СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Педагогические условия формирования содержания и структуры урока музыкальной культуры.

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Статья написана на узбекском языке. Курс музыкальной культуры как педагогической дисциплины обобщает проверенные на практике теоретические части работы и дает методы обучения, дающие эффективные результаты на практике. Методология в основном базируется на результатах исследований в области педагогики, психологии, эстетики и искусствоведения. В данной статье описаны педагогические условия формирования содержания и структуры урока музыкальной культуры.

Просмотр содержимого документа
«Педагогические условия формирования содержания и структуры урока музыкальной культуры.»

Musiqa madaniyati darsining mazmuni va tuzilish jihatlarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari.


Ma’rufjon Ashurov Abdumutalibovich

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi

San’atshunoslik fanlari dotsenti

(O’zbekiston)

mail: [email protected]


Annotatsiya: Musiqa madaniyati darsi pedagogika fani sifatida tajribada sinalgan ishlarni nazariy qismlarini umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan o‘qitish metodlarini taqdim etadi. Metodika asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san'atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi.

Ushbu maqolada Musiqa madaniyati darsining mazmuni va tuzilish jihatlarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan.


Kalit so‘zlar: Musiqa san'ati, Musiqa tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, musiqa madaniyati darslari, cholg‘u asbobi, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash.


Kirish. Respublikamiz mustaqillikka erishgach yuz berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar kun sayin keng quloch yozayotgan bir davrda kelajakgimiz vorislari bo‘lgan yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash hozirgi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi.

Musiqa tarbiyasi umumtarbiyaning asosiy qisimlardan biri bo‘lib, atrofdagi go‘zal narsalarni ongli ravishda idrok etishga o‘rgatadi. Musiqa insonni ma'naviy dunyoqarashini shakillantiradi.

Musiqa san'ati — nafosat tarbiyasining muhim omili bo‘lib, yosh avlodni kamolotga yetishishi uchun ta'sir etuvchi jarayon. Bu jarayon maktabdan boshlab shakllanadi va yosh avlodning ichki dunyosini boyitib, butun hayoti mobaynida unga hamroh bo‘lib boradi. Musiqiy nafosat tarbiyasining o‘zagi esa, boshlang‘ich sinflarda boshlanadi. Musiqiy nafosat tarbiyasining asosi — musiqa madaniyati darslari hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini unumli o‘tish va bolalarning mustahkam bilim olishlari uchun, bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi musiqa madaniyati darslarida beriladigan barcha o‘quv materiallarni puxta o‘zlashtirib olishi lozim.

Musiqa madaniyati darslarida musiqiy ta'limning asosini tarkib toptirishda fortepiano cholg‘u asbobi bilan birgalikda, o‘zbek xalq cholg‘ulari asboblarida musiqiy asarlarni ijro eta olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisi xalq musiqa ijodi bilan tanishishi, atoqli kompozitorlarning hayoti va ijodini o‘rganishi kerak. O‘qituvchi o‘z ishiga ijodiy yondashib, dastur talablariga muvofiq dars o‘tishi mumkin.

Ma'lumki, musiqa darslari jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash kabi asosiy musiqiy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Darsning har bir faoliyat turida turli bolalar musiqa asboblarida chalish, kuy va qo‘shiqlarga mos raqs harakatlarini bajarish, musiqa asboblarini chalishni qo‘l harakatlari bilan taqlid qilish, chapak chalish va dirijyorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarning yanada qiziqarli va jozibali bo‘lishini ta'minlaydi. Barcha dars faoliyatlari bir-biri bilan uzviy, mantiqiy bir butunlikni vujudga kelitirishni taqozo etadi. Musiqiy faoliyatlarni o‘zaro mantiqiy uyg‘unligi natijasida o‘qitishning rivojlantiruvchi, ta'limiy va tarbiyaviy vazifalari amalga oshiriladi.

Bugungi kunda, musiqa madaniyati darslarini ilmiy-metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish, boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisi oldiga qo‘yilgan dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Ahloqiy tarbiyaning ko‘pgina vositalari ichida musiqa san'ati alohida o‘rin tutadi. Musiqa san'ati voqye'likning estetik aksi bo‘lib, barcha turdagi san'ati asarlarida voqye'likning qaysidir tomoniga ob'ektiv baho beriladi.

Musiqa san'ati nihoyatda ta'sirchan bo‘lib u insonlarning ongiga emotsional ta'sir etadi va ularda qo‘shiqchilikka bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi.

Insonning irqi, millati, tili va boshqa xususiyatlaridan qat'iy nazar, uning qalbiga yo‘l topib, his-tuyg‘ulari, kayfiyati va ruhiy holatiga serjilo nafis tovushlar vositasida badiiy obrazlar orqali kuchli emotsional ta'sir ko‘rsatib, mahliyo qila oladigan zo‘r tarbiya vositalaridan biri – musiqa san'atidir. Shuning uchun musiqa ta'limi va tarbiyasiga mas'uliyat bilan yondashib, unga alohida e'tibor berish lozim.

Musiqa ta'limi va tarbiyasini yanada yuksaltirish borasidagi Prezidentimizning qilayotgan g‘amxo‘rliklari hammamizga ayon.

Keyingi mustaqillik yillarida bu sohada anchagina ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Hozirgi kunda barcha musiqa o‘quv dargohlari va umumiy musiqiy ta'lim uchun milliy asosdagi yangi dasturlar, Davlat ta'lim standartlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan.

Ta'limning barcha turlari va bosqichlaridagi ayrim muammolarni yechishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2008 yil 30 aprel №117/18 qo‘shma qarori barcha fanlar qatorida uzluksiz musiqa ta'limidagi uzviylikni ta'minlash muammolarini yechish choralarini ham belgiladi.

