O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
KATTAQO’RG’ON SHAHAR XALQ TA’LIMI BO’LIMI
Fan: Dasturlash
Mavzu: PASKAL TILIDA MATEMATIK IFODA VA O’ZGARUVCHILARNI
T
AVSIFLASH
FAN: DASTURLASH
MAVZU: PASKAL TILIDA MATEMATIK IFODA VA O’ZGARUVCHILARNI
TAVSIFLASH
BAJARDI: Kattaqo’rg’on shahar 2-maktab o’qituvchisi
Rustamov Sanjar Dilmurodovich
O’quv mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi modeli
Mavzu: Paskal tilida matematik ifoda va o’zgaruvchilarni tavsiflash
O’quv predmetining nomi: Dasturlash
Darsturi: Amaliy
Dars ko’rinishi: Aqliy hujum
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 minut
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy: Matematik ifodani Paskal tilida yozish haqida tushuncha bilim berish.
b) tarbiyaviy:O’quvchilarga dasurlash faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda kasblariga bo’lgan aloqadorlikni ko’rsatish.
v) rivojlantiruvchi: Matematik ifodalarni Paskal tilida ifodalashni o’rganish va ushbu
amallarni bajarish bo’yicha ko’nikma hosil qilish.
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
Ta’lim metodlari, texnikasi: Suhbat, Bahs munozara
Baholash mezonlari: 2 balldan 5 ballgacha
Axborot manbalari vatexnik vositalar: Ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, proyektor, kompyuter.
Dolzarblashtirish
a) tayanch tushuncha va hatti-harakat usullari: Klaster.
b)Mustaqilish: matematik ifodalarni pascal tilida yozish.
II. Yangi tushuncha va hatti-harakat usullarini shakllantirish
a) shakllantiriladigan tushunchalar va hatti-harakat usullari: Matematik ifodalarni Paskal tilida ifodalashni o’rganish
b)Asosiy va ikkinchi darajali muammolar: dastur tuzilishi va o’zgaruvchilarni tavsiflash.
III. Qo’llash yoki mustahkamlash bosqichi
a) mustaqilish turi: Ven diagrammasi, Savollar
b) Predmetlararo bog’lanish: Matematika, Informatika
Uyga vazifa: Kvadrat, bo’lish, kvadrat ildiz, ko’paytirish va qo’shish amallar yozib kelish
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/r | Mashg’ulot bosqichlari | Ajra-tilgan vaqt | Mashg’ulot mazmuni | Ta’lim metodlari vashakllari | Ta’lim vositalari |
1. | Tashkiliy qism | 5 | O’qituvchi sinfga kirib o’quvchilar bilan salomlashadi. Navbatchidan davomatni so’raydi. O’quvchilardan yangiliklar so’raladi. Fanning maqsad va vazifalari so’raladi. | Bahs munozara | OAV, jurnal, kitob |
2. | Dolzarb-lashtirish (Motivasiya) | 10 | O’qituvchi guruhga ven diagrammasi usulini tushuntiradi, savollar yo’llaydi. O’quvchilar tezkorlik bilan javob beradilar. O’qituvchi o’quvchilarning javoblarini tinglaydi. Xato va kamchiliklarini tuzatadi va to’ldiradi, o’quvchilar baholanadi. | Blits savollar | Savollar |
3. | Yangi tushuncha va hatti-harakat usullarini shakllantirish | 20 | O’qituvchi mavzuni ravon, qisqa va lo’nda, tushunarli qilib tushuntiradi. Proyektor orqali slaydlarni ko’rsatadi va jurnal dasliklardan foydalanilganini aytadi. Kerakli joylarini yozdiradi. | Namoyish klaster | Doska, plakat, daftar, proyektor |
4. | Mustahkamlashyoki qo’llash | 5 | O’quvchilarga blits so’rov qoidasi tushuntiriladi. Javoblar to’ldirib bo’lingach izohlanadi xato va kamchiliklar tuzatiladi. | Blits savollar | Savollar, rasm |
5. | Yakuniyqism | 5 | O’qituvchi darsni xulosalaydi, qatnashgan o’quvchilarni baholab yakun yasaydi. | Bahs munozara | Darslik, jurnal, doska, daftar |
Algoritm tushunchasi.
