СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Natyurmort janri

Категория: Прочее

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu maqola umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun

Просмотр содержимого документа
«Natyurmort janri»

RANG TASVIRDA NATYURMORT


Natyurmort - fransuzcha bo‘lib “jonsiz tabiat” degan ma’noni bildiradi. Tasviriy san’atning bu janrida gullar, meva-sabzavotlar, qushlar, baliqlar va boshqalar tasvirlanadi. Natyurmort XVII asrning boshlarida Gollandiyada paydo bo‘lgan. XVIII asrda keng rivoj topgan mustaqil janr hisoblanadi va boshqa janrlar kabi o‘zida biror bir mazmunni ifodalab, ikki turga bo‘linadi:


  1. Mustaqil ravishdagi natyurmort;

  2. Yordamchi yoki to‘ldiruvchi natyurmort.


Natyurmortning birinchi turida faqat natyurmort tasvirlansa, ikkinchi turida natyurmort bironta portret yoki maishiy janrdagi tasvirda qo‘shimcha detal sifatida ishlatiladi. Biror mavzudagi natyurmortni yaratishda ijodkorning ko‘z o‘ngida bo‘lajak natyurmort yahlitligicha gavdalanadi va unga mos narsalar tanlab, e’tibor bilan joylashtirish haqida fikr yuritiladi.


Natyurmort mazmunli bo‘lishi uchun kichikroq narsalar oldinda, yiriklari esa orqa ko‘rinishda tasvirlanadi. Natyurmort mustaqil janr bo‘lishi bilan birga, mavzuli suratdagi asarlarni mazmunini ochib berishga ko‘makla-shuvchi, uni to‘ldiruvchi vosita bo‘lib ham hizmat qiladi.


Natyurmortning harakterli xususiyati – uning hayotdan, go‘zallikdan zavqlanishga yo‘naltirilganligidadir. Bu vazifani rassom gullar, meva–sabzavotlar, oziq-ovqatlarni turli ko‘rinish va ranglarda ifodalab, kishilarning his-hayajonini uyg‘otish orqali bajaradi.


Natyurmort janri - turli millat va elatlarning turmush tarzi haqida ma‘lumotlar berishi ham o‘ta muhimdir. Mutaxassislar natyurmortning kishilarga ikki xil ta’sirini qayd qilishadi:


  • Birinchisida, natyurmort kishilarni go‘zallika oshno etib, ularni hayotdan zavqlanishga chorlaydi. Agarda u meva - sabzavot va oziq - ovqatlar tasviridan tashkil topgan bo‘lsa, uni tomosha qiluvchi insonga yaxshi kayfiyat va ishtaha baxsh etadi.


  • I kkinchisida, natyurmort o‘zi haqida emas, balki u bilan bog‘liq shaxs, uning egasi haqida ma’lumot beradi. Bunday natyurmortlarda kishilar aks etmasa-da, biroq uning didi, ishtimoiy mavqei ifodalanadi.

Asarlarda natyurmortlarning bu ikki xil turi yaxlit holda ko‘rsatilishi ham mumkin. O‘zbekistonda bu janrda ijod qilgan rassomlardan N.Kashina, Z.Kavalevskaya, Y.Elzarov, R.Ahmedov, N.Abdurahmanov kabi ko‘plab natyurmortchi rassomlar o‘zlarining asarlarida o‘lkamiz noz-ne’matlarini mohirona ifodalaganlar.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. B.Boymetov “Qalam tasvir”, T.,2006;

  2. R.Hasanov “Maktabda tasviriy san’at o‘qitish metodikasi”, T.,2004;

  3. B.Azimova “Natyurmort tuzish va tasvirlash metodikasi”, T.,1984;

  4. www.ziyouz.com elektron kutubxonasi.