“Musiqa tinglash” jarayonini “jonli ijro”da ham samarali o‘tish mumkin, bu esa o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. O‘qituvchi musiqiy asarni o‘zi ijro qilishi yoki boshqa mahoratli ijrochini darsga taklif qilish orqali ham yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Prezidentning – “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch” asarida ham aynan shu narsa ta'kidlangan: – “Agar insonning qulog‘i yengil-yelpi ohanglarga o‘rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma'naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi hyech gap emas. Oxir-oqibatda bunday odam “Shashmaqom” singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo‘ladi. Bunday holatlarning oldini olish uchun san'atkorlar orasida sog‘lom ijodiy muhitni tashkil qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan birga, ularning kayfiyati va intilishlariga mos keladigan zamonaviy estrada san'ati namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, musiqiy ta'limni yanada rivojlantirish masalalari o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi”.

Tadqiqot maqsadi: “Musiqa madaniyati” darsining mazmuni va tuzilish jihatlarini shakllantirishning samardorligini oshirish.

Tadqiqot ob'ekti: umumta'lim maktabi “Musiqa madaniyati” darslari.

Tadqiqot predmeti: “Musiqa madaniyati” darsining mazmuni va tuzilish jihatlarini shakllantirishning samardorligini oshirish jarayoni.

Tadqiqot vazifalari:

  1. Tadqiqotga oid manbalar bilan tanishish.

  2. “Musiqa madaniyati” darsining mazmuni va tuzilish jihatlarini rivojlantirish uchun samarali usullarni yaratish.

  3. Maqsadga muvofiq hayotga tatbiq etish.

  4. Sinov- tajriba ishlarini olib borish.

Tadqiqot metodlari:

1. Ilmiy va pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish.

2. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish.

3. Tajriba-sinov ishlarini olib borish.

4. Maqsadga muvofiq pedagogik kuzatishlar olib borish.

Mavzuning metodologik asosini: Musiqiy tarbiya xaqidagi O‘zbekiston Respublikasining davlat hujjatlari, Respublika Prezidentining bildirgan fikrlari, Oliy kengash, ta'lim vazirligi tomonidan chiqarilgan buyruq va qarorlari, buyuk allomalarning musiqiy tarbiya xaqidagi fikrlari.

Mavzuning yangiligi: “Musiqa madaniyati” darsining mazmuni va tuzilish jihatlarini shakllantirishga oid pedagogik tavsiyanomalar ishlab chiqilgan.

Mavzuning amaliy ahamiyati: “Musiqa madaniyati” darsining mazmuni va tuzilish jihatlarini shakllantirish samaradorligini oshirishning yo‘llari asoslangan. Tadqiqot natijalaridan umumta'lim maktablarining musiqa o‘qituvchilari o‘z amaliy faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.

Asosiy qism. “Musiqa madaniyati” darsining mazmuni va tuzilish jihatlarini shakllantirishning pedagogik va psixologik xususiyatlari.

“Musiqa madaniyati” darsi pedagogika fani sifatida tajribada sinalgan ishlarni nazariy qismlarini umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan o‘qitish metodlarini taqdim etadi. Metodika asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san'atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi.

U, musiqa o‘qitishning qonun-qoidalarini ta'riflab beradi, kelajak yosh avlodni tarbiyalashda qo‘llanadigan zamonaviy metodlarni belgilaydi. Metodika, ta'lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash usullarining, mazmunini anglatadi. Musiqa o‘qitish metodikasi o‘qituvchidan iste'dod, qobiliyatlar va ishtiyoqlar mavjud bo‘lishini talab etadi, chunki, san'at pedagogikasi mashaqqatli va juda mas'uliyatli sohadir.

Xozirgi kunda musiqa o‘qitish metodlari birdaniga kelib shakllangan fan emas, balki bunga qadar mazkur fanni shakllanishi ijodiy va murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Respublikamizda musiqa o‘qitish metodikasini shakllantirishda mahalliy olimlar, metodistlar, tajribali o‘qituvchilarning qator izlanishlari, o‘quv qo‘llanmalarining ahamiyati katta bo‘ladi. Baddiy pedagogikaning metodika sohasidagi so‘nggi yutuqlari talabalarni pedagogika faoliyatiga tayyorlash, ularni metodik bilim va mahoratlar bilan qurollantirish, musiqa o‘qitish metodikasini bu maqsadga erishish uchun amaliy mashg‘ulotlar mobaynida uzoq ijtimoiy mehnat qilish talab etiladi. Ma'lumki, maktabda o‘quvchilarning yosh fiziologik xususityalarini, ko‘nikma va malakalariga qarab, musiqa o‘qitish metodikasi qo‘llaniladi. Bu yerda ta'lim usuli, o‘quv materiallarining (o‘quv reja, dastur) ta'lim prinsiplari, o‘quv-tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari muhim ahamiyatga egadir. Demak, musiqa o‘qitish metodikasi, o‘quvchilarning musiqa san'atiga o‘rgatishning mazmuni, vazifalari va metodlarini o‘rgatuvchi va o‘quv jarayonlarini tashkil etuvchi shakl va yo‘llarini tadbiq etuvchi fandir. «Metodika» so‘zi grekcha so‘z bo‘lib, «tadqiqot yo‘li», «bilish usuli» degan ma'noni anglatadi va ta'lim-tarbiyaning alohida qismlari bo‘lib hisoblanadi, ularning yig‘indisi musiqa o‘quv metodlari deyiladi. Musiqaning o‘qitish metodlari deganda, maktab o‘quvchilarning bilim, mahorat va malakalarini egallashda, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda o‘qituvchilarning qo‘llagan ish usullari tushuniladi.

