СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

O‘nli kasrlarni taqqoslash

Категория: Математика

Нажмите, чтобы узнать подробности

O‘nli kasrlarni taqqoslash    O‘nli kasrlarni taqqoslash

Просмотр содержимого документа
«O‘nli kasrlarni taqqoslash»



Matematika fanidan bir soatlik dars ishlanmasi.

Sana:

Sinf: 5-sinf

Fan: Matematika

  1. Darsning mavzusi: O‘nli kasrlarni taqqoslash

  2. Darsning maqsadlari:

a) Ta’limiy maqsadi:

O‘nli kasrlarni taqqoslash bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka hosil qilish

b) Tarbiyaviy maqsadi:

O‘quvchilarni ona Vatanimizga muhabbat va Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, komil insoniy fazilatlarini shakllashtirish, axloqiy, estetik iqtisodiy asosda tarbiyalash.

v) Rivojlantiruvchi maqsadi:

O‘quvchilarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, ularning erkin va mustaqil fikrlash malakasini, tafakkur, xotira mashqini rivojlantirish.

  1. Darsning tipi: Yangi bilim, malaka, ko‘nikmalar hosil qilish.

  2. Darsning metodi: og’zaki, , yozma, savol-javob. “Zinama-zina”, “Bilimingni sina” interfaol usullar Aqliy hujum, musoboqalarda, guruhlarda ishlash.

  3. Darsning jihozi: darslik , ko‘rgazmalar, testlar, tarqatma materiallar.

Foydalanilgan texnika vositalari: kompyuter, kodaskop.

Fanlararo bog’lanish: ona tili, tarix, iqtisodiyot, chet tili, ma’naviyat.

Darsning vaqt taqsimoti


Darsning zinalari. Dars bosqichlari

Vaqti.

I. zina:

Tashkiliy qism. Psixologik muhit yaratish

3 daqiqa.

II.zina:

O‘tilgan mavzularni takrorlash.

8 daqiqa.

III.zina:

O‘quvchilarni odobli, tarbiyali, komil inson qilib tarbiyalash.

4 daqiqa.

IV.zina:

Yangi mavzuni bayoni.

10 daqiqa.

V.zina:

Kimning fikri tez ? (Yangi mavuzuni mustahkamlash maqsadida sinf taxtasiga misollar yechish ) .

15 daqiqa.

VI.zina:

Durdona izlab… Misollar yechish orqali o‘quvchilarni kasb tanlashga o‘rgatish.

2 daqiqa.

VII.zina:

Darsni yakuni, uyga vazifa berish.

3 daqiqa.

Darsimizning birinchi zinasiga marhamat


I. Zina: Tashkiliy qism.


O‘quvchilar: Assalomu - alaykum hurmatli ustoz !

O‘qituvchi: Vaalaykum - assalom aziz o‘quvchilar. Darsimiz mehmonlari aziz ustozlar! o‘tiringlar. Bugun 5 - “B” sinfida o‘tiladigan ochiq namunaviy “Zinama - zina, - Bilimingni sina” deb nomlangan ochiq namunaviy darsimizga xush kelibsizlar!

O‘qituvchi: Darsimiz ?

O‘quvchilar: Matematika.

O‘qituvchi: Zamonlarning zamonida rivojlangan, yetilgan,

Bobolarning merosidan bizga taqdim etilgan.

Al - Xorazmiy, Beruniy, Ulug’beklar boyitgan,

Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan.

O‘quvchilar: Matematika fanlar ichra shoh,

Uning sirlaridan bo‘lingiz ogoh.

O‘qituvchi: Matematika fani nimani o‘rgatadi?

O‘quvchi: Matematika fani o‘quvchi tafakkurini rivojlantirib, aqlni peshlaydi va topqirlik xislatlarini rivojlantiradi.

O‘qituvchi: Darsimiz matematika ekan, keling matematika fanining hayotimizdagi o‘rni, rolini bilish uchun olimlarimizning fikrlariga quloq solsak.

O‘quvchi: Matematika sirlarini puxta bilib olgan odam,

Dunyoda eng baxtli odam hisoblanadi.

