Просмотр содержимого документа
«Плоская скорость движения. Движение тела вверх по вертикали.»
MAVZU: Tekis harakat tezligi. Yuqoriga tik otilgan jism harakati. Gorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati. |
Nazariy mashg’ulotiningo’qitish texnologiyasi |
Mashg’ulot vaqti-2 soat | O’quvchilar soni-30-32 nafar |
Mashg’ulot shakli | Nazariy, to’liq o’quv mashg’uloti; Amaliy-bilimlarni tizimlashtirish; |
Mashg’ulot rejasi | 1. To’g’ri chiziqli tekis harakat. 2. Tekis harakat tezligi. 3. O’rtacha va oniy tezlik.. 4. Yuqoriga tik otilgan jism harakati. 5. Gorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati. |
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Jism harakati haqida bilimlarni shakllantirish. Jismlarning harakatini taqqoslash bo’yicha malaka va ko’nikmalarni hosil qilish; |
Pedagogik vazifalar: Tog’ri chizqli tekis harakatni tavsiflash; O’rtacha va oniy tezlikni tushuntirish; Yuqoriga tik otilgan, gorizontal va gorizontga qiya otilgan jismlarning harakatlarini ochib berish; Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish. | O’quv faoliyatini natijalari: Mavzuni maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rnini yoritib beradi; To’g’ri chiziqli tekis harakatni tasniflaydilar;; O’rtacha va oniy tezlik haqida ma’lumotga ega bo’ladilar; Jism harakatlarini tartibli ravishda ochib beradilar; Mavzu asosida hulosalar chiqaradilar; |
O’qitish metodlari | “Tushunchalar taxlili” va ”Toifalash jadvali”-grafikli organayzerlari; Tushuntirish, yo’riqnoma berish, ko’rsatish, namoyish usullari; |
O’qitish vositalari | Ma’ruzalar matni, doska, slaydlar, tarqatma materiallar, o’quv topshiriqlari. |
O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari | Kichik guruhlarda ishlash. |
O’qitish shart-sharoitlari | Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya; |
Qaytar aloqaning usul va vositalari | Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot; Yozma so’rov: o’quv topshiriqlari asosida |
“Tekis harakat tezligi. Yuqoriga tik otilgan jism harakati. Gorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati” mavzusi bo’yicha nazariy o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari | Faoliyat mazmuni |
O’qituvchi | O’quvchi |
1-bosqich O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa) | Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.(1-Ilova) Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi. Guruhlarda ishlash qoidasini eslatadi. (2-mavzu, 2-Ilovada mavjud) 1.4 Mavzu shiori bo’yicha ma’naviyat saboqlarini beradi; | Tinglaydilar; Yozib oladilar; Aniqlashtiradilar; Savollar beradilar; Tinglaydilar |
2-bosqich Asosiy (60 daqiqa) | 2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Tushunchalar taxlili” usuli yordamida tekshiradi. Xar bir guruh uchun (4 ta kichik guruh) “Tushunchalar taxlili” usuli bo’yicha tayyorlangan ekspert varag’ini tarqatadi (2-Ilova) Nazorat qiladi, taqdimotni tashkillashtiradi; 2.2 O’quvchilarga: Bir xil massali jismni, bir xil kuch bilan, turli xil burchaklarda uloqtirsak bir xil masofaga tushadimi yoki xar xilmi?-degan savolni beradi. 2.3 Mavzu bo’yicha mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq bilimlarni beradi. Slaydlarni Power point tartibida (3-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. 2.4 O’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Toifalash jadvali” usuli yordamida tekshiradi va mustahkamlaydi. (4-Ilova) Ekspert varag’ini guruhlarga tarqatadi, yo’riqnoma beradi, taqdimotni tashkillashtiradi | Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar; Baxs-munozara olib borishadi; Eshitadilar, yozadilar, savollar beradilar; Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar |
3-Bosqich Yakuniy (10 daqiqa) | 3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi. 3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi. 3.3 Uyga vazifa beradi. Uyga vazifa: Masalalar ishlash (5-Ilova). | Tinglaydilar Yozib oladilar, |
1-Ilova
Taяnch tushunchalar:
O’rtacha tezlik vektori; oniy tezlik; tekis va notekis harakatlarda tezlik; tezlanish; to’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat; erkin tushish; erkin tushish tezlanishi;Yuqoriga tik otilgan jism harakati; Gorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati;
Mashg’ulot shiori:
O’qishga imkon borligi-bu buyuk BAXT!
