MAVZU: Yulduzlarning spektri va spektral sinflari. Spektr-yorqinlik diagrammasi. Yulduzlarning massalari va radiuslarini hisoblash. Gigant va mitti yulduzlar. |
Nazariy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi |
Mashg’ulot vaqti-2 soat | O’quvchilar soni-30-32 nafar |
Mashg’ulot shakli | Nazariy-to’liq o’quv mashg’uloti; |
Mashg’ulot rejasi | 1. Yulduzlarning spektri va spektral sinfalari. Spektr-yorqinlik diagrammasi. 2. Yulduzlarning massalari va radiuslarini hisoblash. 3. Yulduzlarning o’lchamlarini hisoblash. 4. Qo’shaloq yulduzlar. O’zgaruvchi yulduzlar. 5. Eruptiv o’zgaruvchan yulduzlar. |
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Yulduzlarning spektri va spectral sinflari haqidagi bilimlarni shakllantirish. Spektr yorqinlik diagrammasini tavfsivlovchi kattaliklar bo’yicha bilim va malakalarni shakllantirish. |
Pedagogik vazifalar: Spektr yorqinlik diagrammasini tushintirish; Yulduzlarning massalari va radiuslarini hisoblash usullarini o’rgatish; Yulduzlarning o’lchamlarini hisoblashni o’rgatish; Qo’shaloq, o’zgaruvchan, eruptive o’zgaruvchi Yulduzlarni farqlashni ochib berish; | O’quv faoliyatini natijalari: Mavzuni maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rnini yoritib beradi; Spektr-yorqinlik diagrammasi haqida ma’lumotga ega bo’ladilar;; Yulduzlarning massalari va radiuslarini hisoblash usullarini o’rganadilar; Yulduzlarning o’lchamlarini hisoblay oladilar; Qo’shaloq, o’zgaruvchan, eruptive o’zgaruvchi Yulduzlarni farqlashni ochib bera oladilar; |
O’qitish usullari | Tushuntirish, yo’riqnoma berish, namoyish, aqliy hujum; “B/B/B” va “T-sxema”-grafik organayzerlari. |
O’qitish vositalari | Ma’ruzalar matni, doska, slaydlar, tarqatma materiallar, o’quv topshiriqlari; |
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli | Kichik guruhlarda ishlash |
O’qitish shart-sharoitlari | Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya; |
Qaytar aloqaning usul va vositalari | Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot; Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida |
“Yulduzlarning spektri va spektral sinflari. Spektr-yorqinlik diagrammasi. Yulduzlarning massalari va radiuslarini hisoblash. Gigant va mitti yulduzlar” mavzusidagi nazariy mashg’ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari | Faoliyat mazmuni |
O’qituvchi | O’quvchi |
1-bosqich O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa) | 1.1Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni aytadi. (1-Ilova) Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi. 1.3 Mavzu shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi; | Tinglaydilar; Aniqlashtiradilar; Savollar beradi; Yozib oladilar Tinglaydilar; |
2-bosqich Asosiy (60 daqiqa) | 2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Tezkor so’rov” usuli orqali tekshiradi. (2-Ilova) Savollarni guruhlar bo’yicha (4 ta kichik guruh) navbatma-navbat o’qiydi va javoblarini eshitadi, asoslab o’tadi; 2. O’quvchilarga o’tiladigan yangi mavzu bo’yicha maktab programmasida ham ma’lumotlar berilganini eslatib, guruhlarga “B/B/B” usulida yangi mavzu bo’yicha tarqatma material tarqatadi, darslik bilan ta’minlaydi, usul uchun yo’riqnoma beradi; (3-Ilova) Taqdimotini tashkillashtiradi; 2.3 Bajarilgan o’quv topshirig’ining taqdimoti asosida, slaydlardan foydalanib, (4-Ilova) o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntiradi. O’quvchilarning bilishga qiziqqan eng muhim jihatlariga e’tiborini qaratadi. 2.4 O’quvchilarning mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “T sxema” orqali mustahkamlaydi. Guruhlarga o’quv topshirig’ini tarqatadi, yo’riqnoma beradi, taqdimotini tashkillashtiradi; (5-Ilova) | Savollarga javob beradilar; Guruhlarda ishlaydilar; taqdimot qiladilar. Eshitadilar, yozib oladilar; Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar; |
3-Bosqich Yakuniy (10 daqiqa) | 3.1 Mavzu bo’yicha hulosa qiladi; 3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi; 3.3. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi Uyga vazifa: Nazorat savollariga javob yozish. (6-Ilova) | Tinglaydilar Vazifani yozib oladilar |
1-Ilova
Kelajak-yoshlar qo’lida!
Nizomiy Ganjaviy
Mavzu: Yulduzlarning spektri va spektral sinflari. Spektr-yorqinlik diagrammasi. Yulduzlarning massalari va radiuslarini hisoblash. Gigant va mitti yulduzlar
Rеja:
Reja:
1. Yulduzlarning spektri va spektral sinfalari. Spektr-yorqinlik diagrammasi.
2. Yulduzlarning massalari va radiuslarini hisoblash.
3. Yulduzlarning o’lchamlarini hisoblash.
4. Qo’shaloq yulduzlar. O’zgaruvchi yulduzlar.
5. Eruptiv o’zgaruvchan yulduzlar
Tayanch tushunchalar:
Yulduzlarning spektri, yulduzlarning spectral sinflari, spektr-yorqinlik diagrammasi, bosh ketma-ketlik, yorqinlik sinflari, yillik parallax, qo’shaloq yulduzlar, tutiluvchi yulduzlar, spectral qo’shaloq yulduzlar, fizik o’zgaruvchi yulduzlar, pul’satsiyalanuvchi o’zgaruvchi yulduzlar, sefeidlar, yangi yulduzlar, o’tayangi yulduzlar.
2-Ilova
Tezkor so’rov uchun savollar:
Yulduzlarning temperaturasi ularni xaraktcrlaydigan qanday kattaliklardan hisoblanadi? Negaligini tushuntiring.
Yulduzlarning rangi ularning sirt temperaturasining ko'rsatkichi bo'la oladimi?
Yulduzlarning temperaturasiga ko'ra ranglari qanday o'zgaradi?
Yulduzlarning temperaturalarini aniqlashning qanday usullarini bilasiz?
Yulduzlar sirt temperaturalarining quyi va yuqori chegaralari qanday?
Jadvalni tuszish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida, kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.
B/B/B JADVALI-Bilaman/ Bilishni hohlayman/Bilib oldim.
Mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanuvchanlikni olib boorish imkonini beradi.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
3-Ilova
“Mavzu bo’yicha nimalarni balasiz” va “Nimani bilishni hohlaysiz”-degan savollarga javob beradilar. (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning birinchi va ikkinchi bo’limlarini to’ldiradilar.
Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar.
Mustaqil kichik guruhlarda jadvalning 3-Bo’limini to’ldiradilar
B/B/B usuli uchun ekspert varag’i:
Bilardim | Bilishni hohlayman | Bilib oldim |
| | |
| | |
| | |
| | |
B/B/B usuli uchun o’quv topshirig’i:
Yulduzlar spektri;
Yulduzlar rangi;
Yulduz kattaligi;
Quyosh-Yulduz;
O’zgaruvchi Yulduz;
Qo’shaloq Yulduzlar
4-Ilova
1-Slayd
Yulduzlarning spektrlari bir-biridan ularda to'lqin uzunligi bo'yicha nurlanish energiyasining turlicha qiymat bilan taqsimla-nishiga ko'ra farqlanadi. Shuningdek, bu spektrlar, ularda atmosfe-raning kimyoviy tarkibini aks qilgan turli elementlarga tegishli chiziqlari va shu chiziqlarning intensivliklari bilan ham bir-biridan farq qiladi.
2-Slayt
Temperaturalari bir-biriga yaqin yulduzlarning kimyoviy tarkibi bir-biridan keskin farq qilmaydi. Yulduzlar spektrida eng ko'p tarqalgan elemenlar - vodorod bilan geliydir. Bu elementlarning yulduz spektrida kuzatilgan intensivlik darajasi, mazkur yulduz atmosferasining fizik holatini belgilab, ko'p jihatdan uning temperaturasiga bog'liq bo'ladi.
2-Slayd
Yulduzlarning spektrlari yettita asosiy spektral sinflarga guruhlangan. Ular lotin alifbosida ifodalanib, quyidagi tartibda joylashadi: O - B – A - F-G-K-M. Ma'lum sinfga guruhlangan spektrlar, o'z navbatida, yana o'ntadan sinfchalarga ajratilgan. Masalan, A sinf yulduzlari АО, Al, A2, ... A9 sinfchalarga bo'lingan (Quyosh o'z spektriga ko'ra G2 sinfga kiradi).
Gersshprung-Ressel diagrammasi umumiy fizik tabiatga ega bo'lgan yulduzlarni turli guruhlarga ajratib, ularning temperaturasi, yorqinligi, spektral sinfi va absolyut kattaliklari kabi parametrlari orasidagi bog'lanishiarni aniqlashga imkon beradigan va yulduzlar fizikasini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etgan diagramma hisoblanadi.
3-Slayd
Yulduzlarni xarakterlovchi eng muhim kattaliklardan biri ularning massalaridir. Yulduzlarga tegishli ko'plab parametrlar u yoki bu darajada massalariga bog'liqdir. Boshqa parametrlaridan farqli o'laroq, yulduzlarning massalarini aniqlash eng murakkab masalalardan hisoblanadi. Agar yulduzning atrofida yo'ldoshi bo'lsa, yulduzning unga gravitatsion ta'siri asosida yulduzning massasini baholash mumkin.
4-Slayd
Yulduzlar juda uzoq masofada bo'lganliklaridan, eng yirik teleskoplar orqali qaralganda ham, ular asosan nuqta shaklida ko'rinadi. Faqat ayrim yulduzlaming burchak o'lchamlarinigina maxsus teleskoplar — yulduz interferometrlari yordamida o'lchashning iloji bor.
5-Slayd
6-Slayd
7-Slayd
Fizik o'zgaruvchan yulduzlar ravshanliklarning o'zgarishi, tutiluvchi qo'shaloq yulduzlar ravshanliklarining davriy o'zgarishidan farqli o'laroq, shu yulduzlarning qa'rida kechadigan fizik jarayonlar tufayli sodir bo'ladi. Fizik o'zgaruvchan yulduzlar, ravshanliklarining o'zgarish xarakteriga ko'ra pulsatsiyalanuvchi va eruptiv o'zgaruvchan yulduzlarga bo'linadi.
8-Slayd
Pulsatsiyalanuvchi o'zgaruvchan yulduzlar - ravshanliklarining bir maromda o'zgarishi bilan xarakterlanadi. Bu xildagi o'zgaruvchan yulduzlar ravshanliklarining o'zgarishi, asosan, ularning sirt qatlamlarining pulsatsiyalanishi hisobiga bo'lgani uchun ham ular shunday nomlanadi.
9-Slayd
Sefeidlar ravshanliklarining egriligi alohida shaklga ega bo'lib, ularning asosiy fizik kattaliklaridan hisoblangan ko'rinma yulduz kattaliklarining vaqt bo'yicha o'zgarish davri bir necha sutkadan bir necha o'nlab sutkagacha yetadi. Bunday yulduzlar ravshanligining egriligi Sefey yulduz turkumi 5 yulduzining o'zgarishiga o'xshaganligi uchun ham ular sefeidlar deb ataladi.
5-Ilova
T – sхеmani to’ldiring.
Agar jadvalda kеltirilgan fikrga qo’shilsangiz birinchi ustunga “+”, aks holda oхirgi ustunga “-” bеlgisini qo’ying.
Ha | Fikr–mulohazalar | Yo’q |
| Quyoshning spektri chiziqli yutilish spektri bo'lib, yorug' tutash spektrining fonida atomlar, ionlar va molekulalarga tegishli yutilish (fraungofer) chiziqlaridan tashkil topadi. | |
| Temperaturalari bir-biriga yaqin yulduzlarning kimyoviy tarkibi bir-biridan keskin farq qilmaydi. | |
| Yulduzlarning spektrlari uchta asosiy spektral sinflarga guruhlangan | |
| Sinflar ketma-ketligi, eng avvalo, yulduzlarning temperaturasi va ranglari ketma-ketligida o'z aksini topadi. | |
| M sinfga kiruvchi yulduzlarning spektrida ionlashgan geliy, uglerod, azot va kislorodning intensiv yutilish chiziqlari, shuningdek, spektrning ultrabinafsha qismida ayrim kimyoviy element atomlarining ko'p marta ionlashgan chiziqlari ham uchraydi. Havorang bunday yulduzlaming temperaturasi 25000—30000 gradusgacha boradi. | |
| К sinfga kiruvchi yulduzlar spektrida, metallarning yutilish chiziqlari bilan birga, molekulyar birikmalarning ham chiziqlari kuzatiladi. Rangi zarg'aldoq, temperaturasi -3500 K. | |
| Gigant va o'tagigant yulduzlar ichida radiusi Quyoshnikidan ming martacha kattalari uchramaydi. | |
| Pulsatsiyalanuvchi o'zgaruvchan yulduzlar - ravshanliklarining bir maromda o'zgarishi bilan xarakterlanadi. | |
| Sefeidlar ravshanliklarining egriligi alohida shaklga ega bo'lib, ularning asosiy fizik kattaliklaridan hisoblangan ko'rinma yulduz kattaliklarining vaqt bo'yicha o'zgarish davri bir necha sutkadan bir necha o'nlab sutkagacha yetadi. | |
| Liraning RR tipidagi o'zgaruvchan yulduzlar M spektral sinfiga kiruvchi gigant yulduzlar bo'lib, ravshanligining o'zgarish intervali 1-2 yulduz kattaligiga qadar boradi. | |
| Eruptiv o'zgaruvchan yulduzlar nisbatan kichik yorqinlikka ega bo'lgan yulduzlar (asosan, mitti yulduzlar) bo'lib, ularning o'zgaruvchanligi vaqti-vaqti bilan qaytalanuvchi chaqnash ko'ri-nishida bo'ladi. | |
T-sxema uchun javoblar varianti:
Ha | Fikr–mulohazalar | Yo’q |
+ | Quyoshning spektri chiziqli yutilish spektri bo'lib, yorug' tutash spektrining fonida atomlar, ionlar va molekulalarga tegishli yutilish (fraungofer) chiziqlaridan tashkil topadi. | |
| Temperaturalari bir-biriga yaqin yulduzlarning kimyoviy tarkibi bir-biridan keskin farq qilmaydi. (Farq qiladi) | - |
| Yulduzlarning spektrlari uchta asosiy spektral sinflarga guruhlangan (Yetita) | |
+ | Sinflar ketma-ketligi, eng avvalo, yulduzlarning temperaturasi va ranglari ketma-ketligida o'z aksini topadi. | |
| M sinfga kiruvchi yulduzlarning spektrida ionlashgan geliy, uglerod, azot va kislorodning intensiv yutilish chiziqlari, shuningdek, spektrning ultrabinafsha qismida ayrim kimyoviy element atomlarining ko'p marta ionlashgan chiziqlari ham uchraydi. Havorang bunday yulduzlaming temperaturasi 25000—30000 gradusgacha boradi.(O sinfiga) | - |
+ | К sinfga kiruvchi yulduzlar spektrida, metallarning yutilish chiziqlari bilan birga, molekulyar birikmalarning ham chiziqlari kuzatiladi. Rangi zarg'aldoq, temperaturasi -3500 K. | |
