NAMANGAN SHAHAR XALQ TA`LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA`MINLASH VA TASHKIL ETISH BO`LIMI
NAMANGAN SHAHRIDAGI 34-UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI
O`zbek tili fani o`qituvchisi Dilfuza Go`yibovaning 6-sinf uchun “Sport – salomatlik garovi” mavzusidagi bir soatlik ochiq dars mashg`uloti ishlanmasi
Sinf 6- sіnf
Fannіng nomi о`zbek tіlі
Darsning mavzusi: Sport – salomatlik garovi
Darsnіng maqsadi:
a) ta`limiy maqsad — o’quvchilarga daraja-miqdor ravishlarining qo`llanishini o`rgatish;
b) tarbiyaviy maqsad - о`quvchіlarga axloqiy va nafosat tarbiyasi berish; sportning foydali jihatlarini tushuntirish. Ularni sportga qiziqtirsh.
d) rivojlantiruvchi maqsad — о`quvchіlarnіng mustaqil ishlash ko`nikmalrіnі rіvojlantіrіsh. Yozma va og`zaki savodxonligini oshirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsda foydalaniladigan metodlar: suhbat, savol-javob, amaliy metodlar, “Sirli sandiq”, “Talaffuzdan adashmang”, “Kim bilimdon?” metodlari, “Nafas gimnastikasi” mashqi, .
Darsda foydalaniladigan jihozlar: 6-sinf darslіgi, sportchilarning rasmlari, tarqatmalar, kompyuter, videoproektor va slaydlar, koptoklar.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
a) salomlashіsh;
O`qituvchi: Assalomu alaykum, azizi o`quvchilar, kelajagimiz poydevori bo`lgan yoshlar. Darsimga xush kelibsiz! Marhamat, o`tiring.
b) davomatnі anіqlash;
O`qituvchi: Qani, bugun kim navbatchi?
Davomatni ayting-chi.. (navbatchi axboroti)
Navbatchi o`quvchi: bugun darsda hamma ishtirok etyapti.
O`qituvchi: Rahmat, o`tiring.
d) ma’navіyat daqіqalarі:
O`qituvchi: Hurmatli o`quvchilar, biz ona va vatan so`zlarini ne–ne so`zlarga qo`shib aytamiz: Vatan tuprog`i, Vatan tuyg`usi, ona-Vatan, ona tili. Bu ikki so`zni ayro tasavvur etib bo`lmaydi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Shunday ekan, keling, fanimizga bo`lgan hurmatimizni ona tili va Vatan haqidagi she`rlar, maqollar, hikmatli so`zlarni aytish bilan izhor etsak. 1-slayd (qoidalar eslatiladi)
O`qituvchi:
Оna tilim – bag`ri keng tilim
Ajdоdlardan qоlgan merоsim.
Kelajakka umidim, sоzim
Jaranglatgan sho`xchang оvоzim.
O`zbek tilim – sen iftixоrim,
Jahоn uzra tanitgan qadrim.
Bоbоlarim so`zlagan tilim,
Sen dardkashim, ham mehribоnim (M.Mirzarahimova).
Qani o`quvchilar, davom ettiramiz. Marhamat
O`quvchilar:
Til – millatning k`ozgusi.
Kishining zeb-u ziynati uning tilidadir.
Til – millat ruhi
Sen muqaddas tuproqda Vatan qurgan o`zbeksan,
Ona yer ko`z qorasiday asrab yurgan o`zbeksan,
Vujudingda fidoiylik, cho`pon bobong Shiroqdek,
Qadim nasling turklar begi, ko`pni ko`rgan o`zbeksan.
O`qituvchi: Qish faslining muhim sanalarini ayting.
Javoblar: 8-dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tasdiqlangan kun, 1-yanvar – Yangi yil bayrami,14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni, 9-fevral – Alisher Navoiy, 14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun, 26-fevral – Xalqaro ona tili kuni.
O`qituvchi: Inson ona tili vositasida borliqni, dunyoni, qolaversa, o`zini, o`zligini anglaydi. Tilining qudrati, buyukligi, sehr-u jozibasi, boyligi tarannum etilgan asarlar talaygina ularni o`qish va uqish uchun biz, albatta o`zbek tilimizni yaxshi bilishimiz, buning uchun esa “a`lo” va “yaxshi” baholarga o`qishimiz kerak.
