СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Связь между высотой полюса Вселенной и географической широтой места.

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

 Суточный видимый цикл небесной сферы в различных географических широтах.

Просмотр содержимого документа
«Связь между высотой полюса Вселенной и географической широтой места.»

MAVZU: Olam qutbining balandligi va joyning geografik kengligi orasidagi bog’lanish. Turli geografik kengliklarda osmon sferasining sutkalik ko’rinma aylanishi.

Nazariy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti-2 soat

O’quvchilar soni-30-32 nafar;

Mashg’ulot shakli

Nazariy-to’liq o’quv mashg’uloti

Mashg’ulot rejasi

1. Olam qutbining balandligi va joyning geografik kengligi orasidagi bog’lanish.

2. Turli geografik kengliklarda osmon sferasining sutkalik ko'rinma aylanishi.


O’quv mashg’ulotining maqsadi: Olam qutbining balandligi va joyning geografik kengligi orasidagi bog’lanish to’g’risida bilimlarni shakllantirish, Turli geografik kengliklarda osmon sferasining ko’rinma aylanishiga oid malakalarini hosil qilish;

Pedagogik vazifalar:

  • Olam qutbining balandligi va joyning geografik kengligi haqida tushuncha berish;

  • Olam qutbining balandligi va joyning geografik kengligi orasidagi bog’lanishni yoritish;

  • Turli geografik kengliklarda osmon sferasining sutkalik ko'rinma aylanishini tavfsiflash;

  • Kuzatuvchi turgan joyning kengligini taxminan aniqlashning oddiy usulini o’rgatish;

O’quv faoliyatini natijalari:

  • Mavzuni maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rnini yoritib beradilar;

  • Olam qutbining balandligi va joyning geografik kengligi orasidagi bog’lanishni yorita oladilar;

  • Turli geografik kengliklarda osmon sferasining sutkalik ko'rinma aylanishini tavfsiflaydilar;

  • Kuzatuvchi turgan joyning kengligini taxminan aniqlashning oddiy usulini o’rganadilar;

O’qitish usullari

Tushuntirish, yo’riqnoma berish, namoyish, “Tushunchalar tahlili”, “Xar kim xar kimga o’rgatadi” usuli;

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, yozuv taxtasi, slaydlar, o’quv topshiriqlari;

O’qitish shakli

Jamoaviy, guruhlarda ishlash;

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya;

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot;

Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida;



Nazariy mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish

(10 minut)

1.1 Mavzuning nomi, maqsadi, rejasi va mavzu bo’yicha tayanch iboralar ro’yxati bilan tanishtiradi. (1-Ilova)

1.2 Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

1.3 Guruhni 4 ta kichik guruhlarga bo’lib joylashtiradi.Guruhlarda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi. (2-Ilova)

Tinglaydilar;

Yozib oladilar


Tinglaydilar;


Kichik guruhlarga bo’linadi;

2-bosqich

Asosiy

(60 minut)

2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Tushunchalar tahlili” usuli yordamida tekshiradi. Usul qoidasi bilan tanishtiradi, guruhlar uchun (4ta kichik guruh) ekspert varaqlarini tarqatadi. (3-Ilova) Guruhlarning faoliyatini nazorat qiladi va taqdimotini tashkillshtiradi;

2.2 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida (4-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Mavzuning har bir qismi bo’yicha hulosalar qiladi; eng asosiylariga e’tibor qaratadi; berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.

2.4 Mavzuni “Xar kim xar kimga o’rgatadi” usuli orqali mustahkamlaydi. Usul qoidasi bilan tanishtiradi, ekspert varaqlarini tarqatadi, (5-Ilova) Guruhlarning faoliyatini nazorat qiladi, taqdimotini tashkillashtiradi;

Guruhlarda ishlaydilar,

Taqdimot qiladilar; Muhokama qiladilar.



Eshitadilar, yozib oladilar; Savollar beradilar;







Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar;

3-Bosqich

Yakuniy


(10 minut)

3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi.

3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi;

3.3 Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi. Uyga vazifa: M.Mamadazimov, “Astronomiya”, darslik, II-Bob, 5-7-§ lar bo’yicha asosiy hulosalarni yozib, o’rganib kelish.

