СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Radioaktiv yemirilish qonuni.

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Radioaktiv yemirish asosan uchta zarra; alfa,betta va gamma orqali bo'ladi. Alfa zarra bu Geliy atomi yadrosi hisoblanadi.

Просмотр содержимого документа
«Radioaktiv yemirilish qonuni.»

Qashqadaryo viloyati  Muborak tumani  4 – sonli umumiy o’rta  ta’lim maktabi  Fizika fani o’qituvchisi  Sobirov Shohjahon ning  Fizika fanidan  “Radioaktiv yemirilish qonuni”  mavzusida tayyorlagan  TAQDIMOTI

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani 4 – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi Fizika fani o’qituvchisi Sobirov Shohjahon ning Fizika fanidan “Radioaktiv yemirilish qonuni” mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI

MAVZU : RADIOAKTIV YEMIRILISH QONUNI REJA : Radioaktiv nurlar. Tabiiy radioaktivlik. Radioaktiv yemirilish qonuni. Yarim yemirilish davri. Aktivlik. Radioaktiv elementlar oilasi.

MAVZU : RADIOAKTIV YEMIRILISH QONUNI

REJA :

  • Radioaktiv nurlar.
  • Tabiiy radioaktivlik.
  • Radioaktiv yemirilish qonuni.
  • Yarim yemirilish davri.
  • Aktivlik.
  • Radioaktiv elementlar oilasi.
 Radioaktiv nurlar.    Fransuz fizigi A.Bekkerel 1896-yilda uran tuzlarida luminessensiya hodisasini o‘rganayotib, g‘aroyib hodisaga duch keldi. Uran tuzini fotoplastinka ustida qoldirgan Bekkerel plastinkani ochganida plastinkaga tuzning surati o‘tib qolganini ko‘rdi. Tajribani bir necha bor takrorlagan Bekkerel, bunday tuzlar qog‘ozdan, yupqa metalldan oson o‘tuvchi, havoni ionlashtiruvchi, luminessensiya hodisasini vujudga keltiruvchi noma’lum nur chiqaradi, degan xulosaga keldi. Ushbu nurlar radioaktiv nurlar (lotincha radius – nur so‘zidan olingan), radioaktiv nurlarni chiqarish esa radioaktivlik deb nomlandi.

Radioaktiv nurlar.

Fransuz fizigi A.Bekkerel 1896-yilda uran tuzlarida luminessensiya hodisasini o‘rganayotib, g‘aroyib hodisaga duch keldi. Uran tuzini fotoplastinka ustida qoldirgan Bekkerel plastinkani ochganida plastinkaga tuzning surati o‘tib qolganini ko‘rdi. Tajribani bir necha bor takrorlagan Bekkerel, bunday tuzlar qog‘ozdan, yupqa metalldan oson o‘tuvchi, havoni ionlashtiruvchi, luminessensiya hodisasini vujudga keltiruvchi noma’lum nur chiqaradi, degan xulosaga keldi. Ushbu nurlar radioaktiv nurlar (lotincha radius – nur so‘zidan olingan), radioaktiv nurlarni chiqarish esa radioaktivlik deb nomlandi.

Radioaktiv nurlar  Rezerford tajribalar yordamida radioaktiv nurlar bir jinsli emas, balki bir necha nurlardan iborat ekanligini aniqladi. Rasm tekisligiga perpendikulyar yo`nalgan magnit maydondan o`tkazilgan nur uchta: alfa, betta, gamma -nurlarga ajralib ketdi. Ularning birinchisi – geliy yadrosining oqimi, ikkinchisi elektronlar oqimi, uchunchisi esa gamma – kvantlar (fotonlar) oqimidir.

