СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Определить ускорение свободного падения с помощью математического маятника.

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Определить ускорение свободного падения с помощью математического маятника.

Просмотр содержимого документа
«Определить ускорение свободного падения с помощью математического маятника.»

MAVZU: 2-Laboratoriya ishi. Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash.

Laboratoriya mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti-2 soat

O’quvchilar soni-30 nafar;

Mashg’ulot shakli

Амалий-Laboratoriya mashg’uloti

Mashg’ulot tuzilishi

  1. Mavzuga kirish.

  2. Tayanch bilimlarni faollashtirish.

3. Ishni bajarish uchun tayyorlash.

4. Guruhlarda laboratoriya ishini bajarishni tashkillashtirish.

5. Guruhlarda ish faoliyatini boshqarish.

6. Hulosa va hisobot tayyorlash

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Matematik mayatnikdan foydalanib, erkin tushish tezlanishini anqlash bo’yicha amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:

  • Matematik mayatnik yordamida

erkin tushish tezlanishini aniqlash bo’yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkillashtirish;

  • Tebranma harakatning asoslarini

ochib berish;

  • Matematik mayatnik va uning

qismlarini ko’rsatadi;

  • Matematik mayatnik yordamida

erkin tushish tezlanishini aniqlashni o’rgatish;

  • Erkin tushish terzlanishing son

qiymatini o’zgarmas ekanligini ko’rsatish;

  • Matematik mayatnik yordamida

erkin tushish tezlanishini aniqlash mumkinligini isbotlash.

O’quv faoliyatini natijalari:

  • Matematik mayatnik yordamida

erkin tushish tezlanishini aniqlash bo’yicha bajariladigan ishlar mohiyatini biladilar;

  • Tebranma harakatning asoslarini

tushuntiradilar;

  • Matematik mayatnik va uning

qismlarini biladilar;

  • Matematik mayatnik yordamida

erkin tushish tezlanishini aniqlaydilar;

  • Erkin tushish tezlanishi son

qiymatining o’zgarmas ekanligini isbotlaydilar;

  • Matematik mayatnik yordamida

erkin tushish tezlanishini aniqlash bo’yicha hisobot tayyorlaydilar.

O’qitish metodlari

Laboratoriya metodi, yo’riqnoma, tushuntirish, namoyish, ko’rsatish.

O’qitish vositalari

Laboratoriya jihozlari: Matematik mayatnik, o’lchov lentasi, vaqt o’lchagich; doska, slaydlar, ish varaqasi, yo’riqnoma varag’i.

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

Ommaviy, guruhli.

O’qitish shart-sharoitlari

Fizika fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga moslashgan o’quv xonasi.

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki nazorat: Savol-javob

Yozma nazorat: Hisobot.


Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash” mavzusudagi laboratoriya mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish

(10 daqiqa)

1.1 Mashg’uotning mavzusi va maqsadi bilan tanishtiradi. Erkin tushish tezlanishing son qiymatini amalda aniqlash mumkinligini aytadi. (1-Ilova)

1.2. Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi. (2-Ilova)

1.3. Guruh o’quvchilarini 4 ta kichik guruhga bo’lib joylashtiradi.

1.4 Kichik guruhlarda ishlash qoidasini eslatadi. (3-Ilova) Mashg’ulot shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi;

Tinglaydilar;



Aniqlashtiradilar;

Savollar beradilar;

Joylarini egallaydilar;

Diqqat qiladilar;

2-bosqich

Asosiy

(60 daqiqa)

2.1 O’quvchilrning mashg’ulotga tayyorgarligini va tayanch bilimlarini nazorat savollari orqali tekshiradi; (4-Ilova) Savollarni guruhlar ketma-ketligi bo’yicha o’qiydi, o’quvchilar javoblarini qabul qiladi, sharxlaydi, hulosa qiladi.

2.2. Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlashda, ishni bajarish uchun yo’riqnoma beradi, laboratoriya ishi qurilmasi bilan tanishtiradi, laboratoriya ishi bo’yich natija olish va hisobot tayyorlashni tushuntiradi.

2.3. Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha guruhli faoliyatni tashkillashtiradi, “Ishni bajarish tartibi” yo’riqnomasi (5-Ilova) bo’yicha laboratoriya ishini bajarishini aytadi. O’quv topshirig’ini tarqatadi. (6-Ilova) Guruhlarda laboratoriya ishini bajarilish jarayonini nazorat qiladi.

2.4. Laboratoriya ishi natijalarini rasmiylashtirish bo’yicha o’quvchilar faoliyatini tashkillashtiradi;

2.5. Guruhli ish natijalarining tanlangan taqdimotini tashkillashtiradi;

Savollarga javob beradilar;

Tinglaydilar;



Diqqat qiladilar, savollar beradilar;



Laboaratoriya ishini bajaradilar;

Hisoblaydilar, yozadilar;


Natijalarni solishtiradilar, yozadilar;

Taqdimot qiladilar;

3-Bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

3.1 Olingan natijalarni umumlashtiradi, laboratoriya mashg’ulotining natijalarini izohlab beradi, maqsadga erishganlik darajasini aniqlaydi, yakun yasaydi;

3.2 Baholash mezonlari asosida o’quvchilarni baholaydi;

3.3 Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi.

Vazifa: Bajarilgan laboratoriya ishi bo’yicha hisobot yozish; Bajariladigan 3-laboratoriya ishining yo’riqnomasini daftarga qayd etish.