Musiqa o‘qitish usullari vazifalarini amalga oshirishda, musiqa o‘qitishning qator metodlari bilan birgalikda, pedagogikaning amaliy yo‘nalishini hususiy (optimal) metodlar egallab, musiqa darsida qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa o‘qitish metodikasi vazifalarini amalga oshirishda musiqa darsida o‘qitishning (optimal) xususiy metodlaridan unumli foydalanishga bog‘liq. yetuk olimlarimizning tadqiqotlarida maktab o‘qituvchisining shaxsiyati va unga bo‘lgan professional talablar va o‘quvchilar munosabatini, xususiy metodlardan foydalanish jarayonida hal qilish lozimligini ilmiy asosda ta'riflab berganlar. Xususiy metod-biror bir fanning amaliy va ijodiy ishlarini mazmunini va mavzusini keng yoritib berish va mustahkamlashda, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatida o‘zaro aloqadorligini va o‘quvchilarni bilish jarayonida izlanishga undovchi metoddir.

Musiqa umumiy ta'lim maktablarida o‘quvchilarga insoniylik tarbiya sifatida, xususan estetik tarbiya berishning ajralmas kismi sifatida ukitiladi. Musiqa bevosita xis-tuyg‘ularga karatilganligi tufayli bolalarni asarda ifodalangan kechinmalar va fikrlar doirasiga foal ravishda jalb kiladi. Mana shuning uchun xam musiqa bir vaqtda minglab kishilar bilan xis-tuygular tilida insonining kalb tilida suzlashish imkoniyatiga ega.

Musiqa o‘z tabiyatiga ko‘ra, kishilar xayoti ularning o‘z-o‘zlariga, turli voqyelikka bo‘ladigan munosabatini va boshqa ichki kechinmalarini xilma-xil tovushlar buyoqlari orkali, badiiy obrazlar orqali tasvirlaydi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta'sir eta olish xusussiyati bilan tarbiyalashning muxim vositasidir.

Umumiy ta'lim maktablarida, jumladan, boshlang‘ich sinflarda musiqa kuyidagi vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib oladi:

1.O‘quvchilarda musiqaga ixlos uyg‘otish, ularning musiqaviy qobiliyati ritm tuyg‘usini, musiqaviy o‘quvini, diqqati, tasavvurini va xotirasini badiiy didini o‘stirish..

2.O‘quvchilarning ma'naviy qiyofasini takomillashtirish, tovushlardagi, tabiyatdagi, kishilar muomalasidagi go‘zallikni ko‘ra olish, xis etish va o‘zlashtira olishga o‘rgatish Ona – Vatanga muxabbat, fuqarolik ma'suliyatini xis qilish, jamiyatga foyda keltirishda ishtiyok, farzandlik, o‘quvchilik va jamoatchilik oldidagi burchni anglash, dustlik va o‘rtoqlik va baynalmilchilik tuyg‘ularni his etish, xayotda faol urinda turish kabi oliy hislarni, axloqiy tushunchalarni singdirish. Didsizlik, xunuklik, g‘oyasizlik, tubanlik va boshka salbiy xislatlarga nisbatan hayotga murosasiz bo‘lishni tarbiyalash.

3. O‘quvchilarning badiiy ijodkorlar qobiliyatini o‘stirish. Go‘zallikni hayotga, o‘qish, mexnat va xatti-xarakatlarga olib kirish. O‘z-o‘ziga atrofdagi barcha narsalarga go‘zallikga kirita olish..

Boshlang‘ich sinflarda maxsus oliy va o‘rta musiqa ma'lumotli mutaxasislar bilan bir qatorda boshlangg‘ich sinf o‘qituvchilari xam musiqa darslarini mutaxasislar olib borishligi kutarilgan bo‘lsada, musiqa o‘qituvchilari yetarli emasligi sababli buni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmayapti. Shuning uchun institutlarning boshlang‘ich ta'lim metodikasi bo‘limlarida musiqa ta'limini jiddiy yulga qo‘yish, musiqa mutaxasislari yetarli bulmagan maktablarning ishlayotgan boshlayotgan sinf o‘qituvchilarini malaka oshirish kurslarida kayta tayyorlash zarur. Shuningdek musikadan maxsus bilimi bulmagan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari musika mutaxasislari bilan xamkorlikda bamaslahat ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir.

Ma'lumki musiqa darslari kuyidagi asosiy qismlarni o‘z ichiga oladi.

1. Ashula va xor bo‘lib ijro etish.

2. Musiqa savodiga o‘rgatish

3. Musiqa tinglash.

Bu uchala qism o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lib, ularning mushtarakligi darsning tulaqonli sifatini belgilaydi. Darsning bu qismlarining har birini alohida metodik taxlil kilinishi lozimligi uchun bu yerda ularga qisqacha, umumiy tarzda to‘xtalamiz.

1.Ashula – xor ijrochiligi musiqa darsining asosi sifatida bevosita o‘quvchilarning faol ishtiroki bilan amalga oshirish bilan xam o‘ziga xosdir. Kuylash jarayoni murakkab psixologik-fiziologik xolatlarda kechadi. Bunda o‘quvchilar oliy nerv faoliyati tezlashadi. Miyaning ostki ijobiy zavq-shavq markazlari ishga tushadi. Bolalarda yuksak bir badiiy ko‘tarinkilik kayfiyati paydo buladi. Shuningdek, ovoz xosil kilish a'zolari: bugiz tovush paychalari, nafas, jag‘lar va lablarning umumiy kuylash ko‘nikmalarni mukammallashtirib boradi.

Qo‘shiklardan tarbiyaviy foydalanish xar bir sinf o‘quvchilarning yoshi va musiqaviy qobiliyati va ovoz imkoniyatini hisobga olgan holda mavzusi va tavsifi jixatidan turlicha bulgan asarlarni tanlash tavsiya kilinadi. O‘rganish uchun mo‘ljallangan qo‘shiklar repertuaridan Ona –vatanga, uning tabiati, jonivorlari, xalqimizning mehnati va hayoti bilan bog‘langan turli bayramlar, fasl qo‘shiklar xilma-xil janrlarga, axloq-odob mavzuiga keng o‘rin berilishi kerak.

