СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Народная музыка как важное средство в нравственно-эстетическом воспитании учащихся.

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Статья написана на узбекском языке. Музыка по самой своей природе ярко изображает жизнь людей, их отношение к действительности, различные внутренние переживания через многообразие звуковых красок. Музыка может улучшить духовный и нравственный мир людей, воздействуя на их эмоции. В статье подчеркивается важная роль народной музыки в нравственно-эстетическом воспитании учащихся.

Просмотр содержимого документа
«Народная музыка как важное средство в нравственно-эстетическом воспитании учащихся.»

Xalq musiqa ijodi-oquvchilarni axloqiy estetik tarbiyalashda muhim vosita sifatida


Ma’rufjon Ashurov Abdumutalibovich

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi

San’atshunoslik fanlari dotsenti

(O’zbekiston)

mail: [email protected]


Annotatsiya: Musiqa o’z tabiatiga ko’ra, insonlar hayotini, ularning voqiylikka bo’lgan munosabatini va turli ichki kechinmalarni xilma – xil tovush buyoqlari orqali badiy obrazlar vositasida yorqin tasvirlaydi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir eta olish orqali ularning ma’naviy – ahloqiy dunyosini takomillashtiradi.

Maqolada Xalq musiqa ijodi-o’quvchilarni axloqiy estetik tarbiyalashda muhim o’rin egallashi yoritib berilgan.


Kalit so’zlar: Musiqa tarbiyasi, musiqa metodikasi, o’zbek xalq cholg’u asboblari, inson hissiyoti, mehnat, marosim, yalla, lapar, katta ashula, mavsum qo’shiqlari, xalq bayramlari.


Kirish. Bugungi davrimiz – milliy qadriyatlarimizning tiklanish jarayonini, ko’p asrlar davomida shakllangan badiiy merosimizni, an’analarimizni har tomonlama o’rganishni taqazo etmoqda xalqimizning beboho ma’naviy mulk bo’lgan, milliy kuy-qo’shiqlarimiz hozirgi vaqtda yosh avlodni ahloqiy – estetik ruhda tarbiyalashda muhim vosita sifatida alohida ahamiyatga ega. Xalq musiqa ijodi – qo’shiqchiligimiz tarixi bilan bir necha asrlardan buyon yashab kelayotgan mehnat, marosim, epik, yalla, lapar, katta ashula, mavsum qo’shiqlari (Navruz, xalq bayrami) lirik asarlar va qo’shiqchilik san’atini rivojlanishiga xissa qo’shgan ustoz bastakorlar ijodini o’z ichiga oladi. Eng muhimi ichki kechinmalar bu asarlarda yaqqol o’z aksini topgan. Maktab o’quvchilarini ahloqiy – estetik tarbiyalashda xalq musiqa ijodiniahamiyati juda katta. Shuninig uchun ham «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va Davlat ta’lim Standartlari dasturida milliy musiqamiz, mumtoz asarlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, o’zbek xalq ijodiga katta e’tibor berilib, dasturga kiritilgan I-VII sinfgacha musiqa fani dasturi oddiydan murakkabga tamoyili asosida, o’zbek xalq cholg’u asboblardan, xalq kuy – qo’shiqlardan boshlab mumtoz asarlar maqom san’ati tarixi va shashmaqom ashulalarini o’z ichiga olgan. Hozirgi kunda barcha umumta’lim maktablarida yosh avlodni ahloqiy – estetik tarbiyalash, ta’lim – tarbiya jarayonini asosiy masalalaridan biri deb qaralmoqda. Musiqa san’atidagi bu kabi imkoniyatlar o’quvchilarni barkamol inson bo’lib yetishlarida o’ziga xos takrorlanmas manba bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Bitiruv malakaviy ishimni dolzarbligi shundaki, musiqa madaniyati darslarida, o’zbek xalq musiqa ijodini o’rgatish orqali, maktab o’quvchilarida xalq musiqa ijodiga qiziqishi, mehr-muhabbat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, odob – ahloq, go’zallikni xis eta olish va qadrlash tuyg’ularini tarbiyalash.

