СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Molekulyar fizika qo'llanma

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Molekulyar fizika qo'llanma»

Tasdiqlayman”

Maktab direktori: Traqov F.P.



Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chorbog‘ shaharchasidagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nig‘monova Azizaning adabiyot fanidan 5-“A”sinfida o‘tadigan bir soatlik dars ishlanmasi

2018-2019-o‘quv yili

Tasdiqlayman”

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari:

Ro‘ziboyeva Z. _______

(F.I.Sh.) (Imzo) 15-oktabr 2018- yil

Nazariy dars rejasi № 1

Sinf:


5-“A”

Dars o‘tiladigan sana:

15.10.2018




O‘quv fanining nomi: Adabiyot

Mavzu nomi: Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni

Darsning maqsadlari:

a) ta’limiy maqsad: Hamid Olimjonning hayoti va ijodi bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarga Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni haqida nazariy ma’lumotlar berish, o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish.

b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarga vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, yaxshilik, kamtarlik tuyg‘ularini singdirish, ona Vatanimizga, oilasiga va ota-onasiga cheksiz mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash.

v) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, ertak-dostonlarni tahlil qilish hamda ifodali o‘qish malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish, mavzu asosidagi bilim, ko‘nikmalarini boyitish.

Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:

1. Avvalgi darsda o‘rgangan bilimlari asosida Hamid Olimjonning hayoti va ijodiga oid to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

2. Hamid Olimjon tomonidan yaratilgan adabiy asarlarni bilib oladilar.

3. Hamid Olimjonning adabiyotimizdagi o‘rni haqida ma’lumot oladilar. Vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida yozilgan ertak-dostonini tahlil qilishni, uni ifodali o‘qishni o‘rganadilar.

4. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni yuzasidan mustaqil fikrlarini bildiradilar va mavzu doirasida turli topshiriqlarni bajaradilar.

5. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonining qahramonlariga tavsif beradilar.

Dars tipi: aralashgan dars

Ta’lim metodlari va texnologiyalari: suhbat, “Jadvalni to‘ldiring” usuli, tushuntirish, ko‘rsatish, namuna, og‘zaki va yozma bayon qilish (debat), eshitish, “Omadli sovrin” o‘yini, “SWOT-tahlil” metodi

Ta’lim shakllari: slaydlar asosida kichik guruhlarda ishlash

Ta’lim usuli: o‘yin va topshiriqlar, bahs-munozara asosida

Baholash metodlari: rag‘batlantirish va baholash

Axborot manbalari va texnik vositalari: kompyuter, proyektor, ekran, slayd, ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, videolavhalar, H.Olimjon qalamiga mansub she’rlar va qo‘shiqlarning audio MP3 varianti, rag‘bat kartochkalari

Dars turi: nazariy-amaliy, bahs-munozara.

Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 daqiqa.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. (5 daqiqa)

a) o‘quvchilar bilan salomlashish;

b) o‘quvchilarni darsga hozirlash;

d) o‘quvchilar davomatini aniqlash;

e) dars shiori hamda kun hikmatini e’lon qilish va uni muhokama qilish.

  • Dars shiori: Birlashgan –o‘zar, birlashmagan –to‘zar.

O‘zbek xalq maqoli.



  • Kun hikmati: Vodiylarni yayov kezganda,

Bir ajib his bor edi menda…

Chappar urib gullagan bog‘in,

O‘par edim Vatan tuprog‘in.

Hamid Olimjon

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)

1. O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi va ularga H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni qahramonlarining nomlari beriladi.

I guruh: “Oygul” II guruh: “Baxtiyor” III guruh: “Qul Tarlon”

2. “Jadvalni to‘ldiring” usuli asosida o‘quvchilarga topshiriq beriladi.



Jadvalni to‘ldiring



34 yil


1909-yil 12-dekabr


Jizzax shahri


Komila aya


“Zarafshon” gazetasi


“Jinoyat”


“Muqanna”


1937-yilda


“Ko‘klam”


o‘ttiz uch yoshida


o‘n jild




III. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa)

1. Hamid Olimjon hayoti va ijodi bo‘yicha o‘quvchilarga qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.



Buyuklar xazinasidan.

  • Akademik Oybek: “Otashin vatanparvar va talantli shoir”;

  • Uyg’un: “Shodlik va baxt kuychisi”

  • Mirtemir: “Hamid Olimjon tug’ma va nodir iste’dod edi”



Dostonlari.

Oygul bilan Baxtiyor” (1937)

Semurg‘” (1939)

Zaynab va Omon” (1938)



Balladalari.

Jangchi Tursun” (1942)



Roksananing ko‘z yoshlari” (1944)



Dramalari.



Ozbekiston qilichi (1941)

Muqanna” (1943)

Jinoyat” (1944)



Tarjimalari.




1. H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni haqida nazariy bilamlar beriladi, ertak-doston o‘quvchilarga ifodali o‘qitiladi va tahlil qildiriladi.

Bolalik kunlarimda,

Uyqusiz tunlarimda

Ko‘p ertak eshitgandim,

So‘ylab berardi buvim…

Shoir «Oygul bilan Baxtiyor» ertagini onasidan eshitganini aytsa-da, bugun Siz o‘qiyotgan ertak-dostonning chuqur mazmun-mohiyati, go‘zal satrlari uni badiiy qayta ishlagan shoir mahoratining mevasi ekanini unutmasligimiz kerak.