Tanlangan qo‘shiklar xilma-xil janrlarda bo‘lib, lirik qo‘shiqlar, xazil mutoyiba tarzidagi qo‘shiqlar, bolalar xalk qo‘shiqlari, bolalar o‘yinlarini o‘ynash uchun mos keladigan qo‘shiklar, marshlar va valslardan iborat bo‘lishi kerak.

Shuningdek, ashula–xor ijrochiligida qardosh jumxuriyatlar kompozitorlarining rus va chet el klassik kompozitorlarining asarlari, dunyo xalqlarning qo‘shiklaridan namunalari xam o‘rgatiladi. O‘rgatiladigan qo‘shiklarning g‘oyaviy-ahloqiy va estetik mazmuni o‘quvchilarga yaxshiroq singdirish uchun temaga xos kirish, etik suhbatlar, savol-javoblar, ifodali o‘qish, rasmlar tahlil kilish, daftarga, temaga xos rasmlar chizib kelish, eski gazeta va jurnallardan rasmlar kesib yopishtirsh kabi usullardan keng foydalanish tavsiya qilinadi.

Musiqa asarlari ijro davomida bepoyon vaqtning ma'lum bir bo‘lagida yashaydi va shu vaqtning davomiyligi tufayli insonning ichki dunyosini, his tuyg‘ularni va fikrlarini rivojlantirishda ifodalab beradi, inson hayajonli holatining eng nozik o‘zgarishlarini izhor etadi.

Tom ma'nodagi sehrli musiqa tilni tushunmoq uchun uning vositalaridan, oddiy qoidalaridan savodxon bulishi kerak. Xo‘sh, musiqaning ifoda vositalari nimalardan iborat, ovoz yordamida insonning butun ichki dunyosini ifodalay oladigan musiqa tili nima?

Musiqaning asosiy ifoda vositalaridan biri – melodiyadir. Melodiya grekcha so‘z bo‘lib, qo‘shiqni kuylash demakdir. Melodiya o‘zbekcha maqom so‘zimizga to‘g‘ri keladi va bundan keyin uni maqom deb yuritamiz. Maqomni shodlik va mangulikni ifoda etish imkoniyatlari benixoya katta. Ulug‘ rus kompozitori V.Raxmaninov, maqom musiqaning bosh asosi, maqomning o‘zi musiqadir deb aytgan edi. Maqom ovozlar vositasida obrazli fikr yuritishdir..

Maqomning o‘zi ritmsiz undan tashqari bulishi mumkin emas, ritm ovozlarning vaqt, zamonda tashkil topishidir. Musiqa ritmlari alohida tashkil topuvchanligi va ifodaliligi bilan farq kilib turadi. Ritm aniqligi bir me'yorda takrorlanib turadigan taktlar, bir zaylda kuylash va xarakat kilishni osonlashtiribgina kolmay, balki, xalqqa kuch g‘ayrat, iroda baxsh etadigan vosita xamdir. Musiqani chuqur tushunmoq uchun uning barcha ifoda vostilarini, nazariyasini, nota-yozuv sistemasini izchil o‘rganib borish kerak. Musiqaning badiiy ta'sir boyligi kishining ongini benixoya hayajonlantiradi, musiqa obrazlarining rivojlanishi kuzatib borishga, ruhiy kechirilgan vokealar ustida kuylashga majbur etadi.

Shuning uchun o‘quvchilarni xaqiqiy, realistik musiqa asarlarini sevish va uni maxsus tinglashga tayyorlash kerak. Chinakkam musiqada uning butun ifoda vositalari ishga solinadi. Musiqa tilining barcha boyliklaridan foydalaniladi.

Modomiki musiqa o‘zining ijro rivojlanish jarayonida taraqqiy qilar ekan, u holda musiqani chuqur his qila bilmoq uchun musiqani tinglashni o‘rganish kerak. Musiqani tinglashdan chiqarilgan g‘oyaviy xulosalar kitoblarda xosil bo‘lgan xulosalardek ochiq va aniq bo‘lmasada, lekin ko‘p musiqa asarlari g‘oyaviy mazmunining kuchi buyukdir.

XX asrning buyuk kompozitori D. Shostakovich musiqa tarbiyasining juda katta axamiyati xaqida gapirib, yigit va kizlarga murojaat kilib bunday degan edi: - '' Buyuk musiqa san'atini seving va o‘rganig''. Bu san'at sizga butun bir yuksak tuyg‘ular, zavq-havaslar, g‘oyalar olamini ochib beradi.U sizni ma'naviy jihatdan boyroq, sofroq va barkamolroq qiladi, musiqa tufayli siz o‘zingizda yangi, ilgari sizga sezilmagan kuchlarni topasiz. Siz hayotni yangi rang va buyoqlarda ko‘rasiz. Musiqa sizni jamiyatimizning muddaoasi bo‘lgan eng barkamol inson idealiga yaqinlashtiradi. Boshlang‘ich sinflarda musiqa ta'limining poydevori shakllanadi. Shuning uchun 1-sinfdan boshlab, o‘quvchilarni musiqaga qiziqtirish, musiqiy taassurotlarini tarkib toptirish va zaruriy musiqiy ko‘nikma va malakalarini hosil etish asosiy vazifa qilib qo‘yiladi. Musiqa madaniyati darslarida, bolalar o‘zlari sevgan qo‘shiqlar, musiqali o‘yinlar va raqslar bilan yaqindan do‘stlashadilar, chiroyli va yoqimli qo‘shiq kuylashni o‘rganadilar, musiqa tinglash madaniyati bilan tanishadilar. Musiqiy asarda nima ifoda etilishi va ular qanday tasvirlanishini bilib oladilar hamda milliy kuy-qo‘shiqlarni o‘rganib boradilar. Shuning uchun, birinchi sinfdan boshlab, bolalarni musiqaga qiziqtirish lozim.

Birinchi sinf o‘quvchilari, psixologik-fiziologik xarakterga ko‘ra, ma'lum darajada, diqqat-e'tibori, nutqi, xotirasi to‘liq rivojlanmagan bo‘ladi. Shu bois bolalar serharakat va o‘yinga moyil bo‘ladilar. Ovoz apparatlari to‘liq shakllanmagani sababli, zaif va nozik, ovoz pardalari esa kuchsiz bo‘ladi. Ovoz kuchi va tembri bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalarda deyarli farq sezilmaydi. Shu sababli, ularda tovush falset tipida hosil bo‘ladi. 1-sinf o‘quvchilarining ovoz diapozoni — do1 — lya1; do1— do2.

Ayrim bolalarning ovozlari normal holatda bo‘lsa-da, ular sozga tusholmaydilar. Bunga sabab, ularda musiqa eshitish a'zosi bilan tovush hosil qilish apparati o‘rtasida baland-pastlikni sezish bo‘yicha umumiy muvozanat hali shakllanmagan bo‘ladi. Shu bois, bolalarning musiqiy o‘quv qobiliyatlari har xil bo‘ladi. Shularni hisobga olgan holda, bolalarning musiqiy qobiliyatlarini sinchiklab o‘rganib, ularni differensional guruhlarga bo‘lib, joylariga o‘tkazish lozim. Chunki har bir musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarning qo‘shiq o‘rganish bilan birga, badiiy zavq olish, ijodiy fikrlash qobiliyati, nutqi, musiqiy o‘quvi rivojlana boradi.

1. Darsni musiqaviy umumlashtiruvi metodi.

2. O‘tilajak darslarga oldindan «yugurib», bog‘lanib o‘tish va ilgari o‘tilganlarga qaytish metodi.

3. Dars mazmunini emotsional dramaturgiyasi metodi.

4. Darsning pedagogik jihatdan kuzatilishi va bilimlarning baholanish metodi.

1. Darsning musiqaviy umumlashtirish metodi yetakchi metodlardan biri bo‘lib, o‘quvchilarni musiqa idroki, mantiqiy badiiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgandir:

A) O‘qituvchi darsda hal qilinishi lozim bo‘lgan konkret vazifalarni vujudga keltiradi;

B) O‘qituvchi va o‘quvchi birga hamkorlikda masalani yechadi.

V) O‘quvchilar tomonidan yakuniy xulosalar chiqariladi.

2. Oldinga «yugurib o‘tish», ya'ni ilgari o‘tilgan materialdan foydalanib, o‘quvchilarni yangi material o‘zlashtirishga tayyorligini sinab ko‘rish va bunda oldin egallagan bilimlarga suyanish uchun foydalaniladi.

3. Emotsional dramaturgiya metodi bilan darsning mantiqiy yaxlitligiga erishiladi. Bunda chorak mavzusi asosida dars rejasi uchun asarlar tanlanadi. Tanlangan mavzular ham maqsadga muvofiq bo‘lib, boshlanishi va yakunlanishiga bog‘liqdir. O‘qituvchi darsni ijrochilik mahorati, so‘z ustaligi bilan qiziqarli qilib o‘tishi kerak va o‘quvchilarni darsga faol qiziqtirib, darsning emotsional dramaturniyasi, ya'ni avjiga erishishi lozim. Musiqa o‘qituvchisi maktabda musiqa darsidan tashqari konsertlar, badiiy kechalar, uchrashuvlar o‘tkazishni talab etadi.

Birinchi sinfda musiqa darslari ta'limotining poydevori qo‘yiladi. Shuning uchun avvalo 1-sinfda boshlab ularni darsga aktiv qiziktirish, musiqani idrok eta bilish, musiqiy kobiliyatlarini rivojlantirish, musiqa savodini o‘qituvchi bolalarni sevishi, darsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi, barcha metod va prinsiplardan to‘g‘ri foydalana olish, so‘z chiroyli, mayin, bolalar ovoziga moslab kuylar mazmunini ochib berish lozim. 1-sinf o‘quvchilari psixologik-fiziologik xarakteriga ko‘ra ma'lum darajada xotirasi to‘liq rivojlanmagan, dikkat e'tibori ovoz apparatlari to‘la shakllanmaganligi sababli, ovoz pardalari nozik, kuchsiz buladi. Bu yoshdagi bolalar san'at bilan bolalar bog‘chasida, televidenie radio, qo‘g‘irchoq teatri va multfilmlar orqali tanish bo‘ladilar. Repertuarga kiritilgan musiqaviy asarlar ana shu xususiyatlarini nazarga olgan xolda, mazmuni va mavzusi jixatidan xilma-xil bo‘lmog‘i kerak. Ushbu asarlar ularni his-tuyg‘ularini ifodalash bilan birga kundalik turmushni va tabiyatni aks ettirishi lozim. O‘qituvchi o‘quvchilarni xayotiy tajribalariga asoslangan holda xar bir musika zamirida ma'lum his-tuyg‘u va fikrlar aks ettirilishi xaqida tushuntirishi kerak. Birinchi darslardanoq musiqa asarlarini o‘z-o‘zidan paydo bulmasligi , uni kimdir katta ijodiy mexnat kilib yaratish xaqida suhbat o‘tkazadi.

Buning uchun ''Musiqani kim yaratadi? '' ''kim ijro etadi ?'' ''kim tinglaydi ?''- degan savolni o‘rtaga tashlaydi. O‘rganiladigan asarlarning xarakterlarini obrazli qilib ifodalasa, bolalar uni tushunib mazmunini aniq qilib ochib beradilar. Ma'lumki 1-sinf o‘quvchilar musiqa xaqida xar-xil darajada umumiy bilimga ega bo‘ladilar. Ammo ularning musiqaviy hayotdan olayotgan taasurotlari va musiqaviy tajribalari bir-biriga yakin turadi. O‘qituvchi sinf jamoasini birlashtirshda aynan shunday foydalanmog‘i lozim.

