O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
KATTAQO’RG’ON SHAHAR XALQ TA’LIMI BO’LIMI
2-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Fan: Informatika
Mavzu: PASKALNING GRAFIK IMKONIYATI. TASVIRLI MATNLAR BILAN ISHLASH
MAVZU: PASKALNING GRAFIK IMKONIYATI. TASVIRLI MATNLAR BILAN ISHLASH
BAJARDI: Kattaqo’rg’on 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Rustamov Sanjar Dilmurodovich
O’quv mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi modeli
Mavzu: Paskalning grafik imkoniyati. Tasvirli matnlar bilan ishlash.
O’quv predmetining nomi: Dasturlash
Darsturi: Amaliy
Dars ko’rinishi: Aqliy hujum
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 minut
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy: Paskalning grafik imkoniyati haqida tushuncha bilim berish.
b) tarbiyaviy:O’quvchilarga dasurlash faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda kasblariga bo’lgan aloqadorlikni ko’rsatish.
v) rivojlantiruvchi: Paskalning grafik imkoniyati ifodalashni o’rganish va ushbu
amallarni bajarish bo’yicha ko’nikma hosil qilish.
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
Ta’lim metodlari, texnikasi: Suhbat, Bahs munozara
Baholash mezonlari: 2 balldan 5 ballgacha
Axborot manbalari vatexnik vositalar: Ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, proyektor, kompyuter.
Dolzarblashtirish
a) tayanch tushuncha va hatti-harakat usullari: Klaster.
b)Mustaqilish: bir necha ranglar bilan pascal tilida yozish.
II. Yangi tushuncha va hatti-harakat usullarini shakllantirish
a) shakllantiriladigan tushunchalar va hatti-harakat usullari: Paskalning grafik imkoniyati b)Asosiy va ikkinchi darajali muammolar: dastur tuzilishi va o’zgaruvchilarni tavsiflash.
III. Qo’llash yoki mustahkamlash bosqichi
a) mustaqilish turi: Ven diagrammasi, Savollar
b) Predmetlararo bog’lanish: Matematika, Informatika
Uyga vazifa: SHAKLLAR CHIZISH.
T/r | Mashg’ulot bosqichlari | Ajra-tilgan vaqt | Mashg’ulot mazmuni | Ta’lim metodlari vashakllari | Ta’lim vositalari |
1. | Tashkiliy qism | 5 | O’qituvchi sinfga kirib o’quvchilar bilan salomlashadi. Navbatchidan davomatni so’raydi. O’quvchilardan yangiliklar so’raladi. Fanning maqsad va vazifalari so’raladi. | Bahs munozara | OAV, jurnal, kitob |
2. | Dolzarb-lashtirish (Motivasiya) | 10 | O’qituvchi guruhga ven diagrammasi usulini tushuntiradi, savollar yo’llaydi. O’quvchilar tezkorlik bilan javob beradilar. O’qituvchi o’quvchilarning javoblarini tinglaydi. Xato va kamchiliklarini tuzatadi va to’ldiradi, o’quvchilar baholanadi. | Blits savollar | Savollar |
3. | Yangi tushuncha va hatti-harakat usullarini shakllantirish | 20 | O’qituvchi mavzuni ravon, qisqa va lo’nda, tushunarli qilib tushuntiradi. Proyektor orqali slaydlarni ko’rsatadi va jurnal dasliklardan foydalanilganini aytadi. Kerakli joylarini yozdiradi. | Namoyish klaster | Doska, plakat, daftar, proyektor |
4. | Mustahkamlash yoki qo’llash | 5 | O’quvchilarga blits so’rov qoidasi tushuntiriladi. Javoblar to’ldirib bo’lingach izohlanadi xato va kamchiliklar tuzatiladi. | Blits savollar | Savollar, rasm |
5. | Yakuniy qism | 5 | O’qituvchi darsni xulosalaydi, qatnashgan o’quvchilarni baholab yakun yasaydi. | Bahs munozara | Darslik, jurnal, doska, daftar |
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu:Paskalning grafik imkoniyati. Tasvirli matnlar bilan ishlash.
Maqsad: Paskal tilida Paskalning grafik imkoniyatini, Tasvirli matnlar bilan
ishlashni yozilishi va ularning qo’llanishini o’rganish, ushbu amallarni bajarish
bo’yicha ko’nikma hosil qilish.