O‘quvchi: Kim matematika bilan yoshligidan shug’ullansa, o‘zida chinakamlilikni, tirishqoqlik bilan maqsadga erishishlikni tarbiyalaydi.

O‘quvchi: Matematika ma’naviy ulug’vorlikning keng dunyosidir.

O‘quvchi: Matematika aql gimnastikasidir.

O‘quvchi: Matematikaning o‘z tili mavjut - bu formulalaridir.

O‘qituvchi: Darhaqiqat, o‘quvchilar.

Matematikaning go‘zalligi ham shundaki,

Unda har bir fikr isbot qilishni talab qiladi.

O‘qituvchi; Endi shior tanlab olsak, zotan har bir Davlatning o‘z madhiyasi bo‘lgani kabi insonni ham maqsadi sari boshlovchi to‘siqlarni yengishga undovchi shiori, maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim. Shunday ekan

O‘qituvchi; Shiorimiz?

O‘quvchilar: Ilm ko‘p - u, hunar oz.

Keragin ol-u, toshga yoz.

O‘qituvchi; Maqsadimiz?

O‘quvchilar: Matematika fanini chuqur o‘rganish va uni yuksaltirish.

O‘qituvchi: Vazifamiz?

O‘quvchilar: Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish.

O‘qituvchi: Navbatchi-o‘quvchi qilingiz hisob,

Xonada necha o‘quvchi bor shu tob.

O‘quvchi: Men Naimova Shahnoza 5-“B” sinfda bugun navbatchiman. Bizning sinfimizda 29 nafar o‘quvchi bo‘lishi kerak. Bugun darsda 28 nafar o‘quvchi darsga atnashishga tayyor. Bir nafar o‘quvchi sababli darsga qatnashmayapdi.

Darsimizning birinchi zinasi yakunlandi. Marhamat, ikkinchi zinaga.

II. zina:

O‘qituvchi: O‘quvchilar, o‘tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishganmiz? Uyga vazifa nima edi ?

O‘quvchi: Biz o‘tgan matematika darsimizda o‘nli kasrlar mavzusiga doir misollar yechgan edik. Uyga vazifa: Misollar yechib kelish. №791 -792-793.

O‘qituvchi: Uy vazifasini nazorat qilib chiqadi. Aylanma daftarlar almashtirilganga qadar o‘qituvchi tomonidan uy vazafasi to‘g’risida hajviy she’r aytiladi. O‘quvchilarni kayfiyatini ko‘tarish maqsadida.

O‘qituvchi: O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun sinfni 3 guruhga bo‘lib har bir guruhga 4 ta dan savol kartchkalarini tarqatib mavzuni mustahkamlab olamiz.

1-guruh:Xorazmiy


1. O‘nli kasrga ta’rif bering?

2. Oddiy kasrning o‘nli kasrdan farqi nimada?

3. 1 litr necha dm3 ga teng ?

4.Agar bo‘lish qoldiqsiz bajarilsa,bo‘linma qanday son bo‘ladi?

2-guruh Beruniy

1. 3,14 o‘nli kasrni aralash kasr shakliga keltiring ?

2. 1 metr kilometrning qanday qismini tashkil qiladi ?

3. Agar o‘nli karning o‘ng tomoniga nollar yozilsa,qanday kasr hosil bo‘ladi?

4.O‘nli kasrning butun va kasr qismi nima bilan ajratiladi?


3-guruh : Ulug’bek

1.Qanday sonlarni o‘nli kasr ko‘rinishida yozing

2. 301 sm ni metrda ifodalang va o‘nli kasr ko‘rinishiga keltiring?

3. Agar o‘nli kasrning o‘ng tomonida turgan nolo lib tashlansa,kasr o‘zgaradimi?

4.Nurga ta’rif bering?

Darsimizning II- zinasi yakunlandi. Marhamat III – zinaga.


Marhamat III - zinaga. Yangi mavzuning bayoni.


Misol: Uzunligi 8 sm,yani 80 mm bolgan AB kesma berilgan bolsin.Bu kesma uzunligining har bir olchovini detsimetrlarda ifodalaylik.

1sm =  va 8sm = dm bo‘lgani uchun AB = 0.8 dm bo‘ladi.