Dars mazmunini xayot bilan bog‘lashda bolalarning taasurotlari va tajribalarini boyitib borilishi asosida musiqaning eng oddiy qonuniyatlari xakida bilim doiralari kengaytirilib boriladi. 1-sinfda o‘quvchilari musiqa xaqida quyidagi bilimlarga ega bulishlari kerak.

1. Bolalarning diqqat e'tibori musiqaning ifoda vositalari –kuy, registri temp, janr, ladlarga jalb etiladi.

2. Ashula aytish qoidalariga doir bilimlar chapak va cholg‘u asboblarida chalish qoidalari, musiqaga mos xarakatlar qo‘shiklar janri xarakteri va tuzilishiga doir bilimlar xakida ma'lumotga ega bulishlari kerak.

3. Musiqa ijodkori-kompozitor, ijrochi, tinglovchi xaqida qisqacha tanishishlari kerak. Keyingi sinflarda mazkur bilimlar nisbiy tushunchadan aniq tushuchaga aylanadi.

Shunday qilib 1- sinf bolalar musiqaning xarakteri va obrazlari xaqida umumlashma bilim va nisbiy tushunchalarga ega bo‘ladilar, bu shartli ravishda notaga bo‘lgan davrga ataladi.

Qo‘shiq xaqida o‘qituvchining qisqacha kirish so‘zi ( mualliflari, ayrim tarixiy xususiyatlar, hayotiy ahamiyatlar va boshqalarni hikoya, suhbat yuli bilan qisqacha bayon etish ): qo‘shiqni ijro etib yoki gramm yozuvida eshittirish; suhbat yuli bilan qo‘shikning musiqa xarakteri, uning ifoda vositalari va mazmuni aniqlash xamda ayrim ijro uslublarini belgilash qo‘shiqni musiqali jumlalarga bo‘lib o‘rgatish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash; qo‘shikni ijro etish va qo‘shikni ijro etish va qo‘shik xakidagi bolalar taassurotlari yuzasidan qisqacha suhbat o‘tkazish, ya'ni umumlashtirish.

Birinchi sinfda yil mavzusi: ''Biz musiqani sevamiz'' chorak mavzulari esa:

I - chorak: '' Biz yoqtirgan kuy va qo‘shiqlar''.

II – chorak: '' Musiqali o‘yinlar, raqs va qo‘shiqlar. ''

III chorak: '' Xushnavo cholg‘ularimiz''

IV - chorak: '' Xushnavo cholg‘ularimiz''

Musiqa darslari beshta faoliyat asosida o‘tiladi:

1.Xor bulib kuylash.

2.Musiqa savodi.

3.Musiqa tinglash.

4.Musiqa xarakteriga mos xarakatlarni bajarish.

5.Bolalar cholgu asboblarida jur bulish.

Musiqa darsi dastur asosida rejalashtirilib, ko‘rgazmali qurollar bilan musiqa o‘qitishning og‘zaki amaliy, taqqoslash, metodlaridan foydalangan holda, darsda o‘quvchilarning e'tiborini o‘ziga jalb kilib, raqs elementlari, musiqali o‘yinlar o‘ynab, musiqaga mos qadam tashlash, chapak chalish, mayin ifodali qilib kuylash bilan metodik talablar asosida olib boriladi.

Ikkinchi sinfda musiqa o‘qitishning mazmuni va metodikasi.

Ikkinchi sinf o‘quvchilari o‘zlarining psixologik-fiziologik xarakteriga ko‘ra 1-sinf o‘quvchilariga o‘xshash bo‘ladi. Ularning diqqat e'tibori turg‘unligi xam yaxshi shakllanmagan bo‘ladi.

Chunki ular, o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarga ko‘proq qiziqadilar. Ovoz apparatlarining nozik, mo‘rtligi, to‘la shakllanmaganligi sababli ovozlari falset tipida yangraydi. Ovoz diapazoni Do1 dan-Do2gacha buladi. Vokal-xor ishiga e'tibor kuchayadi. Musiqa ritmi, nutqi, kuy, temp, dinamika, o‘lchov xaqidagi ma'lumotlar, ko‘nikma va malakalar konkret nazariy bilimga aylanadi. Musiqa darsini mustaxkam o‘zlashtirishda 1-sinfda olingan bilimlarga tayanish zarur. Shuning uchun musiqa o‘qitishda uzviylik-sistemalik prinsipiga amal qilish zarur.

Musika tinglash musika faoliyatlarining yetakchisi xisoblanadi. Zero darsda qo‘llanadigan barcha musiqa materiallari asosan eshitib o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi.

2-sinf tematikasida darsning badiiy kompozitsiyasi vujudga keladi. Darsning kulminatsion nuqtasi bolalarda aktiv qizikish uyg‘otadi. Badiiy emotsional kechinmalarni paydo qiladi. Shy orqali darsning emotsional dramaturgiyasiga erishish mumkin. O‘qituvchi darsni ishonchli dalillar yordamida, ko‘rgazmali qurollar, texnika vositalari yordamida o‘tishi kerak. Dars rejasini tuzganda ijodiy yondoshmog‘i, yaxshi tayyorgarlik ko‘rib pyxta ishlab chiqishi zarur.

Bolalar musiqani chuqur idrok etishi uchun quyidagi faoliyat turlaridan,-foydalaniladi.

1) Xor bulib ashula aytish.

2) Chapak va urma cholg‘u asboblarida musiqaga ritmik jo‘r bulish;

3) Musiqa xarakteri va obrazlarini harakatlarda ifodalash.