(S.A.Chapligin)
2-Ilova
“Tushunchalar taxlili” usuli uchun o’quv topshirig’i:
1-Kichik guruh uchun topshiriq
TUSHUNCHA | MAZMUNI |
Mexanik harakat | |
Moddiy nuqta | |
Kinematika | |
Qattiq jismning ilgarilanma harakati | |
| |
2-Kichik guruh uchun topshiriq
TUSHUNCHA | MAZMUNI |
Qattiq jismning aylanma harakati | |
Sanoq sistemasi | |
Vektor kattaliklar | |
Ikki vektorning skalayar ko’paytmasi | |
| |
| |
3-Kichik guruh uchun topshiriq
TUSHUNCHA | MAZMUNI |
Ikki vektorning vektorial ko’paytmasi | |
Ozod vektorlar | |
Ko’chish | |
Yo’l | |
| |
| |
4-Kichik guruh uchun topshiriq
TUSHUNCHA | MAZMUNI |
Trayektoriya | |
Algebraik yo’g’indi | |
Absolyut qattiq jism | |
Vektorlarni songa ko’paytirish va bo’lish | |
| |
| |
3-Ilova
1-Slayd
Biz kundalik hayotda „tezroq" yoki „sekinroq" degan tu-shunchalarni ko'p ishlatamiz. Masalan, samolyot poyezddan, yengil avtomobil avtobusdan, velosipedchi piyodadan tezroq harakatlanadi degan iboralar qo'llaniladi. Bunda tezroq harakatlanayotgan vosita bir xil vaqt davomida ko'proq masofaga ko'chishi nazarda tutiladi. Vaqt birligida bosib o'tilgan yo'lga tezlik deyiladi.
2-Slayt
2-Slayd
Tezlik harakatlanayotgan nuqtaning ko'chishiga va buning uchun sarflangan vaqtga bog'liq kattalik. Tezlik nafaqat harakat tezligi, balki uning yo'nalishini ham ko'rsatadigan vektor kattalikdir.
3-Slayd
O'rtacha tezlik vektori deb, moddiy nuqta ko'chish vektori r ning ko'chish uchun sarflangan vaqt t ga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka aytiladi:
4-Slayd
Oniy tezlik deb, moddiy nuqta radius-vektoridan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosilaga yoki moddiy nuqtaning berilgan vaqtdagi tezligiga aytiladi.
5-Slayd
Tezlik grafigi. To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatda tezlik grafigini chizish uchun ordinata o'qiga tezlik, abssissa o'qiga vaqtni joylashtiramiz
Tekis o’zgaruvchan harakatda yo’l formulasi va grafigi
6-Slayd
5-Ilova
Toifalash sharxini tuzish qoidasi:
Toifalash bo’yicha ma’lumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud emas.
Bitta mini-guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin.
Ta’lim oluvchilarga oldindan tayyorlab qo’yilgan toifalarni berish mumkin emas, bu ularning mustaqil tanlovi bo’la qolsin.
O’quvchilar uchun yo’riqnoma:
Toifalashda jism harakatlari turlariga ahamiyat bering!
Toifalash jadvali (Eekspert varag’i)
6-Ilova
Uyga vazifa uchun masalalar
1-Masala:
Quyosh atrofida 30 km/c tezlik bilan harakat qilayotgan Yer 1 sutkada qancha masofani o’tadi?
2-Masala:
Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan “Neksiya” avtomobili 1 minut davomida tezligini 18 km/soatdan 72 km/soatga o’zgartirgan. Avtomobilning tezlanishi, shu vaqt ichidagi o’rtacha tezligi va o’tgan yo’li topilsin.