| MAVZU: Yer sun’iy yo’ldoshlarining orbita elementlari. Oyga uchish trayektoriyalari. Oyga qo’nish. Oraliq nazorat ishi |
| Nazariy va amaliy-sinov mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi |
| Mashg’ulot vaqti-2 soat | O’quvchilar soni-30-32 nafar |
| Mashg’ulot shakli | Nazariy-yangi bilimlarni o’zlashtirish; Amaliy-o’tilgan mavzularni takrorlash |
| Mashg’ulot rejasi | Yer sun’iy yo’ldoshlarining orbita elementlari. Orbital monyovrlar. Oyga uchish trayektoriyalari. Oyga qo’nish. Planetalarga uchish trayektoriyalari |
| O’quv mashg’ulotining maqsadi: Yer sun’iy yo’ldoshlarining orbita elementlari. Oyga uchish trayektoriyalari. Oyga qo’nish haqida bilim va malakalarni shakllantirish; O’quvchilarning egallagan bilim va malakalarini tekshirish; |
| Pedagogik vazifalar: Yer sun’iy yo’ldoshlarining orbita elementlari haqida tushuncha berish; Orbital monyovrlarni tushuntirish; Oyga uchish trayektoriyalarini yoritish; O’quvchilar bilimini “oraliq nazoart” ishi asosida tekshirish; Planetalarga uchish trayektoriyalarini ochib brish; Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish. | O’quv faoliyatini natijalari: Mavzuni maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rnini yoritib beradi; Orbital monyovrlar haqida ma’lumotlarga ega bo’ladilar; Oyga uchish trayektoriyalarini yorita oladilar; Bilimini baholaydilar; Planetalarga uchish trayektoriyalarini ochib beradilar; Mavzu bo’yicha hulosa chiqaradilar;. |
| O’qitish usullari | Tushuntirish, yo’riqnoma berish, namoyish; ko’rsatish, mashq; |
| O’qitish vositalari | Ma’ruzalar matni, ish varaqasi, nazorat varag’i |
| O’qitish shakli | Frontal |
| O’qitish shart-sharoitlari | Texnik vositalardan foydalanishga mo’ljallangan auditoriya; |
| Qaytar aloqaning usul va vositalari | Og’zaki so’rov: tezkor so’rov Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida test savollari, nazorat ishi. |
“Yer sun’iy yo’ldoshlarining orbita elementlari. Oyga uchish trayektoriyalari. Oyga qo’nish” mavzusidagi nazariy va amaliy-sinov mashg’ulotining texnologik xaritasi
| Faoliyat bosqichlari | Faoliyat mazmuni |
| O’qituvchi | O’quvchi |
| 1-bosqich O’quv mashg’ulotiga kirish (5 minut) | 1.1 Mavzuning nomini, maqsadini, e’lon qiladi. (1-Ilova) 1.2 Oraliq nazorat ishining maqsadi xaqida eslatadi; 1.3 Oraliq nazorat ishini baholash mezonlari bilan tanishtiradi. (1-Mavzu, 2-Ilova) 1.4 Mashg’ulot shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi; | Tinglaydilar; Yozadilar; Aniqlashtiradilar; Savollar beradi; |
| 2-bosqich Asosiy (65 minut) | 2.1 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida (2-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Mavzuning har bir qismi bo’yicha hulosalar qiladi; eng asosiylariga e’tibor qaratadi; berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. 2.2 Oraliq nazorat ishi uchun test topshiriqlarini va nazorat ishi uchun tutgan daftarlarini tarqatadi; (3-Ilova) Variantlarni tartibli ravishda tarqatilishini ta’minlaydi, o’quvchilarning ish faoliyatini nazorat qiladi; 2.3 Nazorat ishini bajarish muddati tugagach nazorat ishi daftarlarini va topshiriq variantlarini yig’ib oladi; | Tinglaydilar, yozadilar; savollar beradilar; Test topshiriqlarini ishlaydilar; |
| 3-Bosqich Yakuniy (10 minut) | 3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi. 3.3 Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi. Vazifa: Tovush to’lqinlari va ul’tratovushlarning tibbiyotda qo’llanilishi bo’yicha ma’lumotlar to’plab kelish; | Tinglaydilar; Vazifani yozadilar; |
1-Ilova
Mavzu: Yer sun’iy yo’ldoshlarining orbita elementlari. Oyga uchish trayektoriyalari. Oyga qo’nish.
Rеja:
Reja:
Yer sun’iy yo’ldoshlarining orbita elementlari.
Orbital monyovrlar.
Oyga uchish trayektoriyalari.
