СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

«RAMAZON» Uzbek folk song

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

President of the Republic of Uzbekistan IAKarimov, realizing the need for a vital life of our religious traditions, and called on all statesmen to help low-income families (as in ‘Peter’s fast’) during this period. This is a testament to the greatness and sanctity of the month of Ramadan, and to the high spiritual and moral power of these religious beliefs. to grant the right to hegemony would be to restrict the free thought of man to freedom of conscience and religion. After all, Islam is the religion of our ancestors, the source of life for Muslims.

Просмотр содержимого документа
««RAMAZON» Uzbek folk song»

«RAMAZON»

O’zbek xalq qo’shig’i

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov diniy urf-odatlarimizning zarur hayoti o’rnini his qilgan holda 2000 yillar ramazon oyiga to’g’ri keladigan birinchi o’n kunligini (ya’ni, 31-1 dekabr 1999 yildan 10 mart 2000 yilgacha) mehr-sahovat yili deb e’lon qildilar va shu davr ichida barcha davlat kishilarining kam ta’minlangan oilalariga («Pitr ro’za» sifatida) yordam berishga da’vat qildilar. Shuning o’zi ro’zai-ramazon oylarining naqadar ulug’ va muqaddas kunlar ekanligidan va bu urf-odatlaraing diniy e’tiqodning yuksak ma’naviy-axloqiy qudratga ega ekanligidan dalolat beradi, Yangilangan jamiyatimizda faqat bir xil dunyoqarashini targ’ib qilish va unga gegemonlik huquqini berish insonning erkin fikrlashi vijdon va din erkinligini chegaralashdan iborat bo’lar edi. Zero, Islom dini bizning otalarimiz e’tiqodi-ongi, musulmonlarning hayotiy tiriklik manbai.

O’bekiston Respublikasida din erkinligiga keng yo’l ochib berildi. Xusnsan, Makkaga va hajga borish uchun barcha qulayliklar yaratildi. Nomoz o’qish, diniy bayramlarni o’tkazish, ro’za tutish har kimning o’z ixtiyorida.

O’zbek xalqining va shu qatori bir qancha O’rta Sharq Davlatlarini xalq bisotidan ma’lum bir qismini diniy marosim qo’shiqlari egaliaydi. Xususan, qiroat, zikr, ramazon qo’shiqlari va h.k.

Bolalar o’rtasida keng tarqalgan xalq qo’shiqlaridan biri ramazon qo’shiqlaridir. Ramazon qo’shiqlari barcha musuhnon davlatlarida mavjud bo’lib, turlicha kuylansada ular mazmuni jihatidan bir-birlariga mos keladi va odatda bolalar tomonidan aytiladi.

San’atshunos olim R.Abdullayev turli millat xalqlariga mansub bo’lgan ramazon qo’shiqlarining bir qanchasini notaga yozib olgan va o’zining doktorlik dissertatsiyasida batafsil tahlil qilib bergan. «Yo ramazon», «Jaramazon» nomlari bilan turli regionlarda turlicha ataladigan va turlicha kuylanadigan bu qo’shiqlarning asl mazmunida xalqning urf-odatini saqlab qolish va unga amal qilgan holda o’z ruhiyatini qondirishdan iboratdir [18.-42 b.].

Xususan, ramazon qo’shiqlarini kuylash uchun odatda o’g’il bolalar og’iz ochar paytda to’planishib uyma-uy yurishib «Ramazon» aytishadi. Xonadon egalari bolalarga turli shirinlikiar, meva-cheva, non, cho’zma, patir, konfet va boshqa taomlarni olib chiqib berishadi va bolalar ularga o’z rahmatlarini aytib ketishadi.

Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Shoyxo’ja va Yakka yog’och qishloqlarida ramazon qo’shig’i bir oz tezroq ufor usulida kuylanadi, hamda u melodik jihatdan ham matn jihatidan ham keskin farq qiladi. Ularga xos umumiylik ramazon qo’shiqlarining aynan ramazon oyida kuylanishi va diniy urf-odatlarimizga xos an’analarni targ’ib qilishlik. Ularning barchasida asosan ro’za tutilishi va xalq orasida keng tarqalgan udum haqida bolalarning ko’pchilik bo’lib kuylashi xarakterlidir.

Ramazon so’ngida bolalar shirinliklarni o’zaro bo’lishib olishib baham ko’rishadilar va uy-uylariga tarqalishadilar. Qishloq honadonlarining birortasini qoldirib ramazon aytmaslik shu oilaga nisbatan bolalarning hurmati yo’qligini ko’rsatuvchi belgi hisoblanishi va shuning uchun ham ramazon aytuvchilardan ayrim paytlarda “nega bizning uyimizga ramazon aytmadilaringiz?” deb odamlar so’rab ham qo’yishadi.

Ramazon qo’shig’i Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumani, Suvchi qishlog’ida marsh ohangiga yaqin xarakterda kuylanadi.

Jaramazon aytaman eshigingga,

Xudoyim o’g’il bersin beshigingga.

Jaramozon aytgan bilan to’yamizmi,

Burungining qasamini qo’yamizmi,

Muhammad ummatingga jaramazon.


Xalq urf-odati bilan chambarchas bog’langan bu qo’shiqlarni kuylash o’ziga xos udum bo’lib, uni tilanchilik qilishning bir turi deb qarash mutlaqo yaramaydi.

Bolalarga berilgan sovg’alarga qarab ularga rechitativ sifatida ko’pchilik bo’lib bir xilda o’z minnatdorchiligini bildirishadi.

Eshigingiz ortida oy ko’rdim,

Hammadan sizni boy ko’rdim.


Xasislik qiluvchi yoki bolalarni mensimaydigan, urf-odatlarni hurmat qilmaydigan oilalai^a shunday so’zlarni aytishadi.

«Bormi yo’q?», «ochmi to’q?» deya ranjib ketish hollari ham bo’ladi.

Ramazon qo’shiqlari «musiqa» darslari dasturiga kiritilmagan bo’lsa-da undan qo’shimcha material sifatida foydalardsh lozim bo’ladi.

Odatda bolalar ramazon qo’shiqlarini o’zlari bilganlaricha ayrim paytda pala-partish so’zlar bilan ham kuylay berishadi va uning ohangini ba’zan buzib kuylashadi. Xalqimizning urf-odatlarga xos bolgan bunday qo’shiqlarni bolalar bilan kuylash shu urf-odatlarning yanada mukammalroq va mazmunliroq bo’lishiga imkon beradi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Ramazon» qo’shig’i turli regionlarda turlicha kuylanishini hisobga olgan holda qo’shiqning shu regionga mos variantini tanlab olish maqsadga muvofiqdir.

O’quvchilarga beriladigan savollar,

1. «Ramazon» qo’shig’i qaysi xalq qo’shiqlari sirasiga kiradi?

2. «Ramazon» qo’shig’i qaysi kunlarda kuylanadi?

3, «Ramazon» qo’shig’i qaysi urf-odatlarimizga xos?

4. «Ramazon» qo’shig’ini kuylab bering?



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!