MAVZU: Quyosh sitemasining tuzilishi. Olam tuzilishi haqida geliosentrik ta’limot. Quyosh sistemasining a’zolari va o’lchamlari. |
Nazariy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi |
Mashg’ulot vaqti-2 soat | O’quvchilar soni-30-32 nafar |
Mashg’ulot shakli | Nazariy-to’liq o’quv mashg’uloti |
Mashg’ulot rejasi | 1. Quyosh sistemasining tuzilishi to'g'risidagi tasavvurlarning rivojlanishi. 2. Olam tuzilishining geosentrik nazariyasi 3. Olam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi. 4. Quyosh sistemasining a’zolari va o’lchamlari. |
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Quyosh sitemasining tuzilishi. Olam tuzilishi haqida geliosentrik ta’limot. Quyosh sistemasining a’zolari va o’lchamlari bo’yicha bilim va malakalarni shakllantirish. |
Pedagogik vazifalar: Olam tuzilishining geosentrik nazariyasini yoritish; Olam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi ochib berish; Quyosh sistemasining a’zolari va o’lchamlarini taqqoslash va farqlashni o’rgatish; Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish. | O’quv faoliyatini natijalari: Mavzuni maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rnini yoritib beradi; Olam tuzilishining geosentrik nazariyasini yoritib bera oladilar; Olam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi ochib bera oladilar Quyosh sistemasining a’zolari va o’lchamlarini tartibli ravishda ochib beradilar; Mavzu asosida hulosalar chiqaradilar; |
O’qitish usullari | Tushuntirish, yo’riqnoma berish, namoyish, aqliy hujum; “B/B/B” va “T-sxema”-grafik organayzerlari. |
O’qitish vositalari | Ma’ruzalar matni, doska, slaydlar, tarqatma materiallar, o’quv topshiriqlari; |
O’qitish shakli | Kichik guruhlarda ishlash |
O’qitish shart-sharoitlari | Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya; |
Qaytar aloqaning usul va vositalari | Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot; Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida |
“Quyosh sitemasining tuzilishi. Olam tuzilishi haqida geliosentrik ta’limot. Quyosh sistemasining a’zolari va o’lchamlari” mavzusidagi nazariy mashg’ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari | Faoliyat mazmuni |
O’qituvchi | O’quvchi |
1-bosqich O’quv mashg’ulotiga kirish (10 minut) | 1.1Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni aytadi. (1-Ilova) Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi. | Tinglaydilar; Aniqlashtiradilar; Savollar beradi; Yozib oladilar Tinglaydilar; |
2-bosqich Asosiy (60 minut) | 2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Tezkor so’rov” usuli orqali tekshiradi. (2-Ilova) Savollarni guruhlar bo’yicha (4 ta kichik guruh) navbatma-navbat o’qiydi va javoblarini eshitadi, asoslab o’tadi; 2. O’quvchilarga o’tiladigan yangi mavzu bo’yicha maktab programmasida ham ma’lumotlar berilganini eslatib, guruhlarga “B/B/B” usulida yangi mavzu bo’yicha tarqatma material tarqatadi, darslik bilan ta’minlaydi, usul uchun yo’riqnoma beradi; (3-Ilova) Taqdimotini tashkillashtiradi; 2.3 Bajarilgan o’quv topshirig’ining taqdimoti asosida, slaydlardan foydalanib, (4-Ilova) o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntiradi. O’quvchilarning bilishga qiziqqan eng muhim jihatlariga e’tiborini qaratadi. 2.4 O’quvchilarning mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “T sxema” orqali mustahkamlaydi. Guruhlarga o’quv topshirig’ini tarqatadi, yo’riqnoma beradi, taqdimotini tashkillashtiradi; (5-Ilova) | Savollarga javob beradilar; Guruhlarda ishlaydilar; taqdimot qiladilar. Eshitadilar, yozib oladilar; Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar; |
3-Bosqich Yakuniy (10 minut) | 3.1 Mavzu bo’yicha hulosa qiladi; 3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi; 3.3. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi Uyga vazifa: Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni yozish. Nazorat savollariga tayyorlanish. (6-Ilova) | Tinglaydilar Vazifani yozib oladilar |
1-Ilova
Mavzu: Quyosh sitemasining tuzilishi. Olam tuzilishi haqida geliosentrik ta’limot. Quyosh sistemasining a’zolari va o’lchamlari.
Rеja:
Reja:
1. Quyosh sistemasining tuzilishi to'g'risidagi tasavvurlarning rivojlanishi.
2. Olam tuzilishining geosentrik nazariyasi
3. Olam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi.
4. Quyosh sistemasining a’zolari va o’lchamlari
Tayanch tushunchalar:
Quyosh sistemasi, geliosentrik nazariya, goosentrik nazariya, meteor jismlar, Yer massasi, Quyosh massasi.