O`quvchilar, biz o`tgan darsimizda sonlarning ifodalanishi bo`yicha mustahkamlash darsini o`tganmiz. Uyga berilgan vazifa “Bizning oila” mavzusida sonlar qatnshgan matn tuzish topshirig`i edi. Menimcha, barchangiz bu topshiriqni a`lo darajada bajargan bo`lsangiz kerak. Qani, uyga berilgan vazifani kimlar bajardi? (vazifa bajargan o`quvchilar qo`l ko`taradi). Barakalla, ota-onangizga rahmat ,yashang.
II. Оtilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash).
Uy vazifasi - matn o`qib eshittiriladi.
1-o`quvchi: Bizning oila katta. Bobom, buvim, dadam, oyim, men va ikki singlim ahil yashaymiz. Bobom 70, buvum esa 65 yoshdalar. Hozir ular nafaqada. Bizga badiiy kitoblar o`qib berishadi. Dadam 1-kasalxonada vrach, oyim 5-maktabda o`qituvchi bo`lib ishlaydi. Men 58-DIUMda 6-sinf o`quvchisiman. Singlim 2-sinfda o`qiydi.
Kechki ovqatdan so`ng biz madaniy dam olamiz.
(2-3 nafar o`quvchi o`qib beradi).
O`qituvchi: O`quvchilar, biz Siz bilan o`zbek tilida sonlarning yasalashini o`rgangan edik. Qani, o`tgan mavzu bo`yicha olgan bilimlarimizni sinab olaylik-chi, buning uchun Sizga “qorparcha”lari beraman. 1-daqiqadan so`ng Siz olgan sonlar ishtirokida so`z birikmalari tuzing (O`quvchilarga sonlar yozilgan tarqatmalar beriladi). Unda ifodalangan sonlar bo`lib, o`quvchilar so`z birikmalari tuzadilar.
Javoblar: o`nta daftar, 5-uy, o`ninchi qator, beshtacha kitob.
O`quvchilarning javoblari yozilgan “qorparcha”lari oldindan tayyorlangan oq qog`ozga yopshtiriladi.
O`quvchilarga berilgan uy vazifasi tekshirilgach, mavzu umumlashtiriladi.
Faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantirilib, yangi mavzu e`lon qilinadi.
Buning uchun videoproektor orqali sport turlarining rasmi ko`rsatiladi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
O`quvchilar yangi mavzu sport haqida ekanligini aytgach, ularning fikrlari umumlashtiriladi va darslikdagi 1-topshiriq bajariladi.
2-slayd
O`quvchilar: basketbol, kurash, tennis, karate, futbol, dzyu-do, gandbol va h.
1-topshiriq. Berilgan tayanch so`zlar ishtirokida gaplar tuzing.
3-slayd
2-topshiriq ham og`zaki bajariladi. Undagi juda, batafsil so`zlari tushuntrib beriladi. So`ng 1-mashq bajariladi
4-slayd
Matndagi lug`at so`zlar bilan ishlangach, O`zbekistondagi “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalari haqida ma`lumot beriladi. Masalan, 2012-yilda “Umid nihollari” sport musobaqalari Navoiy shahrida o`tkazilgan. Unda umumjamoa hisobida Toshkent shahri 1-o`rinni, Navoiy viloyati 2-o`rinni, Samarqand viloyati esa 3-o`rinni egallagani, “Barkamol avlod” musobaqalari esa 2015-yilda Namangan shahrida o`tkazilgani aytib o`tiladi.
S`ong o`quvchilarga “Bilib oling” rukni ostidagi daraja-miqdor ravishlari va daraja-miqdor ifodalovchi so`zlar tushuntirib beriladi.
O`zbek tilida daraja-miqdorni bildirishda ko`p, kam, oz, ozgina, jindak hamda eng, nihoyatda, g`oyat, g`oyatda, beniyoha so`zlari ishlatiladi.
