Mavzu: SHISHA PRIZMADA YORUG'LIKNING TARKIBIY QISMLARGA AJRALISHI. KAMALAK
Darsning maqsadi:
oq yorug'likning murakkab tuzilishga ega ekanligini ko'rsatish;
yorug'lik ranglari haqida tushuncha berish;
prizmaning ranglarni ajratish xossasi borligi bilan tanishtirish;
kamalak hosil bo'lish sabablarini o'rganish.
Dars uslibi: interfaol
Darsa foydalanilgan metodlar: Aqliy hujum, anogramma, fikrlay olasanmi, klaster, savol- javob, mustaqil ishlash.
Dars jihozi:
1 | Fizika darsligi. | |
2 | Tajriba-namoyish jihozlari. 3. Kamalak surati | |
Asosiy tushuncha va atamalar: | |
| spektr; | |
| yorug'lik ranglari; | |
| yorug'lik ranglarining qo'shilishi va ajralishi; | |
| kamalak. | |
| Darsning blok-chizmasi |
№ | Dars bosqichlari | Vaqti |
1. | Tashkiliy qism | 2 minut |
2. | O'tilganlarni takrorlash. | 15 minut |
3. | Tajriba-namoyish ko'rsatish | 5 minut |
4. | Yangi mavzuni o'rganish | 15 minut |
5. | Darsni mustahkamlash va uyga topshiriqlar | 8 minut |
Darsning borishi:
a)Salomlashish
b)Tozalikka e’tibor berish
c)Davomatni aniqlash
Otilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
O’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo’yilgan savol va topshiriqlarni guruhlar boshlig’i chiqib tanlab oladilar.
1-savol: Yorug’lik nuri deb nimaga aytiladi?
Javob: Shaffof bir jinsli muhitda to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi. Yorug’lik tarqalayotgan chiziq yorug’lik nuri deb ataladi.
2- savol: Yorug’likning qaytish qonunini tushuntiring.
Javob: Tushgan nur va nur tushgan nuqtaga o’tkazilgan perpendikular orasidagi burchak α tushish burchagi, qaytgan nur va perpendikular orasidagi burchak γ qaytish burchagi deyiladi. Tushish burchagi qaytish burchagiga teng.
3- savol: Yorug’likning sinish qonunini tushuntiring.
Javob: Singan nur va nur tushgan nuqtaga o’tkazilgan perpendikular orasidagi burchak sinish burchagi deyiladi. Yorug’lik tezligi katta bo’lgan muhitdan tezligi kichik bo’lgan muhitga o’tganda sinish burchagi tushish burchagidan kichik bo’ladi.
4- savol: Ko’zgu deb nimaga aytiladi?
Javob: Bir tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastina. Plastina shakliga qarab, yassi, qavariq va botiq bo’ladi. Narsa , buyumlardan qaytgan yorug’lik ko’zguga tushadi va uning kumushlangan qatlamidan qaytadi.
5-savol: Yorug’lik tezligi nechaga teng va uni birinchi bo’lib kim aniqlagan?
Javob: Yorug’likning bir jinsli muhitda 1 sekundda bosib o’tgan yo’li. Vakuumda tng katta tezlik 300000 km/s ga teng. Boshqa muhitlarda undan kichik. Tabiatda birorta jism yoki zarracha yorug’likning vakuumdagi tezligiga teng yoki undan katta tezlikda harakatlana olmaydi. Yorug’likning tezligini birinch bo’lib 1676 –yilda daniyalik astronom Olaf Ryomer o’lchagan.
Klaster: Oquvchilar linzaga oid klaster tuzishadi
N
amuna
Fizik diktant:
Ikkala tomonni siferik sirtlar bilan chegaralangan shaffof jism …….. deb ataladi. Linzaning o’rtasi chekkasiga nisbatan qalinroq bo’lsa bunday linza ……..deb ataladi. O’rtasi chekkasiga nisbatan yo’g’onroq bo’lgan linzalar ……….deyiladi. O’rtalari chekkalariga nisbatan ingichka bo’lgan linzalar …….deb ataladi. O’rtasi chekkasiga nisbatan yupqaroq bo’lgan ……..deb ataladi. Agar linzaning bosh optik o’qiga parallel nurlar yuborilsa, ular linzalar o’tayotib sinadi va o’z yo’nalashini o’zgartiradi. Linza yig’uvchi bo’lsa, nurlar bir-biriga yaqinlashib bir nuqtada kesishadi. Nurlar kesishgan nuqta …….deb ataladi.
(Linza, qavariq linza, yig’uvchi linzalar, botiq linzalar, linza sochuvchi linza, linzaning bosh fokusi)
Aqliy hujum:
Yorug’likning tarkibini qanday aniqlash mumkin?
O’quvchilarning fikrlari tinglanadi.
O’qituvchi: Ushbu qo’yilgan muammoga to’g’ri javobni siz yangi mavzuni o’tish jarayonida bilib olasiz.
Yangi mavzu: Shisha prizmada yorug'likning tarkibiy qismlarga ajralishi. Kamalak.
Har biringiz bahor paytida yomg'irdan so'ng osmonda yoy shaklidagi rangli «kamalak»ni kuzatgansiz. Ko'pincha kamalak ikkita bo'lganligidan yurtimizda Hasan-Husan deb ham nomlashadi. Shunday kamalakni yoz kunlarida otilib turgan favvoralar yaqinida o'tirib ham kuzatish mumkin. Sun'iy ravishda shlangdan suv sepganda sochilib chiqayotgan zarrachalarda ham ba'zan kamalakni kuzatish mumkin. Ko'ringan tabiiy kamalakka qarab yura boshlasangiz, u ham sizdan uzoqlasha boradi va keyinroq yo'qoladi.