2-Ilova
Tezkor so’rov uchun savollar:
Yoritkichlarning kulminatsiyasi deb qanday hodisaga aytiladi va u necha xil bo'ladi?
Yoritkichning kulminatsiyalari uning og'ishi va kuzatuvchining kengligi orqali qanday ifodalanadi?
Oy harakatining xarakterli xususiyatlari haqida gapirib bering.
Oyning asosiy fazalari qanday nomlar bilan ataladi?
Oyning harakatini va fazalari ro'y berishining sabablarini tushuntiring.
Oyning sinodik davri deb nimaga aytiladi?
Oy tutilishi hodisasini tushuntiring.
Quyosh tutilishi hodisasini tushuntiring.
Jadvalni tuszish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida, kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.
B/B/B JADVALI-Bilaman/ Bilishni hohlayman/Bilib oldim.
Mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanuvchanlikni olib boorish imkonini beradi.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
3-Ilova
“Mavzu bo’yicha nimalarni balasiz” va “Nimani bilishni hohlaysiz”-degan savollarga javob beradilar. (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning birinchi va ikkinchi bo’limlarini to’ldiradilar.
Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar.
Mustaqil kichik guruhlarda jadvalning 3-Bo’limini to’ldiradilar
B/B/B usuli uchun ekspert varag’i:
Bilardim | Bilishni hohlayman | Bilib oldim |
| | |
| | |
| | |
| | |
B/B/B usuli uchun o’quv topshirig’i:
Geosentrik nazariya
Geliosentrik nazariya;
Olam tuzulishi haqida tasavvurlar;
Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni aniqlash
Quyosh sistemasi;
Olam tuzilishi;
Quyosh sistemasi a’zolari;
Quyosh sistemasi a’zolarining o’chamlari
4-Ilova
1-Slayd
Olam tuzulishi haqidagi dastlabki tasavvurlar juda sodda bo'lib, ularda Yer va Osmon bir-biriga qarama-qarshi qo'yilar edi. Odamlar Yerni tekislik ko'rinishida, osmonni esa yulduzlar «mixlangan» gumbaz sifatida tasawur qilar edilar.
2-Slayt
Miloddan oldingi IV asrda mashhur yunon faylasufi Aristotel tomonidan Yerning shar shaklida ekanligi isbotlangach, kishilar ongida Koinotning markazida qattiq Yer shari joylashib, uning atroflda yulduzlari bilan qattiq osmon joylashadi va aylanadi degan tasavvurlar hukmronlik qilardi.
2-Slayd
Eramizning II asrida taniqli aleksandriyalik astronom Klavdiy Ptolemey Olam tuzilishining geosentrik (ya 'ni markazida Yer turadigan) sistemasini maydonga tashladi. ]Bu nazariyaga ko'ra, Koinotning markazida Yer turib, boshqa planetalar, jumladan, Quyosh, uning atroflda 1- rasmda keltirilgan tartib bilan aylanadi. Shuningdek, bu ta'limotga ko'ra, eng so'nggi sferada yulduzlar, Yerdan bir xil masofada joylashib, uning atroflda aylanadi.
Ptolomeyning geosentrik sistemasi
| Vaqt o'tishi bilan planetalar harakatlarini o'rganish, planetalarning yulduzlar fonida kuzatiladigan murakkab harakatlarini bu nazariya bo'yicha tushun-tirishni qiyinlashtirib yubordi. Oqibatda, bu nazariya Olam tu-zulishini to'g'ri aks ettira olmasligi aniq ko'rina boshladi va uni ku-zatish natijalariga mos, yangi nazariya bilan almashtirish ehtiyoji tug'ildi. |
| |
3-Slayd
XVI asrda mashhur polyak astronomi Nikojay Kopernik (1473—1543) tomonidan ko'p yillik astronomik kuzatishlar asosida Olam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi yaratildi.
Bu nazariyaga ko'ra, Olamning markazida Quyosh turib, barcha planetalar, jumladan, Yer, uning atrofida tartib bilan aylanadi.Yulduzlar esa Ptolemey nazariyasidagi kabi eng oxirgi sferada joylashib, Quyoshning atrofida bir-biriga nisbatan qo'zg'almagan holda aylanadi.
4-Slayd
Olam tuzilishining geliosentrik sistemasi.
