Mavzu: Qomusimiz – g’ururimiz
1-o’quvchi:- Jahonda eng baxtlilarning biriman.
Men elimning qomusini kuylayman
Go’zal yurtim, iftixorim - Vatanim.
Baxt iqbolin, saodatin kuylayman!
Hur elimning dovrug’i bor tillarda,
O’zbekiston madhiyasi dillarda.
Ozod bayroq hilpiraydi qo’llarda,
Doston bo’lgan baxtimizni kuylayman
2-o’quvchi:-Assalomu alaykum, azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun qomusimizning 29 yillik bayrami munosabati bilan Baxtnomamizni kuylash sharafiga ega bo’lib turibmiz. Bayramga bag’ishlangan tadbirni, marhamat, tomosha qiling.
(Sahnaga bir guruh bolalar chiqishadi va bir qatorga tizilishadi. Qo’llaridagi harflar yordamida “Baxt”, “Qomusimiz” so’zlarini hosil qiladilar. Ular she’r o’qiydilar. Harflar tilga kiradi.)
Baxtiyorman hur elimning
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.
Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor!
3-o’quvchi: - Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
4-o’quvchi: -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o’z xalqining huquqlarini himoya qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda, Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga erishish, tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Biz uni g’urur bilan “Baxtimiz Qomusi”, deya ataymiz.
5--o’quvchi:- Konstitutsiyamiz 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida qabul qilingan.
-Qani bolalar, Konstitutsiyamiz haqida siz nimalarni bilasiz?
(O’quvchilar faxr bilan Qomusimiz haqida bilganlarini bayon etishadi)
6--o’quvchi:- O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim va 26 bobdan iboratdir.
7-o’quvchi:- 2003 yil 24 apreldagi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo’shimchalar kiritilgan.
8-o’quvchi:- Fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari Qomusimizning 2 – bo’lim, V , VI, VII, VIII, IX, X, XI boblarida bayon etilgan.
9-o’quvchi:- Konstitutsiyaning 41 – moddasida “Har kim ilm olish huquqiga egadir. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deb yozib qo’yilgan
10--o’quvchi:- 65 – moddada: “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”, deya belgilab qo’yilgan.
11-o’quvchi:- Bolalar, men juda xursand bo’ldim. Sababi, aziz Qomusimiz haqida yetarli ma’lumotga egasiz. Bundan keyin ham o’qish, o’rganish sizning bosh maqsadingiz bo’lsin!
12-o’quvchi:- yana sahnaga bayram qatnashchilaridan bir guruhini taklif etamiz.
1 – o’quvchi: Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Hamma birgalikda: Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
2-o’quvchi:- Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g’uborlar ketgan
Hamma birgalikda: Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan
3-o’quvchi:-G’amxo’rdir Vatanim bizga mehribon
Baxtimizga baxt qo’shar erkin, farovon.
Kelajagim porloq, yo’lim nurafshon,
Hamma :Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
4-o’quvchi:- Har tomon uzatsam yetar qo’llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o’ngu so’llarim.
Nurlarga ko’milgan oydin yo’llarim,
Hamma: Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
5-o’quvchi:- Huquqimiz bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas.
6-o’quvchi:- Bolalar bor: oq, sariq, qora,
Lekin qalbi toza beg’ubor.
Ular dili orzuga to’la,
Gard qo’nmasin, qo’nmasin zinhor!
Jajji qalblar intilar tinmay
Poyoni yo’q koinot tomon.
Yuragiga o’kinch tushmasin,
Kelajagi bo’lsin hur zamon.
7-o’quvchi:- Azizlar! Konstitutsiya kitobi bilan uning hamrohini ham bayramimizga taklif etganmiz. Mehmonlarni kutib oling.
(Sahnaga Konstitutsiya kitobi va uning hamrohi tashrif buyurishadi)
Konstitutsiya kitobi:Nigina
- Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o’qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo’l ko’rsatib charog’on,
Sizni qilay farovon!
8-o’quvchi:- Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.
Yo’lim nurafshon bo’ldi,
Ko’nglim zavqlarga to’ldi.
Sahifangni o’qisam,
Asarlar bor biz uchun.
Kelajak himoyangda,
Bundan ortiq baxt qayda?
Konstitutsiya kitobi: -O’qib olsang kundan – kun,
Fikring bo’ladi durkun.
Huquqlaring bilib ol,
Hayotda yur bemalol!
A’lo bo’lsang har ishda,
Dono bo’lsang yumushda,
Bilginki, sen ustivor!
Gaplarimni unutma,
Vaqt o’tadi, sen kutma!
O’qi, bedor bo’lsang ham,
Hayotda bo’lmaysan kam.
