СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Rang tasvirda rang munosabatlari va akvarel bilan ishlash texnologiyasi

Категория: ИЗО

Нажмите, чтобы узнать подробности

Rang tasvir haqida umumiy qoidalar,  rang tasvirning turlari batafsil yoritib berilgan

Просмотр содержимого документа
«Rang tasvirda rang munosabatlari va akvarel bilan ishlash texnologiyasi»

RANGTASVIRDA RANG MUNOSABATLARI, NATYURMORT ISHLASHNING
O’ZIGA HOS HUSUSIYATLARI.

Natyurmort va uni ishlanish usullari haqida fikr yuritishdan oldin biz rangtasvir haqida aytib o‗tsak. Albatta har bir tasviriy san‘at soxasi bilan faoliyati bog‗liq inson - hoh u rassom
bo‗lsin, hoh tasviriy san‘at fani o‗qituvchisi yoki shu soha bilan bog‗liq bo‗lgan xunarmand :- barchasi birinchi o‗rinda qalamtasvirni yaxshi bilgan holda rangtasvirga kirib boradi (rangtasvirga bog‗liq sohalarda). Shu o‗rinda rangtasvir o‗zi nima-?, rangtasvirda qalam tasvirning o‗rni qanday-? degan savollarga javob berib o‗tamiz. 7 Rangtasvirning ilmiy negizini rangshunoslik fani tashkil qiladi. Rangshunoslik bo‗lg‗usi rassomlarga ranglarni tabiatda hosil bo‗lishi va tarqalishi masalalarini ularning atrof-muhit
ta‘sirida o‗zgarib ko‗rinishini, bo‗yoqlarini tayyorlash va ulardan foydalanish yo‗llarini
o‗rgatadi.
O‗rta Osiyoda ranglar haqidagi talimot qadimdan kitob miniatyurasi, naqqoshlik, devorlarga freska, pannolar ishlash bilan bog‗liq holda rivojlanib kelgan. Chunki musavvirlik xunari rang tanlash va ularni tayyorlay bilishni talab etadi. Shuning uchun har bir shogird, avvalo, rang tayyorlash sirlarini va shu ishga bog‗liq kimyoviy jarayonlarni o‗rgangan bo‗lishi kerak. Ranglarni tabiatda qanday hosil bo‗lishi va tarqalish hodisalari qadimdan olimlar va rassomlarning diqqatini tortgan. Uyg‗onish davri buyuk rassomlari va nazariyachilari Mon Batista Alberti, Leonardo da Vinchi va boshqalar rangtasvir haqidagi asarlarida ranglarning hususiyatlari haqida yozganlar. Rang inson hayotida muhim ro‗l o‗ynaydi. U turli vaziyatlarda odamga har xil tasir etadi.
Shuning uchun biz ayrim paytlarda ranglarni «quvonchli» va kayfiyatimizni tushkunligini ifoda
etishi mumkin bo‗lgan «hira»-deb atashimiz bejiz emas. Inson qadimgi paytlardanoq rangning
ana shunday hususiyatlarini hisobga olib,o‗z faoliyatida unumli foydalanib kelganligi malum. Ayniqsa,shunday vosita sifatida rassomlar undan ustalik bilan foydalanganlar. Asarlariga har xil ranglar bilan jilo berib,odamlar kayfiyatiga turlicha ta‖sir etib fikrlar uyg‗otadigan tasvirlar
yaratishga erishganlar. Shuning uchun tasviriy sanatning juda ko‗p turlari janrlarida rang ham, uni ishlata bilish ham juda katta ahmiyatga egadir. Ammo u qalamtasvirning muhim ekanligi bilan quvvatli ekanligi malum xaqiqatlardan eng asosiysi desak to‗g‗ri bo‗ladi. Shuning uchun qadimdan qalamtasvirda ishlashga rangtasvirning asosi sifatida qarash shakllangan. Ammo rang
hususiyatlarini yaxshi bilish har bir tasvir chizishni o‗rganuvchi uchun juda ahamiyatlidir. Maktab fizika kursidan malumki, ranglarning deyarli hammasi spektrning asosiy uch rangini
qo‗shish orqali olinadi. Ular qizil,sariq,ko‗k ranglardir. Bular asosiy ranglar deb ataladi. Asosiy
