida shartlar haqida tushuncha. Yuk tashish hujjatlari va ularni rasmiylashtirish tartibi.



Avtokorxonalarni yillik, chorak ishlab chiqarish dasturini shakllantirishdagi marketing xizmati.

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat rivojlangan davrda avtokorxonalarni ishlab chiqarish dasturini tuzish bo’yicha, korxonada marketing tahliliy ( ishlatish bo’lim xodimlari ) xizmati bir qator ishlarni amalga oshiradi.

  • Tumanda raqobatchilar ko’p bo’lgan taqdirda, raqobat quvvatini, zaif tomonlarini o’rganib borish, hamisha ular ta’sirini hisobga olish zarur.

  • Reklama faoliyatini yo’lga qo’yish darkor, iloji boricha korxonaning mijoz oldidagi sifatli xizmatini tashkil etish kerak. Haydovchilar oylik maoshlari raqobatchilar oylik maoshiga nisbatan yuqori bo’lishiga erishish kerak. Har bir ishni tashkil etishda tezkorlikka erishish kerak.

  • Mijoz buyurtmasini yozma holda, xizmat haqini 15 foizini olib, so’ngra transport ajratish kerak. Ko’rsatilgan xizmatni 5-10 kunlik qilib hisob - kitobni mijozga zudlik bilan topshirib, solishtiruv dalolatnoma olib, bankka inkassa qilib, natija so’rab borilishi kerak.

Marketing taxliliy (ishlatish bo’lim xodimlari) xizmatning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • eng ko’p daromad olish uchun shartnomalar tuzish;

  • shartnoma tuzishda to’lov qobiliyatini tahlil qilib, har bir mijoz bilan alohida ta’riflarni belgilash, agar to’lov qobiliyati yuqori bo’lgan mijozlarga, atrofdagi raqobatdagi tashkilotlardan ko’ra kamroq ta’rif bilan ishlashga erishish;

  • korxona ishlab chiqarish quvvatiga mos holda stabil hududiy mijozlarni izlab topish, ular bilan yaxshi aloqani yo’lga qo’yish, mijozning sharoitiga qarab ish tashkil etish;

  • har bir mijoz bilan to’lov qobiliyatini tahlil qilib, to’lovni tezda amalga oshiruvchi mijozga yuqori sifatli transport xizmati ko’rsatib, 2-3 smenali ishlar tashkil qilib berish.

Mijozlar bilan ishlash, buyurtmalar qabul qilish.

Shartnomalar tuzishni o’rganish. Yuk tashish shartnomasi .

  • Yuk tashish shartnomasi avtotransport korxonasi bilan buyurtmachi tashkilotlarning bitimi hisoblanadi.

  • Avtotransport korxonasi reja topshiriqda ko’rsatilgan hajmdagi yukni belgilangan muddatlarda tashish ;

  • yuk jo’natuvchi tashkilot esa yukni ko’rsatilgan muddatda tashishga tayyorlab berish va tashish haqini o’z vaqtida to’lash majburiyatini oladilar.

  • Yuk tashish shartnomasi avtokorxona ish faoliyatini belgilab beruvchi asosiy hujjat bo’lib hisoblanadi va bir yil muddatga tuziladi.

  • Yuk tashish shartnomasi asosida yuk tashish hajmi, hisob kitob tartibi, samarali yuk tashish yo’nalishlari aniqlanadi.

  • Avtomobil transportida umumiy ko’rinishdagi hamma bob yillik yuk tashish shartnomasidan foydalaniladi. Bu shartnoma kirish qismi va 5 ta bo’limdan iborat.

  • Uyda mustaqil bajarish uchun topshiriqlar

  • 1.Taqsimot (raznoryadka) va smena-sutka davomida yuk tashish tezkor rejasini tuzish.

  • 2.Yuk xaritasi tuzish tartibini o’rganish.

  • 3. Yuk aylanishi va yuk oqimlari hamda yuk oqimi tugunlari bo’yicha taqdimot tayyorlash.