Tinglaydilar, yozadilar;


Savollar beradilar;

Tinglaydilar,

Vazifani yozadilar;

1-Ilova

Mavzu: Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash









Ishning maqsadi:

Erkin tushish tezlanishini matematik mayatnik yordamida aniqlash usulini o‘rganish.













2-Ilova

Baholash mezoni

Baho

Tajriba va o’lchash ishlari tegishli ketma-ketlikda texnika xavfsizligiga rioya qilib bajarilsa, kerakli jihozlardan mustaqil foydalana olsa, tajriba natijalarining absolyut va nisbiy xatoliklarini to’g’ri hisoblay olsa va jadval asosida hulosani to’g’ri chiqargan bo’lsa, og’zaki hisobot topshirsa yoki taqdimotda ishtirok etsa.





5

Tajriba va o’lchash ishlari tegishli ketma-ketlikda texnika xavfsizligiga rioya qilib bajarilsa, kerakli jihozlardan mustaqil foydalana olsa, laboratoriya ishining natijasi to’g’ri hisoblansa, jadval asosida hulosa to’g’ri chiqarilgan bo’lib, og’zaki hisobot yoki taqdimotda ishtirok etmasa.





4

Tajriba va o’lchash ishlari tegishli ketma-ketlikda texnika xavfsizligiga rioya qilib bajarilsa, kerakli jihozlardan mustaqil foydalana olsa, laboratoriya ishining natijasini hisoblashda kamchiliklarga yo’l qo’ysa, hulosa to’g’ri chiqarilmagan bo’sa.



3

Laboratoriya ishini o’tksazish uchun kerakli jihozlarni tanlab, tajribani bajarishda xatolikka yo’l qo’ysa, tajribani o’tkaza olmasa.

2










3-Ilova

“Guruhlarda ishlash qoidasi” 2-Mavzu, 2-Ilovada mavjud.

4-Ilova

Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash bo’yicha tayanch bilimlarini tekshirish uchun nazorat savollari:

1-Guruh savollari:

Bajariladigan laboratoriya ishining mavzusi, maqsadi va kerakli jihozlarning nomlarini ayting. Mavzu bo’yicha texnika xavfsizligi qoidalarini ketma-ketlikda tushuntiring.



2-Guruh savollari:

Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash bo’yicha muhim bo’lgan nazariy asoslari nimalardan iborat?



3-Guruh savollari:

Ishni bajarish tartibi qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?



4-Guruh savollari:

Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlashda natijaga erishish uchun qaysi hisoblash formulalaridan foydalaniladi?



5-Ilova

Ishni bajarish bo’yicha yo’riqnoma



  1. Ipni imkoni boricha uzunroq holatda mahkamlab, uning uzunligi o‘lchanadi. Olingan natija yoziladi. l1=…m.

  2. Laboratoriya universal ta’minlash manbayiga lahza o‘lchagich ulanadi.

  3. Laboratoriya universal ta’minlash manbayi tok tarmog‘iga ulanadi va uni ish holatiga keltiriladi.

  4. Lahza o‘lchagich ko‘rsatkichi nol holatiga keltiriladi.

  5. Sharchani muvozanat vaziyatidan uncha katta bo‘lmagan burchakka og‘dirib, u harakatga keltiriladi. Shu onda lahza o‘lchagich ishga tushiriladi.

  6. Matematik mayatnikning tebranishlar soni sanaladi. Mayatnik N1 = 30 marta tebranganda lahza o‘lchagich to‘xtatiladi.

7.Lahza o‘lchagichning ko‘rsatishi qayd etiladi va jadvalga yoziladi.t1 =…s.

8. T=t/N ifodaga ko‘ra l1 uzunlikdagi mayatnikning tebranish davri T1 = s…

hisoblanadi.

9. ifodaga ko‘ra erkin tushish tezlanishi hisoblanadi. g = … m/s2.

10.Mayatnik ipining uzunligini o‘zgartirmasdan tebranishlar soni N2 = 40 ta

va N3 = 50 ta hollari uchin tajriba yuqoridagidek takrorlanadi.

11.Olingan natijalar asosida mayatnik tebranish davri va erkin tushish

tezlanishining qiymatlari aniqlanaib yoziladi .

12.Mayatnik uzunligini o‘zgartirib, tajriba yuqorida ko‘rsatilgan tartibda

takrorlanadi.

13.Erkin tushish tezlanishining tajribalarda olingan qiymatlarining o‘rtachasi

hisoblanadi.

14. Olingan natijalar jadvalga qayd etiladi.


6-Ilova

Guruhlar uchun o’quv topshirig’i


O’quv topshirig’i

1-Topshiriq mazmuni: Matematik mayatnikning ishlash prinsipini o’rganing.

2-Topshiriq mazmuni: Matematik mayatnikni ish holatiga tayyorlang.

3-Topshiriq mazmuni: Yo’riqnoma asosida ishni bajaring. Olingan natijalarni

“Ishchi daftarga” yozing.

4-Topshiriq mazmuni: Olingan natijalar asosida ma’lumotlarni 1-jadvalga

kiriting.

Eslatma: Matematik mayatnikni laboratoriya ishlari qo’llanmasidan foydalanib,

qurilma tuzilishi bilan solishtiring. 11-betga qarang.







6.1-Ilova

1-jadval

l

m

N

t

s

T

s

g

m/s2

m/s2

m/s2

m/s2


30









40






50