1mm=  va 80 mm =   bo‘lgani uchun AB = 0.80 dm bo‘ladi.

Demak, AB =0.8dm =0.80dm .

Xulosa : 0.8 va 0.80 kasrlar bir-biriga teng. 0.8 =0.80

Agar o‘nli kasrning o‘ng tomonida turgan nol olib tashlansa yoki kasrning o‘ng tomoniga nollar yozilsa, berilgan kasrga teng kasr kasr hosil bo‘ladi.

Masalan,

0.43 = 0.430 = 0.4300 ⃓ 6.7 =6.70 = 6.700 ⃓ 18 = 18.0 = 18.000

1-misol. 4.54 va 6.9 o‘nli kasrlarni o‘zaro taqqoslaylik.

Oldin ularning verguldan keying o‘nli raqamlari sonini tenglashtiramiz.Buning uchun 6.9 kasr o‘ng tomoniga bitta nol yozamiz : 4.54 va 6.90 kasrlarni hosil qilamiz. Ularni noto‘g’ri kasr ko‘rinishida ifodalaymiz;

4.54 =   =   ; ⃓ 6.90 =   = 

Bu kasrlarning maxrajlari bir xil.

Demak, ulardan qaysi birining surati kata bo‘lsa, shu kasr kata bo‘ladi:

454

Demak, 4.54

Ikkita o‘nli kasrni o‘zaro taqqoslash uchun;


° oldin ulardan birining o‘ng tomoniga nollar yozib, ularning verguldan keyingiraqamlari soni tenglashtiriladi;


° so‘ng vergullar tashlab yuboriladi va hosil bo‘lgan natural sonlar o‘zaro taqqoslanadi.


2-misol. 23.54 va 16.9 sonlarini taqqoslaylik.

  1. Sonlarning verguldan keying raqamlari sonini tenglashtiramiz; 23.54 va 16.90 ;

  2. Vergullarni tashlab yuboramiz va sonlarni taqqoslaymiz: 2354 1690;

Demak, 23.54 16.9 .


Darsmizning III – zinasi yakunlandi. Marhamat, IV – zinaga.


IV zina: Kimning fikri tez ?

-Endi darsliklarni ochamiz, kimning fikri tezligini tekshirib ko‘ramiz.Darsliklarni toza va ozoda tutinglar, chunki kitob insonning do‘sti bo‘lib, hayotni tushinishga, unga yaqin yordamchidir.

Har bir guruhdan o‘quvchilar chiqib, sinf taxtasida misol yechadilar.

798-misol Shunday o‘nli kasrni topingki, u;

  1. 0.95 ga teng va verguldan keyin 4 ta raqami bor bo‘lsin;

Yechish: 0,95 = 0,9500

  1. 195 ga teng va verguldan keyin 3 ta raqami bor bo‘lsin;

Yechish: 195 =195,000

  1. 6,300000 ga teng va verguldan keyin 3 ta raqami bor bo‘lsin;

Yechish: 6,300000 =6,300.


799-misol Har bir qatordagi o‘zaro teng sonlarni toping:

  1. 0,8 0,08 0,80 0,008 0,8000 0,0008

Yechish: 0,8 =0,80 =0,8000

800-misol Sonlarni taqqoslang.

  1. 85,09 va 67,99 y: 85,09 67,99

  2. 55,7 va 55,7000 y: 55,7 = 55,7000

  3. 0,908 va 0,918 y: 0,908

  4. 7,6431 va 7,6429 y: 7,6431 7,6429

801-misol

  1. 3,456 ; 3,465 ; 8, 149 ;0,453 ; 0,4532 sonlarini o‘sib borish tartibida

Y: 0,4532

  1. 0,456 ; 0,065 ; 0, 009 ;0,079 ; 0,0093 ; 0,0502 kamayib boorish tartibida joylashtiring.

Y: 0,4560,0790,0650,05020,00930,009

802 – 803 va 804 –misollar ishlanadi.



Darsmizning IV – zinasi yakunlandi. Marhamat, V – zinaga.


V zina: Sahna ko‘rinishida misolni yechish.