1-asosiy qism. O’quvchilarni ahloqiy – estetik tarbiyalashda xalq ijodi ahamiyati.

Musiqa o’z tabiatiga ko’ra, insonlar hayotini, ularning voqiylikka bo’lgan munosabatini va turli ichki kechinmalarni xilma – xil tovush buyoqlari orqali badiy obrazlar vositasida yorqin tasvirlaydi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir eta olish orqali ularning ma’naviy – ahloqiy dunyosini takomillashtiradi. Olijanob fazilatlarni kamol toptirishda vosita bo’lib xizmat qiladi. Xalqimizni bebaho ma’naviy mulki bo’lgan milliy kuy – qo’shiqlarimiz nafaqat so’z va ohang boyligi bilan, balki o’zbek xalqimizni o’ziga xos turmush tarzlarida, milliy cholg’u sozlari, milliy qadriyatlari, madaniy udumlari bilan diqqatga sazovardir. Xalq musiqasi turli mehnat sharoitida, tarixiy voqyealardan, xushchaqchaq o’yin - kulgi yoki musibatlarida yaratilib, uzoq yillar davomida sayqallanib, avloddan – avlodga, og’izdan – og’izga saqlanib keladi. Har bir milliy musiqaning asosi xalq musiqasidir. O’zbek xalq musiqasi xalq ijodining boshqa turlari singari, sodda ixcham va mukammal shakllarga va xilma-xil janrlarga boy.

Xalq qo’shiqlarii jamoa tomonidan yaratilgan asarlarni so’zma so’z yodlamasdan, balki unga ijodiy munosabatda bo’lib o’zidan nimadir qo’shib boyitib boradi. Unda milliy musiqa san’atimizning eng yorqin namunalarinafosati xalqning falsafiy tafakkurga boy teran fikr va g’oyalar o’z aksini topgan. Xalq musiqasi zaminida har bir millatning o’z boshida kechirgan tarixiy voqyealarini, uning erk va baxt, farovon hayot uchun kurashlarini yaqqol ko’rish mumkin xalqimiz yaratgan musiqa merosi ulkan ma’naviy boyligimiz u yosh avlodning axloqiy va nafosatli tarbiyasi uchun bebaho manba bo’lib hisoblanadi.

Chunki xalqimiz musiqaning nafis va orombaxsh turi bo’lgan «ona allasi» hali tili chiqmagan bola bishikda yotgan chog’ida idrok eta boshlaydi. Demak xalk musiqasi inson qalbiga eng yaqin bo’lgan san’at turidir. O’zbek xalq musiqasi o’zining badiiy ijrosi va ijrochilik talabalariga qarab ikki turga: I keng xalq ommasi, II kasbiy (professional) mashshoq honandalar hamda bastakorlik va kompozitorlik kabi zamonaviy musiqa ijodiyoti tarmoqlariga bo’linadi.

Birinchisiga xalq musiqasining ommaviy janrlar: lirik, marosim, mehnat, laparlar, allalar, termalar, epik va bolalar qo’shiqlari kiradi.

Ikkinchisiga ma’lum darajada musiqa ma’lumoti va ijrochilik malakasiga ega bo’lgan ustozona musiqiy janrlar kiradi.

Shuningdek, o’zbek xalq musiqasi xalqimizning turmush tarzi,urf-odatlari, bayramlari, mehnat turli marosimlari, musiqaiy janrlari, cholg’u sozlari, ijrochilik mahoratlari bilan to’rtta mahalliy uslubga bo’linadi va quyidagicha nomlanadi.

