№ | Savol | Tо‘g‘ri javob | Muqobil javob | Muqobil javob | Muqobil javob |
| Shaxs kamolotini rivojlantirishda musiqa tarbiyasining maqsadi? | O‘quvchilar musiqiy madaniyatini shakllantirish, musiqani to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatish | O‘quvchilarni atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga o‘rgatish | Musiqiy asarlarni badiiy g‘oyaviy mazmuni vositasida o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash | Musiqiy nazariy bilimlarni takomillashtirish |
| “Musiqa madaniyati” darsining maqsad va vazifalari nimadan iborat? | Darslarda yangi pedagogik texnologiyalarni va metodlarni qo‘llash, hayot va san’at o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni ifodalash | Musiqa darslarida, fanni o‘qitish, kuylash va musiqa tinglash emas, balki o‘quvchilar ongini o‘stirish | Musiqa darsini o‘quvchilarni fikrlash va o‘ylashga o‘rgatish | O‘quvchilarni madaniyati va ma’naviyatini tarbiyalash |
| Pedagogikaning umumdidaktik tamoyillarining mohiyati nimalardan iborat? | Musiqa darsi mazmunini va darsining tuzilishidagi asosiy talablar va yo‘nalishlarni belgilab beradi | O‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan bajariladigan ta’lim asoslarini aniqlab beradi | Musiqa darsining mazmunini yoritib beradi | Pedagogika nazariyasini musiqa darsi bilan bog‘laydi |
| Darsni musiqiy umumlashtirish metodi nimani anglatadi? | Konkret masalani vujudga keltiradi, o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligida masalani yechiladi, o‘qituvchini yakuniy xulosasi bilan tugaydi | Fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligida masalani yechadi | O‘quvchilarni yangi materiallar o‘zlashtirishdan oldin olingan bilimlarga tayanadi | Yangi materialni o‘zlashtirishdan oldin umumlashtiriladi |
| Ashulachilik nafasi necha turga bo‘linadi? | Ko‘krak, qorin, diafragma | To‘rt turga | Diafragma va qorin nafasi | Ikki turga bo‘linadi |
| Mumtoz musiqa qanday ma’noni anglatadi? | Namunaviy chuqur mazmunga ega yetuk asar | Badiiy tomondan yetuk asar | Sho‘x quvnoq musiqa ma’nosini anglatadi | Ko‘p ovozli asar ma’nosini anglatadi |
| Beshinchi sinfda 2-dars mavzusi qanday nomlangan? | O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri va uning cholg‘u guruhlari | Kompozitorlik musiqasi xor va orkestr musiqaning tuzilishi, musiqa ifoda vositalari | Musiqada shakl va mazmun va yakkaxonlik, xor va orkestr | Kuy nima, kuyda nima ifodalanadi, musiqada qish tasviri |
| Qo‘shiq o‘rgatish metodlari qanday bosqich jarayonida amalga oshiriladi? | Bolalar diqqatini qo‘shiqqa jalb etish, asarni jonli ijrosi, qo‘shiq haqida o‘qituvchining kirish so‘zi, qo‘shiqni taxlil qilishi, bolalarga qo‘shiqni jumlalarga bo‘lib o‘rgatish va umumlashtirish, taassurotlari yuzasidan suhbat | O‘qituvchining kirish so‘zi, texnika vositalaridan foydalanish qo‘shiqni taxlil qilish, qo‘shiqni mualliflari haqida hikoya qilish, qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatish | Musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatish | O‘qituvchining kirish so‘zi, jonli ijro, qo‘shiqni, jumlalarga bo‘lib o‘rgatish, badiiy ijroga erishish |
| Ikki ovozli qo‘shiq o‘rgatishda qanday metodlardan foydalaniladi? | Ikki ovozi bir tomonga yo‘naltirib, kanon, a’kapella usulida o‘rgatiladi va har bir ovoz bilan alohida ishlanadi | Qatorlarga bo‘linib, har bir ovozga alohida o‘rgatiladi | O‘g‘il bolalar ikkinchi ovoz, qizlar birinchi ovozga bo‘linadi | Ovoz sozlash mashqlari, orqali ko‘proq shug‘ullaniladi |
