СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Презентация на тему: " Qirqbo’g’imlar bo’limi"

Категория: Биология

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Презентация на тему: " Qirqbo’g’imlar bo’limi"»

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI  SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI TERMIZ TUMANI xalq ta’limi bo’limI  25– SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI  BIOLOGIYA FANI O’QITUVCHISI ORTIQOVA RA’NO MUHAMMADI QIZI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI TERMIZ TUMANI xalq ta’limi bo’limI 25– SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI BIOLOGIYA FANI O’QITUVCHISI ORTIQOVA RA’NO MUHAMMADI QIZI

Qirqbo’g’imlar bo’limi

Qirqbo’g’imlar bo’limi

REJA 1. Qirqbo’g’imlar klassifikatsiyasi. 2. Qirqbo’g’insimonlar sinfi, asosiy vakillari, tarqalishi.

REJA

1. Qirqbo’g’imlar klassifikatsiyasi.

2. Qirqbo’g’insimonlar sinfi, asosiy vakillari, tarqalishi.

Bu bo’lim vakillari poyasining to’g’ri tartib bilan bo’g’im va bo’g’im oralig’iga bo’linishi bilan boshqa yuksak sporali o’simliklardan farq qiladi. Ularning bo’g’imlarida mayda barglar xalqasimon yoki mutovqasimon bo’lib joylashgan. Bularda poyadan chiqqan shoxlar ham xuddi barglar kabi mutovqasimon joylashib, ular ham o’z navbatida bo’g’imlarga bo’lingan. Poyani tashqi tomoni serqirrali bo’lib, bu serqirralilik ichki tomonga ham ta’sir qiladi.

Bu bo’lim vakillari poyasining to’g’ri tartib bilan bo’g’im va bo’g’im oralig’iga bo’linishi bilan boshqa yuksak sporali o’simliklardan farq qiladi. Ularning bo’g’imlarida mayda barglar xalqasimon yoki mutovqasimon bo’lib joylashgan. Bularda poyadan chiqqan shoxlar ham xuddi barglar kabi mutovqasimon joylashib, ular ham o’z navbatida bo’g’imlarga bo’lingan. Poyani tashqi tomoni serqirrali bo’lib, bu serqirralilik ichki tomonga ham ta’sir qiladi.

Yana xarakterli belgilaridan, bularning sporofillari butunlay vegetativ barg vazifasini bajarishdan voz kechgan. Ular faqat spora hosil qilish bilan chegaralanadi, bu jixatdan plaunsimonlarning sporofillaridan farq qiladi. Shuning uchun xam bularni sporofillarini sporangiyaforlar deb ataladi. Bo’lim turlari Paleozoy erasining Toshko’mir davrida keng tarqalgan va rivojlangan.
  • Yana xarakterli belgilaridan, bularning sporofillari butunlay vegetativ barg vazifasini bajarishdan voz kechgan. Ular faqat spora hosil qilish bilan chegaralanadi, bu jixatdan plaunsimonlarning sporofillaridan farq qiladi. Shuning uchun xam bularni sporofillarini sporangiyaforlar deb ataladi. Bo’lim turlari Paleozoy erasining Toshko’mir davrida keng tarqalgan va rivojlangan.
Ularni daraxt, buta shakldagilari yo’qolib ketib, bizning davrimizgacha yetib kelgan emas, faqat keyinroq paydo bo’lgan, ko’p yillik o’t o’simliklargina bizgacha yetib kelgan. Qirqbo’gimlarni hozirgi davrda 30 ga yaqin turi ma’lum. Ular dunyoning Avstraliya va Yangi Zelandiya orollaridan tashqari barcha yerlarda uchraydi. O’rta Osiyoda 6 turi uchraydi
  • Ularni daraxt, buta shakldagilari yo’qolib ketib, bizning davrimizgacha yetib kelgan emas, faqat keyinroq paydo bo’lgan, ko’p yillik o’t o’simliklargina bizgacha yetib kelgan. Qirqbo’gimlarni hozirgi davrda 30 ga yaqin turi ma’lum. Ular dunyoning Avstraliya va Yangi Zelandiya orollaridan tashqari barcha yerlarda uchraydi. O’rta Osiyoda 6 turi uchraydi
Qirqbo’g’imlar kelib chiqishiga ko’ra Riniofitlarga borib taqaladi. Chunki ularda ham mayda barglilik kuzatiladi (mikrofilliya). Evolyutsion nuqtai nazardan bu bo’lim ham tipik hisoblanadi.
  • Qirqbo’g’imlar kelib chiqishiga ko’ra Riniofitlarga borib taqaladi. Chunki ularda ham mayda barglilik kuzatiladi (mikrofilliya). Evolyutsion nuqtai nazardan bu bo’lim ham tipik hisoblanadi.
Bu bo’lim 3 ajdodga bo’linadi 1. Gieniyasimonlar ajdodi - Hyeniopsida 2.Ponabargsimonlar ajdodi Sphenophylopsida; 3. Qirqbug’imsimonlar ajdodi – Equisetopsida;