1. Surxandaryo Qashqadaryo mahalliy musiqa uslubi.

2. Buxoro Samarqand mahalliy musiqa uslubi.

3. Xorazm mahalliy musiqa uslubi.

4. Farg’ona Toshkent mahalliy musiqa uslubi.

Har bir mahalliy musiqiy uslubi o’z xususiyati va an’analariga ega. Bu uzoq yillar davomida shakllanib, xalqimizning ko’p asrlik musiqiy an’analarini, milliy qadriyatlarini o’rganishga va e’zozlashga chorlaydi. Masalan: Surxandaryo Qashqadaryo vohasi – dostonchilik, baxshi san’ati, do’mbira, sibiziq, g’atir pay, chanqobuz cholg’u sozlari bilan;

Buxoro Samarqand voxasi – maqom, shashmaqom mavrigi; erkaklar davra jo’rligi 2,3 raqs bilan ijro etadi., qarsak, sozandachilik san’ati (ayollar ijodi), qayroqtosh, zang kabi cholg’u sozlari bilan;

Xorazm vohasi – suvoralari, xalq qo’shiq va laparlari, o’yin – raqs kuylari, xalfachilik, dostonchilik va maqom, garmon bo’laman cholg’u san’ati bilan;

Toshkent – Farg’ona vohasi kata ashullar, bolalar folklori, terma, lapar, maqom, dostonchilik, yalla, hamda bastakorlik an’analari tanbur, sato, qo’shnay cholg’u sozlarini o’ziga xosligi bilan bir – biridan ajralib turadi.

Xalq mauiqasining eng muhim turi xalq ashulalaridir. Ashula o’zbek vokal musiqasining eng rivojlangan janri, unda ichki kechinmalari, falsafiy fikrlar, eng nozik iuyg’ular ifodalanadi. Ashullada musiqa ijrosidagi nola, qochirma kabi sayqallar ko’p ishlatiladi. Ashullaning yana bir turi – katta ashula. Katta ashula jo’rsiz ijro etiladi, ijrochi etiladi, ijrochi qulida katta yoki lipopcha bo’ladi. Patnis tovushni ma’lum darajada baland chiqaradi,tovushni bir tomonga yo’naltirish va usulni yo’qotmay chertib turish uchun xizmat qiladi. katta ashulani, odatda ikki yoki uch – to’rt ashulachi tik turib ijro etishadi. Har bir ashulachi galma – galdan kirish, avj qismlarini aytishadi, so’ng barovar tugatishadi. Bunday ashulalarga «bir kelsin», «ko’p erdi», «Adashganman», «Shafoat» kabi ashulalar, katta ashulaga misol bo’la oladi. Ashula atamasi birinchi marta XI asrda yozilgan ilmiy adabiyotlarning, bizgacha yetib kelgan Maxmud Qashg’ariyning «Devoni lug’ati turk» asarida «homug’» shaklida berilgan bo’lib, bu so’zning ma’nosi surud ya’ni kuylash ma’nosini bidiradi. Qushiqni ijro etuvchilar qo’shiqchi ya’ni «guyanus» «ashulakash», «laparchi» «ulanchi» deb nomlangan. Ashulalar ko’pchilik joylarda turlicha sozsiz – (qaliq, qayroq, qarsak, likobcha ba’zan dutor, doira, do’mbira) jurligida kuylangan Alla – qo’shiqlarida zaxmatkash, mushtipar, ezilgan, mazlum sharq onasi gavdalanadi. Alla naqoratlarida beshikda yotgan bolaning nomi qo’shib aytiladi, qo’shiq o’zi cholg’usiz ijro etiladi. Ona o’z farzandini kelajakda baxtli saodatli, sog’lom bo’lishini orzu qiladi. Alla mayin, orombaxsh, lirik oxangda aytiladi. Alla bu shunchaki bola uxlatish degan gap emas. Ibn Sinoning so’zlariga qaraganda alla eshitgan bola sog’lom, odobli bo’lib o’sadi, qobiliyati yaxshi rivojlanadi. Ona allalarida o’z jigarbandiga nisbatan undan kutgan orzu umidlarini ifodalaydi, zarb usuli bir maromda tebranuvchi bo’ladi. Unda beshikni tebratishdagi holat aks etadi.