Nazariy material:
Kompyuter ekranida matn holatida 80 ta belgili 25 ta qator joylashadi. Qaralayotgan
rejimda har xil menyular hosil qilish va dinamik bilan ishlash uchun Turbo paskal
kutubxonasidagi moduliga tegishli funksiya va protseduralardan foydalanish
maqsadga muvofiq bo’ladi:
Clrscr – Ekranni tozalaydi va kursorni ekranning yuqori chap burchagiga
joylashtiradi. Masalan,
USES crt;
begin
clrscr;
write(‘toza ekran’);
end.
Textcolor(color) – Matnning rangini aniqlaydi. Turbo paskalda ranglar
raqamlar va ranglarning inglizcha nomi bilan beriladi. Hammasi bo’lib 16 xil rangni
tanlash imkoniyati bor. Quyidagi dastur yordamida ranglarni bilish mumkin.
Dastur:
uses crt;
var
i:integer;
begin
clrscr;
i:=0 to 15 do
begin
textcolor(i);
writeln('Rang nomi');
end;
end.
Textbackground(color) – Ekranda hosil bo’luvchi rangni aniqiaydi.
Dastur:
uses crt;
begin
textbackground(15);
write('Turbo');
readln;
end.
Gotoxy(i,j) – Ekrandagi i qator va j ustundagi nuqtaga kursorni olib
kelibjoylashtiradi.
Dastur:
uses crt;
begin
gotoxy(25,25)
textbackground(15);
write('Turbo');
readln;
end.
Write(s) – Kursor turgan joydan boshlab matnni ekranga chiqaradi.
Insline – Kursor turgan qatorni belgilardan bo’shatadi.
Clreol – Kursor turgan qatorni o’chiradi.
Delay(n) – Dastur bajarilishini n millisekundda to’xtatib turadi.
Sound (m) – Dinamikni oldindan berilgan m chastotada ishlashini ta’minlaydi.
Window(xl,yl,x2,y2) – Kompyuter ekranida matn uchun oyna hosil qiladi. Bu
yerda xl, yl— oynaning yuqori chap burchagi koordinatalari, x2, y2— o’ng past
burchagi koordinatalari. Quyidagi dastur ekranda matn uchun oyna hosil qilish
usullaridan birini aniqlaydi.
TASVIRLARNI HOSIL QILISH (GRAPH MODULI).
Ekranda tasvirlarni hosil qilish uchun grafik rejimiga o’tish zarur bo’ladi. Bu
rejimda matn rejimidan farqli ekran rang–barang nuqtalar – piksellar to’plamidan
tashkil topgan to’rtburcbakdan iborat bo’ladi. Ekranning holatini adapterlar belgilaydi
va ular bir–biridan ekranga mumkin qadar ko’p nuqtalar joylashtira olish va rang–
baranglikni oshirish imkoniyati bilan farqlanadi. Hozirgi paytga kelib, imkoniyati
jihatidan afzalligi bilan ajralib turuvchi SVGA (Super Video Graphics Adapter)
adapteri kompyuter ekranida (400x800 nuqtani 256 xil rangda hosil qilishi mumkin.
Kompyuter odatda matn rejimida ishlaydi. ekranni grafik rejimiga o’tkazish uchun
quyidagi funksiyadan foydalaniladi:
Initgraph (GD,GM,Path);
Bu erda GD – drayver nomeri, GM—rejim nomeri, Path—drayverni saqlab
turuvchi faylga o’tish yo’li. Agar Path o’rnida ‘ belgi turgan bo’lsa, drayver joriy
katalogdan axtariladi. Agar 0 ga teng bo’lsa, bu drayver uchun grafik rejimni eng
maqbul varianti kompyuter tomonidan avtomatik ravishda tanlanadi. Ba’zan 0
o’rnida Detect konstantasi ham ishlatiladi. Grafik rejimdan chiqish uchun
Closegraph funksiyasi ishlatiladi. Ekranda nuqta va turli xil chiziqlarni hosil qilish
uchun quyidagi funksiyalar ishlatiladi.
Putpixel (X,Y,color) – ekranda X,Y koordinatali nuqtani color rangida hosil
qiladi. Masalan, 600x 800 o’lchamda qizil rangli nuqtalar hosil qilish.