Oyga qo’nish.
Planetalarga uchish trayektoriyalari
Tayanch tushunchalar:
Orbita elementlari, qutbiy yo’ldosh, ekvatorial yo’ldosh, to’g’ri yo’ldosh, teskari yo’ldosh, orbital monyovrlar, Gomon orbitalari bo’ylab planetalarga uchish.
MASHG’ULOT SHIORI:
Boshqalardagi kamchilkni ko’rib, o’zini tuzatgan odam saodatlidir! (Hadisdan)

2-Ilova
1-Slayd
Yer atrofi fazosida harakatlanayotgan SY ning Yer ekvatori tekisligiga nisbatan holatini va uning harakati bilan bog'liq kattaliklarni o'zida aks ettiruvchi parametrlar uning orbita elementlari deyiladi.
2-Slayd
SY ning harakat yo'li, Yer aylanish yo'nalishiga mos kelsa — to'g'ri yo’ldosh, aksincha bo'lganda esa teskari yo 'Idosh deb yuritiladi (i 90° — yo'ldoshlar teskari harakatlanadi); ha — SY apogeyning balandligi; hp — perigeyning balandligi;
T — SY ning Yer atrofida aylanish davri;
Ko'tarilish tuguni
a — SY orbitasining katta yarim o'qi;
e — orbita eksenlrisiteti;
a —ko'tarilish tugunining, Yer ekvatori tekisligi bo'ylab, bahorgi tengkunli (¡) nuqtasidan yoy uzoqligi. Orbita elementlari ma'lum bo'lganda, aniq berilgan vaqt uchun SY ning osmondagi o'rni (koordinatalari) oson topiladi.
SY orbita tekisligini o'zgartirish
3-Slayd
KA larni Oyga uchirishning trayektoriyalari ko'p xil bo'lib, biz bular ichida eng soddasi - Oy orbita tekisligida yotuvchi trayektoriya bilan tanishamiz. Shuningdek, bu masalani yana ham soddalashtirish uchun Oyning Yer atrofidagi orbitasini - radiusi 384400 km li aylanma orbitadan iborat deb qaraymiz (aslida u ellips bo'lib, apogeyida Oy Yerdan bu masofadan 21 ming km nari ketib, perigeyida 21 ming km yaqin keladi).
4-Slayd
KA ni planetalarga uchirish trayektoriyalarining hisob-kitobi murakkab bo'lib, agar planetalar Quyosh atrofida ma'lum bir tekislikda aylanma orbitalar bo'ylab harakatlanadi deb qaralsa, masalaning yechimi ancha yengillashadi. Masalan bu xilda soddalashtirish bilan juda katta xatoga yo'l qo'yilmaydi, chunki planetalar orbitalarining ko'rinishi, haqiqatda ham aylanaga yaqin bo'lib, ularning orbita tekisiikiarning Yer orbitasi tekisligiga og'maligining qiymati juda kichik miqdorni tashkil qiladi.
5-Slayd
I-VARIANT (Astronomiya O.N)
1. Quyidagi qaysi ketma-ketlikda zodiak yulduz turkumlarining nomi to’g’ri keltirilgan?
A) Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadiy, Dalv, Hut B) Hamal, Savr, Javzo, Asad, Saraton, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadiy
C) Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Jadiy, Qavs, Dalv, Hut D) Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Dalv
2. Osmon sferasi nima uchun ko’k rangda bo’lib ko’rinadi?
A. Yorug’likning yutilishi natijasida B. Yorug’likning qaytishi natijasida
C.Yorug’likning sochilishi natijasida D. Yorug’likning qutblanishi natijasida
3..........deb, radiusi ixtiyoriy qilib olingan va markazi kuzatuvchining ko’zi turgan nuqtada yotgan shunday sferaga aytiladiki, bu sferada ma’lum vaqtda yulduzlar osmonda qanday ko’rinsa, shundayligicha proyeksiyalangan bo’ladi. Nuqtalar o’rniga mosini tanlang.