Kundalik hayotda, ko’pincha, oldindan ko’zda tutilgan amallar qatori ko’rsatilgan turli ko’rsatmalarni uchratishga to’g’ri keladi. Ularni ketma-ket bajarib, kutilgan natijaga erishish mumkin. Ko’rsatmalar ketma-ketligi matematik masalalarni echganda ham tuziladi. Masala mazmuni turli sohalarga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar ularni echishning umumiy tomonlari bor – echish jarayonlari qisqa ko’rsatmalar ketma-ketligi orqali tasvirlanadi. Bu ketma-ketliklar masalani echish algortmini tashkil qiladi. Ko’rsatilgan amallarni bajara borib, talab etilgan natijaga erishish mumkin.
Berilgan ma’lumotlarni qo’llab, talab etilgan natija hosil bo’lishini ta’minlovchi aniq, bir ma’noli ko’rsatmalar ketma-ketligiga algoritm aytiladi. Masalalarni echishda ishtirok etuvchi barcha kattaliklar berilgan ma’lumotlar, algoritmning bajarilishidan oldin ma’lum bo’lgan ma’lumotlar dastlabki ma’lumotlar, masala echimining natijasi – bu so’nggi hosil bo’luvchi ma’lumotlar deyiladi.
Algoritmlarni turlicha yozish mumkin. Algoritmni ifodalash shakli, tarkibi va amallar miqdori mazkur algoritmning ijrochisi kim bo’lishiga bog’liq. Agar masala kompyuterda echilsa, masalani echish algoritm mashinaga tushunarli shaklda, ya’ni dastur ko’rinishida yozilishi kerak.
Paskal dasturlash tili bilan tanishish
Paskal tili shvesariyalik olim Niklas Virt tomonidan, talabalarga dasturlashni o’rgatish vositasi sifatida, 1969 yilda o’ylab topilgan edi. Til mashhur fransuz matematigi va faylasufi Blez Paskal (1623-1662) sharafiga qo’yilgan.
Dastlab Paskal tili universitetlarda keng tarqaldi, ma’lum bir vaqtdan keyin har xil tipdagi EHM larda Paskal tili uchun o’nlab translyatorlar ishlab chiqildi. 1981 yilda Paskal tilining xalqaro standarti taklif etildi.
Paskalning 4.0 versiyasidayoq foydalanuvchilar o’z qo’l ostilariga, tizimdan chiqmasdan turib katta dasturlar tuzish va yaxshilash imkoniyatlari bo’lgan, qulay tizimga (dasturlar ishlab chiqishning integrir muhiti) ega edilar. 5.5 versiyasining paydo bo’lishi bilan Turbo Paskalda ob’ektli dasturlash imkoniyati ham paydo bo’ldi. 6.0 versiyasida dastur matnlariga assemblerda yozilgan bo’laklarni kiritish mumkin bo’ldi. Bundan tashqari integrir muhit bir qancha o’zgardi. Bu versiyaga, shuningdek, boshlang’ich matnlar paketi (Turbo Vision) taklif etildi. Undan foydalanish natijasida tashqi jihatdan Borland firmasining dasturlar ishlab chiqarish integrir muhitiga o’xshash mulokot tizimlarini tez yaratish mumkin bo’lib koldi.
IBM RS tipidagi shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan Borland firmasining dialekti – Turbo Paskal dasturlash tizimi hozirgi kunga kelib eng keng tarqalgan dasturlash tizimlaridan biriga aylandi. Bunga, bir tomondan, Paskal dasturlash tili asosining soddaligi sabab bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, tilni mukammallashtirishga ko’p kuch sarflagan, Turbo Paskalning yaratuvchisi Anders Xeylsberg rahbarligidagi Borland xodimlarining mehnati va talanti sabab bo’ldi. Til murakkab bo’lmagan hisoblash masalalarini echishga mo’ljallangan oddiy dasturlar tuzishdan tortib ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi murakkab relyacion tizimlarni ishlab chiqarishgacha bo’lgan har qanday masalani hal qiladigan qudratli zamonaviy professional dasturlash tizimiga aylandi.
