СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Ochiq tarbiyaviy soat -Keksasi bor uyning ziyosi bor

Категория: Внеурочка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bu tadbir ochiq tarbiyaviy soat-Keksasi bor uyning ziyosi bor mavzusida berilgan

Просмотр содержимого документа
«Ochiq tarbiyaviy soat -Keksasi bor uyning ziyosi bor»

"Keksasi bor uyning ziyosi bor" nomli tadbir senariysi

1-boshlovchi:Bobom qo'li duoda ,momom aytar shukrona ,tinchlik so'raydi ular jumla jahona.

Xotirjam el kunlari bir ajoyib tantana ,niyatlar darchasidan sizga yo'llaymiz salom.

2-boshlovchi:Farzandlar oqil-dono ,otalar ulug' bo'lar ,kasbli korli qizlari ,onalar ko'hli bo'lar.

Istiqlol yuz ochgan yurt tonglari qutlug' bo'lar ,niyatlar darchasidan sizga yo'llaymiz salom.

1-boshlovchi:Keksalarni e'zozlash tanti el merosida ,kuzdan qo'l olib berar bahorlarni yoziga .

Alla aytar kelinchak bir sehr ovozida ,niyatlar darchasidan sizga yo'llaymiz salom.

2- boshlovchi:"Qarisi bor uyning parisi bor" degan naql bizni doim insonparvar g'oyalar sari yetklaydi.

Qaysi yurtda keksalarga hurmat -e'tibor yuqori bo'lsa ,o'sha mamlakatda taraqqiyot ,farovonlik bo'ladi.

1-boshlovchi:Bir so'z bilan aytganda ,nuroniylarimizga mehr -oqibat ko'rsatish ham ma'naviy hayotimiz va turmush tarzimizning ajralmas bir qismidir.

2-boshlovchi:2015-yil Prizedentimiz tomonidan "Keksalarni e'zozlash yili"deb e'lon qilindi.Shu munosabat bilan 6-"B" sinf o'quvchilari tomonidan tashkil etilgan "Keksasi bor uyning ziyosi bor" nomli tadbirga xush kelibsiz ,marxamat tomosha qiling.

Ashula: Sinfimiz o'quvchilari tomonidan ijro etiladi "O'zbek onasi" deb nomlanuvchi musiqiy chiqish.

She'riy chiqishlar: Sherbek:O'zbekiston -mardlar makoni ,olam aro tinchlik qo'rg'oni

bordur sizdek mardu maydoni,osudadir yeru osmoni

Sizga ta'zim sizga ehtirom ,ey tabarruk keksalar salom

Muxlisa: Siz duo qilsangiz bo'lgay ijobat ,Gullar izingizdan fayzu barokat

O'zingiz donishmand ,so'zingiz hikmat ,Davr keldi qaddingiz uring keksalar

Qarilik gashtini suring keksalar.

Otabek: Ona yurt faxrisiz,iftixorisiz ,Navqiron vatanning ulug'vorisiz

Bu yorug' olamning bunyodkorisiz,Zahmatlar huzurin ko'ring keksalar

Qarilik gashtini suring keksalar.

A.Zarnigor: Kecha bahor edi tashvishdan yiroq ,Yozu kuz ham o'tdi sel bo'lb biroq

Bugun dalangizga qor tushdi oppoq ,Ketmonni yoshlarga bering keksalar

Qarilik gashtini suring keksalar.

Firdavs: Dasturxonning to'ri yarashar sizga ,Choponlarning zo'ri yarashar sizga

Yarashar ajin ham sizga ,alqissa ,Choydan xo'plab suhbat quring keksalar ,qarilik gashtini suring keksalar.



U.Zarnigor:Biz kimmiz? Siz yoqqan ziyo erurmiz ,Oyog'imiz tolsa aso erurmiz

Neki buyursangiz rizo erurmiz ,Elda e'zoz topib yuring keksalar

Qarilik gashtini suring keksalar.



Iroda: Mayus ko'zlaringiz falsafasida ,Taqdir hikoyasin o'qiyman bot-bot

Bugun katta hayot arafasida ,har aytgan so'zingiz xotiramda yod.

Shohruz:Qat-qat kitoblardan izlab topmagan ,Asl haqiqatlar so'zingizda jo

Siz ahli fayzsiz siz nurli qadam ,Har bir duoingiz bo'ladi bajo.

