СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до 23.05.2025

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo'llash

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bu dars ishlanmada MS Ecxel dasturida matematik amallar va funksiyalardan foydalanish usullari haqida bilim olish mumkin.

Просмотр содержимого документа
«MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo'llash»




O’zbеkiston Rеspublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi


Namangan viloyat Xalq Ta’limi Boshqarmasi



Namangan shahar xalq ta’limi

bo’limiga qarashli


79-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining


INFORMATIKA

fani o’qituvchisi


IBRAGIMOVA NAIMANING


Matematika va Informatika fani oyligida

8-“G” sinfda

MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash ”

mavzusida yozgan








Mavzu: MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash.

I.O’quv maqsadi.

1)Ta’limiy: o`quvchilarga MS Excelda qo’llaniladigan matematik amallar va funksiyalar:matematik funksiyalar,mantiqiy funksiyalar,statistik va matn funksiyalar haqida bilim berish; amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish.

FK1- Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig’ish kompetensiyasi.

MS Excel 2010 dasturiga doir axborotlarni izlab topa oladi,darslikdan foydalana oladi,kompyuterni to’g’ri ishga tushiradi va o’chira oladi,kompyuterda ishlashda xavfsizlik qoidalari va gigiyena talablariga rioya etadi.

FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi.

Kompyuterda MS Excel 2010 dasturini ishga tushira oladi, axborotlar yaratishni,to‘plashni,saqlashni biladi, uskunalar panelidagi asboblarni vazifalarini biladi,matematik funksiyalarni amaliyotda qo‘llay oladi;

2)Tarbiyaviy: o’quvchilarga Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish.

TK1- Kommunikativ kompetensiya.

O’zaro muloqotga kirisha oladi,jamoa va guruhlarda samarali ishlay oladi.

TK4-Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi.

Jamiyatda bo’layotgan voqea-hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi,o’zining burch va huquqlarini biladi,atrofdagilar bilan muloqotda odob-axloq qoidalariga rioya etadi,o’zidan kattalarni hurmat qiladi.

3)Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning kompyuterda MS Excelda ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish,bilimlarini oshirish,mustaqil fikrlashini rivojlantirish.

TK3-O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi.

Doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy,ma’naviy,ruhiy,intellektual va kreativ rivojlantirish,mustaqil o’z ustida ishlash,bilimlarini oshirish,kamolotga intilish.

TK6-Matematik savodxonlik,fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi.

Aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy,oilaviy,iqtisodiy rejalarni tuza oladi, matematik funksiyalarni dasturda qo’llash savodxonligini oshiradi.

II.Asosiy shakli va turi.

Dars usuli: suhbat, T-sxema, “Savol-javob” ,”Aqliy hujum”,”Kuz” metodlari,amaliy ish.

Dars turi: Yangi bilim va ko’nikmalarni shakllantiruvchi.

Dars shakli:savol-javob,jamoa va kichik guruhlarda ishlash.

Dars jihozi:elektron resurslar,darslik, plakatlar,ko’rgazmalar,krossvord,tarqatmalar.


DTS: MS Exceldagi matematik amallar va funksiyalar haqida bilimga ega bo`lish.

Nazorat :og’zaki,savol-javob,muhokama,kuzatish

Baholash :rag’batlantirish,5ballik reyting tizimi asosida

III.O’quv manbalari.

1)darslik,metodik qo’llanma

2)internet resurslari : www.uzedu.uz , www.ZiyoNet.uz, www.edunet.uz, www.bilim.uz , www.namakt.uz.

3)electron resurslar:Respublika Ta’lim Markazi electron darsliklari,Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi resurslari.