Bu bo’lim 3 ajdodga bo’linadi

1. Gieniyasimonlar ajdodi - Hyeniopsida

2.Ponabargsimonlar ajdodi Sphenophylopsida;

3. Qirqbug’imsimonlar ajdodi – Equisetopsida;

1. Gieniyasimonlar ajdodi. Bu ajdod vakillari to’lig’icha yo’qolib ketgan, devon davrida yashagan, bo’yi 70-90 smga yetadigan buta o’simliklar bo’lgan. Ajdod ikkita oilaga bo’linadi: 1. Gieniyadoshlar- Hyeniaceae 2. Kalamofitondoshlar – Calamophytaceae

1. Gieniyasimonlar ajdodi. Bu ajdod vakillari to’lig’icha yo’qolib ketgan, devon davrida yashagan, bo’yi 70-90 smga yetadigan buta o’simliklar bo’lgan. Ajdod ikkita oilaga bo’linadi:

1. Gieniyadoshlar- Hyeniaceae

2. Kalamofitondoshlar – Calamophytaceae

Gieniyadoshlar oilasining vakillaridan biri Gieniya (Hyenia). Bu o’simlikning shoxlari dixatomik ravishda shoxlangan. Barglari ham 2-3 karrali dixotomik shoxlangan. Yuqori shoxdagi barglari xalqasimon, pastdagilari esa ketma-ket joylashgan. Sporangiylari shoxlarning uchlarida 2-3 tadan birikib, ular egilgan holatda bo’ladi.
  • Gieniyadoshlar oilasining vakillaridan biri Gieniya (Hyenia). Bu o’simlikning shoxlari dixatomik ravishda shoxlangan. Barglari ham 2-3 karrali dixotomik shoxlangan. Yuqori shoxdagi barglari xalqasimon, pastdagilari esa ketma-ket joylashgan. Sporangiylari shoxlarning uchlarida 2-3 tadan birikib, ular egilgan holatda bo’ladi.
Kalamofitondoshlar oilasiga Kalamafiton (Calamophyton) kiradi. Bu o’simlik ham Gieniyaga o’xshash, undan farqi, tanasi aniq bo’g’imlarga bo’linmaganligi va bargining bir qarrali dixotomik shoxlanganligi bilan farq qiladi. Sporangiyalari faqat ikkitadan bo’lib joylashgan.
  • Kalamofitondoshlar oilasiga Kalamafiton (Calamophyton) kiradi. Bu o’simlik ham Gieniyaga o’xshash, undan farqi, tanasi aniq bo’g’imlarga bo’linmaganligi va bargining bir qarrali dixotomik shoxlanganligi bilan farq qiladi. Sporangiyalari faqat ikkitadan bo’lib joylashgan.
Ponabargsimonlar ajdodi. Bu ajdod o’simliklari ham Paleozoy erasining Devon davridan to Mezoydoy erasining trias davrigacha yashagan, hozirda qirilib yo’qolib ketgan o’simliklardir. Ponabarglilar ajdodining oilalaridan biri ponabargdoshlar (Sphenophyllaceae). Uning muhim turkumi ponabarg (Sphenophyllum) hisoblanadi.
  • Ponabargsimonlar ajdodi. Bu ajdod o’simliklari ham Paleozoy erasining Devon davridan to Mezoydoy erasining trias davrigacha yashagan, hozirda qirilib yo’qolib ketgan o’simliklardir. Ponabarglilar ajdodining oilalaridan biri ponabargdoshlar (Sphenophyllaceae). Uning muhim turkumi ponabarg (Sphenophyllum) hisoblanadi.
Bu o’simlikni poyasi uzun, ingichka (nozik), bo’g’im va bo’g’im oraliklarga bo’lingan. Bo’g’imlarida ponasimon barglar xalqasimon bo’lib joylashgan. Poyasi ingichka bo’lganligidan boshqa daraxt o’simliklaridan tayanch topgan. Poyasida kambiy xalqasi mavjud. Shuning uchun ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Sporalar yordamida ko’paygan.
  • Bu o’simlikni poyasi uzun, ingichka (nozik), bo’g’im va bo’g’im oraliklarga bo’lingan. Bo’g’imlarida ponasimon barglar xalqasimon bo’lib joylashgan. Poyasi ingichka bo’lganligidan boshqa daraxt o’simliklaridan tayanch topgan. Poyasida kambiy xalqasi mavjud. Shuning uchun ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Sporalar yordamida ko’paygan.
3. Qirqbo’g’imsimonlar ajdodi. Bu ajdod vakillari poyasining rosmana bo’g’im va bo’g’im oraliqlariga bo’linganligi bilan xarakterlanadi. Bu ajdod ikkita qabilaga bo’linadi. 1.  Kalamitnamolar qabilasi – Calamitales 2. Qirqbo’g’imnamolar qabilasi - Eqvisetales

