СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Tabiiy geografiyani o‘rganishning ahamiyati.

Категория: География

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Tabiiy geografiyani o‘rganishning ahamiyati.»

Tabiiy geografiyani o‘rganishning ahamiyati.

Tabiiy geografiya Yer yuzi tabiatining holati, uning o‘zgarishi, ro‘y beradigan tabiiy hodisalarni, tabiatdan foydalanganda nimalarga e'tibor berish zarurligini o‘rganadi.

Shuning uchun Siz aziz o‘quvchilar, tabiiy geografiyani boshdanoq puxta o‘rganishga harakat qiling.
Inson yashashi uchun zarur bo‘lgan hamma narsani - havo va suvni, oziq-ovqat va foydali qazilmalarni tabiatdan oladi.

U uy-joylar quradi, konlarni ochadi, zavodlar, shaharlar bunyod etadi, g‘alla, paxta va boshqa ekinlar ekadi, chorva mollarini boqadi.

Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, uni avaylab asrash uchun esa, albatta, geografiya fanini juda yaxshi bilish zarur.

Tabiiy geografiya Yer yuzi yoki uning biror joyi tabiatiga ta'rif berish bilan chegaralanmaydi.

Tabiiy geografiya joy tabiatining nima uchun xilma-xil ekanligi sabablarini tushuntiradi. Masalan, cho‘l zonalarida yog‘ingarchilikning kam, tog‘lik hududlarda esa aksincha ko‘p bo‘lishini; tog‘lar ustida jazirama yozda ham qorlar erimay yotishini; ekvatorda qishin-yozin iqlim bir xil - issiq bo‘lishiyu mo‘tadil mintaqada esa to‘rtta fasl aniq almashinib turishini tushuntirib beradi. Shuningdek, tabiat «kambag‘allashib» ketmasligi, ifloslanmasligi, yerlarni sho‘r bosib unumdorligi yo‘qolmasligi, daryolar qurib qolmasligi uchun tabiatdan, uning boyliklaridan qanday foydalanish kerak, qanday ishlarni amalga oshirish zarur, degan savollarga ham javob topasiz.