Tinglaydilar;




Vazifani yozib oladilar;



1-Ilova

Agar yulduzlar Yer yuzining faqat birgina nuqtasidan ko’ringanda edi, bunday ajoyib manzarani ko’rish ishtiyoqida mazkur Yerga kelayotgan odamlarning keti uzilmagan bo’lar edi. (Mari Fransua)



Mavzu: Olam qutbining balandligi va joyning geografik kengligi orasidagi bog’lanish. Turli geografik kengliklarda osmon sferasining sutkalik ko’rinma aylanishi.







Rеja:

Reja:

1. Olam qutbining balandligi va joining geografik kengligi orasidagi

bog’lanish.

2. Turli geografik kengliklarda osmon sferasining sutkalik ko'rinma

aylanishi.



Tayanch tushunchalar:

Olam qutbi, olam qutbining balandligi, geografik kenglik, osmon yoritkichlari, Quyoshining sutkalik harakati;






2-Ilova





Guruhlarda ishlash qoidasi

  • Sherigingizni diqqat bilan tinglang.

  • Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondoshing.

  • Agar sisga yordam kerak bo’sa, albatta guruh a’zolariga murojaat qiling

  • Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.

  • Guruhlar faoliyati natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart!

  • Shuni tushunmog’ingiz lozim:

  • Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz;

  • Biz bir kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz;












3-Ilova

TUSHUNCHALAR TAHLILI” USLUBI.

Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o’tilgan o’quv predmeti yoki bo’limning barcha mavzularini o’quvchilar tomonidan yodga olish, biron bir mavzu bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o’z izohlarini berish, shu orqali o’z bilim;larine tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o’qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilarni baholay olishga yo’naltirilgan.

Uslubning maqsadi: O’quvchilarni mashg’ulotda o’tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarni o’zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o’zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, o’zgalar fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek, o’z bilimlarini bir tizimga solishga o’rgatish.

Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro’yxati, qalam (yoki ruchka), slayd.

Izoh: Reja bo’yicha belgilangan mavzu asosida hamda o’qituvchining qo’ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o’tkazish mo’ljallangan bo’lsa, guruh o’quvchilari soniga, agar kichik guruhlarda o’tkazish belgilangan bo’lsa, u holda guruhlar soniga qarab, tarqatma materiallar tayyorlanadi).
















TUSHUNCHALAR TAHLILI” USLUBI.








Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:

-O’quvchilarni guruhlarga (Sharoitga qarab) ajratiladi;

-O’quvchilar mashg’ulotni o’tkazishga qaratilgan talab va qoidalar bilan tanishtirildai;

-Tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;

-O’quvchilar yakka tartibda o’tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo’yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;

-O’quvchilar tarqatma materialda mavzu bo’yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o’zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo’lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda);

- O’qituvchi tarqatma materialda mavzu bo’yicha berilgan tushunchalarni o’qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga tog’ri izohni belgiladi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (Imkoni bo’lsa) tanishtirildi;

-Har bir o’quvchi to’g’ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarini aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo’ladilar, shungdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.

















3

“Tushunchalar tahlili” usuli uchun ekspert varag’i:


TUSHUNCHALAR

MAZMUNI


Osmon sferasi


Zenit va nadir nuqtalari




Vertikal chiziq




Matematik gorizont




Vertikal aylanalar




Olam qutblari




Olamning shimoliy qutbi




Olamning janubiy qutbi




Olam o’qi




Osmon ekvatori




Sutkalik parallellar




Og’ish aylanalari




Osmon meridiani






“Tushunchalar tahlili” usuli uchun javoblar varianti:

TUSHUNCHALAR

MAZMUNI



Osmon sferasi

Osmon sferasi deb, radiusi ixtiyoriy qilib olingan va markazi kuzatuvchining ko’zi turgan nuqtada yotgan shunday sferaga aytiladiki, bu sferada ma’lum vaqtda yulduzlar, osmonda qanday ko’rinsa, shundayligicha proyeksiyalangan bo’ladi.