9-o’quvchi:- Haq gaplaring muloyim,
Esdan chiqmaydi doim.
Qo’limdan hech qo’ymayman,
O’qiyverib to’ymayman!
Hamrohimsan, baxtimsan,
Ko’nglimdagi ahdimsan!
10-o’quvchi:-Iqbolimiz ko’zlagan,
Adolatdan so’zlagan.
Bu bizning “Baxtnomamiz”,
Yayrab undan qonamiz!
Baxtimizga yo’l ochgan,
Iqbol urug’in sochgan,
Qomusimiz bir jahon,
Dovrug’i bo’lsan doston!
- Mo’tabar ona – Vatan, Sadqa bo’lsin jonu – tan,
11-o’quvchi:-:O’zbekning o’z qushi humolari bor
Humo qanotida duolari bor
Muqaddas tuprog’in ko’ziga surtgan
O’z yo’li o’z so’zi tug’rolari bor.
12-o’quvchi:-Qomusimni bugun bilmoq istadim
Qomusimni dilga solmoq istadim
Qomus erur qomuslarning to’plami
Qomusimni dilga tuymoq istadim.
13--o’quvchi:-Dunyoda dunyosi
Bordir bu yurtning
Humosi,tug’rosi
Bordir bu yurtning
Bayrog’in ko’ksida
Bosib jon bergan
Najmiddin Kubrosi
Bordir bu yurtning.
1-o’quvchi:-Har qanday lashkarning ham
O’z tug’i yalovi bor
Sen qanday saltanatdan
Sen qaysi davlatdan kam
Qo’rg’onlar qatorida
Bir qo’rg’onsan ustuvor
Muhtasham Respublikam
Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa
Shu bayroq nomimizni
Parokanda o’zbekni.
2-o’quvchi:-Bugun dunyo senga havasla boqar
Nurli manzillarga yalov bayrog’im
24 yilki sen boshimda toj
Kelajak avlodga nurli och
Ajdodlar orzusi iftixorimsan
Bayrog’im sen mening nomus orimsan.
3-o’quvchi:- Hurlikni ulug’lab hilpirar mag’rur
O’zbek iftixori vatan bayrog’i
Yashaydi millatlar do’st-inoq masrur
Sajdagoh makondir oltin tuprog’i
Karvonin boshlaydi dovyurak sarbon
Murodli manzilga aziz xalqini
Ko’rsam der yurtini jannatiy makon
Bag’ishlab eliga umri qalbini.
4-o’quvchi:-Konstitutsiya lotincha so’z bo’lib “O’rnataman”,belgilab qo’yaman degan mazmunni ifoda etadi.O’zbek tilida”asosiy qonun”ya’ni davlatni boshqarish uning ichki va tashqi hududlarini idora qilish kabi ma’nolarni anglatadi.
5-o’quvchi:-O’zbegimning bosh qomusisan
Yuragimga soluvchi shahdni
Sen xalqimning or-nomusisan
Sen o’zingsan sharafim-faxrim
Inson huquqlari senda mujassam
Himoya etasan ming bir imkonim
Yurtim qo’rg’onlari erur mustahkam
Sen-la Vatanimga ustuvor qonun.
6-o’quvchi:-Huquqimiz bayon etguvchi
Har moddasin bilib olsak bas
Bizni doim himoya etar
U barchaga birday muqaddas.
7-o’quvchi:-Vi liv in Uzbekistan
Itiz ava mazelend
Ze konstyushin of ava kantri
Zer prinsiz of ava layf
8-o’quvchi:-Vi liv in Uzbekistan
Itiz in ristfil kantri
Ayem ze sitizin of Uzbekistan
Zis byutiful lend.
9-o’quvchi:-Ala konstyushin ava prayd
Itiz ze lo of layf
It helpiz is tu stadi
Dey end nayt
( Musiqa davom etadi. Milliy sho’x raqslardan biri ijro etiladi)
1-o’quvchi:-: Aziz o’quvchilar, muhtaram ustozlar, hurmatli ota – onalar, qadrli mehmonlar! Shu bilan O’zbekiston Respublikasi Qomusining 25yilligiga bag’ishlangan bayram tadbirimiz ham o’z nihoyasiga yetdi. Sizlarni yana bir bor qutlug’ ayyom bilan muborakbod etamiz.
2-o’quvchi:- Shu go’zal Vatanda yashar ekan, barcha fuqaro o’z huquqini bilsin, o’zligini tanisin! Vataniga munosib farzand bo’lsin, o’z yurtini ardoqlasin. Shunda baxt – iqbolimiz but bo’lgay, azizlar!