СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Ona tili darslarida ta'lim tarbiya uyg'unligi

Категория: Литература

Нажмите, чтобы узнать подробности

This work for only mother tongue teachers at school 

Done by Aslonova Y

Просмотр содержимого документа
«Ona tili darslarida ta'lim tarbiya uyg'unligi»

ta’lim jarayoniga olib kirildi. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchisining aqlan rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati bo‘lib, o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, zarur xulosalarga kelishga, tahlil qilish va olingan bilimlarni amaliyotga qo‘llashga o‘rgatadi. O‘qituvchining asosiy vazifasi esa, o‘quvchilarga aniq yo‘nalish berish, to‘g‘ri xulosalarni aytishdan iborat. Interaktiv metodlar yana shunisi bilan ahamiyatliki, o‘qituvchi o‘quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina to‘g‘ri xulosani aytadi, natijada o‘quvchi o‘z xatosini tushunib, fikrlashdan to‘xtamaydi va ular o‘rtasidagi doimiy faollik ta’minlanadi. Ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar diqqati beqaror bo‘lib, 1-sinf o‘quvchisi uchun biroz muammolar yuzaga kelishiga olib keladi. Ana shu vaziyatda o‘quvchilar diqqatini jamlashda qiziqarli interaktiv metodlarning ahamiyati katta. O‘quvchilarga rasmli topshiriqlarni bajartirish, ularni fikrlashga, topqirlikka, ijodkorlikka undaydi hamda yozma va og‘zaki nutqini o‘stirib, lug‘at boyligini oshiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining topqirligini, harflarni eslab qolish qobiliyatini o‘stirishda quyidagi metodlar samarali natijalar beradi: “Kungaboqar” metodi. Kungaboqar rasmi o‘rtasida ova uunlilari, uning atrofida esa, undosh harflar yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar undosh va bitta unli harflarni qo‘shib, bir necha so‘zlar tuzishadi. O‘yin davomida o‘rtadagi unlilarni almashtirish ham mumkin. O‘quvchilar mustaqil ravishda daftarlariga tuzgan so‘zlarini yozadilar. Bu jarayonda hamma o‘quvchilar baravar ishtirok etishadi. O‘qituvchi esa mashg‘ulot davomida eng faol qatnashganlarni rag‘batlantirib, baholab boradi. Ushbu usuldan yozuv darslarida ham, alifbe darslarida ham foydalanishimiz mumkin. O‘quvchi qancha ko‘p harf o‘rgansa shu harflarni qo‘shib so‘z yasay oladi. Birinchi va ikkinchi kungaboqarda berilgan harflardan shunday so‘zlar yasashimiz mumkin. Masalan: olam, olcha, ota, osmon, usta, uka, uxla. Alifbe darsligi tugagandan so‘ng 1-sinf ona tili kitobida dastlab o‘quvchilarga “Tovush va harf” haqida ma’lumotlar beriladi. Mavzular sekin-asta murakkablashib boradi. Bu holat muayyan qiyinchilik tug‘dirib, biroz bo‘lsa-da o‘quvchilarning darsdan zerikishiga sabab bo‘ladi. Shunday holatlarda interaktiv metodlardan foydalanish samarali natija beradi. Yuqorida ko‘rsatilgan kungaboqar metodimiz ham bunga yaqqol misol bo‘ladi. “Tovush va harf” bo‘limining dastlabki mashqlari ham o‘quvchilarning og‘zaki nutqini shakllantirish uchun berilgan. Ushbu metod orqali darsni mustahkamlash mumkin. Bu usul ona tili darslarini qiziqarli tashkil etish, darslarda o‘quvchilarning toliqib qolishlarining oldini olish va qisqa vaqt davomida ko‘proq o‘quvchilarni baholashga xizmat qiladi.