ranglarni qo‗shish orqali qo‗shimcha ranglar olinadi. Masalan, qizil va ko‗kni qo‗shish orqali binafsha, qizil va sariqni qo‗shish orqali esa zarg‗aldoq, sariq va ko‗kni qo‗shish orqali esa yashil ranglarni hosil qilish mumkin. Ranglar tabiatan ikki xil hususiyati: iliq va sovuq
hususiyatlari bizga ma‖lum. Iliq ranglar qatoriga qizil, sariq, zarg‗aldoq va ularga yashil ranglar, sovuq ranglar qatoriga yashil, zangori, binafsha va ularga yaqin bo‗lgan ranglar kiradi. Shuningdek bular barchsi axromatik ranglardir. Qolgan ranglarning hammasi xromatik ranglardir. Axromatik ranglar bir biridan faqat och to‗qligi bilan farq qiladi. Masalan, oq , kulrang, qora, qoraroq, juda qora,va boshqalar. Xromatik ranglar esa bir biridan rang tusi bilan farq qiladi, ya‘ni – qizil, sariq, ko‗k , yashil. jigarrang va hokazo. 8 Ranglar yana och-to‗qligi ya‘ni och qizil, to‗q sariq. to‗q qizil, och sariq va to‗yinganligi
ya‘ni yorqin, hiraligi bilan farq qiladi. Rang doirasida qarama-qarshi joylashgan ranglar
«kontrast» ranglar deb ataladi. Kontrast ranglar bir biridan keskin farq qilib, biri ikkinchisini
yanada yorqin qilib ko‗rsatadi. Masalan,yashil rang fonida qizil rang yorqin bo‗lib ko‗rinadi va aksincha qizil rang fonida yashil rang ancha yorqinlashadi. Rang bilan ishlashda rang garmoniyasini, ya‘ni ranglar uyg‗unligini, bilish katta ahamiyatga ega.
Narsa va xodisalarni tasvirlashda moybo‗yoq , tempera, akvarel, guash kabi bo‗yoqlar
ishlatiladi. Narslarni bo‗yoq yordamida tasvirlash ancha murakkab jarayon bo‗lib,kishidan ranglarning hususiyatlarini va ularni samarali, uquvli tarzda ishlatish usullari texnikasini bilishni taqozo etadi. Bo‗yoqlar yordamida narsaning hajmi, fakturasi va fazoviy holatini tasvirlash rangtasvirda ishlashning asosini tashkil etadi. Har bir narsani chizuvchi tasvirlar ekan u ranglarga jiddiy etiborini qaratishi kerak. Ana shunda rangning tabiatdagi ko‗rinishi farqli ekanligini bilib olish mumkin. Chunki narsaning rangi bizdan uzoq yaqinligiga qarab o‗zgarib ko‗rinadi. Buning sababi esa havo, atrof-muhitning predmet ko‗rinishiga ta‘siridandir. Qog‗oz sathida ranglar
munosabatlarini to‗g‗ri nisbatlarda topib ishlatish rangtasvirning xaqqoniy aks etishida muhim
ahamiyat kasb etuvchi omillardan eng muhimi deb xisoblasak o‗rinlidir. Akvarel bo‗yog‗ida
ishlash ham o‗z navbatida jiddiy o‗qib o‗rganishni, qattiq mashq qilishni talab etuvchi
mashg‗ulotdir. Ishning nazariy qismi amaliyot bilan bir paytda puxta o‗rganib borishni taqazo etadi. Arxromatik ranglardan boshqa barcha ranglar, ya‘ni biror rang tusiga ega bo‗lgan ranglar xromatik ranglarga kiradi. Quyosh spektorining barcha ranglari hamda ularning bir birlari bilan
aralashtiruvidan hosil bo‗lgan hamma ranglar jumlasidandir. Shuningdek, oq rang ham xromatik ranglar jumlasiga kiradi.
Xromatik ranglar axromatik ranglardan farqli o‗laroq, faqatgina yorug‗ik kuchlari bilan emas, balki nomlari, tuslari jihatidan ham ajralib turadi. Masalan,sariq rang qizil ranglar ham
yorug‗lik kuchi bilan ham rangining tusi bilan ham keskin farq qiladi. Har bir xromatik rang uchta xossaga ega. Ular rang tusiga, rang yorugligiga (bunda kam yoki ko‗p yorqinlik ko‗zda
tutiladi), rang to‗yinganligiga (bunda kam yoki ko‗p yorqinlik kuzda tutiladi) ega bo‗ladi. Xar