IV.Dars tafsiloti va texnologik xaritasi


Dars

bosqichlari


Qisqacha tavsif

Qo’llaniladigan usullar va vositalar

vaqt

1

Tashkiliy qism

1)salomlashish

2)sinf jurnalini to’ldirish

3)o’quvchilarni darsga hozirlash

4)navbatchi hisoboti

5)ma’naviyat daqiqasi:Respublikamizda axborot xavfsizligi doirasida qilinayotgan ishlar haqida ,ma’naviyatimizga zid bo’lgan axborot yaratish,uni kompyuterda saqlash,internet tarmog’idan olib ko’chirish kabi vazifalarning mumkin emasligini uqtirish


Muloqot







Suhbat







3

2

O’tilgan mavzu va uy vazifasini tahlili

1.Uy vazifasini bajarilganligini tekshirish

2.Kichik guruhlarga bo’linib,kartochkalar bilan ishlash.

Savollarga og’zaki javob olish.

Sinf 2 guruhga bo’linadi,har bir guruh o’ziga nom qo’yadi.Turli shartlar bo’yicha bellashadi.

1-shart. Doskaga osilgan “savollar”daraxtidan 1tadan kartochka tanlaydi.Savollar:

1.Katakchaga kiritish mumkin bo'lgan ma'lumotlar turini so'zlab bering.

2.Katakcha adresi deganda nima tushuniladi?

3.Katakchalar blokini misollar orqali amaliy ko'rsatib bering.

4.Absolyut va nisbiy murojaat nima? Amalda ko'rsatib bering.

5.Katakchadagi ma'lumotlarni tahrirlashni bajarish ketma-ketligini tushuntiring.

6.Katakchadagi ma’lumotlarni o`chirish ketma-ketligini tushuntiring.

7.Excel elektron jadvalidagi son, formula va matn deganda nima tushuniladi?

8.Excel elektron jadvalida katakchadagi matnlar satrlarga qanday ajratildai?

2-shart.Krosvord yechish.

Musobaqa –kim zukko?

“Savollar”daraxti plakati


Kichik guruhlar bilan ishlash

“Kuz”metodi.

10

3

Motivatsiya

Kompyuter ma’lumot ko’p saqlay oladimi yoki inson?

Aqliy hujum

3

4

Yangi mavzuning qisqacha bayoni,asosiy tushunchalar

Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to‘plamining mavjudligidir. Excel funksiyalar to‘plamida 400 dan ortiq funksiya bo‘lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga bo‘linadi.


Mavzuga doir slayd

Bahs-munozara

Aqliy hujum

15

5

Mavzuni

mustahkam-lash

3-shart.

1. darslikda berilgan 1-3-mashqlar amaliy yechiladi

2.yangi mavzuga doir test yechish

4-shart.T-sxema jadvalini to’ldirish.

“Quruvchi”metodi.Bunda mavzu topshiriqlari yozilgan “g’ishtlar”

bajarilgach ustiga keyingi “g’isht” qo’yilib dars musobaqa tarzida o’tiladi.

10

6

O’quvchilar bilimini baholash

5ballik tizim asosida

Rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantirish


“Imkoniyatlar”metodi.Bunda 1,2,3,4 ballarga mos qiyinchilikdagi savollar bali yetmayotgan o’quvchiga beriladi,natijada o’quvchi balini ko’tarish imkoniyatiga ega bo’ladi

2

7

Uy vazifasini belgilash

1)dars bo’yicha savollarga yozma javob yozish

2)4-5-mashqlarni bajarish

Sinf doskasi

Slayd


1

8

Darsni yakunlash.

Dars maqsadidan xulosa chiqarish

MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini o’rganish o’quvchi matematik savodxonligini oshiradi,fikrlashini rivojlantiradi,mantiqiy fikrlashi va aqliy xulosalar chiqarish qobiliyatini rivojlantiradi.

Suhbat

1


V.Asosiy tushunchalar:matematik funksiyalar,mantiqiy funksiyalar,statistik funksiyalar,matnli funksiyalar.

Tashkiliy qism.

1.Salomlashish va davomatni aniqlash.“Assalomu alaykum”.