Windowsning va Windows muhitida dasturlar ishlab chiqish uchun Borland Pascal with Objects va Delphi instrumental vositalarining paydo bo’lishi yana bir marta Turbo Paskalning bitmas-tuganmas imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatdi:
Borland Pascal ham, Delphida ishlatiluvchi Objects Pascal ham Turbo Paskalga asoslanishadi va uning g’oyalarini rivojlantirishadi
Windows boshqaruvida ishlovchi kompilyator versiyalari (BPW.EXE).
Kompilyator versiyalari:
a) ishlab chiqishning integral muhitida (IM) ishlovchi kompilyator versiyasi (VRW.EXE)
b) kompilyatorning paketli versiyasi (mavjud emas).
Kompilyatorning operacion ishchi muhiti: Windows.
Kompilyator chiqish kodi bilan quvvatlanuvchi operacion muhitlar:
a) processor real rejimidagi MS-DOS;
b) processor himoya rejimidagi MS-DOS;
v) Windows.
Chiqish fayllari tiplari: *.EXE, *.TPU, *.TPP, *.PPW, *.DLL
Asosiy modullar – kutubxonasi fayllari: *.TPW *.TPL
Menyu satrida alohida vazifalariga ega bulgan ushbu bo’limlar mavjud.
File, Edit, Search, Run, Comple, Debug , Options, Windows, Help.
Har bo’lim o’z bandlariga ega bo’lib , ularning ichida belgi bilan tugaganlari alohida muloqat darchalariga ega bo’ladilar
Paskal dasturlash tilining umumiy ko’rinishi quyidagicha: Har bo’lim o’z bandiga ega bo’lib, ularning ichida ... belgilar bilan tugaganlari alohida muloqat darchasiga ega bo’ladilar.
Turbo Paskal dasturlash tilining menyu qatoridagi bo’limlari quyidagi amallarni bajaradi.
File -bo’limi quyidagi amallarni bajaradi.
-Yangi dastur matnini kiritish uchun oyna ochiladi.
-Xotiradagi Paskal fayllarini ekranga chikarish.
-Dasturni xotiraga kiritadi;
-Dasturni biror nom ostida xotiraga kiritadi;
-Barcha fayllarni xotiraga kiritadi;
-Yangi katalog xosil kiladi;
-Dastur matnini chop etadi;
-Kompьyuter imkoniyatlaridan foydalanish darajasi xakida ma’lumot beradi;
-Dasturdan vaktincha chikib turish imkonini beradi;
-NC ga chikiladi;
Edit -bo’limi quyidagi amallarni bajaradi.
-Belgilangan bulakni buferda saklanishi;
Belgilangan bulakni olib tashlash;
Xotiraga belgilangan bulakning nusxasini utkazish;
Belgilangan bulakni nusxasini dasturda xosil kilish;
Almashish buferi mazmunini kurish;
Saxifani tozalash;
Search-bo’limi quyidagi amallarni bajaradi.
-Dasturda belgi va suzni axtarish;
-Topilgan belgini uzgartirish;
-Amalni yangidan bajarish;
-Rakami kursatilgan katorga utish;
-Kichik dasturni axtarish;
-Xisoblash xatoliklarini aniklash.
ini uzgartirish;
Run-bo’limida tahrir qilingan dasturni hisobga o’tkazish bandlari joylashgan.
-dasturni xisobga utkazish;
-Tahrir qilishni to’xtatish;
-Kursor turgan joygacha hisoblash;
-Hisoblash algoritmini ko’rish;
-Satrlab hisoblash;
-Dastur parametrlarni aniqlash;
Trace unto bandi dasturini belgilangan algoritm bo’yicha qadamlab hisolaydi , natijada mavjud kamchiliklarni aniqlash osonlashadi.
Step over yuqoridagi bandga o’xshash vazifani amalga oshirsa-da , hisoblash davomida protseduralarning ichiga kirmasdan o’tib ketadi.
Compile-bo’limi quyidagi amallarni bajaradi
Debug-bo’limda 4 ta band bo’lib , ularning har biri dastur
hisoblashda yuzaga keluvchi xatoliklarni aniklashni osonlashtirish vazifani bajaradi.