O‘quvchilarni muttasil qo‘l xarakatlariga o‘rgatib borish zarur: "Diqqat", "auf", "ijroni boshlash", "ijroni tugatish" kabi zarur dirijyorlik choralariga amal qilib kuylash kerak. Kuylash vaqtida o‘zini tuta bilishni eslatib utish kerak.

2-sinfda bolalar malakalarining oshib borishi fiziologik o‘sish munosabati bilan ovoz kuchi, diapazoni tembri o‘zgarib borishi ma'lum tizim asosida olib borishni talab etadi. Musiqa savodida quyidagi bilim va malakalar shakllanib borib, amalda bajarilishi zarur:

1) Kuylarni ritmik sxemalarini bo‘g‘inli so‘zlar bilan, kuylash (lya, do, do,mi,mi.

2.) Kuchli va kuchsiz hissalarni aniqlash va ularni his etib kuylash;

3) Chapak va cholg‘u asboblarida chalib kuyga ritmik jo‘r bo‘lishi

4) Marsh va raqs xarakterini harakatlarda ifodalash;

5) Lad xaqidagi bilimlarni mustahkamlash;

2-sinfda lad hissi tarbiyasi ancha ravshanlashadi. Asar xarakterini belgilash bilan birga marsh qo‘shik va kuylarning major va minor uchtovushliklarini aniq bilib olish bilan belgilanadi.

2-sinf o‘quvchilarini ovoziga xam diqqat bilan e'tibor berish zarur. Baqirib, kuchanib ashula aytishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ovozlarida kamchilik sezilsa darhol doktorga borishni aytish lozim.

Shunday qilib, 2-sinf o‘quvchilari musiqani tuzilishi va nota savodiga doir mazkur boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, xor bo‘lib kuylashda o‘zini tutish, qo‘shik mazmuniga mos emotsional kechinmalarni his etish, tinglangan asarlar yuzasidan suhbatlarda qatnashish, xikoya tuzish, musiqa ohangiga mos harakatlar bajarish, musiqa ritmiga cholg‘u asboblarida jo‘r bulish kabi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Shunday kilib, ikkinchi sinfda yil mavzusi: "Musiqa nimani ifodalaydi va tasvirlaydi? ".

1 chorak mavzusi: "Yakkanavozlik, jo‘rnavozlik va jo‘rsozlik"

2 chorak mavzusi: "Yakkanavozlik va yakkaxonlik cholg‘u va xonandalar dasturlari".

3 chorak mavzusi: "Kuy nima? Kuyda nima ifodalanadi";

4 chorak mavzusi: "Musikani ifoda vositalari".

O‘qituvchi dars rejasini ushbu mavzular asosida tuzib, ularni bir biri bilan uzviy bog‘lab olib borishi kerak.

Har bir qo‘shiq ma'lum pedagogik maqsadlarni amalga oshirishni ko‘zda tutib tanlanadi. Qo‘shiqlarni tanlashda davomiylik, izchillik, ilmiylik va oddiydan murakkabga qarab borish tamoyiliga rioya qilinadi. Unda har bir yangi qo‘shiq oldingisidan hosil yetilgan vokal-xor malakalarini mustahkamlaydi va ularni rivojlantiradi. Qo‘shiq diapazoni o‘quvchilar ovoziga mosligi, badiiy g‘oyaviy mazmuni yil, chorak mavzulari, yil fasllari, bayramlari, o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak.

Qo‘shiqlarni quyidagi talablarga ko‘ra tanlash tavsiya etiladi.

— Qo‘shiqlarning tarbiyaviy ahamiyati, siyosiy-g‘oyaviy mazmuni, musiqiy tuzilishi va xarakterining o‘quvchilar yoshiga mosligi.

— Qo‘shiq matnining osonligi, badiiy yuksakligi, bolalarning lug‘at boyligiga mosligi va ularning nutqini o‘stirish uchun xizmat qilishi.

— Qo‘shiq ohangi, uning xarakteri (xushchaqchaq, quvnoq, marsh, mungli), lad va tessiturasi, ovoz diapazoni o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi.

— Qo‘shiqning badiiy xususiyati va ifodaviyligi, bolalar idrokiga mosligi, garmonik tuzilishi va ohangdoshligi.

— Qo‘shiqning shakli, necha qismdan iboratliligi (1, 2 qisrnli yoki kuplet shaklida tuzilganligi), naqarotning mavjudligi.

Qo‘shiqni tanishtirishda o‘qituvchi qisqa, mazmunli, obrazli, qiziqarli hikoya qilib beradi. Qo‘shiq mazmunidagi axloq-odob, tabiat, ona Vatan, mehr-muhabbat haqidagi g‘oyalarni bolalar ongiga singdirib, ularda qiziqish uyg‘otadi. So‘ngra, qo‘shiqni ifodali qilib, mayin ovozda ijro etib beradi. Qo‘shiq mazmuniga mos tasviriy san'at suratlaridan yoki biror ko‘rgazmali vositadan foydalanish kerak. O‘quvchilar bilan qo‘shiq mazmuniga va tuzilishiga xos savol-javoblar qilib, qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatadi. So‘ngra qo‘shiq mazmuniga mos musiqiy-ritmik harakatlar bilan o‘rgata boshlaydi. Matn va ohang talaffuzining aniqligi ma'lum me'yorga tushgandan so‘ng, qo‘shiqning badiiy ijrosiga yerishiladi. Qo‘shiqni vaqti-vaqti bilan takrorlab kuylab turish lozim, aks holda uning matni o‘quvchilar xotirasidan ko‘tariladi va unga nisbatan qiziqish susayadi. Har bir darsda, ayniqsa, yangi qo‘shiqni o‘rgatishdan oldin, ilgari o‘rgatilgan qo‘shiqni takrorlab turish, bolalar ijrosidagi ayrim nuqsonlarni tuzatib borishga yordam beradi. Bolalar toliqmasligi uchun qo‘shiq o‘rgatish shakllari o‘zgarti-rib turiladi. Masalan: guruhlarga bo‘lib o‘rgatish, yakkaxon va xor jo‘rligida yoki musiqiy harakatlar yordamida amalga oshirilib, bolalar ovoziga dam beriladi. Qo‘shiq mukammal o‘rgatilgandan so‘ng, ularning qiziqishi yanada ortadi. Shuningdek, dars shakllarini (noan'anaviy darslar) o‘zgartirib turish ham o‘quvchilar zerikishining oldini olib, qiziqishini kuchaytiradi. O‘quv yili davomida o‘quvchilarga 12—14 ta qo‘shiq o‘rgatiladi.