Radioaktiv nurlar

Rezerford tajribalar yordamida radioaktiv nurlar bir jinsli emas, balki bir necha nurlardan iborat ekanligini aniqladi. Rasm tekisligiga perpendikulyar yo`nalgan magnit maydondan o`tkazilgan nur uchta: alfa, betta, gamma -nurlarga ajralib ketdi. Ularning birinchisi – geliy yadrosining oqimi, ikkinchisi elektronlar oqimi, uchunchisi esa gamma – kvantlar (fotonlar) oqimidir.

Tabiiy radioaktivlik  Uran radioaktiv nur chiqaradigan yagona element emas. radioaktivlikni har tomonlama chuqur o‘rgangan er-xotin Mariya va Pyer  Kyurilar uran rudasidan ikkita radioaktiv element– poloniy (Po) va radiy  (Ra)larni  ajratib  olish  sharafga  muyassar  bo‘ldilar.  Tabiiy  radioaktiv  elementlar yerning istalgan joyida mavjud. U havoda, suvda, tuproqda, jonli organizmning hujayralarida, oziq-ovqatlarda istalgancha topiladi. Tabiatda eng ko‘p tarqalgan radioaktiv izotoplar 40k, 14C, uran va toriy izotoplari oilasidir.

Tabiiy radioaktivlik

Uran radioaktiv nur chiqaradigan yagona element emas. radioaktivlikni har tomonlama chuqur o‘rgangan er-xotin Mariya va Pyer Kyurilar uran rudasidan ikkita radioaktiv element– poloniy (Po) va radiy  (Ra)larni  ajratib  olish  sharafga  muyassar  bo‘ldilar.  Tabiiy  radioaktiv  elementlar yerning istalgan joyida mavjud. U havoda, suvda, tuproqda, jonli organizmning hujayralarida, oziq-ovqatlarda istalgancha topiladi. Tabiatda eng ko‘p tarqalgan radioaktiv izotoplar 40k, 14C, uran va toriy izotoplari oilasidir.

Tabiiy radioaktivlik  Shuni alohida ta’kidlash lozimki, radioaktivlik izotopning sof holda yoki biror birikma tarkibiga kirishiga, qanday agregat holatda bo‘lishiga mutlaqo bog‘liq emas. Shu bilan birga, na bosim, na temperatura, na elektr maydon va na magnit maydon tabiiy radioaktivlikka ta’sir ko‘rsata olmaydi. Demak, radioaktivlik yadro ichidagi jarayonlargagina bog‘liq, degan xulosaga kelishdan boshqa ilojimiz yo‘q.  Tabiiy radioaktivlik  deb, nostabil izotoplar   atomi yadrolarining turli  zarralar  chiqarish  va  energiya  ajratish  bilan  stabil  izotoplarga  aylanishiga  aytiladi.

Tabiiy radioaktivlik

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, radioaktivlik izotopning sof holda yoki biror birikma tarkibiga kirishiga, qanday agregat holatda bo‘lishiga mutlaqo bog‘liq emas. Shu bilan birga, na bosim, na temperatura, na elektr maydon va na magnit maydon tabiiy radioaktivlikka ta’sir ko‘rsata olmaydi. Demak, radioaktivlik yadro ichidagi jarayonlargagina bog‘liq, degan xulosaga kelishdan boshqa ilojimiz yo‘q.

Tabiiy radioaktivlik  deb, nostabil izotoplar

  atomi yadrolarining turli  zarralar  chiqarish  va  energiya  ajratish  bilan  stabil  izotoplarga  aylanishiga  aytiladi.

Radioaktiv yemirilish qonuni  Yadroning radioaktiv nur chiqarish bilan boshqa yadroga aylanishi radioaktiv yemirilish yoki soddagina yemirilish deyiladi. Radioaktiv yemirilgan yadro ona yadro, hosil bo‘lgan yadro esa bola  yadro  deyiladi.  Xo‘sh,  bu  yemirilish  biror  qonunga  bo‘ysunadimi?  Ko‘plab tajribalarning ko‘rsatishicha, qaralayotgan hajmdagi radioaktiv atomlar soni vaqt o‘tishi bilan kamaya boradi. Ba’zi elementlarda bu kamayish minutlar, hatto sekundlar davomida ro‘y bersa, ba’zilarida milliardlab yil davom etadi. Umuman olganda, yadroning yemirilishi tasodify  hodisadir.  Shuning  uchun,  u  yoki  bu  yadroning  berilgan  vaqt  oralig‘ida yemirilishi statistika qonunlariga bo‘ysunadi.

