СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

" O`zbek tili xonasida" mavzusida dars ishalnma

Нажмите, чтобы узнать подробности

Данная разработка урока даёт возможность ознакомиться с предметом узбекский язык

Просмотр содержимого документа
«" O`zbek tili xonasida" mavzusida dars ishalnma»














O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI





NAMANGAN VILOYATI XALQ

TA’LIMI BOSHQARMASI



Namangan shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli

34-maktab Davlat (o`zbek) tili fani o’qituvchisi G`oyibova Dilfuza Nuriddinovnaning 7-sinflar uchun “Til bilgan-el biladi”

mavzusida yozgan

bir soatlik









gan 7







19.10.2017

7-sinf O`zbek tili

Mavzu: TIL BILGAN - EL BILADI. ( Juft va takroriy so`zlar, ularning yasalishi va imlosi.)

Darsning maqsadi: 1. Ta’limiy maqsad.

O`quvchilarga mavzu yuzasidan bilim,

ko`nikma larniyetkazish, o`zbek tilida juft

va takroriy so`zlar, ularning yasalishi ,

imlosi va qo`llanishi haqida ma’lumot

berish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish

kompetensiyasini shakllantirish.

2. Tarbiyaviy maqsad.

O`quvchilarda o`zbek tilini o`rganishga

bo`lgan qiziqishni kuchaytirish, fanga

mehr uyg`otish orqali ularning ilmga

intilishlarini kuchaytirish, milliy va

umummadaniy kompetensiyani

rivojlantirish.

3.Rivojlantiruvchi maqsad.

O`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini,o`z fikrini turli nutqiy vaziyatlarda

erkin ifodalash malakasini rivojlantirish va

nutqiy (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish,

yozish) kompetensiyani shakllantirish.

Darsning usuli: yangi bilim beruvchi

Darsda foydalaniladigan metodlar: suhbat, savol-javob, amaliy metodlar, “Sirli sandiq”, “Talaffuzdan adashmang”, “Kim bilimdon?” metodlari, “Nafas gimnastikasi” mashqi .

Darsning jihozlanishi: “O`zbek tili” darsligi, tarqatma materiallar,slaydlar va proyektor.

Darsdan kutiladigan BKM natijalari: O`quvchi o`zbek tilida daraja ma’nosini bildiruvchieng, juda, g`oyat, biroz kabi ravishlar, ularning qo`llanishi haqida ma’lumot oladi, bu ravishlarni to`g`ri qo`llash ko`nikmalari,nutqda mustaqil ishlatish malakasi shakllanadi, o`z fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasi shakllanadi.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism. Uy vazifasini so`rash. 7 daqiqa

2. I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”asaridan

Olingan parcha ustida ishlash. Slayd namoyishi. 5 daqiqa

3. Videolavha, matn ustida ishlash (7-topshiriq) 10 daqiqa

4. Grammatik qoida bayoni. Slayd namoyishi. 5 daqiqa

5. Mustahkamlash mashqlari. 7-8-mashq va 8-topshiriqlar 10 daqiqa

6. Adabiy o`qish. “Ona tilim” she’ri va “Til bilgan-el biladi” matni

ustida ishlash. 10 daqiqa

7. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa berish. 3 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

a) salomlashіsh;

O`qituvchi: Assalomu alaykum, aziz o`quvchilar, kelajagimiz poydevori bo`lgan yoshlar. Darsimga xush kelibsiz! Marhamat, o`tiring.

b) davomatnі anіqlash;

O`qituvchi: Qani, bugun kim navbatchi?

Davomatni ayting-chi.. (navbatchi axboroti)

Navbatchi o`quvchi: bugun darsda hamma ishtirok etyapti.

O`qituvchi: Rahmat, o`tiring.


d) ma’navіyat daqіqalarі:


O`qituvchi: Hurmatli o`quvchilar, biz ona va vatan so`zlarini ne–ne so`zlarga qo`shib aytamiz: Vatan tuprog`i, Vatan tuyg`usi, ona-Vatan, ona tili. Bu ikki so`zni ayro tasavvur etib bo`lmaydi. Shunday ekan, keling, fanimizga bo`lgan hurmatimizni ona tili va Vatan haqidagi she`rlar, maqollar, hikmatli so`zlarni aytish bilan izhor etsak. Bunda biz odatdagi qoidalarimizga amal qilamiz. (1-slayd orqali qoidalar eslatiladi)

Shundan so`ng sinf guruhlarga bo’linadi. Guruhlar o`zlariga nom va shior tanlaydilar.

Shu o`rinda Birinchi Prezidentimizningtilimiz haqida aytib o`tgan fikrlarini eslab o`tamiz. O`qituvchi: Оna tilim – bag`ri keng tilim

Ajdоdlardan qоlgan merоsim.

Kelajakka umidim, sоzim

Jaranglatgan sho`xchang оvоzim.

O`zbek tilim – sen iftixоrim,

Jahоn uzra tanitgan qadrim.

Bоbоlarim so`zlagan tilim,

Sen dardkashim, ham mehribоnim (M.Mirzarahimova).

Qani o`quvchilar, davom ettiramiz. Marhamat



O`quvchilar:

  1. Til – millatning k`ozgusi.

  2. Bulbul chamanni sevar, odam vatanni.

  3. Til – millat ruhi

O`quvchilarning diqqat-e’tiborini darsga qaratish uchun slaydlar yordamida kirish suhbati bilan boshlanadi. Bunda o`quvchilar til haqidagi she`rlar va maqollarni(o`zbek, rus, ingliz tillarida)aytadilar va mazmunini izohlab beradilar.

II. O`tilgan mavzuni takrorlash. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar ustida ishlanadi, bunda turli- skanvord, klaster, mevali bog` kabi interfaol metodlardan foydalaniladi. Shu asosda o`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchilarning bilim va malakalari baholanadi.



Savollar

1

2

3

4

5

6

7

8

9


Kalit















“Tomchilar”metodi.



Guruh a’zolari tomchilardagi raqamlarga oid bo`lgan svollarga javob qaytaradilar







  1. 22222

4



1

6

3

5

2

III. Yangi mavzu bayoni.

7-topshiriqda berilgan matn “zanjir” usulida o`qilib, berilgan savollarga javob qaytariladi.

Shundan so`ng grammatik mavzu bayoniga o`tiladi.

IV. Mustahkamlash.



She’rda berilgan notanish so`zlar lug`ati ustida ishlash.

Adabiy o`qish uchun berilgan “Til bilgan-el biladi” matni oqiladi va mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob qaytariladi.





V. Uyga vazifa.

VI. O`quvchilar bilimini baholash.

Dars o`qituvchi tomonidan xulosalab beriladi. Guruhlarning to`plagan ballari hisoblanib, g`olib guruh aniqlanadi. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadilar.