"Sust Khotin" is one of the most ancient folk songs of the Uzbek people. In the years when there was a drought and the grass in the hills began to dry up, the women of the village (sometimes the water from the sky where the men gathered), the god of snow, hail and rain, let the dull grandmother rain. ir begged to be collected. The protagonist of this song is mostly one or two people. In the refrain, everyone gathered.
Просмотр содержимого документа
«"SLOW WOMAN" Uzbek folk song»
«SUST XOTIN»
O’zbek xalq qo’shig’i
«Sust xotin» o’zbek xalqining qadimiy xalq qo’shiqlaridan biri bo’lib u asosan oddiy xalqning hayotiy taomilidan, ehtiyojidan kelib chiqqan asar hisoblanadi. Qurg’oqchilik bo’lib, ekinlar qir-adirlardagi o’t-o’lanlar quriy boshlagan yillari qishloq ayollari (ba’zan erkaklari to’planishib osmondan keladigan suv), qor, do’l va yomg’ir xudosi Sust momoga yomg’ir yjg’dirishni iltijo qilib so’rashgan. Bu qo’shiqni’ng daromad qismini asosan bir kishi yoki ikki kishi bo’lib kuyiashgan. Naqorat qismida esa to’planganlarning hammasi qo’shilishgan.
Naqorat: Sust xotin, suzma xotin,
Ko’lankasi maydon xotin,
misralarida sust xotin obrazi suzma qilish uchun ayron qilib quyiladigan katta oq xaltacha va ayni paytda ko’lankasi, soyasi -katta maydonlarni egallaydigan, yomg’irga to’lib turgan bulutlarga qiyos qilinadi.
Bulutlarning zalvorli va sustkashlik kayfiyati melodiyaning oldin kichik sekunda keyin sof kvarta pastga tomon harakatlanishida ham o’z ifodasini topgan.
Yomg’ir yog’dir ho’1 bo’lsin,
Eru jahon ko’l bo’lsin.
Misralarida odamlaming sust momodan iltijo qilib so’rayotgan orzu- istaklarini ifodalaydi, Bu iltijo ikkinchi qator melodiyasidagi, fraza oxirida uchraydigan tertsiya intervalida yaqqol namoyon bo’ladi. Har ikki qatordan keyin naqoratnmg qaytarilib kelishi mumkin bo’lgan qurg’oqchilikdan va u qahatchilik, muhtojlik olib kelishi mumkinligidan xavotirlanish kayfiyatini beradi. Bu qo’shiqni kuylash paytida momaqaldiroqning guldirashi, chaqmoq chaqishi va shamol esishini ifodalovchi tovushlardan foydalaniladi. Ba’zan yomg’ir yog’ishini hosil qilish uchun qamish olib kelib uni shaqirlatib, ijro usuliga ham jo’r bo’lishgan. Qo’shiqni kuylash jarayonida o’quvchitardan ayrimlariga bir vataq qog’ozning ikki chetidan ushlab ishqalash orqali yomg’ir ovozini hosil qilish, boshqasida doirachada rez berish orqali har xil hamohang momaqaldiroq ovoztni berish va chapak orqali chaqmoq ovozini tasvirlash ifodasini berish yana boshqasiga shamolning esishim «sh» tovush orqali ifodalab berish qo’shiq ijrosida o’yin elementlarini olib kirish imkonini beradi. Ammo bunda ayrim bolalarning. O’yin elementlarini bachkanalashtirib yuborishga qat’iy turib yo’l bermaslik muhim bo’ladi.
Mazkur taomilni o’tkazish jarayonida ayrim joylarda qo’g’irchoqqa kampir kiyimini kiydirib unga suv sepish va suvga oqizib yuborish ham udum boo’lgan. Ayrim paytlarda bu marosimni o’tkazishda turli jonivorlardan (toshbaqa, ilon) va turli toshlardan ham foydalanilgan. Qo’shiq avval asta-sekin boshlanib oxirida qattiq kuylanadi va bu tilaklarning osmon suvlarining xudosi sust xotinga tezroq etib borishiga imkon bersin uchun qilinadi.
O’quvchilarga beriladigan savollar.
1. Sust xotin - bu kim?
2. «Sust xotin» qo’shig’i nima uchun kuylanadi?
3. Qo’shiqning melodiyasida u qanday tasvirlangan?
4. Uni kuylashda qanday o’yin elementlaridan foydalansa bo’ladi?
5. Uni nega ko’pchilik bo’lib aytish kerak?