-O’zgaruvchi qiymatlarini baholash;
-To’xtash joyi va qiymatni ko’rish;
-To’xtash satrini tanlash;
-To’xtash nuqtasi amallari;
Evaluate| module... bandi dastur hisoblashda orliq o’zgaruvchilar qabul qilgan qiymatlarni korish uchun mo’jallangan bo’lib , murojat etilganda ekranda muloqat darchasi hosil bo’ladi.
Tools-bo’limi quyidagi amallarni bajaradi.
Optios-bo’lim Turbo –Paskal muhiti ayrim xossalarini boshqarish uchun mo’jallangan»:
-Komplyator
-Xotira hajmi;
-Moslajtiruvchi (kompanovhik);
-Jadvallar;
-Faoliyat sharti;
-Opciyalarni diskka yozish;
-Opciyalarni diskdan o’qish;
Windows-bo’limi quyidagi amallarni bajaradi.
Help-bo’limi quyidagi amallarni bajaradi.
T
exnologik xaritaga ilovalar
Matematik ifodani Paskal tilida yozish uchun: 1) Matematik ifodadagi amallar aniqlanadi: kvadrat, bo’lish, kvadrat ildiz, ko’paytirish va qo’shish amallari mavjud. Bu amallarning yozilish jadvalga quyidagicha keltirilgan. Matematik ifoda Paskal tilida yozilishi
Jadval dan foydalanib, ifoda quyidagicha yoziladi.
((1001•SQR(x))/y)+SQRT(SQR(s)•((2•6)+(6•x)))
Paskal tilining alfaviti, dastur tuzilishi va o’zgaruvchilarni tavsiflash.
Paskal tilining alfaviti, dastur tuzilishi va o’zgaruvchilarni tavsiflashni o’rganish, foydalanish va ushbu amallarni bajarish bo’yicha ko’nikma hosil qilish.
Tanlab olingan masalani algoritm asosida kompyuterda yechimini olish uchun har qanday algoritmik tilning o’z alfaviti, buyruqlar majmuasi va maxsus dasturlar jamlangan kutubxonasi, yordamchi dasturlar (protseduralar), yordam sistemasi bo’lishi shart. Turbo paskal tili alfaviti uch qismga bo’linadi
– lotin alfavitining katta va kichik harflari va bo’sh (‘space’ tugmasi) joyni aniqlovchi belgi.
0
dan 9 gacha bo’lgan arab raqamlari. (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9)
– Maxsus belgilar.
Maxsus belgilar ham o’z navbatida uch turga bo’linadi:
1) + (qo’shish), – (ayirish), • (ko’paytirish), / (bo’lish) arifmetik amallari.
2) Solishtirish amallari.
3) Tinish yoki ajratish belgilari:
Topshiriqlar:
a
daasas
Topshiriqni bajarish namunasi:
Topshiriq: y = ex-6 ni x=8, da qiymatini hisoblovchi Paskal tilidagi dasturni tuzing.
1) Matematik ifodani Paskal tilida ifodalanadi: EXP(x–6).
2) O’zgaruvchilar vao’zgaruvchilar tipini aniqlanadi: x,y–o’zgaruvchi, x ning tipi – butub son (integer),
y natijaning tipi – haqiqiy (real)
Paskal tilida dastur (x=8 hol):
Var x:integer;
y:real;
begin
x:=8;
y:=exp(x–6);
write(‘y’, y);
readln;
end.
Paskal tilida dastur(umumiy hol):
Var
x:integer;
y:real;
begin
read(x);
y:=exp(x–6) ;
write(‘y’, y);
end.
Dasturni kiritib bo’lgach Run (F9) tugmasini bosing va X qiymatini kiriting enter tugmasini bosing
Ko’rib turganigizdek y ning qiymati hosila bo’ldi.
Test savollari
1. Turbo-Paskalning ishchi dasturini ko’rsating.
A. Turbo.doc B. Turbo.hlp V. Turbo.exe G. Turbo.tpu
2. Turbo-Paskal muhitida tasvir hosil qilish uchun zarur modul ko’rsating.
A. Turbo.tpu B. Ega.bgi V. Turbo.ppt G. Turbo.som
3. Kompyuter xotirasidan fayllarni saklash ko’rsating.
A. Open B. New V. Save G. Save as
4. Sin2x ni Paskal tilidagi to’g’ri yozuvni ko’rsating.
A. Sin(x2) B. Sin(x*x) V. Sin(Cos(x)) G. Sin(2*x)
5. O’zlashtirish operatori yozuvi qaerda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. z:= i+2 B. x =2*pi+r V. y:= x*b(2) G. z:= expx)
6.Uch va undan ortiq shartlar asosida ishlashga to’g’ri kelganda foydalaniladigan operatorlarni ko’rsating.
