СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Taълим-тарбия социологияси

Категория: История

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«1584191382»

Ta’lim va tarbiya sotsiologiyasi





Reja:





1.Ta’lim sotsial bilimning tarmog’i va sotsial institut sifatida.

2.Ta’lim tizimining samaradorligi.

3.O’zbekistonda ta’lim tizimi. Uning maqsadi va vazifalari.

4.Iqtisodiy ta’lim- davr talabi.





Ilm - ma’rifatga kizikishi sust

millatning kelajagi ham bo’lmaydi”.

I.A.Karimov



Ta’lim sotsial bilimning tarmog’i va sotsial institut sifatida.

Ta’lim sotsiologiyasi - jamiyatning ta’lim tizimi to’g’risidagi maxsus sotsiologik nazariya bo’lib, uni nisbatan mustaqil ijtimoiy institut sifatida jamiyat xayotidagi o’ziga xos funksional va rivojlanish qonuniyatlari, darajasini, uning boshqa ijtimoiy tashkilotlar va munosabatlar bilan o’zaro aloqadorligini va shu soxadagi davlat siyosatini o’rganadi. Ta’lim tizimining jamiyat rivojiga ta’siri beqiyosdir. U har qanday davlatning jamiyat ma’naviy xayotini, ijtimoiy va kasbiy tarkibini boshqarishdagi muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.

Ta’lim sotsiologiyasi - maktab, o’quv yurtlari va muassasalari faoliyati, ulardagi pedagogik mutaxassislarning sifati, yoshlarni ukitish va tarbiyalash vazifalari kabi masalalarni o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Xozirda ta’lim tizimi ijtimoiy siyosat tarzida rivojlanmokda. Ta’lim sotsiologiyasi esa bu siyosatning o’ziga xos jihatlarini, uning amaliy natijalarini o’rganishga xizmat qiladi.

Ta’lim sotsiologiyasining asosiy vazifasi: - ta’lim tizimining barcha funksiyalarini jamiyat xayotida keng imkoniyatlar darajasida amal qilishini ta’minlash va ijtimoiy xayotning turli sohalaridagi samarali ta’sirini o’rganishdan iborat. Ta’lim tizimi o’zining iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy funksiyalariga ega bo’lib, jamiyat taraqqiyotining shu sohalari taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatning ilmiy-texnikaviy qadriyatlari yuksalishida va shaxs shaqllanishida muhim omildir.

G’arbda ta’lim sotsiologiyasiga E.Dyurkgeym va M.Veberlar asos solgan. Ular ta’lim tizimining ijtimoiy funksiyalarini, iqtisodiy, siyosiy jarayonlar bilan aloqasi, oliy ta’lim soxasining o’ziga xos xususiyatlari kabi masalalarni tatqiq qilganlar. E.Fromm, T.Parsons, S.N.Parkinson, T.V.Adorno, R.Kyo’levind, V.Frankl, J.Ellyo’ln, E.Glissan, A-M., bular ta’lim sotsiologiyasi rivojiga o’z xissalarini qo’shganlar.

T.Parsons o’zining “Sotsiologiyaning umumnazariy muammolari” asarida shunday yozadi: “AQSh Oliy ta’lim tizimining asosiy xususiyatlaridan biri - ilmiy tadqiqotlarni o’z ichiga oluvchi ilmiy ish olib borish mutaxassisligini berishidadir”. Bizda oliy ta’lim bitiruvchilarining ilmiy ish olib borish darajasi, layoqati juda pastdir.

Xozirda ta’lim tizimining sotsiologik tadqiqot yo’nalishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • bozor munosabatlariga o’tish sharoitida ta’lim tizimining ijtimoiy xayotdagi o’rni va ahamiyati;

  • ijtimoiy rivojlanishdagi ta’siri, samaradorligi darajasi va sifati;

  • o’qituvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli;

  • ta’lim muassasalarida ta’lim berishning sifat darajasi va mavjud ijtimoiy-iqtisodiy shart sharoitlarning ular faoliyatiga ta’siri.

Ta’lim tizimining samaradorligi.

Ta’limning ijtimoiy samaradorligi ta’lim muassasalarining soni, ularda ta’lim olayotgan o’quvchilarning miqdori, jamiyat a’zolarining bilim darajasi va sifati bilangina belgilanmaydi, balki uning ijtimoiy faoliyatida, amaliyotda, hamda mehnat faoliyatida qanday darajada tadbiq qilinishi bilan ham belgilanadi. Shu jihatdan, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shaqllanib borishi va bozor iqtisodiyoti siyosatining amalga oshirilib borishi sharoitida, respublikada ko’plab mutaxassis kadrlarning o’z mutaxassisligi bo’yicha ishlashdan manfaatdor bo’lmay yoki ishlash imkoniyatlariga ega emasliklari sababli, yaxshirok tirikchilik o’tkazish maqsadida o’z mutaxassisliklaridan boshqa sohalarga utib ketish tendensiyasi kuchaymoqda. Sotsiologiya “tili” bilan aytganda jamiyat a’zolarining sotsial mobilligi ham vertikal ham gorizontal tartibda o’zgarishi keskin ortib bormoqda. Achinarlisi shuki, bu jarayon ayniqsa ta’lim tizimining o’zida boshqa sohalarga nisbatan ko’proq sodir bo’lmoqda. Agarda buning oldi olinib, jiddiy choralar kurilmasa, kelgusida yanada kuchayishi va 5-10 yildan so’ng esa uning salbiy oqibatlari jamiyat ijtimoiy xayotida o’nlab yillar davomida bartaraf qilish qiyin bo’lgan ijtimoiy-ma’naviy inkirozga olib kelishi mumkin.