1-boshlovchi:Voyaga yetmaganlar ,mehnatga layoqatsizlar va yolg'iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 45-modda.

2-boshlovchi:Voyaga yetgan ,mehnat layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar. O'zbekiston Respublikasi kostitutsiyasi 66-modda.

2-boshlovchi:Endigi novbat sahna ko'rinishiga, marxamat tomosha qiling

"Keksalarni e'zozlash yili"ga bagishlanadi. 1-sahna ko'rinishi.

Chol:Kampir nima qilib yuribsan Kampir:ey chol uy yumushlari bilan yuribmanda

Chol:Vaqt alla mahal bo'lib qoldi nabirang ko'rinmaydi Kampir:ha hozir kelib qolar

Nabira:Assalomu -alaykum bobojon,momojon eshitdingizmi xushxabarni bu yilni muxtaram prizedentimiz tomonidan "Keksalarni e'zozlash yili deb nomlanibdi.

Chol:Judayam yaxshi demak bu yil biz keksalarga katta e'tibor berilar ekanda bolam.

Kampir:Rahmat senga o'g'lim bu xushxabarni yetkazganing uchun

Nabira: Bobojon -momojon biz dadam -oyim bilan anchadan buyon sizlarni dam olishga biror -bir yaxshi oromgohga jo'natmoqchi edik ,kelinglar mana shu munosabat bilan bir-borib yaxhilab dam olib kelinglar ,mana yo'llanmalaringiz marhamat .

Chol:rahmat o'g'lim umringdan baraka top

Kampir:O'g'lim hammangiz sog' bo'linglar ,avvalo bizga mana shunday e'tibor bergan yurtboshimizga ham kattakon rahmat ,ko'rdingizmi bu mening tarbiyamni olgan

Chol:yo'q meni tarbiyamni olgan

Nabira:Axir aytishadiku "keksasi bor uyning ziyosi bor deb ,avvalo bizlarni mana shunday kunlarga yetkazgan sizlarga rahmat men ikkovlaringizni ham yaxshi ko'raman yuringlar ketdik bo'lmasa.



2-sahna ko'rinishi

Nabira:Assalom alaykum bobojon ertalabdan qayerga ketyapsiz ?

Bobo:bolam men bog'imizga chiqib kelaychi ,daraxtlardan xabar olib kelay bolam

Nabira:bobijon meni ham o'zingiz bilan olib keting ,sizga yordam beraman

Bobo:charchab qolmaysanmi bolam

Nabira:aslo yo'q ,bobojon sizga yordam berish ,o'gingizni yengil qilish mening burchimdir

Bobo:Ha buni qayerdan bila qolding ?



Nabira:Ustozimiz bizga keksalarga yordam beringlar ,duolarini olinglar hech qachon kam bo'lmaysizlar deydilar.

Chol:Shundaymi baraka top ustozlaringa ham rahmat qani yur bo'lmasa ketdik.

3-sahna ko'rinishi

Kampir: bozor juda uzoqda birorta taxi ham ko'rinmaydi

Shu payt ko'chada ikkita kattaroq maktab o'quvchilari va boshlang'ich sinf o'quvchisi borar edi.

Boshlang'ich sinf o'quvchisi:assalomu-alaykum buvijon

deb o'tib ketdi, shunda ikkala katta bola eshitib tezda aybini yuvmoqchi bo'ldi

Maktab yuqori sinf o'quvchilari: assalao -alaykum buvijon uzr biz sizni ko'rmay qolibmiz

Kampir:Bolalarim sizlarni tonimayroq turibman

O'quvchilar:buvijon biz 2-umum ta'lim maktabning 6-b sinf o'quvchilari biz ,buvijon bering yuklaringizni biz sizga yordam berib yuboramiz

Kampir:mayli bolarim rahmat sizlarga ustozlaringizga ham rahmat

O'quvchilar :o'rtoq yaxshi ish qildik ,ha endi doimo mana shunday ishlar qilamiz to'g;ri aytasan

Raqs qizlar ishtirokida :Dildora Niyozova qo'shig'i "Baxtli kunlar"

She'riy chiqishlar:Bibixonim:Keksalar qadriga yetib ,doim e'zoz aylangiz

Pandlarini o'rganib ,ham suhbatin soz aylangiz

Zubaydullo:aylagay pandu nasihat odamiylikdan mudom ,har birini do'st tutib hurmatli ustoz aylangiz