A. While B. Writeln V. Case G. Const
7. Takrorlanish jarayonlarini dasturlash operatorini aniqlang.
A. While b do c B. Case V. if While G. for
8. Ko’p o’lchovli massivda dasturda qanday tavsiflanadi?
A. if then B. if dim V. Of array G. hammasi to’g’ri
9. Javobdan fayl oxirini aniqlash funkciyasini toping.
A. Close B. Eof V. Rewrite G. Assign
10. Matinni uzunligini aniqlaydigan operatorni ko’rsating.
A. Length B. copy V. Right G. index
11. Ekranni tozalaydigan va kursorni ekranning chap yuqori burchagiga joylashtiriladigan operatorni aniqlang.
A. Write B. gotoxy (x,y) V. Clrscr G. sound
12. Paskalda ekranda grafik rejimda o’tkazish qaysi funktsiyadan foydaliniladi?
A. getpixel(x;y) B. setcolor(n) V. initgraph(gd, gm, path) G. circle
13. Turbo paskalda Run bo’limidagi qanday bandlar jamlangan?
A. Dasturni hisobga o’tkazish bandlari
B. Dasturda xatoliklarni aniqlash bandi
V. Dasturdan chiqish bandi
G. Belgi va so’zlarni axtarish vazifalarini
14. Yangi o’zgaruvchilarning turini muomalaga kiritish buyrug’ini ko’rsating
a. Cosnt b. Tupe v. Uses g. To’g’ri javob yo’q
15. Turbo-Paskal muhitida yordam uchun mo’ljallangan bo’limni nomini ko’rsating.
A. Turbo.doc B. Turbo.hlp V. Turbo.exe G. Turbo.tpu
16. Turbo-Paskal muhitida dasturlarni komplaciya kilish uchun qaysi tugmalar bosiladi.
A. Ctrl+del B. Ctrl+F9 V. Ctrl+F8 G. Alt+F5
17. Kompyuter xotirasidan yangi fayl yaratish uchun mo’ljallangan bo’limni nomini ko’rsating.
A. Open B. New V. Save G. Save as
18. Cos2x ni Paskal tilidagi to’g’ri yozuvni ko’rsating.
A. Cos(x2) B. Cos(x*x) V. Sqr(Cos(x)) G. Sos((x)Sqr)
19. O’zlashtirish operatori yozuvi qaerda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. 3:= I+2 B. X: =2*pi+r V. y:= x*b(2) G. Z:= exp(x)
20. shartli sikl operatorini ko’rsating.
A. While B. Writeln V. Case G. Const
Nazorat savollari:
Algoritm nima?
EHM processori va xotirasi qanday funkciyalarni bajaradi, ularning ishlash tamoyili?
Dasturlash tillari qanday tillar?
Quyi va yuqori saviyadagi tillar o’rtasida qanday farq bor?
Paskal tili qanday dunyoga kelgan?
Mashina kodi deb nimaga aytiladi?
Nega bevosita mashina kodida dastur tuzish maqsadga muvofiq emas?
Translyator (inpretatorlar) nima va ular qanday vazifani bajaradi?
Jamlovchi muhit deganda nima tushuniladi?
Turbo Paskal dasturlash tizimi qanday qismlardan iborat?
Borland Pascal with Objects 7.0 dastur yaratish muhiti tarkibi nimalardan iborat?
Kompilyatorning qanday versiyalari Borland Pascal with Objects 7.0 paketi tarkibiga kiradi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. B. B. Mo`minov, X. U. Xayatov PASKAL TILIDA DASTURLASH amaliy va laboratoriya ishlari to`plami. Buxoro 2007.
2. SH.I.Razzoqov, M.D.Yunusova TURBO PASCAL algoritmik tilida dasturlash
Buxoro 2011y.
3. T.U.O‘TAPOV, G‘.R.YODGOROV Informatika va axborot texnologiyalari Navoiy 2010y.