Lapar – sho’h va raqsona kuy usulida bo’lib odatda yakkaxon, ikki, ba’zan ko’pchilik tomonidan aytishuv tarzida ijro etiladi. Ba’zan zavqqa to’lgan tinglovchilar chapak cholib jo’r bo’ladilar. Bunga xalqimizning «OMON yor», «Ililla yor», «qora soch» kabi mashhur asarlardir. Laparlar xajviy va hazil mutoyiba mazmunida kuylanadi.bunga misol qilib mashhur, taniqli laparchilarimiz Tamara xonim, Tumiod Otaboyevani keltirishimiz mumkin.

Yalla – bu janr ham quvnoq, raqsona oxangda bo’lib, qo’shiq va raqs bilan ijro etiladigan janrdir. Yalla odatda ko’pchilik bo’lib vokla ansambli va raqs bilan ijro etiladi. Ijrochilar raqs va vokal ansambl guruhiga bo’linib, qarsak chalib o’yinga tushadilar. Bu janrning o’ziga xos xususiyatlaridan biri samimiy sevgi, mehr – muxabbat visol orzusi armonlarini zavqu – shavq bilan kuylanadi. Yallalarda nozli istig’loli, qadar – qimmatini biladigan vafodor yor obrazi gavdalanadi. M: «Namangan olmasi», «yali - yali», «Bo’g’macha bilagim», «Fabrika», «olmacha anor» kabi yallalar misol bo’la oladi.

Terma qo’shiqlar – mazmunan ko’proq pandu nasihat, ahloq – odob, insonparvarlik haqida kuylanadi. Ular diapazon jihatdan uncha katta bo’lmagan kuy va ixcham shaklda barmoq vazmindagi she’rlarda kuylanadi. Bunday termalarni baxshilar do’mbra jo’rligida kuylaydilar. M: Chori baxshi ijro etgan «Nasihat» termasini keltirish mumkin.

Mavsumiy marosim qo’shiqlari – o’zbek xalqining uzoq o’tmishi davomida turli marosim va urf odatlari shakllangan bo’lib ularda xalqimizni dunyoqarashi hayotiy voqyelikka munosabati, orzu – istaklari va ma’naviy marosimlarini aksariyati yil fasllari va mehnat mavsumlariga bog’liq holda o’tkaziladi. Qadimdan to’rt faslga oid quyidagi marosimlar o’tkazilgan.

Diniy navolar – o’zbek xalqi islom dinini qabul etgan davrdan boshlab, muqaddas qur’oni karim sura va oyatlarini o’qish ahloqiy tarbiya berish maqsadida qiroat bilan o’qish orqali yuzaga kelgan.

Xalq musiqasi ijodini o’rganish uchun boshlang’ich sinflardan boshlash maqsadga muvofiqdir.

a) Dastlab o’quvchilarni kichik hajmdagi xalq kuylaridan, milliy cholg’u sozlaridan va bolalar xalq qo’shiqlaridan boshlash kerak.

b) O’zbek xalq kuylarini idrok etish malakalarini shakllantirish uchun milliy cholg’u sozida jonli ijro, cholg’u sozlarni rasmi, ijrochilarni rasmi, kuy mazmuniga mos ko’rgazmasi rasmlar va asar mazmuniga mos ko’rgazma bo’lishi lozim.

v) O’quvchilar kuyni to’g’ri idrok etish uchun asar haqida qisqa mazmunli, lo’nda xikoya qilish, so’ngra bolalar bilan taxlil qilish lozim.

g) Asarning mazmuniga mos musiqiy ritmik harakatlar, tarbiyaviy – ta’limiy suhbat metodlarini qo’llash, asarga nisbatan ijodiy munosabatni o’stirish lozim.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, har bir sinf uchun musiqiy materiallarni tarbiyaviy – ahloqiy, ma’naviy maqsadlarini aniq belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq musiqasi, kuy – qo’shiqlari o’quvchilarda nafosatli zavq uyg’otish bilan birga ularni ahloqiy tarbiyasiga va insoniy fazilatlarini yanada chuqurroq xis etishni o’rgatadi.