-Barcha sog’mi,omonmi?

Bugun darsga tayyormi?

-Qani ayting bolalar,Sinfda kim navbatchi?

Navbatchi hisobotini tinglayman.Sinf jurnalini to’ldiraman.O’quvchilarni darsga hozirlayman.

2.Ma’naviyat daqiqasi:

Bunda Respublikamizda axborot xavfsizligi doirasida qilinayotgan ishlar haqida,ma’naviyatimizga zid bo’lgan axborotlar yaratish,uni kompyuterda saqlash,internet tarmog’idan olib ko’chirish kabi vazifalarning mumkin emasligi haqida tushuntiraman.O’quvchilarni fikrlarini so’rayman.5 ta muhim tashabbus va uning 3-yo’nalishi haqida suhbat.O’quvchilar 2020- yil nomini sharhlab berishadi.

1-o’quvchi: Do’stim bekor o’tmasin kuning,

Ilm bilan bo’lgin yuzma-yuz.

Qara bizga axir sharoit,

Yaratmoqda beshta tashabbus.

2-o’quvchi: Tabiatni turfa tasvirlab,

Rasm chizib bera olgin tus.

Yoki qo’shiq aytgin barilla,

Seni qo’llar beshta tashabbus.

3-o’quvchi: Sog’lom tana,norg’ul bo’l doim,

Chempion bo’l,olg’a yur doim,

Sport bilan mashg’ul bo’l doim,

Senga yo’ldosh beshta tashabbus.

4-o’quvchi:Internetdan bilgin jahonni,

Yangilikni tezda bilib ol.

Charchoqlarni yengish uchun bir oz,

Mayli ozroq o’yin o’ynab ol.

5-o’quvchi:Kompyuter,texnika asri,

Rivojlanib bormoqda hanuz.

Sen ham o’qib,o’rganib olgin,

Imkon berar beshta tashabbus.

6-o’quvchi: Kitob bilan do’st bo’lib olgin,

O’qib ko’ngling to’lsin nurlarga.

Tarix bizni osonlik bilan,

Yetkazmagan ushbu kunlarga.

7-o’quvchi:Ishsizlik ham chekinar ortga,

Har kim halol risqini terar.

Yangi yangi ish o’rinlarni,

Besh tashabbus yaratib berar.









Asosiy qism .

O’tgan mavzuni mustahkamlash.

Sinf 2 guruhga bo’linadi.Guruhlar o’zlariga sardor va nom tanlashadi. O’tilgan mavzular guruhlar o’rtasida musobaqa tarzida so’raladi va mustahkamlanadi.Dars davomida guruhlar 4 ta shart bo’yicha bellashadilar,faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi.

1-shart:

Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, doskaga ilingan “Savollar daraxti” dan savol yozilgan bittadan kartochkani tanlaydi va javob beradi.

Har bir berilgan to’g’ri javoblarga rag’bat kartochkalar berib boriladi.










2-shart:Krosvord yechish.Birinchi bo’lib to’g’ri yechgan guruhga Rag’bat kartochkasi beriladi.


1



I







2




N










3

F







4




O







5




R










6

M








7



A







8




T








9



I





10




K









11


A








Topshiriqlar:
1.Grafik muharrir(Paint)
2. Qog’ozga chop etish qurilmasi(Printer)
3. O’z nomiga ega ma’lumotlar sohasi(Fayl)
4. Operatsion sistema.(Windows)
5. Informatika fanining bosh termini.(Axborot)
6. Telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashtiruvchi qurilma(Modem)
7. Kompyuterga matnli yoki tasvirli ma’lumotlarni kirituvchi qurilma(Skayner)
8. Kompyuter “yuragi” (Protsessor)
9. Birinchi EHM(Eniak)
10. Bu yerda qanday so’z kodlangan?(..-.. .-.. ..-.. -.- - .-. --- -.)(elektron)
11.Axborot o’lchov birligi.(Bayt)

3-shart.Topishmoqlar sharti.