Har bir guruhdan 2 kishidan chiqib berilgan sonlarni sonlar nuriga o‘zaro kelishgan holda joylashadi va o‘quvchilar baho berishadi.

1 - guruh A(1,3) va B(1,8)

A(1,3) - men B(1,8) ga nisbatan chapda turaman.

B(1,8) – men A(1,3) ga nisbatan o‘ngda turaman.

2 - guruh C(0,33) va D(0,37)

C(0,33) -men D(0,37) ga nisbatan chapda turaman.

D(0,37) - men C(0,33) ga nisbatan o‘ngda turaman.


3 - guruh E(5,5) va F(5,45)

E(5,5) - men F(5,45) ga nisbatan chapda turaman.

F(5,45) - men E(5,5) ga nisbatan o‘ngda turaman.

Darsmizning V – zinasi yakunlandi. Marhamat, VI – zinaga.


VI –Zina : Durdona izlab…

Aziz o‘quvchilar, yangi mavzuni mustahkamlash qismiga o‘tamiz. Sizlarga hozir tarqatmalar va kartatekalar beriladi.

Tarqatmalarga og’zaki javob berib kartatekalarni yechasiz. Shunda tarqatmalar orqasiga raqamlar bo‘yicha yashirilgan ajoyib durdona hosil bo‘ladi.

Tarqatmalarga javob berilgach, “Odobli bola elga manzur” maqoli chiqadi.

Odobli bo‘lish, tarbiyali bo‘lish komil inson bo‘lib yetishimizda eng asosiy o‘rin tutadi. Chunki, tarbiyali, odobli

bola ilm cho‘qqilarini hech qiyinchiliklarsiz zabt etib, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan inson bo‘lib kamol topadi. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “Bizga bitiruvchilar emas, balki maktab ta’lim tarbiyasini olgan yoshlar kerak”

Darsmizning VI – zinasi yakunlandi. Marhamat, VII – zinaga.








VII zina: Darsni yakunlash.

Har bir narsani oxiri bo‘lgani kabi darsimiz ham yakunlandi. Guruhlarning ballarini jamlaymiz. G’olib guruhni tabriklaymiz faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholaymiz.

- Mana, aziz o‘quvchilar, zinama-zina bilimlaringizni sinadingizlar. Hozir rag’bat va jarima kartochkalarini hisoblab guruhlarni natijalarini e’lon qilamiz. Eng ko‘p rag’bat yiqqan guruhni g’olib deb e’lon qilamiz. Guruhlardagi aktiv qatnashgan o‘quvchilarni quyidagi naminatsiyalar orqali taqdirlaymiz. Darsda eng ko‘p qatnashgan o‘quvchilarni doskaga chiqarib baholaymiz.

“Eng a’lochi o‘quvchi”, “Eng zukko o‘quvchi”, “Eng topqir o‘quvchi”, “Eng dono o‘quvchi”, “Eng bilag’on o‘quvchi” deb o‘quvchilar taqdirlaymiz. Bugungi darsimizning g’olibi “Milliy bank” guruhi.Darsni yakunlar ekanmiz, aziz o‘quvchilar sizga shuni takidlab o‘tmoqchiman. To‘rt narsa ko‘ngildagi orzularni ro‘yobga chiqaradi.

  1. G’ayrat 3. Matonat

  2. Shijoat 4. Hurmat

O‘qishda doimo matonatli bo‘lishni, to‘rt narsa odamga roxat baxsh etadi:


  1. Shirin so‘z 3. Halol mehnat

  2. Samimiy do‘st 4. To‘g’rilik


Hayotda halol mehnat qilib to‘g’ri yashashigizni tilayman. Doimo sog’ – salomat bo‘linglar.

Ilm noma’lumdan ma’lum topadi deganlaridek, ilmu – ma’rifat hamrohingiz bo‘lsin.

O‘quvchilar: Berdingiz bizga ta’lim,

Rahmat sizga muallim.


Uyga vazifa. 810-811 - misol




Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. B.Q Haydarov ‘’Matematika’’ 5-sinf

2. M.Ahmedov,M.A.Mirzaahmedov ‘’Matematika’’

3. S.Z.Daminov, R.N.Daminova 5-sinf uchun matematikadan didaktik materiallar.

7