СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до 08.07.2025

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Ona tili va adabiyot (Test)

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ona tili va adabiyot (Test)

Просмотр содержимого документа
«Ona tili va adabiyot (Test)»

ONA TILI VA ADABIYOTI FANIDAN TEST SAVOLLARI





1. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda harflar va tovushlar soni mutanosib emas?
A) Baland, past, sust.
B) Poyabzal, albom, me’mor.
C) Quyosh, yurt, yoshlik.
D) Qand, qashqa, kent.
E) D va C.

2. Qaysi qatorda undoshlarning bir tovush tarzida aytilishi ma’no o‘zgarishiga olib keladi?
A) Vassal, qassob.
B) Mashshoq, arra.
C) Hammol, qattiq.
D) Aqqa-baqqa, mashshoq.
E) Kalla, dalli.

3. “Axloq-odob saboqlari” birikmasidagi saboqlari nechanchi bo‘g‘iniga urg‘u tushadi?
A) Birinchi.
B) Ikkinchi.
C) Uchinchi.
D) To‘rtinchi.
E) C va D.

4. Kirish so‘z bilan ifodalangan gap bor qatorni toping.
A) Sobir, buyoqqa chiq, ammamlar keldilar.
B) Aslo qaynonangni aldama, qizim.
C) Men senga aytsam, bugun ketamiz.
D) Chamasi, bir soatlar bo‘ldi.
E) Kel, bolajonim, Sobir.

5. Qaysi gapda hol sifatdoshning bo‘lishsiz shakli bilan ifodalangan?
A) O‘yin-kulgi yarim kechagacha davom etmadi.
B) Saida orqasiga qaramay jo‘nab ketdi.
C) Odil uyalmaganidan qizarmadi ham.
D) Darsni tayyorlamagani uchun “2” oldi.
E) Go‘yo suv oqmayotganday tuyuldi.

6. Ikkita bir xil unli ketma-ket kelgan so‘zlar qatorini toping.
A) Manfaat, matbaa.
B) Tabiat, shariat.
C) Shuur, aurum.
D) Tabiiy, qanoat.
E) Badia, hikoya.

7. Yasama so‘zlar qaysi qatorda to‘liq berilgan?
A) Achchiq-chuchuk, to‘qson.
B) Qattiq, sakson.
C) Suvli, mayli.
D) Yasha, osha, qo‘lqop.
E) Suvdon, xumdon, qattiq, kaltakesak, to‘qson.

8. Quyidagi antonimik birikmalardan o‘zaro grammatik antonimiya hosil qilgan qatorni toping.
A) Do‘st – dushman.
B) Badavlat – kambag‘al.
C) Besabr – matonatli.
D) Achchiq – mazali.
E) Qoloq – a’lochi.

9. Qaysi qatorda shaxsi topilmas gap berilgan?
A) Oyni etak bilan yopib bo‘lmas. (maqol)
B) Majlisda tikka turishga to‘g‘ri keldi.
C) Baliqni pishirildi.
D) A va B.
E) B va C.

10. Murakkab ot-kesimli gap qaysi qatorda berilgan?
A) Mard maydonda bilinadi. (maqol)
B) U menga hijolatnamo qaradi.
C) Kollej 1 sentyabrga ochilishi kerak.
D) Qarorim qat’iy.
E) Hali hayotda ko‘p razilliklarni ko‘rganim yo‘q.

11. Grammatik ma’no yordamchi so‘z bilan ifodalangan gapni toping.
A) Sen bilan men ertaga kinoga boramiz.
B) Salim bilan telefon orqali gaplashdim.
C) Maktabga boramiz.
D) Keldik va ketamiz.
E) Uning gaplariga kim ham ishonardi.

12. Atov gapni aniqlang.
A) Bahorda hamma yoq ko‘m-ko‘k bo‘ladi.
B) Hirot shahri go‘zal.
C) Qish. Hamma yoq oppoq qor bilan burkangan.
D) Ha! Bu yerlar juda obod!
E) Gimnaziya – bilimlar tandiri. (D)

13. Otli birikmalar qatorini toping.
A) Nonushta tayyorlash; so‘m-kupondek qadrsiz. (D)
B) Kashtani tikib; kunlardan bir kun.
C) Ko‘kka boqib; jinsi shim; “Istiqbol” gimnaziyasi.
D) Sekin o‘qigan; Qays – Majnun; bukri tol.
E) Tandirday qizigan; bir tup ko‘chat.

14. Zira ko‘p yillik o‘simlik. U tik o‘sadi, yarmidan boshlab shoxlaydi. Zira iyunda gullaydi.
Matn qaysi uslubga xos?

A) Badiiy.
B) Ilmiy.
C) So‘zlashuv.
D) Rasmiy-idoraviy.
E) Publitsistik.

15. – Kirib tomosha qiling, o‘g‘lim. Uning ovozida allaqanday ichki iztirob, xazinlik bor edi.
Matn qaysi uslubga xos?

A) Badiiy.
B) So‘zlashuv.
C) Ilmiy.
D) Rasmiy-idoraviy.
E) Ommabop.

16. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang.
A) Goh Po‘latjon, goh men “dendi” o‘ynardik.
B) Ba’zida qo‘ylar ma’rar, ba’zida ularga qo‘zilar ham qo‘shilib qo‘yar, nimadandir bezovta bo‘lishayotganga o‘xshardi. (D)
C) Goh qilgan ishlaringni eslab, kuyinib ketasan, kishi.
D) Dam radiodan taralayotgan musiqa ovozi tutib ketar, dam samolyot shovqini kuy ohanglarini xuddi bahor yomg‘irlarining shiddatidek biroz o‘z domiga tortar ... yana kuy davom etardi. (D)
E) A, B, D

17. Berilgan ko‘chirma gapning o‘zlartirma gap shaklini aniqlang.
Noila bu kesatiq gapga chidamadi shekilli, Qosimbekka qarab: “Tfu!” deb yubordi. (D)

A) Noila bu kesatiq gapga chidamaganidan Qosimning betiga tupurib yubordi.
B) Noila: “Tfu!” dedi.
C) Noila: “Tfu!” deganini hamma eshitdi.
D) Noila: “Tfu!” deb yuborganini bilmay qoldi.
E) Noila Qosimning betiga tupurib yuborganini bilmay qoldi.

18. Undalmali gapni aniqlang.
A) Qizim bu yil maktabga bordi-da-a?
B) Afsuski bu noto‘g‘ri.
C) Sobir akang o‘qishga kirdimi?
D) Ehtiyot bo‘l, o‘g‘lim.
E) Afsus, endi iloji yo‘q, ming qilsang ham.

19. Ma’no ko‘chish (semantik usul) yo‘li bilan yangi so‘z hosil qilish usuli bilan yasalgan birikmalar qatorini toping.
A) Po‘lat sovut, oq olma.
B) Temir odam, oq yo‘l.
C) Kumush qoshiq, moviy osmon.
D) Moviy samo, oltin kosa.
E) Kumush qish, temir iroda.

20. Grammatik ma’no yordamchi so‘z bilan ifodalangan qatorni toping.
A) Baxt va boylik.
B) Sinf xonasiga kirish.
C) Maktabdan tashqari.
D) Ketmon bilan yer chopish.
E) Ertalab turish.






Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!