  1. Oddiygina bo’g’irsoq

Uzun ingichka simi

2 yoki 3 tugma bor-yo’q uning bisoti

Yumush bajarar qancha

Uni derlar ____________(sichqoncha).

  1. Xuddi kuchli kapitan

U gerdayib turadi

Qurilmalar ishini

Bir o’zi boshqaradi

Kompyuterning yuragi u dovyurak___________(protsessor)

  1. Barmoqlarimiz chaqqon

So’z va matn yozamiz

Asosiy qurilmalar qatorida turadi

Uning nomi oddiygina ___________bo’ladi(klaviatura)

  1. Qutiga o’xshar o’zi

Qog’oz yutib charchamas

Sahifalar manzili va soniga pechat ber,

Buyrug’ingni bajaruvchi bu qurilma ________(printer)


VI.Mavzuning yoritilishi.(Ma’ruza, amaliyot bilan uyg’unlikda olib boriladi, ekranda slayd orqali tushuntiriladi).

Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to‘plamining mavjudligidir. Excel funksiyalar to‘plamida 400 dan ortiq funksiya bo‘lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga bo‘linadi.

Funksiyalarni formulalarda ishlatishning umumiy qoidasi quyidagilardan iborat:

  • har bir funksiya boshqa takrorlanmaydigan o‘z nomiga ega;

  • funksiyalarga murojaatda ularning nomidan keyin qavs ichida nuqtali vergul bilan ajralib turuvchi argumentlar ro‘yxati yoziladi.

Excel elektron jadvalidagi funksiyalarning ba’zilari bilan tanishamiz:

Matematik funksiyalar

Exceldagi

Nomi

Bajaradigan vazifasi

Misollar

ABS(son)

Sonning absolyut qiymatini hisoblaydi

ABS(–274)=274; ABS(48)=48;

ABS(–1,23)=1,23; ABS(0)=0

ЗНАК(son)

Son manfiy bo’lsa –1, 0 bo’lsa 0, musbat bo’lsa 1 qiymatga teng

ЗНАК(–7,5)= –1;

ЗНАК(0)= 0;

ЗНАК(2011)= 1

КОРЕНЬ(son)

Sonning kvadrat ildizini hisoblaydi

КОРЕНЬ(4)=2;

КОРЕНЬ(81)=9; КОРЕНЬ(0,04)=0,2

ОСТАТ(son; bo’luvchi)

Sonni bo‘luvchiga bo’lgandagi qoldiqni hisoblaydi

ОСТАТ(45;7)=3; ОСТАТ(15;3)=0;

ОСТАТ(-191;10)=9

СТЕПЕНЬ(son; daraja ko‘rsatkichi)

Sonni darajaga ko‘taradi

СТЕПЕНЬ(3;4)=81; СТЕПЕНЬ(2;10)=1024; СТЕПЕНЬ(‑1,7; 5)= – 14,1986

СУММ(son1; son2; …)

Katakchalar blokidagi qiymatlarning yig‘indisini hisoblaydi

СУММ(100;230)=330;

СУММ(10;105)= 115

ЦЕЛОЕ(son)

Kichik butun songacha yaxlitlaydi

ЦЕЛОЕ(5,5)=5;

ЦЕЛОЕ(–5,5)=–6

Mantiqiy funksiyalar

И(mantiqiy ifoda1; mantiqiy ifoda2; …)

Agar mantiqiy ifodalarning barchasining qiymati ROST bo‘lsa, (VA ning) funksiyaning qiymati ROST, aks holda funksiyaning qiymati YOLG‘ON

И(5005*100)=YOLG‘ON;

И(51;99/3-131)=ROST;

ИЛИ(mantiqiy ifoda1; mantiqiy ifoda2; …)