Zenit va nadir nuqtalari

Osmon sferasining markazida turgan kuzatuvchidan o’tkazilgan vertikal yo’nalishning osmon sferasi bilan kesishgan ikki nuqtasidan biri (kuzatuvchining bosh tomoni yo’nalishdagisi) zenit, unga diametrial qarama-qarshi yotgan ikkinchisi esa nadir deb yuritiladi.

Vertikal chiziq

Sferaning zenith va nadir nyqtalarini tutashtiruvchi to’g’ri chiziq vertikal chiziq deyiladi.


Matematik gorizont

Osmon sferasini, uning markazidan vertical chiziqqa perpendikulyar qilib o’tkazilgan tekislik bilan kesishishidan hosil bo’lgan katta aylana-matematik gorizont deb yuritiladi.


Vertikal aylanalar

Sferaning vertical o’q orqali o’tuvchi tekisliklar bilan kesishishidan hosil bo’lgan katta aylanalari vertikal aylanalar deb ataladi.

Olam qutblari

Yer o’qi davomlarining osmon sferasi bilan kesishgan nuqtalari olam qutblari deyiladi.

Olamning shimoliy qutbi

Yer shimoliy qutbi davomining osmon sferasi bilan kesishgan nuqtasi olamning shimoliy qutbi deb ataladi.

Olamning janubiy qutbi

Yer janubiy qutbi davomining safer bialan kesishgan nuqtasi olamning janubiy qutbi deyiladi.

Olam o’qi

Oolam qutblarini tutashtiruvchi o’q olam o’qi deyiladi


Osmon ekvatori

Osmon sferasini markazidan o’tib, uni olam o’qiga tik tekislik bilan kesishishidan hosil bo’lgan katta aylana osmon ekvatori deyiladi.


Sutkalik parallellar

Osmon ekvatori tekisligiga parallel tekisliklar bilan sferani kesishishidan hosil bo’lgan aylanalar sutkalik parallellar deyiladi.


Og’ish aylanalari

Olam o’qi orqali o’tuvchi tekisliklar bilan osmon sferasini kesishishidan hosil bo’lgan katta aylanalar og’ish aylanalari deb ataladi.

Osmon meridiani

Osmon sferasining asosiy chiziqlari va aylanalri proyeksiyalangan tekislikda yotib, olam qutblari, zenith va nadir nuqtalaridan o’tuvchi katta aylana osmon meridiani deyiladi



4-Ilova

Yer sharining istalgan nuqtasidan kuzatilganda olam qutbining matematik gorizontdan balandligi hp , shu joyning geografik keng­ligi φ ga teng bo'ladi. Bu hol quyidagicha oson isbot qilinadi:

1-Rasm. Olam qutbining balandligi va joyning geografiknorasidagi bog’lanish.

1-Slayd


2-Slayt






















2-Slayd

1- rasmdan ko'rinishicha, osmon meridiani bo'ylab zenitdan ekvator tekisligigacha bo'lgan yoy uzunligi — ZQ, Yer sirtidagi kuzatuvchi turgan 0 nuqta geografik kengligining yoyi qO =φ bilan bir xil qiymatli markaziy burchak (QOZ) ni tashkil qiladi.











3-Slayd

Olam qutbining balandligini xarakterlovchi yoyNP ga tiralgan burchak NOP va eslatilgan QOZ tekis burchaklarning mos tomonlari o'zaro perpendikular ekanligini ko'rish qiyin emas, ya'ni ON perpendikulyar OZ va OP perpendikulyar OQ. Binobarin, mos tomonlari o'zaro perpendikular bo'lgan burchaklarning tengligidan bo'ladi. Biroq, p, hp bo’ladi.













4-Slayd

Osmon sferasining sutkalik ko'rinma aylanishi Yerning o'z o'qi atrofida aylanishining natijasi ekanligidan, turli geografik kengliklarda osmon yoritgichlarining gorizontga nisbatan ko'rin­ma aylanishi turlicha bo'lishini tushunish qiyin emas.