A) Osmon meridiani B) Osmon sferasi C) Ekliptika D) Matematik gorizont
4. Yer o’qi davomlarining osmon sferasi bilan kesishgan nuqtalari qanday nomlanadi?
A) Olam qutblari B) Osmon meridiani C) Og’ish aylanalari D) Zenit
5. Quyosh kuzgi tengkunlik nuqtasida qachon bo’ladi?
A) 23 Sentyabr B) 22 Sentyabr C) 21 Sentyabr D) 19 Sentyabr
6. Yoritkichlarning sutkalik ko’rinma harakati paytida osmon meridianini kesib o’tish xodisasi qanday nomlanadi?
A) Ekliptika B) Olam o’qi C) Kul’minatsiya D) Osmon meridiani
7. Zenitga yaqin kul’minatsiya qanday nomlanadi?
A) Yuqori kul’minatsiya B) Quyi kul’minatsiya C) Bunday holat bo’lmaydi D) Kuzgi ten kunlik
8. Griogorian kalendari kimning nomiga qo’yilgan?
A) Moskva hokimi B) Rim imperatori C) Rus omperatori D)Rim papasi
9. Grigorian kalendari bilan haqiqiy Quyosh yili orasidagi farq necha sekund?
A) 660 B) 24 C) 25 D) 26
10. Griogrian kalanedarida 1-yanvar Yangi yil sifatida qachon kiritilgan?
A) 1700 B) 1342 C) 1400 D) 1582
11. Grigorian kalendaridagi qaysi oylarning nomi rim afsonalaridagi xudolar nomi bilan yuritiladi?
A) yanvar, fevral, mart, aprel, may B) yanvar, fevral, avgust, aprel, may C) yanvar, fevral, mart, iyun, may D) yanvar, fevral, mart, may, iyun
12. Oy-hijriy kalendarida kalendar yili necha sutkaga teng?
A) 365 B) 366 C) 353 D) 354
13. Sinodik Oyning davomiyligi necha sutkaga teng?
A) 27,3 B) 29,50 C) 30 D) 29,53
14. Grigorian kalendari bilan Oy-hijriy kalendari orasidagi bir yillik farq necha yilda keladi?
A) 33 B) 34 C) 35 D) 36
15. Quyosh-hijriy kalendari bilan haqiqiy quyosh yili orasidagi farq necha sekund?
A) 19 B) 20,5 C) 20 D) 19,5
16. Eramizning II asrida qaysi astronom tomonidan Olam tuzilishining Geotsentrik sistemasi maydonga tashlandi?
A) Nikolay Kopernik B) Klavdiy Ptolomey C) Kepler D) Galileyo Galiley
17. Quyoshning diametri Yerning diametridan necha marta katta?
A) 330 B) 9 C) 99,9 D) 109
18. Har bir planeta Quyosh atrofida ellips bo’ylab aylanadi va mazkur ellipsning fokuslaridan birida Quyosh yotadi. Ushbu ta’rif qaysi qonuni ifodalaydi?
A) Keplerning I-qonuni B) Keplerning II-qonuni C) Keplerning III-qonuni
D) Butun olam tortishish qonuni
19. Oy Yerning atrofida aylanayotib, ba’zan Quyoshni bizdan to’sib o’tadi. Bunday hol nima deyiladi?
A) Sinodik davr B) Siderik davr C) Oy tutilishi D) Quyosh tutilishi
20. Kosmonavtika so’zining ma’nosini ayting?
A) kosmosda kema boshqarish B) kosmik fazoda uchish
C) kosmik fazoni aylanish D) kosmik fazoda sayr etish
21. Birinchi sun’iy yo’ldosh qachon uchirildi?
A) 4-oktabr 1957-yil B) 4-oktabr 1937-yil
C) 4-oktabr 1917-yil D) 4-oktabr 1987-yil
22. Quyidagi kuchlardan qaysi biri uchish paytida kosmik apparat (KA) ga ta’sir etadi?
A) butun olam tortish kuchi B) aerodinamik kuch
C) elektr va magnit kuchlari D)barcha kuchlar ta’sir etadi.
23. Kosmik apparatning markaziy jism (Yer) ga eng yaqin nuqtasi qanday nomlanadi?
A) perisentr B) aposentr C) apogey D) perigey
24. Kosmik apparatning birinchi kosmik tezlikda harakat orbitasi qanday shaklda bo’ladi?
A) ellips B) aylana C) parabola D) giperbola
25. Kosmik apparatning ikkinchi kosmik tezlikda harakat orbitasi qanday shaklda bo’ladi?
A) ellips B) aylana C) parabola D) giperbola
II-VARIANT (Astronomiya O.N)