| Beshinchi sinf 1-dars mavzusi qanday nomlanadi? | Orkestrdagi cholg‘ularning tovushi | Xalq musiqasi | Damli va zarbli cholg‘ular | Xalq aytishmalari va cholg‘ulari |
| Musiqa darsida ikki ovozli qo‘shiqlar qanday o‘rgatiladi? | Qatorlarga qarab bo‘linadi | O‘g‘il bolalar II, qizlar I ovoz | Sof intonatsiyaga erishib | Qizlar II ovoz, o‘g‘il bolalar I ovoz |
| Bolalar ovozi qanday bo‘linadi? | Diskant, alt | Soprano, alt | soprano, tenor | I-ovoz va II-ovoz |
| Oltinchi sinfda musiqa o‘qitishning mazmuni nimadan iborat? | Dars mazmunida o‘zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari, mumtoz musiqa, sharq xalqlari mumtoz musiqasi, Yevropa mumtoz musiqasi haqida tushuncha va zamonaviy musiqalar bilan tanishtirish, ikki ovozli qo‘shiqlarni o‘rgatish | Doimiy ravishda o‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, Yevropa musiqalari bilan tanishtirish | Ikki ovozli qo‘shiqlar yaratish, qardosh xalqlari musiqasi bilan tanishtirish | Asarni tinglab, mustaqil taxlil qilish |
| «Mutatsiya» so‘zi ovozni o‘zgartirish degan ma’noni anglatadi, 7-sinfda ovoz o‘zgargan o‘quvchilar bilan qanday ish olib boriladi? | Qo‘shiqdagi ovozlar trasportirovka qilinib moslashtiriladi, yakka tartibda deffirentsional guruhlarga bo‘linib, o‘qituvchidan mohirlik bilan dars o‘tish talab etiladi | Ularning organizmida xorg‘inlik xolati paydo bo‘ladi, shuning uchun ular bilan suxbatlar o‘tkazildi. | O‘quvchilarni ota-onalari bilan farzandlari haqida suhbatlar o‘tkaziladi va maslaxatlar beriladi | O‘quvchilar bilan darsdan keyin suhbat o‘tkaziladi |
| Sinfdan tashqari musiqiy to‘garaklarga o‘quvchilar qanday jalb etiladi? | Musiqiy o‘quvi ovozi, odobi, qiziqishi, o‘qishiga qarab | Xulqi, kiyinishi yoshiga qarab | Jinsi, ya’ni o‘g‘il va qiz bolalar alohida | Intizomiga qarab |
| Sinfdan tashqari ommaviy ishlarga o‘quvchilar qanday jalb etiladi? | Yallpi tarzda o‘quvchilarni yoshi, qiziqishiga qarab | Sinfi yoshi, musiqiy qobiliyatiga qarab | O‘quvchilarni yoshiga qarab | Musiqiy o‘quviga qarab |
| Sinfdan tashqari musiqiy to‘garakni muvaffaqiyati nimada? | Maktab sahnasida | Qo‘shiqni chiroyli kuylashda | Ijrochilik mahoratida | O‘quvchilarning ahilligida |
| Sinfdan tashqari musiqa taribiyasining qanday shakllari bor? | Ommaviy va to‘grak shakllari | To‘garak va raqs ansambl shakllari | Yalpi va ommaviy shakllari | Xor va vokal ansambl shakli |
| Sinfdan tashqari ommaviy ishlar qanday rejalashtiriladi? | Maktab ma’naviy ishlar bo‘yicha rahbari bilan bamaslahat | Bayramlar, tadbirlarga qarab | O‘quvchilarning yoshi, qiziqishiga qarab | O‘quvchilarni yoshi, sinfi ovoz diapazoniga qarab |
| Musiqa tarbiyasini rivojlanishiga hissa qo‘shgan buyuk mutaffakirlarni bilasizimi? | Al Farobiy, Navoiy, Shayx Sa’diy, Ibn Sino | Muqimiy, Navoiy, Fuzuliy | Tamaraxonim, Xabibi, Furqat | Qori Yoqubov, Yusuf Xos Xojib |
| “Musiqa madaniyati” fanidan yangi dasturni o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? | Yangi dasturning mazmunida musiqa darslarining dars mavzulari, o‘zbek milliy musiqa asosida yetti yillik o‘qitish ta’limi joriy etilgan | Oldingi dasturdan uncha katta farqi yo‘q | Olti yillik o‘qitish ta’limni o‘z ichiga olgan | Mumtoz asarlar, opera, simfonik asarlarni o‘z ichiga olgan |