5-Slayd

1-hol. Kuzatuvchi (φ= 0° geografik kenglikda, ya'ni ekvatorda bo'lsin, u holda olam qutbining balandligi bilan joyning kengligi orasidagi bog'lanishga muvofiq, olamning qutblari matematik gorizont bilan ustma-ust tushadi (chunki h = φ = 0) olam o'qi esa tush chizig'i bo'ylab yo'naladi.








6-Slayd

2-hol. φ= ±90°, ya'ni kuzatuvchi Yer qutblarida bo'lsin. Agar kuzatuvchi shimoliy qutbda bo'lsa, olam shimoliy qutbning balandligi hp = 90° bo'lib, u zenit bilan ustma-ust tushadi. . U holda olam o'qi vertikal o'q bilan, olam ekvatori esa matematik gorizont bilan ustma-ust tushadi. Bunda osmonning shimoliy yarim sharidagi barcha yulduzlar matematik gorizontga parallel holda aylanadi va botmaydi. Ularning aylanish balandliklari yil davomida o'zgarmas bo'lib, shu yoritgichlarning og'ish burchaklariga teng bo'ladi. Osmonning janubiy yarim sharidagi yoritgichlar esa, aksincha, butunlay chiqmay gorizont
ostida unga parallel harakatlanadilar.














7-Slayd

3-hol. 0 kesishmasligi yoki kesishgach, teng ikkiga bo'linmasligi mumkin. Osmon ekvatori bundan mustasno. Shimoliy yarim sharda harakatlanayotgan yoritgichlar sutkalik parallel aylanalarining gorizont ustidagi qismi gorizont ostidagi qismidan katta bo'ladi. Bu farq yoritgichning og'ish burchagiga bog'liq bo'lib, u qancha katta bo'lsa, farq ham shuncha ko'p bo'ladi. Janubiy yarim shardagi yoritgichlar sutkalik aylanalarining gorizont ostidagi qismlari esa, aksincha, ustidagisidan ko'p, boshqacha aytganda, yoritgichlar, gorizont ostida, uning ustidagiga qaraganda ko'proq vaqt bo'ladilar.

















8-Slayd

Bunday kengliklarda Quyoshning sutkalik yo'li, u shimoliy yarim sharda bo'lganda (ya'ni 21- martdan to 23- sentabrga qadar), kunduz tundan uzun, janubiy yarim sharda bo'lganda esa (ya'ni 23- sentabrdan to kelgusi yilning 21- martiga qadar) tuni kunduzidan uzun ekani kuzatiladi. Agar joyning geografik kengligi qutb aylanasidan shimolda (ya'ni 66°34' dan katta) bo'lsa, bunday joylarda 22- iyunga yaqin bir necha kun yoki bir necha oy ((p 70° bo'lsa) davomida Quyoshning botmasligini, 22-dekabr atrofidagi kunlarda esa chiqmasligini kuzatish mumkin.













5-Ilova

Xar kim xar kimga o’rgatadi” usuli qoidasi:

  • Kichik guruh a’zolari olingan topshiriq bo’yicha mustaqil bittadan ma’lumot yozishadi;

  • Kichik guruh ichida ma’lumotlarni jamlaydilar, muhokama qiladilar;

  • To’plangan ma’lumotlar soni kichik guruh a’zolari soniga teng bo’lishi kerak;

  • Barcha jamlangan ma’lumotlarni guruhdan bittadan vakil chiqib, taqdimot qiladilar;
















Xar kim xar kimga o’rgatadi” usuli uchun ekspert varag’i

1-Kichik guruh uchun topshiriq

Kuzatuvchi Yer qutblaridan (φ=±90°) birida bo’lganda yulduzlar osmonining aylanishi qanday kechishini tushuntiring.









2-Kichik guruh uchun topshiriq

Kuzatuvchi Yer ekvatorida bo’lganda, (φ=o0) yulduzlar gorizontga

nisbatan sutkalik aylanishini tushuntiring.






Kuzatuvchi o’rta kengliklarda (o0) bo’lganda, yulduzlar osmonining ko’rinma aylanishi gorizontga nisbatan qanday kechadi?

3-Kichik guruh uchun topshiriq







4-Kichik guruh uchun topshiriq

Turli kengliklarda, yil davomida Quyoshning sutkalik aylanishi qanday kechadi?