3. Qirqbo’g’imsimonlar ajdodi. Bu ajdod vakillari poyasining rosmana bo’g’im va bo’g’im oraliqlariga bo’linganligi bilan xarakterlanadi. Bu ajdod ikkita qabilaga bo’linadi.

1. Kalamitnamolar qabilasi – Calamitales

2. Qirqbo’g’imnamolar qabilasi - Eqvisetales

Kalamitnamolar qabilasiga mansub o’simliklar hozirgi davrida yo’qolib ketgan, Paleozoy erasining Devon, toshko’mir davrlarida yashagan o’simliklar hisoblanadi. Bularning bo’yi 30-40 metrga etadigan daraxtlar bo’lgan. Shoxlari yirik va mayda bo’lib, mayda shoxlarida, barglar xalqasimon bo’lib joylashgan. Poyasida kambiy ma’lum darajada rivojlangan.
  • Kalamitnamolar qabilasiga mansub o’simliklar hozirgi davrida yo’qolib ketgan, Paleozoy erasining Devon, toshko’mir davrlarida yashagan o’simliklar hisoblanadi. Bularning bo’yi 30-40 metrga etadigan daraxtlar bo’lgan. Shoxlari yirik va mayda bo’lib, mayda shoxlarida, barglar xalqasimon bo’lib joylashgan. Poyasida kambiy ma’lum darajada rivojlangan.
2. Qirqbo’g’imnamolar qabilasiga hozirgi davrda yashayotgan ko’p yillik o’t o’simliklar kiradi. Bu qabila bitta oila - qirqbo’g’imdoshlar (Eqvisetaceae), bitta turkum qirqbo’g’im (Eqvisetum), turkum esa 30 ga yaqin turdan iborat. Ulardan keng tarqalgani dala qirqbo’g’imi (Eqvisetum arvense). Bu o’simlik bizning sharoitimizda cho’l mintaqasidan to tog’gacha bo’lgan erlarda, buloq, ariq, ko’l va daryo bo’ylarida o’sadi. Bo’yi 20-35 (100 sm).
  • 2. Qirqbo’g’imnamolar qabilasiga hozirgi davrda yashayotgan ko’p yillik o’t o’simliklar kiradi. Bu qabila bitta oila - qirqbo’g’imdoshlar (Eqvisetaceae), bitta turkum qirqbo’g’im (Eqvisetum), turkum esa 30 ga yaqin turdan iborat. Ulardan keng tarqalgani dala qirqbo’g’imi (Eqvisetum arvense). Bu o’simlik bizning sharoitimizda cho’l mintaqasidan to tog’gacha bo’lgan erlarda, buloq, ariq, ko’l va daryo bo’ylarida o’sadi. Bo’yi 20-35 (100 sm).
Dala qirqbo’g’imi 2 xil novda hosil qiladi. Bahorgi (generativ) novda – qo’ng’ir rangda va yozgi – o’suvchi (vegetativ) novda – yashil rangda bo’ladi. Bahorgi novdadagi barglar reduktsiyaga uchragan. Novdaning uchki qismida spora hosil qiluvchi boshoqlar hosil bo’ladi. Boshoqlar sporangiyaforlardan tashkil topgan. Sporangiyaforlar 3 qismdan iborat: a) olti qirrali qalqon, b) oyoqcha, v) 8-10ta sporangiylar.
  • Dala qirqbo’g’imi 2 xil novda hosil qiladi. Bahorgi (generativ) novda – qo’ng’ir rangda va yozgi – o’suvchi (vegetativ) novda – yashil rangda bo’ladi. Bahorgi novdadagi barglar reduktsiyaga uchragan. Novdaning uchki qismida spora hosil qiluvchi boshoqlar hosil bo’ladi. Boshoqlar sporangiyaforlardan tashkil topgan. Sporangiyaforlar 3 qismdan iborat: a) olti qirrali qalqon, b) oyoqcha, v) 8-10ta sporangiylar.
Sporangiylar ichida shakl jihatdan teng bo’lgan elaterali sporalar hosil bo’ladi. Sporalar 3 qavatdan tuzilgan: a) ichki (intina), b) o’rta (ekzina), v) tashqi (perina). Sporalar yetilib tashqariga sochilishdan oldin, tashqi perina qavatdan qoshiksimon ipcha - o’simta (elatera) o’sib chiqadi. Uning vazifasi sporalarni sochilib turishiga yordam beradi.
  • Sporangiylar ichida shakl jihatdan teng bo’lgan elaterali sporalar hosil bo’ladi. Sporalar 3 qavatdan tuzilgan: a) ichki (intina), b) o’rta (ekzina), v) tashqi (perina). Sporalar yetilib tashqariga sochilishdan oldin, tashqi perina qavatdan qoshiksimon ipcha - o’simta (elatera) o’sib chiqadi. Uning vazifasi sporalarni sochilib turishiga yordam beradi.
Dala qiqrqbug’imining jinssiz kupayishida, poyasining uchki qismida ellipssimon shakldagi spora boshog’i xosil buladi. Boshoqning markaziy uqiga xalqasimon shaklda sporofillar urnashgan. Har qaysi sporofilldagi sporangiyalarda teng sporalar xosil buladi. Ular yetilgandan so’ng sporangiya uzunasiga chatnaydi va sporalar tashki muhitga tarqaladi.