Luiza:Yuzlaridan nur yog'ilb ,sog' omon yursin ular ,bo'lmasin muhtoji hor ko'ngillarin yoz aylangiz

Behruz:Ko'rsangiz qayda ularni hurmat izzat etib ,o'g'irini yengil qilib tashvishlarin oz aylangiz

Aziza:Keksasi bor hovlidan fayzu barokat ketmagay ,shul sabab ularni dilda hamroz aylangiz

Shohruz:Xizmatida shay turib olqish bilan rahmat oling ,charchadim toldim demay ,boz ustiga soz aylangiz

Shaxnoza:Keksa rahmonni bilingiz ko'ngli yoshdir doimo she'rida gar yo'qdir xato nomin sarafroz aylangiz

1-boshlovchi:Bugungi kunda maktabimizda ko'plab keksa o'qituvchilarimiz ishlab kelmoqdalar ,ularga ehtirom ko'rsatish pandu nasihatlarini olish doimo xizmatlarida bo'lish biz yoshlarning burchimizdir.

Mana shunday munosabat bilan ularga atalgan sherlarimiz bor ,ularni hozir e'tiboringizga havola etamiz .

Bibixonim:Keksalarga bag'ishlangan ,sherlarimiz tinglangiz keksa ustoz bo'lib yurgan azizlarga bitgaymiz

Otabek:Fizikani sirlarin puxta o'rganib chiqqan, nomlari ham Bahodir yorqin yulduzlar boqqan

Zarnigor:Dilbar ustoz mehribon ko'zlarida quyosh bor,sonlar esa ularga ham do'stu hamda yor

Malika:Onatili ni tarannum etib ,maqsadlarga yetay deb yelgan ,Maqsuda ustoz o'zlari bilib osmondagi orzuga yetgan

Nozima:Matematik masala darslarida yechilar ismlari Zulxumor barcha o'quvchilar bilar

Jasmina:Chet tilini o'rgatib ,odamlarga tanilar Inobat ustozimiz buni ko'p yaxshi bilar

Marjona:Yoshlarga yo'lchi bo'lib to'g'ri yo'ni ko'rsatar Dilorom ustoz bilib barcha ishni bitirar

Shahrizoda:Rus tilini bilgin der Ustozimiz Rahima Men bergan ilmni bil Ustozimiz shunday der

Robiya:Bolalarni yoqtirar ustozimiz Manzura dunyo ilimin bilar sizlar bilinglar derlar

Behruz:Bolalarga talabchan qattiq qo'ldir ba'zida lekin qalblari toza ustozimiz Aziza

Shohruz:Ismlari o'zlariga juda mosdir ajoyib mukammaldir har doim Mukarram ustozimiz

Raqs: Xadichabonu Alisher Fayz ashulasi "Onam bordir mani"

She'riy chiqish: Robiya :Siz borsizki davralar obod ,siz borsizki el yashar ozod

siz borsizki ,dillar xushnud shod har qadamda yangilik bunyod sizga ta'zim sizga ehtirom ey tabarruk keksalar

Marjona:Dilimni yayratgan o'zing ,bulbuldek sayratgan o'zing Tilimni qayratgan o'zing

Keksalikning e'zozini hayrat ato etgan o'zing

Nozima:Keksaligim faxr shundan ,mazmun izlab har bir kundan ,baxtim kuylab hatto tunda

Dunyo tinglar ovozimni qudrat ato etgan o'zing

Shahrizoda:Farzandlaring baxti bordir ,kim intilsa tole yordur chalib mehnatning sozini ibrat ato etgan o'zing

Jasmina:Keksalik gashtin surib,tuprog'ingni jondan suyib e'zozingni dildan tuyib

shukronalik qilib sho'x-shon ,ardoqlayman seni Vatan !

1-boshlovchi:Endigi novbat handalarga 1-sahna ko'rinishi "Chol shifokor huzurida"

Chol:Salom duxtir bolam Shifokor :Assolomu-alaykum otaxon keling nima bezovta qilyapti sizni

Chol:Duxtir nuqul boshim va oyog'im og'riydi Shifokor:otaxon yoshiz nechada

Chol:80 dan oshdim bolam Shifokor:Endi otaxon sizning yoshingizda bunday holatlar bo'lib turadida,mana men 40 dan oshgan bo'lsam ham meni ham boshim oyog'im og'rib turadi shunda xotinimni chaqiraman boshim va oyog'imni bosib qo'yadi ko'rmaganday bo'lib ketaman

Chol:Bo'lmasa xotiningdan so'rachi qachon vaqti bor ekan meni ham boshim va oyog'imni bosib qo'ysin.