Agar mantiqiy ifodalarning birortasining qiymati ROST bo‘lsa, (YOKI ning) funksiyaning qiymati ROST, aks holda funksiyaning qiymati YOLG‘ON

ИЛИ(SIN(500)5)=YOLG‘ON;

ИЛИ(0,5=1/2; -131)=ROST;


ЕСЛИ(mantiqiy ifoda; ifoda1; ifoda2)

(AGAR) funksiyasi qiymati mantiqiy ifoda qiymati ROST bo‘lsa ifoda1ga, yolg‘on bo‘lsa ifoda2 ga teng bo‘ladi

ЕСЛИ(700/7-150; 1963; 1)=1963; ЕСЛИ(5*5=24; 0; 9+12)=21;


Statistik funksiyalar

МАКС( son1; son2;…)

son1, son2, … larning eng katta qiymatini aniqlaydi

МАКС(1; 2; –7)=2;


МИН( son1; son2;…)

son1, son2, … larning eng kichik qiymatini aniqlaydi

МИН(1; 2; –7)= –7;


СРЗНАЧ(son1; son2;…)

son1, son2, … larning o‘rta arifmetik qiymatini aniqlaydi

СРЗНАЧ(1; 2; 6)= 3;

СРЗНАЧ(–1;–2; 6; 7; 0)= 5

СЧЁТЕСЛИ(blok; shart)

Shartni qanoatlantiruvchi blokning bo’sh bo’lmagan katakchalari sonini sanaydi

СЧЁТЕСЛИ(C1:C13;“=6”)=10; СЧЁТЕСЛИ(E1:E13;“=6”)=2

Matnli funksiyalar

ДЛСТР(matn)

Matndagi belgilar sonini aniqlaydi

ДЛСТР(“men”)=3, ДЛСТР(3,1415)=6

ЗАМЕНИТЬ(eski matn; qaysi o‘rindan; nechtasi o‘rniga; yangi matn)

Eski matnni belgilarini ko’rsatilgan joydan boshlab berilgan sondagi belgilarni yangisiga almashtiradi

ЗАМЕНИТЬ(“Men”;3;1;“hr”)=“Mehr”;

ЗАМЕНИТЬ(“Men”;2;2;“uz”)=“Muz”;

ЗАМЕНИТЬ(B4;3;2;”tin”)= “Oltin”

ЗНАЧЕН(matn)

Matn ko’rinishidagi sonni songa o‘tkazadi

ЗНАЧЕН(“1024,25”)=1024,25;

ЗНАЧЕН(“-5,04”)

ЛЕВСИМВ(matn; belgi soni)

Matnning chap tomonidagi berilgan sondagi belgilarni ajratib oladi

ЛЕВСИМВ(– 45765; 1)= “–”; ЛЕВСИМВ(“Gulnoza”; 3)= “Gul”;


СЦЕПИТЬ(matn1; matn2; …)

Bir nechta matnni bitta matnga o’tkazadi

СЦЕПИТЬ(14; “-fevral”)=“14-fevral”;

СЦЕПИТЬ( “Bob”; “ur”)=“Bobur”

ПСТР(matn; boshlang’ich o’rin; belgilar soni)

Matndan boshlang’ich o’rindan boshlab berilgan sondagi belgilarni ajratib oladi

ПСТР(“Matonat”; 4; 3)=”ona”; ПСТР(“Zahiriddin”; 2; 4)=”ahir”; ПСТР(“Sheriyat”; 3; 2)=”er”


Misol. x ning –5 qiymatida funksiyani hisoblang.


Bu vazifani ikki usulda bajarish mumkin.


1–usul.



2-usul.



VII.Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlashda “Quruvchi” metodidan foydalanaman”. Bunda darslikdagi 1-3 mashqlarni o’quvchilar kompyuterda amaliy bajarib, o’z “Bilim binolarini” mustaqil ravishda quradilar.Har bir misol uchun o’quvchi rag’bat kartochkalar orqali rag’batlantirib boriladi.


