СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Планеты в мае. Мелкие тела Солнечной системы.

Категория: Астрономия

Нажмите, чтобы узнать подробности

Современные представления о происхождении Солнечной системы

Просмотр содержимого документа
«Планеты в мае. Мелкие тела Солнечной системы.»

MAVZU: Mayda planetalar. Quyosh sistemasining mayda jismlari. Quyosh sistemasining kelib chiqishidagi hozirgi zamon tasavvurlari


Nazariy mashg’ulotiningo’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti-2 soat

O’quvchilar soni-30-32 nafar;

Mashg’ulot shakli

Nazariy, to’liq o’quv mashg’uloti;

Mashg’ulot rejasi

1. Mayda planetalar. Asteroidlar.

2.Kometalar.

3. Meteorlar.

4. Meteroitlar.

Oquv mashgulotining maqsadi: Mayda planetalarga oid bilimlarni shakllantirish, Quyosh sistemasining kelib chiqishidagi hozirgi zamon tasavvurlari bo’yicha malakalarini hosil qilish;

Pedagogik vazifalar:

  • “Mayda planetalar” haqida tushuncha berish;

  • Asteroidlar tushuncha berish;

  • Koordinata va sanoq sistemalari haqida ma’lumotlar berish;

  • Kometalar haqida ma’lumotlar berish;

  • Meteorlar va meteroitlarni farqlashni o’rgatish;


O’quv faoliyatini natijalari:

  • Mavzuning maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rnini yoritib beradilar;

  • Asteroidlar haqida tushunchaga ega bo’ladilar;

  • Kometalar haqida ma’lumotlarga ega bo’ladilar

  • Metor va meteroitlarni farqlay oladilar;


O’qitish usullari

Tushuntirish, yo’riqnoma berish, namoyish, “Xar kim xar kimga o’rgatadi” usuli; “Bum” o’yini;

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, yozuv taxtasi, slaydlar, o’quv topshiriqlari;

O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari

Ommaviy, guruhlarda ishlash;

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya;

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot;

Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida;









Mayda planetalar. Quyosh sistemasining mayda jismlari. Quyosh sistemasining kelib chiqishidagi hozirgi zamon tasavvurlari” mavzusidagi nazariy o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish

(10 daqiqa)

1.1 Mavzuning nomi, maqsadi, rejasi va mavzu bo’yicha tayanch iboralar ro’yxati bilan tanishtiradi. (1-Ilova)

1.2 Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

1.3 Guruhlarda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi. (2-Ilova)

Tinglaydilar;

Yozib oladilar


Tinglaydilar

2-bosqich

Asosiy

(60 daqiqa)

2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Xar kim xar kimga o’rgatadi” usuli yordamida tekshiradi. Usul qoidasi bilan tanishtiradi, guruhlar uchun (4ta kichik guruh) topshiriqlarni tarqatadi. (3-Ilova) Guruhlarning ishlashini nazorat qiladi va taqdimotni tashkillshtiradi;

2.2 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida (4-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Mavzuning har bir qismi bo’yicha hulosalar qiladi; eng asosiylariga e’tibor qaratadi; berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.

2.4 Mavzuni “Bum” o’yini, (5-Ilova) yordamida mustahkamlaydi. O’yin qoidasi bilan tanishtiradi, o’yinni o’tkazadi;

Guruhlarda ishlaydilar,

Taqdimot qiladilar; Muhokama qiladilar.



Eshitadilar, yozib oladilar; Savollar beradilar;







O’yinda ishtirok etadilar; guruhni qo’llaydilar

3-Bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi.

3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi;

3.3 Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi. Uyga vazifa: Mavzu bo’yicha “Tushunchalar tahlili”, usuli yordamida (6-Ilova) tayyorlanib kelish;

Tinglaydilar




Jadvalni chizib oladilar





1-Ilova

Aytilgan so’z uchun Til ni ayblamang, o’ylash tilni vazifasiga kirmaydi!

Mavzu: Mayda planetalar. Quyosh sistemasining mayda jismlari. Quyosh sistemasining kelib chiqishidagi hozirgi zamon tasavvurlari.





Rеja:

Reja: 1. Mayda planetalar. Asteroidlar.

2.Kometalar.