Har bir xalqning o’ziga xos musiqasi bo’lib, unda miliy musiqa san’atining eng yorqin namunalari o’z aksini topgan bo’ladi. Milliy tarbiya musiqiy idrokning bitmas – tuganmas manbaidir, chunki u turlicha, bevosita inson yuragi va aqlini zabt etuvchi maftunkor dunyodir.

Mustaqil O’zbekistonda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy ahloqiy tomondan tarbiyalash va kamol toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Milliy musiqa inson yuragi va aqlini zabt etuvchi maftunkor dunyodir. Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarni qiziqtiradigan, o’ziga jalb etadigan, zavqlantiradigan qo’shiqlar o’rgatish musiqiy tarbiyaning muhim vazifalaridan biridir. Har bir xalq musiqasi milliy an’analar, urfodatlar, odob – ahloq qoidalari, tarixiy voqyealarni aks ettiradi. Umumiy ta’lim maktablarida xalq musiqa ijodini o’rganishni ahamiyati katta. Chunki xalq musiqa ijodi professional (kasbiy) musiqaning asosidir.

Musiqa madaniyati darslarida boshlang’ich sinflardan boshlab, yettinchi sinfgacha DTS dasturi asosida o’zbek xalq musiqa ijodi o’rgatiladi. DTS dasturiga kiritilgan kuy va qo’shiqlar o’quvchilar yoshi qiziqishiga mosdir. O’zbek xalq kuy va qo’shiqlari, cholg’u sozlari, bastakorlarni ijodi haqidagi bilimlarni yanada chuqurroq o’rganishga yordam beradi. Musiqiy ta’limni milliy asosini tarkib toptirishda fortepiano bilan birgalikda xalq cholg’u asboblaridan foydalanish muhim rol o’ynaydi. IV sinfdan boshlab o’quvchilar musiqa madaniyati darslarida xalq musiqa ijodini asosiy xususiyatlarini o’rgana boshlaydilar. IV sinfdan o’quvchilari hayotiy tajribalarga ko’ra fanlarga qiziquvchan, o’zlari sevgan mashg’ulotlari bilan to’garaklarga qatnaydigan, dunyoqarashlaritarkib topayotgan davri bo’ladi. Shunga muvofiq o’rganilayotgan asari ham janr, xajm va badiiy jihatdan ularning yoshga, ovoz diapazoniga mos bo’lishi kerak. Har bir o’qituvch dars mazmunini milliy musiqamizdan unumli foydalanib, musiqa madaniyati darslarini mazmunli tashkil etishi lozim. Bunda ayniqsa vokal – xor mashqlari sifatida xalq kuy va qo’shiqlaridan parchalar kuylash va shu vosita bilan milliy musiqa ohanglarini bola hissiyotiga singdirib borish maqsadga muvofiqdir.

O’zbek xalq qo’shiqlari oddiy kichik xajimdagi qo’shiqlardan boshlab asta – sekin murakkablashib boradi. Bunga misol qilib «Chamanda gul», «Boychechakk», «Lola», «Choriy chambar», «Yomg’ir yog’aloq», «Yalama yorim» kabi qo’shiqlar misol bo’la oladi.

Bu qo’shiqlar bolalarda ma’naviy poklik, tabiatga muhabbat, kattalarga hurmat, odob – ahloq tarbiyasini shakllantiradi. Yana bunga misol qilib «yaxshi bola» N.Norxo’jayev «Dono bola», «Biz askarmiz», «Oy vatanim» Sh.Yormatov «Gul tutaman onajon» Ye.Shvars «Ikki qo’ymang o’qituvchim» Sh. Yormatov musiqasi kabi asarlar o’quvchilarni axloqiy – estetik tomondan tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Musiqa tinglash uchun asarlar ham oddiy kichik hajmdagi asarlardan boshlab, keyin asta – sekin murakkablashib boradi. M: «Do’loncha», «Dutor bayoti», «Andijon polkasi», «Lola raqsi», «Qari navo» «Farg’onacha», «Sharob – I», «Navro’zi ajam», «Munojat» shular jumlasidandir.