Dala qiqrqbug’imining jinssiz kupayishida, poyasining uchki qismida ellipssimon shakldagi spora boshog’i xosil buladi. Boshoqning markaziy uqiga xalqasimon shaklda sporofillar urnashgan. Har qaysi sporofilldagi sporangiyalarda teng sporalar xosil buladi. Ular yetilgandan so’ng sporangiya uzunasiga chatnaydi va sporalar tashki muhitga tarqaladi.

Tuproqqa tushgan sporalar qulay sharoitga o’sib gametofitni xosil qiladi. Gametofitalari yashil plastinka shaklida, ayrim jinsli. Anteridiyda yetilgan spermatozoidlar suv yordamida xarakatlanib, arxegoniydagi urg’ochi tuxum xujayrani uruglantiradi. Uruglangan tuxum hujayradan xosil bulgan zigota taraqqiy etib, yangi yosh qirqbugimning sporafitiga aylanadi.
  • Tuproqqa tushgan sporalar qulay sharoitga o’sib gametofitni xosil qiladi. Gametofitalari yashil plastinka shaklida, ayrim jinsli. Anteridiyda yetilgan spermatozoidlar suv yordamida xarakatlanib, arxegoniydagi urg’ochi tuxum xujayrani uruglantiradi. Uruglangan tuxum hujayradan xosil bulgan zigota taraqqiy etib, yangi yosh qirqbugimning sporafitiga aylanadi.
Ahamiyati: Dala qirqbo’g’imi dorivor o’simlik sifatida xalq tabobatida ko’p ishlatiladi. Uning poyasi tarkibida ekvizetonin, saponin, nikot alkaloidlar, kislotalar, smola, oshlovchi va boshqa moddalar bor.
  • Ahamiyati: Dala qirqbo’g’imi dorivor o’simlik sifatida xalq tabobatida ko’p ishlatiladi. Uning poyasi tarkibida ekvizetonin, saponin, nikot alkaloidlar, kislotalar, smola, oshlovchi va boshqa moddalar bor.
Xalq tabobatida qirqbo’g’im damlamasi qon to’xtatuvchi, dori sifatida, o’pka sili, buyrak, yurak kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bulardan tashkari yer ustki qismi idishlarni tozalashda ham ishlatiladi. Chunki uning poyasi har-xil zarracha va qumlarni o’ziga singdirib olishi hususiyatiga ega.

Xalq tabobatida qirqbo’g’im damlamasi qon to’xtatuvchi, dori sifatida, o’pka sili, buyrak, yurak kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bulardan tashkari yer ustki qismi idishlarni tozalashda ham ishlatiladi. Chunki uning poyasi har-xil zarracha va qumlarni o’ziga singdirib olishi hususiyatiga ega.