1. Osmon sferasi nechta yulduz turkumiga bo’lingan?
A) 85 B) 86 C) 87 D) 88
2. Osmonning biror bir chegara ichidagi butun sohasiga ... deb aytiladi.
A) Yulduz to’dasi B) Yulduz sinfi C) Yulduz guruhi D) Yulduz turkumi
3. Zodiak yulduz turkumlarining soni nechta?
A)12 ta B) 47 ta C) 88 ta D) 41 ta
4. Osmonda ko’rinadigan eng yorug’ yulduzning nomini ayting
A) Vega B) Sirius C) Oreon D) Altair
5. Gorizontdan yuqorida qurollanmagan ko’z bilan nechta yulduzni ko’rish mumkin?
A) 6000 B) 5000 C) 4000 D) 3000
6. Oyning to’la tutilishi necha minut davom etadi?
A) 100 B) 90 C) 80 D) 70
7. Quyoshning to’la tutilishi necha sekund davom etadi?
A) 440 B) 450 C) 460 D) 470
8. Bir yil davomida Oyning to’la tutilishi necha marta aniq kuzatiladi?
A) 4 B) 3 C) 2 D) 1
9. Birinchi kalendar muallifi kim?
A) Sezar B) Sozigen C) Hayyom D) Malikshoh
10.Yil fasllarining almashinish davri-tropik yil necha sutkaga teng?
A) 29.53 sutka B) 365,2422 C) 366 sutka D) 366 sutka 5 soat
11. Oy-hijriy kalendarida kalendar yili necha sutkaga teng?
A) 365 B) 366 C) 353 D) 354
12. Ellipsning har bir nuqtasidan fokuslar deyiladigan ikki nuqtasigacha bo’lgan masofalar yig’indisiga nima deb aytiladi?
A) Ellipsning katta yarim o’qi B) Ellipsning katta o’qi
C) Ellipsning kichik yarim o’qi D) Ellipsning kichik o’qi
13. Eksentrisitet deb … bo’lgan masofaning katta yarim o’qqa nisbatiga aytiladi.
A) ellips o’qigacha B) ellips kichik o’qigacha
C) ellips aylanasigacha D) ellips markazidan fokusigacha
14. Oyning Yerga eng yaqinlashish nuqtasiga nima deb aytiladi?
A) Perigey B) Afeliy C) Perigeliy D) Apogey
15. Oyning Yerdan eng uzoqlashish nuqtasiga nima deb aytiladi?
A) Perigey B) Afeliy C) Perigeliy D) Apogey
16. Yerda birinchi kosmik tezlik nechaga teng?
A) 1,68 km/sek B) 2,375 km/sek C)7,9 km/sek D) 11,2 km/sek
17. Yerda ikkinchi kosmik tezlik nechaga teng?
A) 1,68 km/sek B) 2,375 km/sek C) 7,9 km/sek D) 11,2 km/sek
18. Quyoshning massasi Yerning massasidan necha marta katta?
A) 333 B) 3330 C) 33300 D)333000
19. Quyoshning o’lchami Yerning o’lchamidan necha marta katta?
A) 106 B) 107 C) 108 D) 109
20 XVI asrda qaysi astronom tomonidan Olam tuzilishining Geoliotsentriknazariyasi yaratildi?
A) Nikolay Kopernik B) Klavdiy Ptolomey C) Kepler D) Galileyo Galiley
21. Zenit nuqtasi osmonda qayerda yotadi?
A) Kuzatuvchining bosh tomoni yo’nalishidagisi B) Bosh tomon yo’nalishiga diametral qarama-qarshi C) Olamning shimoliy qutbida D) Olamning janubiy qutbida
22. Zenit va Nadir nuqtalaridan o’tuvchi katta aylana qanday nomlanadi?
A) Matematik gorizont B) Olam qutblari C) Osmon meridiani D) Ekliptika
23. Kosmonavtika so’zining ma’nosini ayting?
A) kosmosda kema boshqarish B) kosmik fazoda uchish
C) kosmik fazoni aylanish D) kosmik fazoda sayr etish
24. Birinchi sun’iy yo’ldosh qachon uchirildi?
A) 4-oktabr 1957-yil B) 4-oktabr 1937-yil
C) 4-oktabr 1917-yil D) 4-oktabr 1987-yil
25. Quyidagi kuchlardan qaysi biri uchish paytida kosmik apparat (KA) ga ta’sir etadi?
A) butun olam tortish kuchi B) aerodinamik kuch
C) elektr va magnit kuchlari D)barcha kuchlar ta’sir etadi.
I-Variant Javoblar kaliti (Astronomiya I-O.N)
| Savol | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 |
| Javob | A | C | B | A | A | C | A | D | D | A | C | D | B |
| Savol | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | |
| Javob | A | D | B | C | A | D | A | A | D | A | A | C | |
II-Variant Javoblar kaliti (Astronomiya O.N)
| Savol | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 |
| Javob | D | D | A | B | A | A | C | C | B | B | D | B | D |
| Savol | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | |
| Javob | A | D | C | D | D | D | A | A | C | A | A | D | |