| Gigant va o'tagigant yulduzlar ichida radiusi Quyoshnikidan ming martacha kattalari uchramaydi. (uchraydi) | - |
+ | Pulsatsiyalanuvchi o'zgaruvchan yulduzlar - ravshanliklarining bir maromda o'zgarishi bilan xarakterlanadi. | |
+ | Sefeidlar ravshanliklarining egriligi alohida shaklga ega bo'lib, ularning asosiy fizik kattaliklaridan hisoblangan ko'rinma yulduz kattaliklarining vaqt bo'yicha o'zgarish davri bir necha sutkadan bir necha o'nlab sutkagacha yetadi. | |
| Liraning RR tipidagi o'zgaruvchan yulduzlar M spektral sinfiga kiruvchi gigant yulduzlar bo'lib, ravshanligining o'zgarish intervali 1-2 yulduz kattaligiga qadar boradi. (A spektral sinf) | - |
+ | Eruptiv o'zgaruvchan yulduzlar nisbatan kichik yorqinlikka ega bo'lgan yulduzlar (asosan, mitti yulduzlar) bo'lib, ularning o'zgaruvchanligi vaqti-vaqti bilan qaytalanuvchi chaqnash ko'ri-nishida bo'ladi. | |
6-Ilova
Mavzuga mustaqil tayyorlanish uchun savollar:
Yulduzlarning yorqinligi deganda riima anglashiladi?
Yulduzlarning absolyut kattaliklari va yorqinliklari orasida qanday bog'lanish mavjud?
Yulduzlarning ko'rinma yulduz kattaliklariga qarab, ularning yorqinliklarini baholash mumkinmi?
Yulduzlarning yorqinliklari Quyosh yorqinligi birligida (L0= 1) qanday chegaralarda o'zgaradi?
Yulduzlarning yorqinligi ularning temperaturasiga bog'Hqmi? O'lcha-miga-chi?
Yulduzlaming aksariyati qanday spektrga ega?
Yulduzlaming spektral sinflari haqida nima bilasiz?
Yulduzlaming spektral sinflari ularning temperaturasi va rangiga qanday bog'langan?
Quyoshga o'xshash yulduzlaming rangi va spektri taxminan qanday?
Qaynoq (O sinf) va nisbatan sovuq (M sinf) yulduzlaming spektrida qanday farq bor?
Spektr-yorqinlik diagrammasi yulduzlarga tegishli qanday fizik parametrlarni o'zaro bog'laydi?
Bu diagrammadagi yulduzlarga tegishli «spektral sinflar» va «yorqin-lik» o'qlariga, mos ravishda, parallel joylashgan o'qlarda qanday para-metrlar joylashadi?
Bosh ketma-ketlikda yotuvchi yulduzlar qanday xususiyatlari bilan gigantlar va mittilardan farq qiladi?
Gigant va o'tagigant yulduzlar qanday yulduzlar?Mitti yulduzlar-chi?
Yulduzlarning yorqinlik sinflaridan qaysilarini bilasiz?
Yulduzlaming yillik parallaksi deb nimaga aytiladi?
Yulduzning berilgan yillik parallaks burchagiga ko'ra uning uzoqligi parseklarda qanday topiladi?
Yillik parallaks yulduzlargacha masofani hisoblashning yagona usulimi?
Yulduzlargacha masofani o'lchashning qanday usuli mavjud?
Spektral parallaks asosida yulduzlargacha masofa qanday topiladi?
Bu usullardan qaysi biri Quyoshga nisbatan yaqin yulduzlar uchungina qo'llaniladi?
Yulduzlaming o'lchamlarini aniqlashning qanday usullarini bilasiz?
Yulduzlaming yorqinliklari va radiuslari orasida qanday bog'lanish mavjud?
Gigant va o'tagigant yulduzlaming radiusini Quyosh radiusi bilan solishtiring.