СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Миртемир ҳаёти ва ижоди

Категория: Литература

Нажмите, чтобы узнать подробности

5-синфларда Миртемир ҳаёти ва ижодини ўрганиш

Просмотр содержимого документа
«Миртемир ҳаёти ва ижоди»



Sana:

Sinf: 5- “A”, 5- “G”

Fan:Adabiyot

Dars mavzu: Mirtemir hayoti va ijodi

Darsning maqsadi:

  1. tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarni tinchlikni, ozodlikni qadriga yetish ruhida tarbiyalash.

  2. ta’limiy maqsad- Mirtemir haqida ma’lumot berish;

  1. rivojlantiruvchi maqsad- mustaqil o’rganish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars usuli: interfaol

Dars uslubi: og’zaki va yozma

Darsning jihozi: 5-adabiyot darsligi, shoir portreti

Darsning rejasi:

  1. Tashkiliy qism;

  2. Yangi mavzu bayoni

  3. Savol-javob;

  4. O’quvchilarni baholash;

  5. Uyga vazifra berish;

Darsning bosqichli jadvali:

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Guruhlarga topshiriqlar berish orqali o’tilgan mavzuni so’rash

10 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayon etish

15 daqiqa

4

Xotira mashqlari va mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash.

10 daqiqa

5

Dars yakuni va o’quvchilarni baholash

5 daqiqa

6

Uyga topshiriq berish

2 daqiqa



Dars uslubi: muammoli o’qitish

Darsning borishi

Tashkiliy qism:

  1. salomlashish

  2. davomatni aniqlash

d)sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

O ’tilgan mavzuni so’rash:













Yangi mavzu bayoni

O’quvchilar e’tiborini internet sahifalaridan olinga quyidagi ma’lumotlarga qarataman: Mirtemir

(1910-1978)

Mirtemir (Tursunov Mirtemir) 1910 yil 30 mayda Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1971). Eski maktabda ta’lim olgach (1919—20), Toshkentga kelib, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1920—23) va O’zbek erlar bilim yurtida taxsil ko‘rgan (1925— 29). Ilk she’rlar to‘plami — «Shu’lalar qo‘ynida» (1928) milliy o‘zbek she’riyati uchun yangi janr — sochma (nasriy she’r) janrida yozilgan. «Zafar» (1929), «Qaynashlarim» va «Bong» (1932) she’riy to‘plamlari muallifi. «Barot» (1930), «Xidir» (1932), «Dilkusho», «Suv qizi» (1937), «Oysanamning to‘yida» (1938), «Ko‘zi» (1939) kabi dostonlar yozgan. «Qoraqalpok, daftari» (1957) turkumidan o‘rin olgan «Surat» lirik qissasi esa 60—70-yillarda o‘zbek she’riyatida doston janriga e’tiborning kuchayishi va lirik doston janrining kamol topishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. A. S. Pushkinning she’rlarini, N. A. Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi», Sh. Rustavelining «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon», Abay, Maxtumquli va Berdaq asarlarini hamda kirg‘iz xalq, eposi «Manas»ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti (1979), Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofoti (1977) laureati. 1978 yil 25 yanvarda Toshkentda vafot etgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibi (2002).

* * *



Ka’bamsan, she’riyat, ezgu ehromim,

Og‘u ham bol to‘liq bebaho jomim.

Amalim va ishqim, umidu armon,

Uyqusiz tunlarim - jindak ilhomim...

Kerakmas inju ham sensiz, haqiq ham,

Kerakmas shaddod ham sensiz, daqiq ham,

Hayot ham men uchun sensiz bema’ni,

Sensiz o‘tmasin-da hatto daqiqam.1

Yangi mavzuni mustahkamlash





Darsni yakunlash

O’quvchilarning fikrlarini umumlashtiraman. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholayman.

Uyga vazifa: “Baliq ovi” she’rini yodlash

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Adabiyot fanidan universal qo’llanma.

1