Mazmunli quvnoq musiqalarni o’quvchilar zavq bilan tinlab, musiqa va raqslarni berilib ijro etadilar, bu ularda o’zbek xalq kuy qo’shiqlariga qiziqishni uyg’otadi, mehrini qozonadi, axloqiy tarbiyani. Shakllantirish uchun zamin yaratadi. Shuning uchun ham musiqa bolalarni ma’naviy, axloqiy dunyosini har tomonlama takomillashtirish uchun ta’sirchan vosita bo’lib xizmat qiladi. O’quvchilar tinglagan asarlarini idrok etishlari, o’z fikrlari, taassurotlarini bildirishlari uchun ular bilan suhbat (savol - javob) asar taxlili o’tkaziladi. So’ngra asar yana qayta tinglanadi. Iloji bo’lsa musiqa o’qituvchisi oldin asarni o’zi milliy cholg’u sozida (doira, rubob, dutor)da, so’ngra magnit tasmasida (yoki aksi) tinglashni amalga oshrsa, o’quvchilar musiqiy asarni yanada chuqurroq idrok etishlari, qadrlashlariga erishiladi. Tinglangan musiqiy asar turli musiqiy harakatlar yordamida o’quvchilar bajarsalar, yoki imitasiya qilib dutor, rubob, doira, g’ijjakda ijro etishni ko’rsatsalar, yoki ushbu kuy mazmuniga mos xikoya tuzib, rasmlar chizsalar asarning o’quvchilarga ta’siri, xotiralarida uzoq vaqt saqlanib, musiqadan zavq va madaniy ozuqa olishlari mumkin bo’ladi. Umumiy ta’lim maktablarini har bir sinfida o’rgatish uchun tavsiya etilgan qo’shiq, ashula, kuy asarlarini puxta o’ylab chiqib, o’quvchilarga yetkazish lozim. Bolalarning o’ziga qo’shiq kuylatish, musiqani idrok ettirish, ularda musiqaga moyillikni tarkib topishini amaliy va ta’sirchan vositasidir. O’quvchilar har bir musiqani diqqat bilan kuylash va tinglash ularda musiqiy tovushlar vositasida, obrazlarni yorqin tasavvur eti shva musiqaga to’g’ri baho berishga o’rgatadi. Musiqa madaniyati darslarida ijro etiladigan asarlar tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lmog’i kerak. Bolalarning yoshiga mos tinglanadigan yoki kuylanadigan asar, ularning ichki dunyosiga yaqin bo’lishi, axloqiy odobiga ta’sir etishi kerak. Bolalar quvnoq va qayg’uli musiqali ham, tantanavor ko’tarinki rux, hamda hajviy musiqalarni diqqat – e’tibor bilan tinglashlari lozim. Har o’quv yilida tinglanadigan va kuylanadigan musiqiy asarlar, shakl va mazmun jihatdan murakkablashib boradi. Hozirgi musiqa madaniyatini xilma – xil shakllari va axborot vositalari, tarqatma materiallar va noa’naviy uslubdagi darslar, ko’rgazmali qurollar va texnik vositalar bilan qurollangan bo’lishi lozim.

O’quvchilarni katta musiqa san’ati dunyosiga olib, kirish, ularni o’zbek xalq musiqasini janrlariga juda boyligi, mazmunli, ma’noli ekanligi, musiqadan zavq olish bilan birga axloqiy nafosat tarbiyasini, madaniyatni shaklantirish bugungi kunda asosiy vazifalardan biri ekanligini anglashimiz lozim.

Hozirgi biz yashayotgan davr tezkor ilmiy – texnika inqilobi asri xalq ijodida ham o’z aksini topmoqda.

Mamlakatimiz ijtimoiy – siyosiy, madaniy va xo’jalik hayotida yuz berayotgan katta o’zgarishlar yangi insonni tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor berishni talab qiladi, san’at, adabiyot, shu jumladan xalq ijodiy zakovati bo’lgan musiqa san’ati va fani oldiga ham g’oyat muhim vazifalar qo’ydi.