3. Meteorlar.

4. Meteroitlar.

Tayanch tushunchalar:

Mayda planetalar, asteroidlar, kometalar, metrlar, “uchar vuylduzlar”, meteor “yomg’irlari”, meteoritlar, bolitlar.





2-Ilova





Guruhlarda ishlash qoidasi

  • Sherigingizni diqqat bilan tinglang.

  • Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondoshing.

  • Agar sisga yordam kerak bo’sa, albatta guruh a’zolariga murojaat qiling

  • Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.

  • Guruhlar faoliyati natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart!

  • Shuni tushunmog’ingiz lozim:

Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz;

Biz bir kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz;











3-Ilova

Xar kim xar kimga o’rgatadi” usuli qoidasi:

  • Kichik guruh a’zolari olingan topshiriq bo’yicha mustaqil bittadan ma’lumot yozishadi;

  • Kichik guruh ichida ma’lumotlarni jamlaydilar, muhokama qiladilar;

  • To’plangan ma’lumotlar soni kichik guruh a’zolari soniga teng bo’lishi kerak;

  • Barcha jamlangan ma’lumotlarni guruhdan bittadan vakil chiqib, taqdimot qiladilar;
















Xar kim xar kimga o’rgatadi” usuli uchun o’quv topshirig’i:

1-Kichik guruh uchun o’quv topshirig’i

Planetalar haqida umumiy ma’lumot bering.









2-Kichik guruh uchun o’quv topshirig’i

Yer tipidagi planetalar haqida ma’lumot bering.







Gigant planetalar haqida ma’lumot bering.

3-Kichik guruh uchun o’quv topshirig’i






4-Kichik guruh uchun o’quv topshirig’i

Planetalarning yo’ldoshlari haqida ma’lumot bering.






4-Ilova

1-Slayd

1596 - yili bosilgan «Kosmografrya sirlari» asaridayoq, Iogann Kepler Mars bilan Yupiterning orasida yana bir planeta bo'lishi kerak degan gumon bilan chiqqan edi. Keplerning bu gipotezasi ikki asrdan so'ng planetalarning Quyoshdan o'rtacha uzoqliklari ifodalovchi ajoyib empirik (bevosita kuzatishlardan aniqlangan) qonuniyatning ochilishi bilan tasdiqlandi. 1772-yili vittenberglik astronom Iogann Titsius planetalarning astronomik birliklarda ifodalangan katta yarim o'qlari quyidagi munosabatdan topilishini aniqladi:

a = (0,4 + 0,3 · 2n) a.b.,

bu yerda n ® ¥, 0, 1,2, 3, 4, ... qiymatlarni oladi.
















2-Slayd

Dastlab mayda planetalar qadimgi rim afsonalarining qahra-monlari, xudolarning nomlari bilan yuritildi. So'ngra ularning soni juda ko'payib ketgach, ular 45- sidan boshlab, oddiy ayollarning nomi bilan, keyinroq esa asteroidlarga Filosofiya, Geometriya, Yustitsiya kabi faniy nomlar hamda geografik nomlar beriladigan bo'ldi.













3-Slayd

Asteroidlar ichida eng yiriklarining o'lchamlari ham Yer radiusi bilan solishtirganda juda kichik chiqadi. Ulardan eng yiriklari -Serera (ko'ndalang kesimi -1000 km), Pallada (610 km), Vesta (540 km) va Gigeya (450 km). Faqat 14 ta mayda planetaning ko'ndalang kesimi 250 km dan ortiq, qolganlari esa ancha kichik, eng kichigining kesimi 1 km atrofida (Germes). Asteroidlarning massalari 1,4 • 1021 kg dan (Serera), ya'ni Yer massasidan 4,4 ming marta kichik, to 1012 kg (Germes) gacha borib, o'rtacha zichligi 2 g/sm3 dan (toshli asteroid) to 7—8 g/sm3 gacha (temir-nikelli asteroid) boradi. Asteroidlardan Ikar, Germes, Eros va Adonislar Yerga davriy ravishda yaqinlashib turadi. Bunda ular Yerga 6 mln. km dan 23 mln. km gacha yaqinlashib, Yer uchun katta xavf tug'diradi.



