2-sahna ko'rinishi "Suhbat"

Jurnalist:Assomu-alaykum aziz tele tomoshabinlar bugun biz "Keksalarni e'zozlash yili "munosabati bilan Shomurod otaning xonadonidan ,otaxon aytingchi turmush qurganlaringizga necha yil bo'ldi

Chol:Biz turmush qurganimizga 60 yil bo'ldi bolam

Jurnalist:Aytingchi shu 60 yil davomida necha marta janjallashgan sizlar

Kampir:Umuman janjallashmaganmiz jurnalist:bo'lishi mumkin emas

Chol:Bolam agar janjalni hidi kelsa men tomga Kampir:men esa qo'shninikiga chiqib ketar edim

Jurnalist:Aytingchi shu 60-yil ichida necha marta tomga chiqib ketgansiz

Chol:Men hozir ham tomda yashayman bolam Jurnalist:nima

3-sahna ko'rinishi "Baraka"

O'gil:odamlar otangni baraka bor deyishadi barakangiz qayerda o'zi otajon

Chol:O'g'lim vaqti kelsa tushuntirib beraman sen borib ishlaringni qilaver

Komunalchilar:Otaxon uyda birov bormi chol:kiraveringlar kelinglar

Komunalchilar:Otaxon svetdan 100 ming qarzingiz bor ekan

Chol :adashayapsizlar meni qarzim yo'q hozir o'g'limni chaqiraman o'g'lim

O'g'il:labbay ota Chol:o'g'lim men senga plastikingdan 100 ming svet ga o'tkazib kel degandimmi

O'g'il: ha dadajon Chol:o'tkazdingmi O'g'il:esimdan chiqibdi otaShunda chol bir tarsaki tushurib debdi:Chol:axmoq bugun sening esingdan chiqsa ertaga bolangni esidan chiqsa bunda hammamizni sharmanda qilasanku

Yana bir tarsaki tushurib dedi: chol:Axir men senga shunday tarbiya berganmanmi deb turganda

Komunalchilar:yur ketdik bu yerdan

Chol: ha-ha -ha ko'rdingmi bolam barakayiz qayerda deysan meni barakam qo'llarimda bolam ,

bir shapalog'im 50 ming bo'lsa ,2-chisi 50 ming qoyilmisan

Sinf rahbar she'ri: Asl farzand bo'lay desangiz ,gulday unib o'say desangiz,duo olib to'lay desangiz

Ezgu ishlar qilay desangiz ,Har bir tongni savobdan boshlang ,keksalarni e'zozlab yashang

Assalomdan boshlang so'zingiz,yuzlariga bosib yuzingiz,poyiga nur bo'lsin ko'zingiz

Quvonch mehr berib o'zingiz ,Har bir tongni savobdan boshlang keksalarni e'zozlab yashang

Qachonlardir bizday edilar ,Elning yurtning g'amin yedilar ,Neki balo ko'krak kerdilar, yoshliklarin bizga berdilar !

Har bir tongni savobdan boshlang ,keksalarni e'zozlab yashang

Musiqiy chiqish : Muxlisa jonli ijro :"Baxtimga onam bo'lsa bas"

1-boshlovchi:Bugungi tadbirimiz ham o'z nihoyasiga yetay deb qoldi

2-boshlovchi:So'zimiz oxirida esa biz 6-B sinf o'quvchilari shunday demoqchimiz

1-boshlovchi:Shu Vatanga munosib avlod bo'lishga har bir keksayu yoshni hurmat qilishga qasamyod qilamiz qasamyod qilamiz ,qasamyod qilamiz

2-boshlovchi:O'quv jarayonida muntazam ishtirok etib ,maktabimiz uchun fan olimpiadalarida ,bilim lar bellashuvlarida ,sport musobaqalarida munosib o'rinlarni lishga ,ota-onamiz va ustozlarimizni doimo qo'llab quvvatlashga qasamyod qilamiz ,qasamyod qilamiz ,qasamyod qilamiz






Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!