2-asosiy qism. Xalq musiqa ijodini musiqa madaniyati darslariga joriy etish yo’llari.

Xalq musiqa ijodi ham folklorning boshqa turlari singari badiiy va g’oyaviy mazmunan sodda, ixcham va mukammal formalarga juda ko’p tarixiy faktlarga ega bo’lgan san’at turidir.

Milliy musiqa san’atining eng yorqin koloritlar, nafosati xalqni falsafiy – ijtimoiy tafakkuriga boy, teran fikr va g’oyalari o’z aksini topgan. Xalq musiqasi zamirida har bir millatni o’z boshidan kechirgan voqyealarni, uning baxt uchun kurashlarini yaqqol ko’rish mumkin.

Dono xalqimiz yaratga boy musiqa ulkan ma’naviy boyligimiz bo’lib, u yosh avlodni ahloqiy va g’oyaviy estetik tarbiyasi uchun ham bebaho manba bo’lib hisoblanadi. Chunki, go’dak xalq musiqasini eng nafis va orombaxsh turi – ona allasini beshikda yotganida hali tili chiqmasdanoq idrok eta boshlaydi. Demak xalq musiqasi, san’atning kishi qalbiga eng yaqin turidir. Shuning uchun Respublikamiz umum o’rta ta’lim maktablarining musiqa dasturlarida xalq musiqa ijodiga alohida o’rin berilgan. Xalq musiqa ijodi materiallariga har bir sinfning yillik o’quv materiallari qatoridan o’rin berishni taqozo qiladi.

Chunki xalq musiqa ijodi professional musiqaning asosidir va har bir bastakor xalq musiqasi uslublaridan, undagi nafis ohanglardan o’rinli foydalanganligi natijasidagina badiiy yuksak va ko’p ovozli yangi asar yarata oladi. Buning isboti shuki, barcha millatlar uchun umumiy bo’lgan hozirgi zamon musiqasidagi major va minor ladlari xalq musiqa darslarining yuqori jarajada taraqqiy etishi natijasidagina shakllangan va klassik musiqani maydonga kelishi bilan qaror topgan.

Boshlang’ich sinflarda dasturidagi xalq kuylari va bolalar qo’shiqlaridan tanlab muntazam ravishda o’rganib borish, o’zbek xalq musiqasini idrok etish malakalari asosida qardosh xalqlarmusiqalarini idrok etishni o’rganib borish, o’quvchilarni qo’shiqni musiqiy ohangi va she’rning mazmunini to’g’ri tushunib idrok etishga o’rganish qo’shiq san’atiga xos badiiy suratlardan foydalanish mumkin.

4-7 sinflarda xalq musiqalarining o’rganishda turli pedagogik amallardan tushuntirish, suhbat, hikoya, savol – javob, kichik suhbat, insholar yozish, darslik bilan ishlash,qo’shimcha adabiyotlardan unumli foydalanish lozim. Ma’lumki, ayniqsa 6-7 sinf o’quvchilarida informasiyalarni qabul qilish kuchli bo’lib, ular yangi masalalarning mohiyatini tushunib olishga qiziqadilar. Shuning uchun har bir asarni o’rganishda shu asar egasi hisoblangan millatning musiqa madaniyati, asarning xususiyati, badiiy va g’oyaviy mazmuni haqida o’quvchining qisqa vaqt qiziqarli axboroti katta ahamiyatga molikdir.

Asarni o’rganishda suhbat va savol – javob metodlarini o’quvchilarning asarga nisbatan ijodiy munosabatni kuchaytiridi. Xalq musiqasi – davr oynasi. Binobarin, u o’zi yaratgan davrning mohiyatini usha xalqning musibatini, erk uchun kurash tarixini, baxt – saodat yo’lidagi orzu – istaklarini aks ettiradi. Ya’ni xalq musiqasi o’ziga xos badiiy tilga egadir.

Xalq mashshoqlari sodda ixcham va teran fikrni xalq doston va g’azallarini badiiy – g’oyaviy hamda poetik ohangiga mos kuylar yaratganlar. Shning uchun xalq musiqa ijodini adabiyot darslarida o’rganiladigan materiallar bilan bog’lab olib borish, ayniqsa xalq og’zaki badiiy ijodiga keng o’rin berilgan 4-5 sinflarda xalq musiqa ijodini ham o’rganish maqsadga muvofiq bo’lib, o’qituvchi bu qulay imkoniyatdan unumli foydalanishi zarur. Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish kerakki, bir sinf uchun programma materiallaridagi o’zaro uzviy bog’liq maqsadlarini aniq belgilashi va har bir konkret imkoniyatlarni albatta hisobga olish kerak. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar musiqa janrlari uchun xususiyatlari bo’yicha o’z bilim olganliklari sababli 4- sinfda ularga avvalo musiqa san’atining asosiy xususiyatlari uning eng oddiy va ommaviy janr turlari haqida tushuncha berib, xalq musiqasi bilan bastakor yaratgan professional musiqaning farqini, xalq musiqa janri badiiy folklor singari uzoq taraqqiyot tarixiga ega ekanini, sodda ravon, yorqin ohangda, mungli va xushchaqchaq dilrabo usullarda jaranglashini tushuntirish, shuningdek ular bilan atoqli xalq hofizlari to’g’risida savol – javoblar o’tkazish kerak. Demak, 4-sinfda darslarni biroz tezlatish metodlari asosida o’quvchilarning idrokli, muhokama kuchli xos ravishda olib borish kerak. Yuqori sinflarda xalq musiqa ijodi bir muncha jiddiy tarzda o’rganiladi va uni musiqa tinglash asosiy o’rinli egallaydi.

Xulosa. O’quvchilarga o’rganish mashg’ulotlarini o’zbek xalq musiqasi haqidagi suhbat bilan bog’lash, o’zbek xalq musiqasi turi va janrlariga ifoda vositalariga boy bo’lib, xalqimizning milliy iftixori ekanligini asarlar davomida mehnat, kura shva ijodda kishilar uchun ilhom manbai bo’lib, kelganligini, turli janrdagi kuy va qo’shiqlarda xalqimiz tarixidagi voqyeallar ma’lum darajada aks etganini, o’quvchilarga tushuntirish g’oyat foydalidir. O’quvchilar o’zbek xalq qo’shiqlarini idrok etishda orttirgan tajribalar asosida, qardosh xalqlarning qo’shiqlaridan namunalar tinglaydilar.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. D.Karimova, A.Mansurov, «Musiqa» V sinf uchun darslik.

  2. G.Sharipova «Musiqa o’qitish metodikasi» ma’ruzalar matni 2000

  3. H.Nurmatov, «Musiqa» II sinf uchun darslik 2002

  4. H.Nurmatov, N.Norxo’jayev, «Musiqa alifbosi» I sinf uchun darslik 2001

  5. H.Nurmatov, VI sinf uchun qo’llanma, T:. 1997

  6. M.Inomova «Pedagogika» (ma’ruzalar matni), T:. 2002

  7. M.Rahimov «Qo’shiqlar xrestomatiyasi» to’plami, T:. 2002

  8. O.Fayziyev «Musiqada nafosat tarbiyasi» qo’llanma.

  9. O.Ibroximov va boshqalar «Musiqa» IV sinf uchun darslik.

  10. Q.Muminov «Qo’yosh yurtim» qo’shiqlar to’plami, T:. 2000

  11. S.Yo’ldoshev «O’zbekistonda musiqa tarbiyasi va ta’limining rivojlanishi», T:. 1995

  12. Sh. Janaydarov «Cholg’uchilar ansambli», T:. 2002

  13. X.Nurmatov, D.Omonullayev va boqalar «Davlat Ta’lim Standartlari», musiqa dasturi.





Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!