(Markazida Quyosh)
5-Slayd
Quyosh sistemasiga kiruvchi eng yirik jism Quyosh bo'lib, uning diametri Yernikidan 109 marta katta, massasi esa 330 000 Yer massasiga teng. Uning atrofida 8 ta yirik planeta bir-biriga yaqin tekisliklarda, turli davrlar bilan aylanadi. Quyoshdan uzoqligiga ko'ra, bu planetalar uning atrofida quyidagi tartib bilan joylashganlar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun.
6-Slayd
Yer massasini Quyosh massasi bilan solishtirish
7-Slayd
5-Ilova
T – sхеmani to’ldiring.
Agar jadvalda kеltirilgan fikrga qo’shilsangiz birinchi ustunga “+”, aks holda oхirgi ustunga “-” bеlgisini qo’ying.
Ha | Fikr–mulohazalar | Yo’q |
| Olam tuzilishining geosentrik (ya 'ni markazida Yer turadigan) sistemasini nazariyasiga ko'ra, Koinotning markazida Quyosh turadi | |
| XVI asrda mashhur polyak astronomi Klavdiy Рtolomey (1473—1543) tomonidan ko'p yillik astronomik kuzatishlari asosida Olam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi yaratildi. | |
| Gelisentrik nazariyaga ko'ra, Olamning markazida Quyosh turib, barcha planetalar, jumladan, Yer, uning atrofida tartib bilan aylanadi | |
| Kopernik birinchi bo'lib, planetalarning yulduzlar fonidagi sirtmoqsimon harakatlanishlarining sababi, Yerning Quyosh atrofida boshqa barcha planetalar qatori, aylanishidan ekanligini ko'rsatib berdi | |
| Quyosh sistemasini shartli ravishda chegaralovchi Neptun, Quyoshdan Yerga qaraganda salkam 30 marta uzoqlikda joylash-gan | |
| Quyosh sistemasi chegarasida, Quyosh atrofida son-sanoqsiz, o'lchamlari qum zarralari kattaligidagi jismlar ham elliptik orbitalar bilan aylanadi. Ular meteor jismlar deyiladi. | |
| Quyosh atrofida faqatgina nsayyoralar aylanadi, boshqa jismlar yo’q | |
T-sxema uchun javoblar varianti:
Ha | Fikr–mulohazalar | Yo’q |
| Olam tuzilishining geosentrik (ya 'ni markazida Yer turadigan) sistemasini nazariyasiga ko'ra, Koinotning markazida Quyosh turadi (Yer) | - |
| XVI asrda mashhur polyak astronomi Klavdiy Рtolomey (1473—1543) tomonidan ko'p yillik astronomik kuzatishlari asosida Olam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi yaratildi. (Nikolay Koрernik) | - |
+ | Gelisentrik nazariyaga ko'ra, Olamning markazida Quyosh turib, barcha planetalar, jumladan, Yer, uning atrofida tartib bilan aylanadi | |
+ | Kopernik birinchi bo'lib, planetalarning yulduzlar fonidagi sirtmoqsimon harakatlanishlarining sababi, Yerning Quyosh atrofida boshqa barcha planetalar qatori, aylanishidan ekanligini ko'rsatib berdi | |
+ | Quyosh sistemasini shartli ravishda chegaralovchi Neptun, Quyoshdan Yerga qaraganda salkam 30 marta uzoqlikda joylash-gan | |
+ | Quyosh sistemasi chegarasida, Quyosh atrofida son-sanoqsiz, o'lchamlari qum zarralari kattaligidagi jismlar ham elliptik orbitalar bilan aylanadi. Ular meteor jismlar deyiladi. | |
| Quyosh atrofida faqatgina sayyoralar aylanadi, boshqa jismlar mavjud emas. (Mavjud) | - |
6-Ilova
Mavzuga mustaqil tayyorlanish uchun savollar:
Olam tuzilishi haqida miloddan avvalgi tasavvurlar qanday bo'lgan?
2. Olam tuzilishining geosentrik nazariyasi ?
3. Olam tuzilishining geliosentrik sistemasiga ko'ra, u qanday tuzilgan?
4. Planetalarning yulduzlar fonidagi sirtmoqsimon harakatlari, geliosentrik ta'limot asosida qanday tushuntiriladi?
5. J. Bruno Olam tuzilishiga tegishli qanday yangi fikrlarni o'rtaga tashladi?
6. Beruniyning Olam tuzilishi haqidagi modelini chizib ko'rsating.
7. Quyosh sistemasidagi planetalarni Quyoshdan uzoqligi tartibi bo'yicha sanang.
8. Quyosh atrofida yirik planetalardan tashqari yana qanday jismlar aylanadi?
9. Yer massasini Quyosh massasi bilan solishtiring.
10. Meteor jismlar qanday jismlar?