Dasturi:
uses Crt, Graph;
var
Gd, Gm: Integer;
begin
Gd := Detect;
InitGraph(Gd, Gm, '');
if GraphResult grOk then halt(100);
repeat
PutPixel(Random(600), Random(900), 12);
delay(50)
until KeyPressed;
Readln;
CloseGraph;
end.
Getpixcel(x,y) – ekrandagi x,y koordinatali nuqta rangining raqamini
aniqlaydi.
Setcolor(color) – chiziqlarning rangini belgilaydi. Color ga – 0 dan 15 gacha
qiymat berilib, 16 xil rangni hosil qiiadi. 0 –Black (qora), 15 –White (oq), ya’ni
raqamlarning o’rniga ranglarning inglizcha nomlari ham yozilishi mumkin.
Line(x1,y1,x2,y2) – x1,y1 nuqtadan x2,y2 nuqtagacha kesma hosil qiladi:
A(x1,y1)
B(x2,y2)
Circle(x,y,R) – x,y markazga ega va r radiusli aylanani chizadi.
Rectangle(xl,yl,x2,y2) – xI ,1y yuqori chap va x2,y2 pastki o’ng uchlarga ega
bo’lgan to’rtburchakni chizadi.
M(x1,y1)
Arc(x,y,Stang,Endang,Radius) – yoy chizadi. x,y mos aylana markazi. Stang
va endang yoy burchaklarining boshlang’ich va oxirgi qiymatlari. Radius aylana
radiusi.
DrawPoly(NumPointes,PolyPointes) – ko’pburchakni chizadi. numPointes –
ko’pburchak uchlari soni. PolyPointes – ko’pburchak uchlari koordinatalari berilgan
m
assiv.
Grafik rejimida ekranning eni va balandligi bo’yicha nuqtalarning soni
adapterning turiga bog’liq bo’lib, turlicha bo’ladi. Gorizontal va vertikal yo’nalish
bo’yicha nuqtalar soni uchun o’zgarmaslar getmaxx va getmaxy kiritilgan.
Misol –1. Ekranni ikki uchburchakka ajratuvchi chiziqning dasturi:
uses Crt, Graph;
var
Gd, Gm: Integer;
begin
Gd := Detect;
InitGraph(Gd, Gm, '');
if GraphResult grOk then halt(100);
line(0,0,getmaxx,getmaxy);
Readln;
CloseGraph;
end.
Misol –2. M(100,100) markazli 50 radiusli aylani chizish dasturi:
uses Crt, Graph;
var
Gd, Gm: Integer;
begin
Gd := Detect;
InitGraph(Gd, Gm, '');
if GraphResult grOk then halt(100);
circle(100,100,50);
Readln;
CloseGraph;
end.
Miso1 – 3. a(10,10) yuqori chap va b(100,100) pastki o’ng uchlarga ega bo’lgan
to’rtburchakni chizish dasturi:
uses Crt, Graph;
var
Gd, Gm: Integer;
begin
Gd := Detect;
InitGraph(Gd, Gm, '');
if GraphResult grOk then halt(100);
rectangle(10,10,100,100);
Readln;
CloseGraph;
end.
Misol – 4. a(100,200) mos aylana markazi, 90 va 200 yoy burchaklarining
boshlang’ich va oxirgi qiymatlari va 100 radiusli yoy chizish dasturi:
uses Crt, Graph;
var
Gd, Gm: Integer;
begin
Gd := Detect;
InitGraph(Gd, Gm, '');
if GraphResult grOk then halt(100);
arc(100,220,90,200,100);
Readln;
CloseGraph;
end.
Misol – 5. 3 qirrali, uchlar koordinatalari A(X:150; Y:100), B(X:100; Y:100), C(X:
150; Y: 150)) bo’lgan ko’pburchakni chizish dasturi:
uses Graph;
const
Triangle: array[1..4] of PointType = ((X: 150;
Y: 100), (X: 100; Y:100),(X: 150;
Y: 150), (X: 150; Y: 100));
var Gd, Gm: Integer;
begin
Gd := Detect;
InitGraph(Gd, Gm, '');
if GraphResult grOk then
Halt(1);
DrawPoly(4, Triangle);
Readln;
CloseGraph; end.
uses crt,graphABC;
const
n=28;
R=300;
var
i,j:integer;
x,y: array [0..n] of integer;
begin
SetWindowCaption('11-grafik dastur');
setwindowSize(2*r,2*r);
centerWindow;
setpencolor($0000ff);
clearwindow;
textout(3,3,inttostr(n));
circle(r,r,r);
for i:=1 to n do
begin
x[i]:=round(r+r*cos(2*pi/n*i));
y[i]:=round(r+r*sin(2*pi/n*i));
end;
for i:=1 to n-1 do
for j:=i+1 to n do
line(x[i],y[i],x[j],y[j]);
e
nd.