5-slayd
So`ng o`quvchilarning yozma savodxonligini oshirish maqsadida 2-mashq yozuv taxtasida bajartiriladi. Mashq topshirig`iga ko`ra berilgan gaplar daraja-miqdor ma`nosini bildiruvchi so`zlar bilan to`ldirilib ko`chiriladi.
6-slayd
3-mashq topshirig`iga ko`ra matn zanjir usulida o`quvchilar tomonidan o`qiladi. Unda salomatlikni tavsiflovchi so`zlar ajratiladi va lug`at so`zlar bilan ishlanadi.
7-slayd
8-slayd
Shu o`rinda “Nafas gimnastikasi” o`tkaziladi. Maqsad: o`quvchilardagi charchoqning oldini olish,darsga qiziqishni oshirish.
O`qituvchi: Nafas olish va chiqarishning muhim ahamiyatga ega. Nafas gimnastikasi orqali nafas yo`llarimiz bir maromda bo`lishini ta`minlaydi. U zahira imkoniyatlarimizni ko`taradi, immunitetni oshiradi, bosh miya bilan ichki a`zolar bog`liqligini mustahkamlaydi. Buning uchun burundan chuqur nafas olinadi va og`izdan chiqariladi(3 marta).
So`ng o`quvchilarga O`zbekistonlik mashhur sportchilardan kimlarni bilasiz? degan savol bilan murojaat qilinadi.
Javoblar:
Ravshan Ermatov
Muhammadqodir Abdullayev
Rustam Qosimjonov
Mirjalol Qosimov
Ruslan Chagayev
Iroda To`laganova
Sevara Qodirova va h.
Ekranda sportchilarning rasmlari ko`rsatiladi.
O`qituvchi: O`quvchilar, sportni tinchlik elchisi deyiladi, u insonni sog`lomlashtiradi. Shuning uchun biz ham sport bilan shug`ullanishimiz kerak. Qani, kimlar sport to`garaklariga qatnashadi?
O`quvchilar: karate, kurash, tennis, yengil atletika, gimnastika, futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, ot sporti, boks va h.
O`qituvchi: O`quvchilar, Sizni qanday sportchi ekanligingizini “Talaffuzdan adashmang” mashqi orqali sinb ko`rmoqchiman. Qani, oramizda eng zukko o`quvchi kim ekan?
Buning uchun mavzumizga doir quyidagi tez aytishni aytib ko`rasiz.
Tolib to`pni topib tepdi,
G`olib to`pni tolib tepdi.
Eng ko`p aytgan o`quvchi rag`batlantiriladi.
O`qituvchi: Rahmat. Mana bu yil prezidentimiz tomonidan “Sog`lom ona va bola yili” deb e`lon qilindi. Demak, bu ham sizga bo`lgan yana bir e`tibor ekan. O`ylaymanki, orangizdan Vatanimizni dunyoga mashur qiladigan spotchilar yetishib chiqadi.
So`ng darslikdagi 4-mashq bajariladi. Faol o`quvchilarga rag`bat kartochkalari beriladi.
9-slayd
IY. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlashda “Sirli sandiq” usuli qo`llanadi. Tarqatmalarga daraja-miqdorni bildirgan so`zlar yozilib, o`quvchilar ular ishtirokida so`z birikmalari, iqtidorli o`quvchilar esa gap tuzadilar.
O`quvchilar: juda ko`p sovrinli o`rinlar, eng yirik sport musobaqalari, eng ko`p tarqalgan sport turi, nihoyatda chiniqtirish, juda keng tarzda, g`oyatda keng, juda tez chopadigan bola, juda chaqqon spotchi va h
Ertalab badantarbiya qilish insonni nihoyatda chiniqtiradi.
Y. О`quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar “Kim bilimdon?” usuli asosida aniqlanib, baholanadi. Ularga rag`bat kartochkalari beriladi. Kundaliklariga e`lon qilingan bal qo`yiladi.
YI. Uyga vazifa. O`zingiz yoqtirgan sport turi haqida so`zlab bering.
10-slayd
Oqituvchi: O`quvchilar sportni bir ummon desak, bugun bu ummonning bir tomchisi haqida so‘z yuritdik. Darsimni yakunlar ekanman, barchangizga salomatlik tilayman. Ko`rishguncha, xayr.
11-slayd