Radioaktiv yemirilish qonuni

Yadroning radioaktiv nur chiqarish bilan boshqa yadroga aylanishi radioaktiv yemirilish yoki soddagina yemirilish deyiladi. Radioaktiv yemirilgan yadro ona yadro, hosil bo‘lgan yadro esa bola  yadro  deyiladi.  Xo‘sh,  bu  yemirilish  biror  qonunga  bo‘ysunadimi?  Ko‘plab tajribalarning ko‘rsatishicha, qaralayotgan hajmdagi radioaktiv atomlar soni vaqt o‘tishi bilan kamaya boradi. Ba’zi elementlarda bu kamayish minutlar, hatto sekundlar davomida ro‘y bersa, ba’zilarida milliardlab yil davom etadi. Umuman olganda, yadroning yemirilishi tasodify  hodisadir.  Shuning  uchun,  u  yoki  bu  yadroning  berilgan  vaqt  oralig‘ida yemirilishi statistika qonunlariga bo‘ysunadi.

Radioaktiv yemirilish qonuni  Radioaktiv elementning asosiy xarakteristikalaridan bittasi har bir yadroning bir sekund davomida  yemirilish  ehtimoli  bilan  aniqlanadigan  kattalikdir.  U  λ  harfi  bilan   belgilanadi va radioaktiv yemirilish doimiysi deyiladi.Agar boshlang`ich moment t=0 da N 0 ta radioaktiv atom mavjud bo`lsa, t momentda qolgan radioaktiv atomlarning soni quyidagi qonunga muvofiq aniqlanadi. Bu yerda e~2,72-natural logarifmning asosi. Yuqoridagi ifoda esa radioaktiv yemirilish qonuni deyiladi.

Radioaktiv yemirilish qonuni

Radioaktiv elementning asosiy xarakteristikalaridan bittasi har bir yadroning bir sekund davomida  yemirilish  ehtimoli  bilan  aniqlanadigan  kattalikdir.  U  λ  harfi  bilan   belgilanadi va radioaktiv yemirilish doimiysi deyiladi.Agar boshlang`ich moment t=0 da N 0 ta radioaktiv atom mavjud bo`lsa, t momentda qolgan radioaktiv atomlarning soni quyidagi qonunga muvofiq aniqlanadi.

Bu yerda e~2,72-natural logarifmning asosi. Yuqoridagi ifoda esa radioaktiv yemirilish qonuni deyiladi.

Yarim yemirilish davri  

Yarim yemirilish davri

  •  

Aktivlik  

Aktivlik

  •  
Radioaktiv elementlar oilasi  

Radioaktiv elementlar oilasi

  •  
Uyga vazifa Radioaktiv nurlarni kim aniqlagan? Tabiiy radioaktivlik nima? Radioaktiv yemirilish qonunini aytib bering. Yarim yemirilish davri deb nimaga aytiladi? Aktivlik va uning birligi nima? Radioaktiv elementlar oilasi qanday elementlar kiradi?

Uyga vazifa

  • Radioaktiv nurlarni kim aniqlagan?
  • Tabiiy radioaktivlik nima?
  • Radioaktiv yemirilish qonunini aytib bering.
  • Yarim yemirilish davri deb nimaga aytiladi?
  • Aktivlik va uning birligi nima?
  • Radioaktiv elementlar oilasi qanday elementlar kiradi?
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

E’TIBORINGIZ UCHUN

RAHMAT!


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!