Juda qadim zamonda, Jambil degan yurtda nihoyatda og‘ir ahvolga tushgan xalq o‘zini qul qilgan xon zulmiga qarshi bosh ko‘taradi. Bunday qo‘zg‘alonlar dunyo xalqlari tarixida ham, bizning yurtimiz o‘tmishida ham ko‘p marotaba bo‘lgan. Ozodlikka, hur va erkin yashashga bo‘lgan intilish bizning xalqimiz ruhini hech qachon tark etgan emas.

Jambildagi qo‘zg‘alonga esa keksa qul Darxon va uning mardona qizi Oygul boshchilik qilardi. Kuchlar teng bo‘lmagani tufayli qo‘zg‘alonchilar mag‘lubiyatga uchrab, Darxon, qizining ko‘z o‘ngida, zolim xon tomonidan qatl etiladi.

Saroyda xizmat qiladigan, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan Tarlon ismli keksa qul zindonda yotgan Oygulni qutqarishga jazim etadi. Qizni sandiqqa solib daryoga oqizib yuboradi. Sandiqqa Oygul uchun yetadigan non ham solib qo‘ygan edi.

Bolalar, bundan oldingi darslarda Siz ertaklarning sehrli olamiga sayohat uyushtirgan edingiz. Hamid Olimjon ham onasi aytib bergan ertaklar ichida «Tohir va Zuhro»ni eslaydi. Yodingizda bo‘lsa, o‘sha ertakda ham bosh qahramonlardan biri Tohir Amudaryoda sandiqda oqib ketadi. Bundan ko‘rinadiki, ertaklar orasida o‘xshash manzaralar tez-tez uchrab turar ekan.

Go‘zal yurt Susambilda

Bir podachi bor edi.

U mashhur edi elda,

Nomi Baxtiyor edi.

Go‘zal edi va chinor

Qomatiga edi zor.

Ko‘kraklari butun bir

Oftobni yashirardi.

Tanlarida bir umr

O‘t lovullab turardi.

Qilichday o‘tkir edi,

Rustam kabi zo‘r edi.

Ammo elda xor edi,

Kambag‘al, nochor edi...

Shu tarzda ertak-doston o‘quvchilarga tahlil qildirib boriladi.




2. Hamid Olimjonning she’rlari va qo‘shiq bo‘lib kuylangan she’rlari o‘quvchilarga eshittiriladi.



III. Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 daqiqa)

1. O‘quvchilar o‘rtasida guruhlararo “Omadli sovrin” o‘yini o‘tkaziladi. Bunda har bir guruhdan 3 tadan o‘quvchi navbatma-navbat doskaga chiqib, dollarli o‘yinchoq pullar orqasiga yashiringan savollarni olib ularga javob beradilar. Agar kimgadir “Omadli sovrin” deb yozilgan qog‘ozcha tushsa, o‘sha guruhga bitta rag‘bat kartochakasi beriladi.



2. Guruhlararo “SWOT-tahli” metodi ham o‘tkaziladi. O‘quvchilar “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidagi qahramonlarga shu usul asosida tahlil yozadilar.

SWOT-tahlil

S – kuchli tomonlari


O - imkoniyatlar

W – ojiz tomonlari


T – tahdid, xavf-xatar





IV. O‘quvchilarni baholash. (3 daqiqa)

Darsning yakunida o‘quvchilarning va guruhlarning olgan ballari izohlanadi, darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.



V. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash. (2 daqiqa)

  1. Darslikda berilgan savol va topshiriqlarga javoblar topish hamda ularni daftarga yozish. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidan parcha yod olish.

2. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni asosida rasm chizib kelish.

O‘quvchilarga uyga vazifa beriladi va dars yakunlanadi.

O‘qituvchi: Nig‘monova Aziza ___________

(F.I.Sh.) (Imzo)















Nazariy darsning texnologik xaritasi

T/r

Mashg‘ulot bosqichlari

Ajratilgan vaqt

Mashg‘ulot mazmuni

Ta’lim metodlari va texnologiyalari

Ta’lim vositalari

1.

Tashkiliy qism

5 daqiqa

O‘quvchilar bilan salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. Davomatni aniqlash. Dars shiorini va kun hikmati e’lon qilish.

Suhbat

Jurnal, doska, o‘quv qurollari

2.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. H.Olimjonning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar jadvalga joylashtiriladi.

Suhbat, ko‘rsatish, tushuntirish

Darslik, tarqatmalar

3.

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

O‘quvchilarga mavzu bo‘yicha qo‘shimcha nazariy ma’lumotlar beriladi. Mavzuga mos holda tayyorlangan slaydlar o‘quvchilarga ko‘rsatiladi va mazmuni izohlanadi. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni ifodali o‘qitiladi hamda tahlil qilidiriladi. Video va audio materiallar ko‘rsatilib, eshittiriladi.

Suhbat, kichik guruhlarda ishlash, tushuntirish, ko‘rsatish, eshittirish, tarmoqlash, bahs-munozara


Kompyuter, proyektor, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar, darslik

4.

Mustahkamlash (Qo‘llash)

10 daqiqa

Mavzuni mustahkamlash uchun “Omadli sovrin” o‘yini, “SWOT-tahlil” metodi o‘tkaziladi. O‘quvchilar guruhlar asosida berilgan topshiriqni bajaradilar. Ularning javoblari umumlashtiriladi.

Kichik guruhlarda ishlash, “SWOT-tahlil” metodi

Tarqatma materiallar

5.

Yakuniy qism

5 minut

Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadi. Uyga vazifa beriladi.

Rag‘batlantirish, topshiriq berish

Rag‘bat kartochkalarijurnal, darslik

O‘qituvchi: Nig‘monova Aziza ____________

(F.I.SH.) (Imzo)