3-shart.


Darslikda berilgan 1-3-mashqlar guruhlar tomonidan amaliy yechiladi.


Mashqlar:

1. y=4x+20 funksiyasining qiymatlarini x ning -20; 0; 4; 8; 9 qiymatlarida hisoblang.

2. Hajmi 8 m3 bo’lgan jism suvga botirilganda unga ta’sir etuvchi ko’taruvchi kuch qiymatini toping (yo’llanma: FA= ρ ·V· g – Arximed kuchi, g=9,81N/kg).

3. И(35, 15/2-43)=’yolg`on’, ИЛИ(99-27*3=5; 78/2-39=-1)=’rost’ funksiyalar natijasini aniqlang.

2.Yangi mavzuga doir test yechish


(Slayd orqali).















4-shart.T-sxema jadvalini to’ldirish.


G’olib guruh aniqlanadi va o’quvchilar rag’batlantiriladi.

VIII.O’quvchilarga baholash uchun beriladigan qo’shimcha topshiriqlar

Imkoniyatlar”texnologiyasi


O’quvchilar o’zlariga yetmayotgan kerakli balga mos savol nomerini tanlaydi va imkoniyatdan foydalanadi.

IX.Uyga vazifa:Mavzuni o’rganish.3-mashq.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.1997-yil 29-avgust


2.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta va o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori.2017-yil,6-aprel.


3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta talim to’g’risida ”gi 140-son qarori,2017-yil,15-mart.


4.Sh.Mirziyoyev “Erkin va farovon ,demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. “O’zbekiston” nashriyoti,2016-yil.


5.Sh.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”,”O’zbekiston”nashriyoti,2017-yil.


6.M.Aripov “Informatika”,Universitet nashriyoti,2001-yil.


7. А.А.Абдуқодиров, Р.Ишмухамедов, А.Пардаев. Таълимда инновацион
технологиялар (таълим муассасалари педагог-ўқитувчилари учун амалий тавсиялар).-Т.:Истеъдод, 2008.-180 бет.


8. Muhammadiyev J.O’. , Nazirova D.X. Power Point programmasida ishlash.
O’quv uslubiy qo’llanma TDYI- 2003 yil.


9. Razzoqov Sh.I. , Yo’ldoshev Sh.S. , Ibragimov U.M. “Kompyuter grafikasi”
Kasb- hunar kollejlari uchun “NOSHIR”- TOSHKENT-2013 yil.


10.J.F.Yo’ldoshev, S.Usmonov “Ilg’or pedagogic texnologiyalar”.Toshkent sh. “O’qituvchi” 2004 y


11.T. Madumarov, M. Kamoldinov “Innovasion pеdagogik tеxnologiya
asoslari va uni ta`lim tarbiya jaraѐnida qo`llash”, T. “Talqin”, 2012yil.


12. B.Boltayev,M.Mahkamov,A.Azamatov va boshqalar 8-sinf informatika darsligi

13.Azlarov T.-“Informatikadan DTS”

14.D.Kamoliddinova “o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma”,Toshkent






Elektron ta’lim resurslari:



1. http://www.edu.uz – O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi portal.


2. http://www.uzedu.uz – O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi veb sayti.


3. http://www.eduportal.uz - O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot ta’lim portal.


4. http://www.bimm.uz - O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim

vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazi sayti.


5. http://www. tami.uz – Informatika va axborot texnologiyalari fani bo’yicha foydali ta’lim resurslari.


6. http://www.ziyonet.uz. – Ziyonet Axborot ta’lim portal.


7. http://www.informatika.ru- Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishidagi ta’lim sayti.


8. http://www.infojournal.ru- “Informatika olami” jurnali




17



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!

Закрыть через 5 секунд
Комплекты для работы учителя
Поделитесь с друзьями
ВКонтактеОдноклассникиTwitterМой МирLiveJournalGoogle PlusЯндекс