bir xromatik rang ana shu uchta hossaga ko‗ra bir birdan farqlanadi. Yuqorida aytilganlardan ma‗lum bo‗ladiki, xromatik ranglar bir biridan uchta asosiy xossasi-rang toni (rangning o‗zi), rangni och-to‗qligi va to‗yinganligi bilan farq qilar ekan. Spektorni sinchiklab kuzatsak , uning eng chekkasidagi qizil va binafsha ranglar orasida
o‗xshashlik alomatlarini sezamiz. Ikkala rang bir biriga qo‗shilsa, ulrning oralig‗ida qirmizi ranglar hosil bo‗ladi. Bu xosil bo‗lgan rangni qizil rang bilan binafsha rangning o‗rtasida joylashtirib, spektor tutashtirilsa,halqa kelib chiqadi. Buni rangshunoslikda ranglar doirasi deb yuritiladi. Ranglar doirasidan qizil, qizg‗ish zarg‗aldoq, sariq, sarg‗ish yashil, yashil tab zangori 9 havorang, ko‗kimtir havorang, ko‗k, ko‗kimtir binafsha, qirmizi ranglarning har xil tuslari
ko‗rinadi. Ranglar doirsida rang tuslari juda ko‗p bo‗lishi mumkin. Lekin ko‗zlarimiz ularni 150 taga yaqinini ajratishga qodir. Ranglarning doira bo‗ylab joylashish tartibi muayyan saqlanadi . Rang doirasi ikki teng bo‗lakka bo‗linsa, birinchi yarmida qizil, zarg‗aldoq, sarg‗ish yashil (pistoqi) ranglar, ikkinchi yarmida esa yashil havorang, feruza, zangori, ko‗k binafsha ranglar joylashadi. Doiraning birinchi yarmidagilar iliq ranglar, ikkinchi yarmidagilar esa sovuq ranglardir. Bunday nomlanishiga sabab –qizil, sariq ranglar olovni, qizigan temirni cho‗g‗ni eslatsa, havorang, zangori, yashil ko‗klar esa muzning, suvning rangini eslatadi. Bu farklanish nisbiy bo‗lib, har qanday iliq ham o‗ziga nisbatan iliqroq rang yonida sovuq bo‗lib ko‗rinishi va aksincha, sovuq rang o‗zidan sovuqroq rang yonida iliqroq tuyilishi mumkin. Kimyo fani bo‗yoqlarning topilishiga , moddalrni kimyoviy usulda qo‗shib, bo‗yoqlarning retseplarini aniqlashga yordam beradi.Buyoqlar asosan ikki xil yo‗l bilan tayyorlanadi.
Bo‗yoqlarning nomlari ko‗pincha, qazilmadan qazib olingan joyning nomi bilan ajralib kelinadi. Masalan,bo‗yoqlardan neopolitan sarig‗ini olsak, bu sarg‗ish malla rang bo‗yoq Italiyaning Neapol shaxri atrofdagi tog‗lardan vulqon bilan otilib chiqqan moddadan tayyorlanadi. Xalilovka oxrasi – oltin tusli buyoq bo‗lib, Uralda Orenburg rayonida Xalilovka
qishlog‗ida olinadi. Hind sarig‗i – to‗q sariq bo‗yoq, Hindistonning Bengaliya shtatida
o‗sadigan hurmo daraxti yaprog‗idan tayyorlanadi. Yana ayrim yorqin qizil bo‗yoqlarni kichkina jonivorlardan – dub daraxtida yashovchi ko‗ng‗izcha (kattaligi 2-8mm), Shimoliy Amerikada yashovchi qizil chuvalchangdan tayyorlanadi. Rang tusi ranglarning to‗lqin uzunligiga qarab belgilanadi. Rangning bu hossasiga ko‗ra biz ko‗z orqali qizil, sariq, zangori va boshqa spektral ranglarni ko‗ramiz hamda idrok qilamiz. Lekin rang tuslari ularga qo‗yiladigan rang nomlariga qaraganda ancha ko‗pdir. Rang tusining
to‗lqinlar uzunligi o‗zgarmaydi. Chunki oq rang qo‗shilganda, faqatgina rang yorqinligi
o‗zgaradi va qaytarish koeffisenti bilan ifodalanadi. Yorqinlikni aniq o‗lcham uchun fotometr degan asbobdan foydalaniladi. Rang tuslari sprektor ranglariga qanchalik yaqinlashsa, ularning yorqinligi shunchalik yaxshi bo‗ladi . Rangtasvir va rang munosabatlari haqida quyida kengroq fikr bildirishga harakat qilamiz


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!