38-dars
Fizika 6-SINF
Mavzu:
TEMPERATURA. TERMOMETRLAR. JISMNING TEMPERATURASINI 0‘LCHASH
Oldingi mavzularda xona isidi, jism sovudi kabi iboralarni ishlatdik. Ularda, biz o‘z sezgilarimizga tayangan holda, shu xulosalarni ber- gan edik. Lekin bizning sezgilarimiz har doim ham to‘g‘ri xulosa chiqarishimizga imkoniyat beradimi?
Buni tekshirish uchun stol ustiga uchta stakan qo‘yaylik. Birida issiq, ikkinchisida iliq, uchinchisida sovuq suv bo‘lsin. Dastlab, chap qo‘limizdagi barmoqlardan birini sovuq suvga, o‘ng qo‘limizdagi barmoqlardan birini issiq suvga biroz muddat solib turaylik. So‘ngra ikkala barmoqni iliq suvli stakanga solaylik. Shunda chap barmog‘imizga suv issiq, o‘ng qo‘limizdagi barmog‘imizga suv sovuq bo‘lib tuyuladi.
issiq
iliq
sovuq
Faqatgina maxsus o‘lchov asbobi ixtiro qilingandan so‘nggina temperaturani obyektiv aniqlash mumkin bo‘ldi. Temperaturani o’lchaydigan asbobga termometr deyiladi. Uning ixtirochisi Galiley hisoblanadi.
Galiley Galileo
Sizning salomatligingizni vrach tekshirganda temperaturangizni o’lchagan termometrni ko‘rgansiz. Albatta, hozirgi termometr Galiley ixtiro qilgan termometr (termoskop)dan farq qiladi. Termometrlarda moddalarning issiqlikdan kengayishi xossasidan foydalaniladi.
termometr
termoskop
Galiley termometrida havoning kengayishidan foydalanilgan edi. Keyinchalik fransiyalik olim Rey 1631-yilda suvli termometrni yasaydi. Hozirgi kunda ishlatiladigan termometrlarda asosan simob va spirt ishlatiladi.
Rey Ryomer
Isitilganda naychadagi modda kengayib, yuqoriga ko‘tariladi, sovuganda torayib, pastga tushadi. Bu termometrlarning ko‘rsatishi graduslarda ifodalanadi. Shved olimi A. Selsiy (1701-1744) temperaturani o‘lchashda hisob boshi bo‘lgan 0 (nol) uchun eriyotgan muz temperaturasini oladi (86-a rasm).
A. Selsiy (1701-1744)
Normal atmosfera bosimida qaynayotgan toza suv temperaturasini 100 gradus deb qabul qilinadi (86-b rasm). Ular oralig‘ini 100 bo‘lakka bo‘lib, bir bo‘lagini 1°C deb qabul qilinadi. Xonadagi yoki idishdagi suyuqlik temperaturasini o’lchash uchun termometrni o‘lchanayotgan muhitda biror muddat ushlab turish kerak.
Shunda termometrdagi suyuqlik temperaturasi muhit temperaturasiga tenglashadi. Idishdagi suvning temperaturasini termometrni suvdan chiqarmasdan ko‘rish kerak. Aks holda, termometr suvdan olinishi bilanoq uning ko‘rsatishi o‘zgarib ketadi.
Bemorning temperaturasini o‘lchaydigan tibbiyot termometri bunday kamchilikdan xoli. Vrach termometrni bemordan olib, bemalol ko‘rishi mumkin. Chunki undagi simob ustuni pastga tushib ketmaydi. Bunga erishish uchun termometr naychasining quyi qismi ingichka qilib yasaladi.
Bunda isigan simob ustuni bemalol ko‘tarilsada, soviganda ingichkalashgan joyda simob ustunchasi uzilib qoladi. Termometr ko‘rsatishi aniqlab olingandan so‘ng, uni silkitiladi. Shunda
yuqori qismida qolgan simob bo‘lagi pastga tushib qo‘shiladi. Tibbiyot termometrining o‘lchash chegarasi 35 dan 42°C gacha bo‘ladi. Sog‘lom odamning temperaturasi ~36,6°C bo‘ladi.
Tana temperaturasining bun- dan chetlashishi kasallikdan darak beradi. Uy hayvonlari - qo‘y, sigir, ot, quyonlarning temperaturasi 38-40°C, qushlarniki 41-42°C atrofida bo‘ladi .
Modda temperaturasining quyi yoki yuqori chegarasi bormi? Yerda tabiiy sharoitda Antarktikada minus 88°C temperatura qayd etilgan (1960-y. ilmiy stansiyada). Sun’iy ravishda esa minus 273, 149°C maxsus laboratoriyalarda hosil qilingan. Hisob-kitoblarga qaraganda temperaturaning quyi chegarasi minus 273,15°C ga teng.
273,15°C
Uy sharoitida biz qanday temperaturalar bilan ish ko‘ramiz? Suv 100°C da qaynaydi. Uni qaynatish uchun ishlatilgan tabiiy gaz alangasida temperatura 1500- 1800°C ga boradi.
Cho‘g‘lanma elektr lampochkasidagi temperatura 2500°C atrofida bo‘ladi. Avtomobil dvigatelida yoqilgan yonilg’i hosil qilgan temperatura ~1700°C bo‘lsa, elektr payvandlashda 7000°C gacha boradi. Yuqori chegara qayd qilingan emas.
7000°C
1700°C
2500°C
Savol va topshiriqlar
1.Agar havoning temperaturasi odam tanasining temperaturasidan yuqori 4 J bo'lsa, tibbiyot termometri vositasida bemor temperaturasini qanday o‘lchash mumkin?
2. Termometr naychasining diametri kichraytirilsa, termometr ko'rsatishining aniqlik darajasi qanday o'zgaradi?
3. Tibbiyot termometrini qanday suvda yuvish kerak? Sovuq suvdami yoki issiq suvdami?
Uyga vazifa:
38-dars
Tugadi!