Xulosa. Davlatimizning madaniyat, xalq ta'limi, yangi insonni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faoliyati o‘zbek oilalarining to‘la ma'noda erkin va har tomonlama kamoloti uchun asosdir. Bugungi kunda ta'lim sohasida faoliyat olib borayotgan barcha mutasaddilar bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishning zamonaviy islohotlarga boy yo‘nalishlari asosida ish olib bomoqdalar. Ya'ni hozirda ular o‘z ustida tinmay izlanishlari kerak. Ko‘plab o‘qituvchilar o‘z dunyoqarashlarini kengaytirishga, bola tarbiyasi bilan bog‘liq adabiyotlarga qiziqishga intilmoqdalar. O‘z bayrog‘imiz, tamg‘amiz va madhiyamizga ega bo‘ldik. Mustaqilliknnig madaniy-ma'rifiy jabhadagi yutug‘i va saboqlaridan yana biri shundan iboratki, xalqimiz o‘zining buyuk tarixi va milliy o‘zligini chuqur angladi. Ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosdan bahramand bo‘ldilar. O‘z kelajagini, o‘z istiqbolini buyuk tariximiz mezoni bilan o‘lchashni, uni aniq va keng ko‘lamda tasavvur etishni o‘rgana boshladi. Mamlakat istiqboli va mamlakatimiz kelajagi hisoblanmish yoshlarni tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularning san'atini ro‘yobga chiqarish, rag‘batlantirish, intellektual imkoniyatlarini kengaytirish, ilm-fan, madaniyat va ma'naviyatga bo‘lgan intilishlarini moddiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda Ulug‘bek nomidagi iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi amaliy faoliyati e'tiborga sazovordir.

Insonning qaysi millatga mansubligi tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir. Yigit-qizlarni aqliy axloqiy, madaniy-ma'naviy jihatdan puxta tayyorlamasdan fanga iste'dodli yoshlarni kirib kelishini ta'minlamasdan, zamonaviy fan-texnikaning yutuqlaridan baxramand qilmasdan, eng muhimi, ularning qadriga yetmasdan mamlakatimiz ma'naviyatini rivojlantira olmaymiz. Shunday ekan, ularning ma'naviy barkamollikka erishishlarida ibratli, pand nasihatga boy hikmatlaridan, xalqona yo‘lda yaratilgan milliy ohang va tasvirlardan foydalanishimiz zarur. Keyingi yillarda mamlakatimizda musiqa ta'limi va tarbiyasiga davlatimiz tomonidan katta e'tibor berilmoqda. Uni o‘qitish jarayonini zamon talablari darajasida tashkil etish, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib texnologik yondashish, unga innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llash xamda musikaning inson organizmiga kolaversa bola vujudiga tasirini tugri tushunish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shuning uchun ham biz umumiy o‘rta ta'lim maktablarida musiqiy ta'lim va tarbiya jarayonini o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan holda tashkil etish yo‘llarini nazariy-uslubiy va amaliy jihatdan o‘rganib chiqib quyidagi xulosalarga keldik.


Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati.

  1. Abralova M. va boshqalar. Musiqa. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. 2- sinf. - T.: “G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi”, 2008.

  2. Abralova M. va boshqalar. Musiqa. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. 3- sinf. - T.: “G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi”, 2008.

  3. Akbarov I.A. Musiqa lug‘ati. –T.: “O‘qituvchi”, 1997.

  4. Begmatov S. va boshqalar. Musiqa. 6-sinf uchun darslik. – T.: “G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi”, 2008.

  5. Ibrohimov O. va boshqalar. Musiqa. 7-sinf uchun darslik. – T.: “G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi”, 2008.

  6. Ibrohimov O. A. O‘zbek xalq musiqa ijodi (metodik tavsiyalar). – T.: 1994

  7. Ibrohimov O., Nurmatov H. Musiqa. 4-sinf uchun darslik. – T.: “G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi”, 2007.

  8. Mansurov A. va boshqalar. Musiqa. 5-sinf uchun darslik. – T.: “G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi”, 2005.

  9. Mansurov A., Karimova D. Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 5-sinf musiqa darslari uchun metodik tavsiyalar. – T.: 1997

  10. Munavvarov A. K. Pedagogika. – T.: 1996

  11. Musabekova S.I. Musiqa tarbiyasi. – T.: “O‘qituvchi”, 1973.

  12. Ochilov M. O‘qitish usuli – pedagogik texnologiyaning asosiy komponenti. Xalq ta'limi. 1999, 6-son.

  13. Nurmatov H., Ibrohimov O. Oltinchi sinf musiqa darslari uchun uslubiy qo‘llanma. – T.: 1996

  14. Norxo‘jaev N., Nurmatov H. Musiqa alifbosi. 1-sinf uchun darslik. – T.: “G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi”, 2008.

  15. Norxo‘jaev N., Nurmatov H. Musiqa. 2-sinf uchun darslik. – T.: “G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi”, 2008.

  16. Norxo‘jaev N., Nurmatov H. Musiqa. 3-sinf uchun darslik. – T.: “G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi”, 2008.




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!