4-Slayd

«KOMETA» - yunoncha so'z bo'lib, «sochli» degan ma'noni anglatadi. Kometalarga «sochli» yoki «dumli yulduzlar» degan nom ularning Quyosh yaqinida o'tayotgandagi ko'rinishlariga ko'ra berilgan bo'lib, aslida harakatlari davomida ularning ko'rinishlari keskin o'zgarib boradi. Xususan, kometa Quyoshdan juda uzoq masofada bo'lganda (u paytda kometa planetamizdan ham uzoq masofada turadi), uning asosiy massasi mujassamlashgan yadro deb ataluvchi qismi xira yulduzcha shaklida ko'zga tashlanadi.
















5-Slayd

Tunda chiroyli iz qoldirib «uchgan yulduz»Iarni kirn ko'rmagan deysiz? Biroq bu «uchar yulduz»larning haqiqiy yulduzlarga hech aloqasi yo'qligini har kim ham bilmasa kerak. Aslida ular -osmonning «daydi» mayda tosh zarrachalaridir. Ularning kattaliklari millimetrning ulushlarida, massalari esa milligrammlarda o'lchanadi. Ular Yerga yaqinlashgach, planetamiz atmosferasiga sekundiga 10 kilometrdan 70—80 kilometrgacha tezlik bilan kiradilar. Shubhasiz, bunday katta tezlikdagi tosh zarrachasi atmosfera molekulalari bilan ishqalanib cho'g'lanadi va uchish davomida juda tez yemiriladi. Fanda METEORLAR deb yuritiluvchi «uchar yulduz»lar yo'lining uzunligi bu osmon jismlarining kattaliklari bilan bog'liq boiishi o'z-o'zidan tushunarli.






















6-Slayd

Ba'zan samoning «daydi» toshlari ancha katta boiib, Yer atmo-sferasi qatlamidan o'tayotganda yonib ulgurmaydi va bolid ko'rinishida yer sirtiga tushadi. Ular METEORITLAR degan nom bilan yuritiladi. Meteoritlar asosan toshdan, temirdan, toshtemirdan va ba'zan muzdan iborat bo'ladi.










7-Slayd

METEORITLARNING aholi yashaydigan manzillarga tushish ehtimoli juda kam. Butun insoniyat tarixida meteoritlardan 15 tasigina kishilar yashaydigan tomlarga tushganligi aniq qayd qilingan. Shundan to'rt holidagina kishilar yengil jarohatlangan va kontuziya olganlar, xolos.











5-Ilova


BUM” o’yinining borishi:

Doska oldiga xar bir guruhdan bittadan vakil, ya’ni 4 ta o’quvchi chiqariladi va ketma-ketlikda turib, sanoq sonlarini aytishadi va xar 3 ga bo’linadigan son kelganda son nomini aytmasdan, “BUM” deb murojaat etishlarini ta’kidlaydi. Agarda biror o’quvchi o’yin shartini buzsa, adashsa, o’sha o’quvchi o’yindan chetlashtirilib, mavzu bo’yicha savol beriladi. Shu zaylda o’yin davom etadi va oxirida qolgan o’quvchiga 1 ta “Rag’bat” kartochkasi berilib, agar savol ham tanlashni hohlasa va savolga javob bersa, yana bitta “Rag’bat” kartochkasi beriladi, savolga javob bera olmasa, ham “Jarima” kartochkasi berilmaydi. O’yindan chetlashtirilgan o’quvchilar esa, o’yin davomida cheetlashtirilganda berilgan savolga javob berishsa, “Rag’bat”-kartochkasi, javob bera olmasa, “Jarima” kartochkasi beriladi.



BUM” o’yinida o’yindan chetlashtirilgan o’quvchilar uchun savollar:


  1. Titsius qonuni planetalar orbitasiga tegishli qanday parametrni hisoblaydi?

  2. Mayda planetalarning orbitalari mavjud qaysi planetalar oralig'ida yotadi?

  3. Birinchi mayda planetani kim topgan? Uning o'lchami qanday?

  4. Qaysi mayda planetalar davriy ravishda Yerga yaqinlashib turadi?

6-Ilova

Tushunchalar tahlili” usuli uchun ekspert varag’i

Tushuncha

Mazmuni

Planeta

Mayda planeta


Asteroid


Kometa


Meteor


Meteorit


Daydi yulduzlar


Dumli yulduz


Uchar yulduzlar


Bolidlar


Va.b……………..