Yorug'likning rangini o'rganishni birinchi bor ilmiy ravishda 1666-yilda Nyuton boshlab beradi. Bu haqda Nyuton quyidagicha yozadi. «Men 1666-yilda (sferik ko'rinishga ega bo'lmagan optik shishani silliqlayotganimda) yorug'lik rangi haqidagi hodisani o'rganish uchun uchburchak shaklidagi shisha prizmani topib oldim. Shu maqsadda men xonamni qorong'ilashtirib, unda quyosh nurlari kirishi uchun kichik tirqish qoldirdim. Prizmani shunday joylashtirdimki, natijada yorug'lik prizmadan o'tganidan so'ng qarama-qarshi devorga tushdi. Menga devordagi jonli ranglarni ko'rish katta mamnuniyat keltirdi». Bu tajribani o'zingiz ham bajarib ko'rishingiz mumkin. Buning uchun Quyoshdan keluvchi yoki elektr
lampochkadan chiqqan nurlarni tirqish orqali uchburchak shaklidagi shishadan yasalgan prizmaga tushiriladi. Prizmaga tushirilgan oq nur, undan o'tgach, yetti xil rangga ajralar ekan (114-rasm).
|
Ranglarning joylashish tartibi quyidagicha: qizil, zarg'aldoq, sariq, yashil, havorang, ko'k va binafsha. Yetti xil rangdan tashkil topgan tasvirni spektr deb ataladi. Prizmadan chiqqan nur rangli bo'lishidan tashqari, kirgan nurga nisbatan yoyilgan holatda bo'ladi. Buning sababini o'rganish uchun prizmadan chiqqan nurlardan bittasini qoldirib, qolganini berkitamiz va qoldirilgan nur yo'liga boshqa prizmani qo'yamiz. Prizmadan o'tgan nurlarning og'ish burchagini o'lchab, turli rangdagi nurlarning prizmadan o'tishda turli burchakka og'ishini kuzatamiz. Eng ko'p og'ish binafsha nurga, eng kam og'ish qizil nurga to'g'ri keladi. Agar berkitilgan nurlarni ochib yuborib, ikkinchi prizmadan o'tkazilsa, nurlar yig'ilib, yana oq nur ko'rinishida bo'ladi. Bu bilan Nyuton Quyoshdan keluvchi oq nur aslida ma'lum nisbatda qo'shilgan turli toza ranglarning aralashmasidan iborat ekanligini isbotlaydi. Haqiqatdan ham, keyinchalik Yung degan olim yettita rang emas, balki uchta: qizil, havorang, yashil ranglarni qo'shib oq rang hosil qilib ko'rsatadi. Shu uchta rangni turli nisbatda aralashtirilsa, boshqa barcha ranglar hosil bo'lar ekan. Hozirgi zamon rangli televizorlarida mana shu uchta rang qo'shilishidan rangli tasvir hosil qilinadi. Narsa va predmetlarning ham turli rangda ko'rinishi ularning o'ziga tushgan yorug'likdagi ayrim ranglarni yutib, ayrimlarini esa qaytarishidir. Masalan, qizil shar faqat qizil rangni qaytarib, qolganini yutadi. Qora jism tushgan yorug'likning deyarli barchasini yutsa, oq jism qaytaradi.
Demak, yuqorida aytilgan kamalak ham yomg'ir tomchilari xuddi prizma kabi nurlarni qaytarishi va undan sinib o'tishi sababli paydo bo'ladi.
Aristotel kamalak uchta rangdan iborat deb hisoblagan: qizil, yashil, binafsha. Nyuton esa dastlab kamalakda beshta rangni ajratgan: qizil, sariq, yashil, ko'k, binafsha. Keyinchalik o'nta rang bor deb aytgan. Oxirida yettita rangda to'xtagan. Haqiqatdan, kamalakka diqqat bilan qaralsa, ranglar bir-biridan aniq chegara bilan ajratilmagan. Yetti raqamining qabul qilinishi shartli bo'lib, qadimdan bu raqamga alohida urg'u berilgan. Dunyodagi yetti mo'jiza, yetti qavat osmon, haftaning yetti kuni va h.k. Momaqaldiroqli yomg'irdan so'ng ko'ringan kamalak yorqin bo'ladi. Maydalab yoqqan yomg'irdan so'ng hosil bo'lgan kamalak xiraroq bo'ladi. Quyosh gorizontga qancha yaqin bo'lsa, kamalak o'lchamlari shuncha katta bo'ladi.
Spektrda nurlarning ketma-ket joylashish tartibini quyidagi sehrli so'zlarning bosh harflaridan topish mumkin. «Qip-qizil, zo'r savzi, yam-yashil hovlida ko'karib bo'ldi». Q - qizil, Z - zarg'aldoq, S - sariq, Ya- yashil, H - havorang, K - ko'k va V - binafsha.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Kamalak favvoraning hamma tomonidan ham bir vaqtda ko'rinadimi?
2. Agar prizmaga faqat bir rangdagi nur yuborilsa, ekranda nima ko'rinadi?
3. Nima sababdan osmon havorangda, ertalab va kechqurun Quyosh chiqishi va botishida qizarib ko'rinishi haqida o'ylab ko'ring.
4. Qizil rangli materialga yashil rangli shisha orqali qaralsa qanday rangda ko'rinadi?
5.Latifaning xatosini toping. "Bir kishining buzog'i qishda quritilgan ko'k beda tamom bo'lgach, sariq somonni yemay qo'yibdi. Nasriddin afandiga maslahatga borgan ekan "yashil ko'zoynak taqib qo'ying" debdi. Maslahatga amal qilganda buzoq somonni yashil beda deb yeya boshlabdi".
Uyga topshiriqlar. Darslikdan mavzuni takrorlash va topshiriqlarini bajarish.