Test savollari
1. Paskal dasturlash tilida ma'lumotlarni ekranga chiqarish uchun qaysi operatordan foydalaniladi ?
A) INPUT B) PRINT C) END D) WRITE
2. Paskal dasturida izohlar qaysi belgi ostida yoziladi?
a) [] , (^ ^) b) {}, (-: :-) c) (* *), {} d) //, _ | | _
3. Quyidagilarning qaysi biri Paskal dasturida to’g’ri yozilgan?
a) x+3.14pi+4;
b) x+2*pi/2;
c) x:=a*-b/2;
d) to’g’ri javob yo’q
4. Paskal tilida xaqiqiy sonning eng katta toifasi (extended) bilan ishlash nima uchun ko’proq vaqt olish sababini tushintiring?
a) xotiradagi xajmi 10 bayt b) toifaning nomi 8 ta belgidan iborat
c) chunki bu toifani ishlatishda soprotsessordan foydalaniladi d) A va C
5. Quyidagi standart funksiyalarning qaysi biri Paskal tilida qo’llanilmaydi?
a) arcsin(x) b) ln(x)/ln(a) c) ln(x) d) arctan(x)
6. Paskal tilida operatorlar bo’limi qanday so’z bilan boshlanadi va yakunlanadi?
a) Program......end
b) begin......end
c) var...... end
d) Program.....writeln.
7. Paskal algoritmik tilining alifbosi nimalardan tashkil topgan?
a) kirill va lotin alifbosi
b) arab raqamlari 0...9
c) maxsus belgilar
d) barchasi to’g’ri
8. log3x ni Paskal tilida to’g’ri yozilishini tekshiring.
a) ln(x)/ln(3) b) ln(x)*ln(2) c) ln(x*2) d) abs(x*2)
9. Paskal tilida ushbu trunc(x) nima vazifani bajaradi?
A) x sonini butun qismigacha yaxlitlash
B) x sonini butun qismini qirqib olish
C) x ni toq yoki juftligini aniqlash
D) x ning qiymatini bittaga kamaytirish
10. Paskal tilida y=arcsinx funksiyaning yozilishi ?
A) arcsin(x)
B) Pi-arccos(x)
C) arctan(x/sqrt(1-x*x))
D) arcctg(x*sqrt(1-x*x))
11. Paskal tilidagi integer (butun) toifasining sonlar diapazonini ko’rsating?
A) [0.255]
B) [-128:127]
C) [-32768; +32767]
D) [0; + 65535]
12. Paskal dasturlash tilida {} belgilar ichidagi jumlalar nimani anglatadi?
A) dastur sarlavxasini B) dasturning asosiy qismini
C) dasturdagi operatorlarni bajarilishini
D) dasturdagi operatorlarni “o’qimaydigan ” (izox) jumlalarni
13. Paskal tilida longint toifasiga mansub son xotiradan qancha joy oladi?
A) 1 bayt B) 2 bayt C) 3 bayt D) 4 bayt
14. Paskal tilida qaysi operatordan oldin ; belgisi qo’yilmaydi?
A) else B) begin C) end D) var
15. Paskal tilida shartli o’tish operatori necha xil ko’rinishda ishlatiladi?
A) 4 xil B) 3 xil C) 2 xil D) 5 xil
Foydalanilgan adabiyotlar
1. B. B. Mo`minov, X. U. Xayatov PASKAL TILIDA DASTURLASH amaliy va laboratoriya ishlari to`plami. Buxoro 2007.
2. SH.I.Razzoqov, M.D.Yunusova TURBO PASCAL algoritmik tilida dasturlash
Buxoro 2011y.
3. T.U.O‘TAPOV, G‘.R.YODGOROV Informatika va axborot texnologiyalari Navoiy 2010y.