Ta’lim sotsiologiyasining xozirgi sharoitidagi asosiy vazifalaridan biri ham, yuqorida ko’rsatilgan muammolarni empirik jihatdan tatqiqi qilib, ilmiy-amaliy va nazariy xulosalar chiqarishdan iborat. Ko’rinib turibdiki, o’zining mohiyat-e’tibori bilan ushbu masala favqulotda davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masaladir.

O’zbekistonda ta’lim tizimi kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi, vazifalari va ro’yobga chiqarish bosqichlari

“Har kim bilim olish huquqiga ega”. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 41-modda.

O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotining shaqllanitirishni jaxon hamjamiyatiga kushilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochik (demokratik) fuqaro’lik jamiyati qurmoqda.

Inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulk-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Halqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuklari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shaqllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim tug’risi”dagi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning taxlili va ta’lim tizimida jaxon mikyosidagi yutuklar asosida tayyorlangan holda yuksak umumiy va kasb-xunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy siyosiy xayotga mustaqil ravishda muljalni tug’ri ola bilish maxoratiga ega bo’lgan, istikbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shaqllantirishga yo’naltirilgandir.

Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-xunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini xis etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlash kadrlar tayyorlash to’zilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib kuydi va qator chora-tadbirlar qurishni: “Ta’lim tug’risi”dagi Qonunni joriy etishni (1992-y); yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’limotni ishlab chiqarishni; o’quv yurtlarini attestatsiyadan o’tkazishni va akkreditatsiyalashni; yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etadi.

Maktabgacha ta’lim soxasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog’chalari hamda “Bolalar bog’chasi-maktab” majmui tarmog’i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillari, xoreografiya, tasviriy va musika san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o’rgatuvchi 800dan ortiq guruh tashkil etilgan.

Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o’quv yurtlari tarmog’i rivojlanib bormoqda.

Xozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. “Sog’lom avlod uchun”, “Ma’naviyat va ma’rifat”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishlok maktabi”, “Rivojlanishda nuksoni bo’lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmok dasturlari ro’yobga chiqarilmokda. Respublika umumta’lim maktablarida 435 mingdan ortiq o’qituvchi ishlamoqda, ularning 73% oliy ma’lumotlidir.

Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shaqllantirishning xududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda xunar-texnika ta’limini qayta tashkil etishga kirishildi. Xozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan kamrab olgan 442 o’quv yurti, shu jumladan, 209 kasb-xunar maktabi, 180 kasb-xunar litseyi va 53 biznes maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang’ich kasb-xunar ta’limi o’quv yurtlarida kariyib 20 ming o’qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda.

O’zbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o’quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o’z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta’lim olmokda; 16 universitetning 12 tasi O’zbekiston mustaqilikka erishgandan so’ng universitet maqomiga ega bo’ldi.

Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan islox qilishini muhim omillari quyidagilardan iborat:

  • respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi;

  • mamlakat iqtisodiyotida tub o’zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo’nalishdan rakobatbardosh pirovard maxsulot ishlab chiqarish yo’liga izchil utayotganligi, mamlakat eksport saloxiyatining kengayayotganligi;

  • davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi qaror topganligi;

  • milliy o’zlikni anglashning usib borishi, vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftixor tuyg’usining shaqllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga va halqimizning intellektual merosiga xurmat;

  • O’zbekistonning jaxon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jaxondagi mavqei va obru-e’tiborining mustaxkamlanib borayotganligi

Mazkur dasturni maqsadi- ta’lim soxasini tubdan islox qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy kurashlar va sarkitlardan tula halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir.

Ushbu maqsadni ro’yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi;

  • “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini islox qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash soxasida rakobat muhitini shaqllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv-milliy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;

  • ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurishi jarayonlariga moslash;

  • kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini kutarish;

  • ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samaoali shaqllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

  • ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish akkreditatsiya qilish sifatida baxo berishning xolis tizimini joriy qilish;

  • yangi ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishning kafolatlarini, ustivorligini ta’minlovchi normativ, moddiy texnika va axborot bazasini yaratish;

  • o’zluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag’lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etish;

  • kadrlar tayyorlash soxasida o’zaro manfaatli halqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma bosqich ro’yobga chiqariladi.

Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlanitirish prinsiplari quyidagilardan iborat;

  1. Ta’limning ustivorligi- uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektni nufuzi;

  2. Ta’limning demokratlashuvi- ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o’quv yurtlari mustaqilligini kengayishi, talimni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga utilishi.

  3. Ta’limning insonparvarlashuvi- inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo’lgan turli tuman extiyojlarning qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustivorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi;

  4. Ta’limning ijtimoiylashuvi- ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shaqllantirish;

  5. Ta’limning milliy yunaltirilganligi - ta’limning milliy tarix, halq an’analari va urf-odatlari bilan o’zviy uyg’unligi, O’zbekiston halqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning uta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa halqlarning tarixi va madaniyatini xurmatlash;

  6. Ta’lim va tarbiyaning o’zviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shaqllantirishga yunaltirilganligi;

  7. Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.

Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:

  • maktabgacha ta’lim;

  • umumiy o’rta ta’lim;

  • o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi;

  • oliy ta’lim;

  • oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;

  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Uzluksiz iqtisodiy ta’lim davr talabi.

Tub isloxotlarni amalga oshirish, bozor munosabatlarini shaqllantirish eng avvalo xodimlarning iqtisodiy bilimiga bog’liq.

Bozor munosabatlariga urgatadigan iqtisodiy ta’lim tizimlarining halqaro andozalari va modellari mavjud. Ular 1996 y. YUNESKO tomonidan e’lon qilingan “Jaxondagi oliy ta’lim tizimlari ma’lumotnomasi”da o’z ifodasini topgan.

O’zluksiz iqtisodiy ta’limni jaxon andozalari darajasiga kutarish ham konsepsiyaning muhim jihatlaridan hisoblanadi. Bu quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi:

  • o’zluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini jaxon tizimi bilan bir xolga keltirish;

  • mutaxassislar bilim darajasini halqaro mikyosda sinab qurish;

  • Jaxon mutaxassislari va universitetlari ta’lim texnologiyalarining bilim va tajribalarini jalb etish;

  • iqtisodchi mutaxassislar diplomlari va darajalarini erkin ayirboshlashishni ta’minlash;

Bu jarayonda bulajak mutaxassislarni xorijiy tillarga, birinchi navbatda ingliz tiliga urgatish alohida ahamiyatga egadir.

Bugungi kunda nafaqat ta’lim tizimini, balki ta’lim xizmatini tubdan islox qilish zarurati tug’ilgan.

O’zluksiz iqtisodiy ta’lim deganda, ta’limning davomiyligini tushunish kerak. Bu tizimning mohiyati bugun kollejni tugallagan talaba universitetga kirishi shart, degan ma’noni keltirib chiqarmasligi lozim.

Bu yerda gap boshqa maqsad to’g’risida ketmoqda: bir ta’lim bosqichini tugallab, ma’lum ixtisoslikni egallagan talaba ko’z ungida yuqorirok, o’zi egallagan malaka va darajadan yuqoriroq ta’lim muassasasi turishi kerak.

O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi masalalarni hal etmok zarur:

  • oliy maktab ixtisosliklari uchungina ta’lluqli hisoblangan bilimlar, kunikma va malaka me’zonlarini aniqlash;

  • amaliy yondashuv va mehnat taqsimoti nuqtai nazaridan bu bilimlar kunikma va malakali klassifikatsiya tamoyillarini belgilash;

  • mavjud ixtisosliklar ro’yxati tulaligini tekshirish;

  • mutaxassisliklar tayyorlashning aniq darajasini belgilab quyish bakalavr, diplomli mutaxassis, magistr, qayta tayyorlash va malaka oshirish, aspirantura, doktorantura.

  • O’zbekiston iqtisodiy ta’limining xorijiy mamlakatlar iqtisodiy ta’limi bilan integratsiyalash imkoniyatlaridan kelib chiqib, sohalar va ixtisosliklar ro’yxatiga aniqliklar kiritish va boshqalar.

Adabiyotlar:



  1. Bekmurodov M.B.Sotsiologiya. A.Qodidriy nomidagi halq merosi nashriyoti. T. 2002 y.

  2. Entoni Giddens. Sotsiologiya. T. Sharq. 2002 y.

  3. Lavriyenko V.N.Nartov N.A. Osnovi sotsiologicheskix znaniy. VUZ. (Sotsiologiya) - M.:1995

  4. Biryukova A.O. O predmete sotsiologi kak obshey nauki ob obshestve. Sotsiologicheskiye issledovaniya. 1991 №5.

  5. Radugin A.A. Radugin K.A. Sotsiologiya 1995.

  6. Aliqoriyev I.S. Umumiy sotsiologiya. 1999.

  7. Begmatov A. Sotsiologiyaga kirish. 1995.